“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
22
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI HIMOYA
QILISHDA – QONUN USTUVORLIGI
Xidirov Furqat Shukurullayevich
Annotatsiya:
Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini
ta’minlashda qonun ijodkorligi, mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirish,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili
(Ombudsman),Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi,
qonun hujjatlari monitoringi instituti,“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va
boshqalar.
Abstract:
Legislation to ensure the legitimate interests, rights and freedoms of a
person, strengthening democratic reforms in the country, the Human Rights
Ombudsman of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, the National Center for
Human Rights of the Republic of Uzbekistan, the Institute for Monitoring Legislative
Documents, the Public Center "Social Opinion", etc.
Аннотация:
Законодательство по обеспечению законных интересов, прав и
свобод
человека,
укрепление
демократических
реформ
в
стране,
Уполномоченный Олий Мажлиса Республики Узбекистан по правам человека,
Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, Институт
мониторинга
законодательных
документов,
Общественный
центр
«Общественное мнение» и др.
Tayanch tushunchalar:
Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini,
qonun ijodkorligi, islohotlarni kuchaytirish, milliy markaz, qonun hujjatlari
monitoringi instituti,“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqalar.
Mamlakatimizda demokratik yangilanishning bugungi bosqichidagi eng muhim
yo‘nalishlaridan biri – bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan. Bularning
barchasiga Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan talab va tamoyillarga
amaliyotda og‘ishmay rioya qilish orqali erishildi.
Bugun inson huquqlari har qanday jamiyatning eng muhim konstitutsiyaviy
instituti hisoblanadi. Bu institut shaxsning huquqiy maqomini tartibga soluvchi, unga
ta’sir ko‘rsatish usullari va choralarini, siyosiy huquqlardan erkin foydalanish va ushbu
jarayonda ishtirok etish imkoniyatlarini himoyalash va amalga oshirishning yuridik
kafolatlarini o‘rnatadi.
Inson huquqlari murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, inson huquqlari va erkinliklari
kafolati uchun kurash qadim-qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham
uning dolzarbligi kamaymagan, mohiyati o‘zgarmagan. Inson huquqlari va erkinliklari
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
23
insoniyat mavjudligining, birgalikda yashashning asosi bo‘lib, mavjud barcha dinlar,
madaniyatlarga xos bo‘lgan tinchlik hamda taraqqiyot asosi, o‘zaro ahillik va
bag‘rikenglik an’anasini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu borada ma’naviyati yuksak va
olijanob xalqimiz o‘z oldiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
muqaddimasida belgilanganidek, fuqarolarning tinchligi va milliy totuvligini
ta’minlash maqsadini qo‘ygan.
Inson huquqlari odamning tug‘ilishi va inson huquqlariga oid huquqiy
normalarning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxs va hokimiyat idoralari, ayniqsa,
davlat muassasalari bilan bo‘ladigan munosabatlarning mohiyatini belgilab beradi.
Inson huquqlari – huquqiy ongning o‘zagidir. Huquqiy ong darajasi – bu odamlarning
huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishi bilan kifoyalanmaydi. Bu eng
avvalo, qonunlarga rioya etish va ularni so‘zsiz bajarish, qonunga itoatkorlik, huquqni
va odil sudlovni hurmat qilishdir.
Mukammmal qonun hujjatlar huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim
sharti, huquqiy demokratik davlat qaror toptirishning zaruriy belgisi hisoblanadi. Shu
bilan birga, qonunchilik hayotiy amaliyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda
qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish kuchiga ega bo‘lishi kerak.
Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun
ijodkorligi so‘zda yoki qog‘ozda emas, amalda, izchil va tizimli ravishda, yuksak
huquqiy ong va madaniyat, demokratik qadriyat va prinsiplarga sodiqlik bilan amalga
oshiriladi.
Qonun ijodkorligi – mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirishga,
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini yuksaltirishga, bir so‘z bilan
aytganda, qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda, davlatning
mavjud bo‘lishi ham aynan qonunlarning ustunligini ta’minlashga bog‘liqdir.
Inson huquqlari muayyan jamiyatda yashayotgan fuqaroning mazkur jamiyatda
tutgan o‘rni demakdir. Shuning uchun inson huquq va erkinliklarini ta’minlash
huquqiy davlat qurishning muhim maqsadi hisoblanadi. Har bir rivojlangan
mamlakatlarda inson manfaatlari, huquq va erkinliklari sohasida asosiy qonun
hisoblangan Konstitutsiyada Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining deyarli
barcha tamoyillari va qoidalari singdirilgan. Bir so‘z bilan aytganda, inson huquq va
erkinliklarni ta’minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini
chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes manfaatini
himoya qilish zarur huquqiy kafolatlarni yaratib berishga, ayniqsa, barcha
islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijalarini belgilab
beradigan inson omili va mezoniga jiddiy e’tibor berilayotgani fikrimizning yaqqol
isbotidir. Zero, istiqlolning bosh maqsadi – inson va uning hayotini ulug‘lashdir.
Inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish va o‘rganishda inson
huquqlari sohasidagi milliy institutlar faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Bularga:
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
24
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili
(Ombudsman);
-
inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezident xuzuridagi amaldagi qonun hujjatlari
monitoringi instituti;
-
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqalar.
Ayni paytda, mamlakatimizda bunday institutlarning faoliyat olib borishi kishilar
dunyoqarashini shakllantirishdagi asosiy yo‘nalishlarni, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
axloqiy, huquqiy ongning xolati va mazmunini aniqlash, aholining siyosiy, huquqiy
saviyasini o‘rganish va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash,
fundamental va amaliy tadqiqotlarni tadqiq qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish inson
manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Boshqa bir so‘z bilan aytganda, milliy institutlar faoliyatidan ko‘zlangan
maqsadlar samarasini yanada oshirish uchun har bir fuqarodan avvalombor, ularning
mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi,
shuningdek faol fuqarolik pozitsiyasini, siyosiy-huquqiy faollikni, yuksak
tashabbuskorlikni, yurt taqdiri va rivojiga mas’uliyat hamda dahldorlik xisini talab
etadi.
Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhim va birlamchi huquq
va erkinliklar – bu so‘zsiz shaxsiy huquq va erkinliklardir. Chunki, kishining shaxsiy
huquq va erkinliklari ta’minlangandan keyingina konstitutsiya, qonun, qonun
hujjatlarida mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va himoya qilinadigan boshqa
huquq va erkinliklarni ta’minlash uchun real shart-sharoit yaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, inson hayoti haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning dunyoga
kelishidan ancha avvalroq boshlanishini va uning huquqiy poydevorini yaratish bilan
bir qatorda keng qo‘lamli choratadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada
onalik va bolalikni muhofaza qilishga, qo‘llab-quvvatlashga doimiy ravishda katta
e’tibor berilmoqda. Buning uchun bir qator davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga
tatbiq etilgan. Ularning bosh maqsadi bolalar o‘limini oldini olish, onalik va bolalik
muhofazasi uchun zarur moddiy va ma’naviy asoslarni yaratish, ekologiyani
yaxshilash, sog‘lom avlodni tarbiyalash, tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, asrash
kabi buyuk maqsadlarni ko‘zlaydi. Zero, biz millatning birligini, xalqning totuvligini,
jamiyatning jipsligini va inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda milliy
qadriyatlarning qadrini oshirishda ulug‘ bobolarimiz izidan borayotgan xalqmiz.
Shuningdek, milliy g‘ururi baland, o‘zligini anglagan, kelajak poydevorini
mustahkamlayotgan, jahonda o‘zining mustaqil so‘zi, ovozi va o‘rniga ega halqmiz.
So‘zsiz, jahonda tenglar ichida teng maqomidagi buyuk millatmiz.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi adolatlilik, odillik,
halollik,
oshkoralik
prinsiplari
asosida
Inson
Huquqlari
Umumjahon
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
25
Deklaratsiyasi[1]ga tayanib, davlat va jamiyatda inson qadr-qimmati va huquqlarini
qaror topishini qo‘zlagan holda qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
inson huquqlari, xozirgi va kelajak avlod oldidagi ma’suliyat, fuqarolarning jamiyatda
munosib hayot kechirish, milliy totuvligimiz va tinchligimizni ta’minlash yo‘lida qabul
qilinib, muqaddima, olti bo‘lim, yigirma yetti bob va bir yuz ellik beshta moddadan
iborat ekanligi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis
palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida
“Asosiy qomusimiz kafili sifatida
Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish,
“inson qadri uchun”
degan
ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bundan buyon ham faoliyatimning bosh
mezoni bo‘lib qoladi”,[2] degan oliyjanob so‘zlari Konstitutsiyamizning qudratini
anglatadi.
Inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish davlat organlari faoliyatining asosiy
tamoyillaridan biri ekan, ushbu vazifani to‘laqonli ado etishning bir tomoni jamoat
xavfsizligini ta’minlash masalasiga borib taqaladi. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
“Hozirgi vaqtda dunyoda turli kuchlar o‘rtasida
qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchaymoqda, resurslar uchun shafqatsiz kurash
ketmoqda. Mintaqamizdagi tinchlik va xavfsizlikka nisbatan yangi-yangi tahdidlar
paydo bo‘lmoqda”,[3] deya ta’kidlagani huquqni muxofaza qilish organlarining oldiga
fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taminlashda ma’suliyat bilan burchni
ado etish lozimligi bilan bir qatorda, zamonaviy xavf va tahdidlarni oldini olish uchun
puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini anglatmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy madaniyat, internet, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy
xarakterlari rivojlanishi bilan bir qatorda, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tajovuz
qiluvchi huquqbuzarliklarning zamonaviy ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Misol uchun,
milliy mentalitetimizga o‘zaro kelishmovchiliklar va buning natijasida kelib
chiqayotgan turli-tuman huquqbuzarliklar, yangi turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda.
