“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
302
DAM OLISH MASKANLARI VA ISTIROXAT BOG‘LARI
QURILISHIDA BAJARILADIGAN GEODEZIK QIDIRUV ISHLARI
Toshkent arxitektura qurilish unversiteti
Katta o‘qituvchi:
Kenjayev Ulug‘bek Abdulakimovich
Talaba:
Rasulov Asilbek Baymurod o‘g‘li
4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dam olish maskanlari va istiroxat bog‘larining
vazifalari, ularning qurilishida bajariladigan geodezik ishlar, joyning geodezik
ta’minotini yaratishdagi ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan va ularni yaratish usullari
ko‘rib chiqilgan.
Аннотация:
В статье дается информация о функциях зон отдыха и парков,
геодезических работах, выполняемых при их строительстве, работах по
созданию геодезического обеспечения территории, рассматриваются методы их
создания.
Annotation:
The article provides information on the functions of recreation areas
and parks, geodetic work carried out during their construction, work on creating
geodetic support for the territory, and discusses methods for their creation.
Kalit so‘zlar:
Geodezik qidiruv ishlar, elektron taxeometr, nivelir,
poligonometriya tarmog‘i, balandlik tarmog‘i, geodezik usul, poligonometriya punkti.
Ключевые слова:
Геодезическая съемка, электронный тахеометр, нивелир,
полигонометрическая
сеть,
высотная
сеть,
геодезический
метод,
полигонометрический пункт.
Keywords:
Geodetic survey, polygonometrik network, altitude network,
geodetic method, polygonometrik point. elektronik total station,
Kirish qismi.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning tashabbuslari bilan
Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik
namunalarini ko‘rsatgan ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan
qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasini keng miqyosda
yoritish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan
yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va
matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat
ruhida tarbiyalash maqsadida xususan Toshkent shaxrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi
hamda Yurtimizning bir qator tuman, shaharlarida, “Mangu jasorat” va “Matonat”
monumentlari shuningdek dam olish maskanlari barpo etilmoqda.
Asosiy qism:
Maxsuslashtirilgan yirik masshtabli planlarning asosiy qismini
loyihalash, qurish va injenerlik-inshootlaridan foydalanish jarayonida tuziladigan plan
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
303
va profillar tashkil etadi. Qoʻllanilishiga qarab qidiruv planlari, ijroviy planlar va
kadastr planlariga boʻlinadi. Qidiruv planlari qurilish maydonlari yoki trassaning eng
qulay variyantlarini tanlash uchun; ijroviy planlar qurilish jarayonida tuzilib,
qurilayotgan binoning loyiha bilan mosligini tekshirish uchun; kadastr planlari bino va
inshootlardan foydalanish jarayonida ularning maydoni, oʻlchamlari, yer osti
kommunikatsiyalari, yuridik, egalik va hokazolarni roʻyhatga olish uchun tuziladi.
Hozirgi davrda tuzilayotgan planlarning aksariyat qismi kadastr planlari boʻlib, ularda
xususiy va davlat mulki, oʻrmon, yer, suv havzalari tasvirlanadi va ularning tannarxi
va sifati haqidagi toʻliq maʼlumotlar keltiriladi.
Yirik masshtabli plan olish maydon hajmiga bogʻliq ravishda stereotopografik,
taxeometrik, teodolit bilan plan olish va maydonni nivelirlash usullari yordamida
amalga oshiriladi. Yirik masshtabli planlarda plan olish usulidan qatʼiy nazar joyning
relyefi otmetkalar bilan birga gorizontal orqali ifodalanadi, temir va avtomabil yoʻllari,
elektr uzatish tarmoqlari, quvur oʻtkazgichlar, kanallar, daryolar va boshqalar o‘z
shartli belgilari bilan toʻliq koʻrsatiladi.
Planli va balandlik syomka asoslari joyda mavjud geodezik asosni yirik
masshtabli topografik syomkalarni taʼminlash darajasigacha zichlab yetkazish
maqsadida quriladi. Syomka asosi davlat geodezik tarmoqlari, 1-va 2-razryad zichlash
tarmoqlari punktlarida rivojlantiriladi. Maydoni 1 km² gacha boʻlgan joylarda syomka
asosi tarmogʻi mustaqil tarmoq sifatida qurilishi mumkin. Planli syomka tarmoqlari
teodolit yoʻli yoki yoʻllar sistemasi, mikrotriangulyatsiya va diagonalsiz toʻrt
burchaklar tarmoqlari hamda geodezik toʻgʻri va teskari kesishtirishlarni bajarish
orqali quriladi. Bunda ushbu tarmoqlar nuqtalari balandligi birdaniga aniqlanadi.
