Mualliflar

  • Qodirova Maxliyo Baxtiyorovna
  • Ergasheva Mashhura Boʻronovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.101014

Kalit so‘zlar:

Tayanch so’z va iboralar: matematika uslubiyot elementar metod.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning zamonaviy metodikasi, mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Matematika fanining bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari va fanni o‘qitish uslubiyati tahlili yoritilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

28

MATEMATIKA FANLARINI O’QITISH VA

UNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Qodirova Maxliyo Baxtiyorovna

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani

50- maktab 1-toifa matematika fani oʻqituvchisi

Ergasheva Mashhura Boʻronovna

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

24- maktab 2-toifa matematika fani oʻqituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning zamonaviy

metodikasi, mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Matematika
fanining bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari va fanni o‘qitish uslubiyati tahlili
yoritilgan.

Tayanch so’z va iboralar:

matematika, uslubiyot, elementar, metod.


Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga

qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati,
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or
xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish
sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan
qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta’limda
o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon
talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas
muammolaridan biri sanaladi. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy
tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish,
ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.

Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab

olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira
olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini
rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi
yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

29

shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va
innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini
tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.”

Matematika so‘zi qadimgi grekcha - mathema so‘zidan olingan bo‘lib, uning

ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli-
tuman bo‘lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga
birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifdan
yaqqol ko'rish mumkin. Matematika faning o‘rganadigan narsasi (obyekti)
materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy
munosabatlardan iborat. Matematika fan sifatida ham, o‘quv predmeti sifatida ham
yosh avlodga o‘rgatilishi talab etiladi. Bunga sabab quyidagilar: Matematika fan
sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi
qonunlarni to‘la va chuqur o‘rganish, targ‘ib etishni talab etadi; o‘rganilayotgan
qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan
asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblanmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy
fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas;
matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir-biriga bog‘liq qat’iy
ketma-ket keluvchi qonunlarni ochib beradi; fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan
aksiomalar uning boshlang‘ich asosi bo‘lib hisoblanadi. Matematika o‘quv predmeti
sifatida: o‘quvchilarga matematikadan bilim, ko‘nikma va malakalar beradi;
matematik bilimlar berishda o‘quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi
matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu
asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan
beriladi; o‘qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o‘quv predmeti fan tizimini
qisqartirishi va buzishi mumkin emas.

Hozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi:
1)elementar matematika,
2) oliy matematika.
Elementar matematika ham mustaqil mazmunga ega bo‘lgan fan bo‘lib, u oliy

matematikaning turli tarmoqlaridan, ya’ni nazariy arifmetikadan, sonlar nazariyasidan,
oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan
elementar ma’lumotlar asosiga qurilgandir. Oliy matematika fani esa real olamning
fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarlarni to‘la hamda chuqur aks
ettiruvchi matematik qonuniyatlarni topish bilan shug‘ullanadi. Matematika o’qitish
uslubiyati fanining maqsad va vazifalari. Insoniyat o‘z rivoji davrida yosh avlodga
bilimlar berar ekan asosiy e’tiborini o‘z faoliyati va taraqqiyot talablarini hisobga olib,
fanlar asoslarini o‘rgatishga harakat qiladi.Shu sababli o‘quvchilarga barcha bilimlar
qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi va uni ilmiy amalga oshirish
asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika o‘qitish uslubiyati asosiy


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

30

o‘rinlardan birida turadi. “Metodika” so‘zi yunoncha “metod” yoki “usul” so‘zidan
olingan. Matematika o‘qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb, jamiyat tomonidan
qo‘yilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda matematik o‘qitish usullarini,
qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o‘rganadigan va tadqiq etadigan
pedagogika- ning bo‘limiga aytiladi. Matematika metodikasi pedagogika va didaktika
fanining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta’lim
maqsad- lariga mos keluvchi matematikani o‘qitish, o‘rganish qonuniyatlarini
o‘rganadigan mustaqil fandir.

O‘rta maktablarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan

belgilanadi:

1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Umumta’lim maqsadi: o‘quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko‘nikma va

malakalar sistemasini berish; o‘quvchilarga olamni o‘rganishning matematik usullarini
egallashlariga yordam berish; o‘quvchilarni og‘zaki va yozma matematik nutqqa
o‘rgatish; o‘quvchilarning ta’lim jarayonida va o‘z ustida ishlashlarida faol bilish
faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurolla- nishga
hamda qo‘llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Matematika o‘qitish metodikasi.S.Alixonov. Toshkent. “Cho‘lpon” 2011. 57
2. “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv-metodik

majmua.J.O‘Muxammadiyev.Toshkent.2019.

3. M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 2004.
4.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnalogiyalar.

5.

Kobilova Nilufar Khudoyshukurovna, Uzokova Sokhiba Safarovna “ANALYSIS
OF CHEMICAL COMPOSITION AND MAIN QUALITY INDICATORS OF
FLAX SEED FLOUR” Web of technology : Multideminsional Research Journal
50-52 . Volume 3, Issue 4 April 2025 ISSN.

Bibliografik manbalar

Matematika o‘qitish metodikasi.S.Alixonov. Toshkent. “Cho‘lpon” 2011. 57

“Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv-metodik majmua.J.O‘Muxammadiyev.Toshkent.2019.

M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 2004.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnalogiyalar.

Kobilova Nilufar Khudoyshukurovna, Uzokova Sokhiba Safarovna “ANALYSIS OF CHEMICAL COMPOSITION AND MAIN QUALITY INDICATORS OF FLAX SEED FLOUR” Web of technology : Multideminsional Research Journal 50-52 . Volume 3, Issue 4 April 2025 ISSN.