Bularning aksariyati zamirida shaxsiy va moddiy manfaat borligi achinarli albatta.
Shuning uchun, xozirda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini faqatgina jazo choralarini
kuchaytirish bilan emas, balki jamiyatni ijtimoiy-iqsodiy, ma’naviy hamda ruhiy
jixatdan yuksaltirish orqali hamda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi
bosqichga ko‘tarish, shuningdek inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini
buzmagan holda ish orqali samarali ta’minlash mumkin.
Bu kabi jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi masalalarini chuqur chuqur tahlil qilib
hamda boshqa davlatlarning Konstitutsiyasidan farqli ravishda urf-odat va
taomillarimizga tayangan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 14 bobi “Oila,
bolalar va yoshlar” deb nomlanganligi, oila esa jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda oila,
bolalar va yoshlar jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi, shuningdek
Konstitutsiyaviy normalarga ko‘ra, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
26
qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga
asoslanishi,[4] yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda qayd etilgani mazkur masalada
milliy qadriyatlarga hurmat munosabatining qay darajada yuksak ekanligini ko‘rsatadi.
Yana aytish mumkinki, jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy e’tibor
mamlakat yoshlarining ijtimoiy-ma’naviy holati bilan ham bog‘liqdir. O‘zbekiston
Respublikasi aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etar ekan, bu yo‘nalish
alohida ahamiyat kasb etishi tabiiy albatta. Bu esa, jamoat xavfsizligi masalaning
ijrosini ta’minlash uchun avvalambor tegishli davlat organlari va mas’ul mansabdor
shaxslar tomonidan aholining yosh qatlamiga ta’lim va tarbiya berish jarayoniga
alohida e’tibor berish lozimligini anglatadi. Bu borada Konstitutsiyamizda ham alohida
normalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi,
sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdir ekanligi,[5] farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i
nazar, qonun oldida tengligi, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy
jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlat
uchun majburiyat sifatida belgilanganligi,[6] yuqorida keltirib o‘tgan fikrimizni
amalda isbotlaydi. Ma’lumki, yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj
bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarga
yo‘naltirish kabi masalalar kelajakda ishsizlikning oldini olishga muayyan darajada
xizmat qiladi. Mamlakatda ishsizlikning kamayishi esa, o‘z navbatida
huquqbuzarliklarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Bu masalaga
Prezidentimizning avval boshdanoq alohida to‘xtalgani bejizga emas. Ya’ni, 2019-
yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish,
yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda
axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar
o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga
katta ahamiyat berilgani hamda ushbu tadbirda davlat rahbari yoshlar yo‘nalishidagi
ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus[7]ni ilgari
surgani mazkur yo‘nalishning dastlabki islohotlaridan biri bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq Konstitutsiyaviy
normalarning boshqa tomoniga ham e’tibor berish zarur. To‘g‘ri, inson huquq va
erkinliklarini, shuningdek uning qonuniy manfaatalarini ta’minlash va ularni o‘z
vaqtida samarali tarzda ro‘yobga chiqarish davlat organlarining asosiy vazifasidir.
Ammo, inson va fuqarolar ham jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishining kichik
ishtirokchisi ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Ya’ni, Konstitutsiyaviy qoidaga
binoan, inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
27
jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur
yetkazmasligi shart. Jumladan, insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq
va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat
tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.[8]
Ushbu yangi Konstitutsiyaiviy norma endilikda nafaqat huquqni muhofaza qilish
organlari vakillari, balki keng jamoatchilik, borinki oddiy fuqaroning ham davlat va
jamiyat manfaatlarini asrab-avaylashga birdek javobgar ekanligini Konstitutsiya
darajasida belgilab qo‘yish bilan birga, amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga
fuqarolardagi xurmat munosabatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Milliy qonunchiligimizdagi jamoat xavfsizligi
va tartibini saqlashga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlar, shuningdek
amaldagi qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar mazkur sohani ilg‘or
xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga imkon yaratibgina qolmasdan, balki yangi
tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan bu kabi normalarning davlat va jamiyat
manfaatlari yo‘lida to‘g‘ri tatbiq etilishi uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi// https://constitution.uz/uz/pages/
humanrights
2.
Mirziyoyev Sh. - “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik
islohotlar
yo‘lini
qat’iy
davom
ettiramiz”.
06.11.2021
yil
//
https://president.uz/uz/lists/view/4743
3.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/6445145
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/6445145
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/6445145
6.
Isoqova G. “Besh muhim tashabbus yoshlarga qanot”. Yangi O‘zbekiston.
18.12.2020 yil // https://yuz.uz/news
7.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/
