Mualliflar

  • Mo‘minov Muhammaddiyor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.106190

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar (O‘zbekcha): Qur’on siyrat tafsir tarix Rosululloh ma’naviyat inson kamoloti axloq.

Annotasiya

Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola Qur’onni to‘g‘ri anglashda siyrat ilmining tutgan oʻrnini yoritadi. Unda Muhammad sallallohu alayhi vasallamning siyrati orqali oyatlarning mazmuni, tafsirga yondashuv va hayotiy talqinlar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyrat va tarix munosabati, islom ilmlari rivojida siyratning roli, shuningdek, uni fiqhiy yondashuv bilan oʻrganish zarurati bayon etiladi. Natijada Qur’onni siyrat asosida talqin qilishning jamiyatdagi axloqiy, ma’naviy va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

294

QUR’ONNI TUSHUNISHDA SIYRAT ILMINING AHAMIYATI

Mo‘minov Muhammaddiyor

Toshkent Islom instituti 4 - kurs talabasi


Annotatsiya (O‘zbekcha):

Ushbu maqola Qur’onni to‘g‘ri anglashda siyrat

ilmining tutgan oʻrnini yoritadi. Unda Muhammad sallallohu alayhi vasallamning
siyrati orqali oyatlarning mazmuni, tafsirga yondashuv va hayotiy talqinlar ilmiy
asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyrat va tarix munosabati, islom ilmlari rivojida
siyratning roli, shuningdek, uni fiqhiy yondashuv bilan oʻrganish zarurati bayon etiladi.
Natijada Qur’onni siyrat asosida talqin qilishning jamiyatdagi axloqiy, ma’naviy va
ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar (O‘zbekcha):

Qur’on, siyrat, tafsir, tarix, Rosululloh, ma’naviyat,

inson kamoloti, axloq.

Аннотация (Ruscha):

Данная статья раскрывает роль науки сиры в

правильном понимании Корана. В ней рассматривается, как биография Пророка
Мухаммада ﷺпомогает осмыслению аятов, подходу к тафсиру и практическому
применению в жизни. В статье также анализируются связи между сирой и
историей, её значение в развитии исламских наук, а также необходимость
фиқхического подхода при изучении. В заключение рассматривается
актуальность понимания Корана через призму сиры в контексте духовности и
морали современного общества.

Ключевые слова (Ruscha):

Коран, сира, тафсир, история, Посланник

Аллаха, духовность, совершенство, нравственность.

Annotation (Inglizcha):

This article explores the role of the science of Sīrah in

understanding the Qur’an correctly. It examines how the life of Prophet Muhammad ﷺ
aids in interpreting Qur’anic verses, shaping tafsir approaches, and applying them
practically. The paper also addresses the relationship between Sīrah and history, its
significance in the development of Islamic sciences, and the need for a fiqh-based
methodology. Ultimately, it analyzes the importance of Sīrah-informed Qur’anic
understanding for contemporary ethical, spiritual, and intellectual development.

Keywords:

Qur’an, Sīrah, tafsir, history, Messenger of Allah, spirituality, human

perfection, morality.


Insoniyatni zaloltdan saqlab qolish, uni haq yo‘lga boshlash, hayotiga ma’naviy

asos berish uchun Alloh taolo azaldan payg‘ambarlar yuborgan. Ularning eng oxirgisi
va eng mukammali — Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamdir. U zotga
nozil qilingan Qur’on karim esa, insoniyat uchun eng komil ilohiy hidoyat manbai
sanaladi. Robbimiz bandalarini yaratib, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymadi. Aksincha,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

295

ularning ikki dunyo saodatini ta’minlash uchun Qur’ondek muborak kalomini nozil
qildi. Qur’on – ilohiy kitob bo’lib, unda insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha
ko‘rsatmalar va asos tamoyillar mujassamdir.