Bizga geodeziyadan ma’lumki har qanday barpo etiladigan geodezik tarmoqlar
oʻzidan bir pogʻona yuqori tarmoq punktlariga bogʻlanishi lozim. Dam olish
maskanlari va istiroxat bog‘lari qurilishidan avval qurilish maydoniga bino va
inshootlar, yer osti va usti kommunikatsiyalarini rejalash uchun talab etiladigan
aniqlikda rejalash asosi barpo etilgan boʻlishi lozim. Ana shu geodezik asos rejalash
asosi boʻlishi bilan birga, qidiruv plani uchun ham syomka asosi boʻlib xizmat qiladi.
Topografik-geodezik qidiruv ishlarini dastlabki qismini yuqorida aytib oʻtganimizdek
qurilish maydoni chegarasiga yaqin joylashgan, barpo etilishi rejalashtirilgan planli va
balandlik geodezik tarmoqlari sinfidan yuqori boʻlgan joyda mavjud geodezik tarmoq
punktlarini tadqiq qilishdan boshlanadi. Masalan, katta maydondagi bir istiroxat bog‘i
obyekti uchun rejalangan geodezik tarmoqlarlar chegarasi yaqinida olib borilgan
qidiruv ishlari natijasida 1 ta 98 markadagi II klass triangulyatsiya punkti, 1 ta 158
markadagi 1-razryad poligonometriya punkti hamda 1 ta 145 markadagi III-klass
devoriy reperlari joyda mavjud bo‘lishi bajariladigan geodezik ishlarning aniqligini
ta’minlaydi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
304
1-rasm. Yopiq poligon koʻrinishidagi poligonometrik yoʻl
M
2
=n
m
s
2
+
m
β
2
p
2
[D
u.j.
2
] = 14. (0,1см)
2
+
3²
206265²
. 5760,677=
0,014+
2.115394774
−1
∗
5760,677= 0.016 м
М=0.13 м
Yoki nisbiy xato
М
L
=
0.13
2690
=
1
20000
2-rasm. Poligonometrik yoʻlning ogʻirlik markazi
Balandlik asos loyihasi sifatida nivelir tarmogʻini loyihalashda ishlar quyidagi
tartibda bajariladi:
1. Ushbu joyda ilgari bajarilgan nivelirlash ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
toʻplash.
2. Ishlar bajariladigan joyga chiqib tanishib chiqish.
3. Loyihani tuzish
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
305
4. Loyihasi tuzilgan nivelir yoʻllari bilan joyda tanishib chiqish
IV klass va texnik nivelir yoʻllari 1:10000-1:25000 masshtabdagi topografik
kartalarda loyihalanadi. Bunday kartaga dastlab ilgari qurilgan planli va balandlik
tarmoqlar punktlari, keyin yangi loyihalanayotgan tarmoq punktlari tushiriladi. Yangi
loyihalana yotgan IV klass va texnik nivelirlash tarmoqlarini joyda ilgari qurilgan
tarmoq punktlariga ulashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
1. Loyihalanayotgan har bir yoʻlning boshlangʻich oxirgi uchlari shu klassdagi
yoki undan yuqori klassdagi ilgari qurilgan tarmoq punktlariga bogʻlanishi kerak.
2. Loyihalanayotgan IV klass va texnik nivelirlash yoʻllarini ilgari qurilgan yoʻllar
bilan bogʻlash bu yoʻl punktlaridan birini qurilayotgan yoʻlga qoʻshib olish bilan
amalga oshiriladi.
3. Loyihalanayotgan yoʻllar yoqalab 3 km gacha masofada joylashgan punktlar
yoʻlga qoʻshib olinadi.
3-rasm. Loyihalangan balandlik tarmogʻi
Nivelirlash natidasida yoʻl bogʻlanmasligi klass aniqligidan kelib chiqib
hisoblanadi va taqqoslanadi. Endi esa biz yoʻriqnoma talab etgan chekni aynan shu yoʻl
uchun (1) formula orqali hisoblaymiz va yuqoridagi bogʻlanmaslik bilan solishtirib
koʻramiz.
f
h
= 20√L;
Yuqoridagi formuladan bogʻlanmaslik belgilangan cheklidan oshmaganligi
nivelir yo‘lining klass talabiga mos kelishini ifodalaydi.
Xulosa
: Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Dam olish maskanlari va
istirohat bog‘lari qurilishida bajariladigan geodezik qidiruv ishlari va keyinchalik
qurilish ishlarida foydalanish uchun planli va balandlik geodezik tarmoqlar yaratilishi
joyning geodezik ta’minoti to‘liq bajarilganligini ifodalaydi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
306
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avchiyev Sh. K. “Amaliy geodeziya” TAQI. Voris nashriyoti. 2010 yil.
2. Avchiyev Sh.K., Tashpulatov S.A. “Injenerlik geodeziyasi”. TAQI. 2014.
3. SHNQ 3.01.03-19 “Qurilishda geodezik ishlari qoidalari to‘plami”.Toshkent 2019.
4. В.В.Авакян “Прикладная годезия” (Технологии инженерно-геодезиеских
работ).Москва Вологда <<Инфра-Инженерия>> 2019 й.