Mualliflar

  • Boyxo‘rozova Dilrabo To‘lqin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.102660

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: badiiy gimnastika sport vosita usul jismoniy sifatlar organism yuklama axloqiy-estetik kompozitsiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy gimnastikaga ta’rif, jahon badiiy gimnastikasining o‘ziga hos jihatlari, gimnastikachilar sport tayyorgarligi tizimining umumiy tavsifi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubi, badiiy gimnastikada xoreografik tayyorgarlik, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik uslublari ifodalangan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

65

BADIIY GIMNASTIKADA SPORT TAYYORGARLIGI

TIZIMINING VOSITA VA USULLARI

Boyxo‘rozova Dilrabo To‘lqin qizi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

51-22 guruh talabasi

e-mail:boykhurazovadilrabo@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada badiiy gimnastikaga ta’rif, jahon badiiy

gimnastikasining o‘ziga hos jihatlari, gimnastikachilar sport tayyorgarligi tizimining
umumiy tavsifi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubi,
badiiy gimnastikada xoreografik tayyorgarlik, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik
uslublari ifodalangan.

Kalit so‘zlar:

badiiy gimnastika, sport, vosita, usul, jismoniy sifatlar, organism,

yuklama, axloqiy-estetik, kompozitsiya.

СРЕДСТВА И МЕТОДЫ СИСТЕМЫ СПОРТИВНОЙ

ПОДГОТОВКИ В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ГИМНАСТИКЕ

Байхурозова Дилрабо Тулкиновна

Узбекский государственный университет физической культуры и спорта

Кафедра теории и методики гимнастики

Студентка группы 51-22

e-mail:boykhurazovadilrabo@gmail.com

Аннотация:

В данной статье представлено определение художественной

гимнастики, специфика мировой художественной гимнастики, общее описание
системы спортивной подготовки гимнастов, методика физической подготовки и
развития физических способностей, хореографическая подготовка в
художественной

гимнастике,

приемы

технической,

тактической

и

психологической подготовки.

Ключевые слова:

художественная гимнастика, спорт, средство, метод,

физические качества, организм, нагрузка, морально-эстетические, композиция.

MEANS AND METHODS OF THE SPORTS TRAINING

SYSTEM IN RHYTHMIC GYMNASTICS

Boykhurozova Dilrabo Tulkinovna

Uzbek State University of Physical Culture and Sports

Department of Theory and Methods of Gymnastics

Student of group 51-22

e-mail:boykhurazovadilrabo@gmail.com


Abstract:

This article presents the definition of rhythmic gymnastics, the

specifics of world rhythmic gymnastics, a general description of the system of athletic


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

66

training of gymnasts, methods of physical training and development of physical
abilities, choreographic training in rhythmic gymnastics, techniques of technical,
tactical and psychological training.

Keywords:

rhythmic gymnastics, sport, means, method, physical qualities,

div, load, moral and aesthetic, composition.

Kirish.

Badiiy gimnastika — olimpiya sport turi bo‘lib, unda sportchilar texnik

mahorat va musiqa ostida murakkab tana harakatlarini turli buyumlardan foydalangan
holda ifodali bajarishda o‘zaro bellashadilar. Gimnastikachilarning sport
tayyorgarligidan ko‘zlangan asosiy maqsad – eng oliy maqom musobaqalar bo‘lgan
Olimpiya o‘yinlari, shuningdek Jahon, Yevropa chempionatlari va mamlakat
birinchiligida g‘alaba qozonishdan iborat.

Gimnastikachilarning mashq qilishidan yana bir maqsad — sport ustasi, sport

ustaligiga nomzod va boshqa shu kabi razryadli normativlarni o‘zlashtirishdan iborat.

Badiiy gimnastikada sport tayyorgarligiga oid vazifalar umumlashtirilganda,

quyidagilardan iboratdir:

1. Shug‘ullanuvchilar organizmining tashqi shakllari va funksiyalarini har

tomonlama barkamol rivojlantirish.

2. Gimnastikachilarning jismoniy sifatlari: kuchi, egiluvchanligi, koordinatsiyasi,

sakrovchanligi, tezkorligi, muvozanatni tuta bilishi va chidamliligini mutanosib
rivojlantirish.

3. Badiiy gimnastikada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan

maxsus bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish.

4. Ma’naviy, irodaga oid, axloqiy-estetik xususiyatlarni tarbiyalash.
5. Maxsus estetik sifatlar: musiqa va raqsni his eta bilish, ifodalilik va artistizmni

rivojlantirish.

Gimnastikaning olimpiya turlarida sport mahorati quyidagi uch yo‘nalish

bo‘yicha rivojlanadi va baholanadi:

1. Musobaqa dasturlarining mazmuni va tarkibi;
2. Musobaqa mashqlari kompozitsiyasi;
3. Musobaqa kompozitsiyalari ijrosi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) — bu inson faoliyatidan qat’iy nazar,

umumiy

tarzda

amalga

oshiriladigan

jismoniy

tayyorgarlikdir.

U shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash va har tomonlama
rivojlantirishga, mehnat layoqatini oshirish hamda tanlangan sport turidan qat’iy nazar,
jismoniy hususiyatlarni takomillashtirishga qaratilgandir.

UJT vositalari quyidagilardan iborat: umumiy rivojlantiruvchi mashqlar,

yugurish, kross, suzish, chang‘ida yurish, eshkak eshish, konkida, velosipedda uchish,
sport va harakatchan o‘yinlar.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik — bu maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib,

muayyan sport turi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish va sifatli bajarish uchun
zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir.

Xozirgi paytda 7 ta asosiy jismoniy qobiliyat ajratib ko‘rsatiladi (ba’zida ularni

harakat yoki psixomotor qobiliyatlar deb atashadi):


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

67

1. Koordinatsiya — mushak faoliyatini maqsadga muvofik tarzda tashkil eta bilish

qobiliyati va chaqqonlik — yangi harakatlarni o‘zlashtirish hamda faoliyatni vaziyatga
qarab o‘zgartira bilish qobiliyati.

2. Egiluvchanlik — bug‘imlardagi harakatchanlik - harakatlarni katta amplituda

bilan faol va sust tarzda bajarish qobiliyati.

3. Kuch — tashqi qarshilikni еngib o‘tish yoki unga statik va dinamik

harakatlardagi mushak qisqarishlari hisobiga qarshi tura olish qobiliyati.

4. Tezlik — ko‘rsatilgan ta’sirga tezda javob berish (reaksiya) va harakatlarni

katta tezlik va chastota bilan bajara olish qobiliyati.

5. Sakrovchanlik — balandligida namoyon bo‘ladigan tezlik-kuch qobiliyati.
6. Muvozanat — statik va dinamik mashqlarda muvozanatni saqlab turish

qobiliyati.

7. Chidamlilik — charchashga qarshi tura bilish qobiliyati.
Keyingi paytlarda badiiy gimnastika bo‘yicha maxsus adabiyotlarda jismoniy

sifatlarni ahamiyati bo‘yicha tasniflashga urinishlar uchramoqda. Bu maqsadga
muvofik emas, chunki badiiy gimnastika — ko‘p qirrali sport turi bo‘lib, undagi turli
mashqlar xar hil jismoniy qobiliyatlar va ularni namoyon qilishning turli darajalarini
talab qiladi. Bular orasida faqat ikkita qobiliyat — koordinatsiya va egiluvchanlikni
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, xolos.

Badiiy gimnastika sohasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, mazkur sport turidagi

jismoniy tayyorgarlikning o‘ziga hos jihati shundan iboratki, bunda mashqlarning
maqsadi harakatlarning mutlaq uyg‘unligiga erishishdan iborat bo‘ladi. Yuksak
natijalar yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy qobiliyatlardan birining mutlaq
ko‘rsatkichlari bilan emas, balki harakatlarning turli tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro
mutanosib bog‘liqlik bilan belgilanadi.

Badiiy gimnastikadagi jismoniy tayyorgarlikning o‘zagi kompleks o‘zaro

ta’sirdan iborat bo‘lib, bunda har bir element — jonli harakatning uzviy davomi
bo‘ladi. Mashqlarni tanlab olishda eng murakkab harakatlarni mukammal bajarish
imkonini beruvchi mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish barobarida, ulardan foydalanganda
barcha mushaklarni ishga solish va nerv markazlarini harakatga keltirishga urg‘u berish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Mutanosiblik — jismoniy sifatlarning eng maqbul, mutanosib va muvozanatga

solingan tarzda rivojlantirilishi;

O‘zaro bog‘langanlik — tuzilishi bo‘yicha badiiy gimnastikaning asosiy

mashqlariga eng yaqin bo‘lgan vositalarni qo‘llash;

Uzish — texnik tayyorgarlikka nisbatan jismoniy qobiliyatlarning tezroq

rivojlanishini ta’minlashdan iborat.

Gimnastikachilarning maxsus jismoniy tayyorgarligining asosiy vositalari

quyidagilardan iborat: umumiy rivojlantiruvchi va akrobatik mashqlar, klassik trenajer
elementlari, badiiy gimnastika mashqlari, shuningdek quyidagi jismoniy qobiliyatlarni
rivojlantirishga qaratilgan mashqlar:

• Chaqqonlikka — murakkab koordinatsiyalangan harakatlar va buyumlar bilan

mashkqlarni o‘z ichiga olgan topshiriqlar, o‘yinlar, estafetalar;


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

68

• Egiluvchanlikka — boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘in, tos

suyagi bilan son suyagini tutashtiruvchi bo‘g‘in, umurtqa va еlka bo‘g‘inlaridagi
harakatchanlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar — prujina kabi cho‘zilishlar, tana
holatlarini fiksatsiyalash (muayyan holatda ko‘tirib qo‘yish), bo‘shashish;

• Kuchga — qo‘l, oyoq; va badan mushaklari kuchini oshirishga qaratilgan

mashqdar: egish va bukish, silkitish, aylanma harakatlar, yugurish, sakrash, o‘tirib
turish va boshqalar;

• Tezlikka — asosiy mashqlarni bajarishda reaksiya, harakatlar tezligi va

chastotasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar;

• Sakrovchanlikka — itarilish kuchi, tezligi va balandgigini oshirish, shuningdek

sakrashlarga chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar;

• Muvozanat saqlashga — murakkablashtirilgan sharoitlarda barqaror holatni

saqlab turish: dinamik harakatlar, vestibulyar apparat ko‘zg‘atilgandan keyin, ko‘zlar
yumilgan holda, kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan tayanch bilan bajariladi;

• Chidamlilikka - charchagan holiga turli mashqlarni bajarish.
Gimnastikachilar MJTning asosiy uslublari quyidagilardan iborat: qaytarish

uslubi, o‘zgaruvchan, doiraviy, o‘yinli va musobaqalashuv uslublari.

Gimnastikachilar maxsus jismoniy tayyorgarligini tashkil etish quyidagi

shakllarda amalga oshiriladi:

A) maxsus mashqlar majmui
B) doiraviy mashq ko‘rinishida;
B) musobaqalar shaklida.
Mashqlar majmui, doiraviy mashq va musobaqalarni o‘tkazishda bir jismoniy

hususiyatlarning boshqasiga (ijobiy va salbiy, bevosita va bilvosita, bir tomonlama va
ko‘p tomonlama) ta’sirini hisobga olish kerak. Shuni xam esda tutish kerakki,
chaqqonlik, tezlik va sakrovchanlik charchoq; holatida rivojlana olmaydi. Toliqish
ta’sirida faol egiluvchanlik hususiyati xam kamayadi. Egiluvchanlik, tezkorlik va
sakrovchanlikka mo‘ljallangan mashqlarni еtarli bajarish uchun esa oyoq-qo‘l chigilini
yozib olish darkor bo‘ladi.

Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, jismoniy hususiyatlarni rivojlantirish

va baholashga yo‘naltirilgan vazifalar quyidagi tartibda berilishi tavsiya etiladi:

1) qo‘l-oyoq chigilini yozib olish
2) egiluvchanlikka mo‘ljallangan mashqlar
3) tezlikka
4) sakrovchanlikka
5) koordinatsiyaga
6) muvozanatga
7) kuchga
8) chidamlilikka

Xulosa.

Salomatlik, sportdagi uzoq muddatli faoliyat, mashqlar davomida katta

hajmdagi yuklamalarni bajara olish kobiliyati aynan shu jihat bilan bevosita bog‘liqdir.
Shuningdek mashqlar paytida tug‘ri nafas olish — shoshirmaslik va aksincha, nafasni
tutib turmaslik, burun orqali nafas olishni ham o‘rganish muhim.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

69

Gimnastika jihozlarida bajariladigan elementlarni sifatli o‘zlashtirish, musobaqa

kombinatsiyalarini o‘rganish va takomillashtirishni o‘z ichiga olgan majmua tajriba
dasturi bo‘yicha badiiy gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi mazmununi hisobga
olgan holda texnik tayyorgarlik mazmunini belgilash, gimnastikachilarning maxsus
jismoniy va texnik tayyorgarligi darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan
majmualarni tizimli qo‘llash, maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlik vositalarining
optimal nisbatini shakllantirish lozim.

Adabiyotlar:

1.

Ачилов А.М. Акрамов Ж.А. О.В.Гончарова. Болаларнинг жисмоний
сифатларини тарбиялаш. Методик кулланма. — Т.: Лидер-пресс, 2009 й., 201
б.

2.

Eshtaev A.K. Sport gimnastika mashgulotining nazariy asoslari. Uslubiy kullanma.
— Т.:2009 y. 92 b.

3.

Eshtaev A.K. Gimnastika darsi. Uslubiy kullanma,— T.:2004 y. 104 b.

4.

Карпенко Л.А. Основы спортивной подготовки в художественной
гимнастике: Учебное пособие. - СПб.: Изд-во СПбГАФК, 2000. - 40 с.

5.

Achilov A. Badiiy gimnastika. O‘quv-uslubiy qo‘llanma, - T.:2010-yil.

Bibliografik manbalar

Ачилов А.М. Акрамов Ж.А. О.В.Гончарова. Болаларнинг жисмоний сифатларини тарбиялаш. Методик кулланма. — Т.: Лидер-пресс, 2009 й., 201 б.

Eshtaev A.K. Sport gimnastika mashgulotining nazariy asoslari. Uslubiy kullanma. — Т.:2009 y. 92 b.

Eshtaev A.K. Gimnastika darsi. Uslubiy kullanma,— T.:2004 y. 104 b.

Карпенко Л.А. Основы спортивной подготовки в художественной гимнастике: Учебное пособие. - СПб.: Изд-во СПбГАФК, 2000. - 40 с.

Achilov A. Badiiy gimnastika. O‘quv-uslubiy qo‘llanma, - T.:2010-yil.