Biroq Qur’onni to‘g‘ri anglash, uni tafsir qilish va hayotga tatbiq etishda faqat

oyatlarning o‘zi bilan cheklanib bo‘lmaydi. Qur’onni tushunish — u qanday holatda
nozil qilinganini, uni qabul qilib oluvchisi bo‘lmish Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam oyatni qanday anglab, qanday izohlaganlarini va o‘z hayotlarida qanday
qo‘llaganlarini bilishni talab qiladi. Ana shu nuqtada siyrat ilmining o‘rni nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etishi ko‘zga tashlanadi.

Siyrat — bu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llari, u zotning

so‘zlari, amallari va hayot tarzlari jamlangan muhim ilmiy manbadir. Siyratni chuqur
o‘rganmay turib, Qur’on oyatlarini to‘g‘ri tushunish, ularning maqsadini, tag
zamiridagi hikmatni to‘liq anglash mushkul bo‘ladi. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam Qur’onning ilk mufassiri, uning amaldagi namunasi va ilohiy xitobni eng
to‘g‘ri anglagan, nafaqat anglagan uni sahobalarga mukammal ta’lim bergan zotdirlar.
Abdulloh roziyallohu anhu dedi: “Oʻzidan oʻzga iloh yoʻq Allohga qasamki, Allohning
Kitobidan biror sura nozil qilinmaganki, men uning qayerda nozil qilinganini
bilmasam. Allohning Kitobidan biror oyat nozil qilinmaganki, men uning nima uchun
nozil qilinganini bilmasam. Agar tuyada yetsa boʻladigan joyda Allohning Kitobini
mendan yaxshiroq biladigan kishi borligini bilib qolsam, ulovga minib, albatta uning
oldiga borgan boʻlardim”

1

.

Shunday ekan, Qur’onni to‘g‘ri tushunishni istagan har bir inson avvalo siyratni

chuqur va tizimli o‘rganmog‘i lozim. Siyrat — Qur’onning hayotdagi timsolidir.
Qur’on nazariy asos bo‘lsa, siyrat — uning amaliy ko‘rinishi. Qur’on yo‘l ko‘rsatuvchi
nur bo‘lsa, siyrat — o‘sha nurda qanday yurish kerakligini ko‘rsatadigan yo‘ldir.
Qur’onni siyratsiz tushunishga urinish insonni noto‘g‘ri xulosalarga, ba’zan esa
mutaassib yondashuvlarga olib borishi mumkin. Siyrat bilan uyg‘un holda tushunilgan
Qur’on esa — qalblarga nur, aqlga hikmat va jamiyatga adolat olib keladi.

Maqolaning maqsadi — Qur’onni to‘g‘ri anglashda siyrat ilmining tutgan o‘rni

va ahamiyatini ochib berish, Qur’oniy tafsirga siyrat yondashuvi zarurligini ilmiy
asosda yoritishdir. Shuningdek, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotiy
misollarini o‘rganish orqali Qur’on oyatlarini qanday anglash lozimligi haqida metodik
tavsiyalar berish ham ushbu maqolaning asosiy vazifalaridan biridir.

1

Muhammad ibn Abdulloh.

Sahihul Buxoriy -kitob, 5002-hadis


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

296

Payg‘ambar ﷺning siyrati: U qanday rivojlandi va bugun qanday tushunilishi

kerak. Shubhasiz, hazrati Muhammad ﷺning siyrati musulmonlar uchun, ularning tili
va yashash joyidan qat’iy nazar, faxrlanadigan buyuk tarixning asosidir.

Musulmonlar tarixni yozishni siyratdan boshladilar... Chunki ular tarixni

yozishda avval Payg‘ambar ﷺning siyratidagi voqealarni yozishga kirishdilar, keyin
esa bu siyratdan kelib chiqib, voqealar ketma-ketligini yozdilar va bu yozuvlar bugungi
kungacha davom etmoqda.

Hatto Islomdan oldingi davr — jahiliyat davri, Arabiston yarim orolida sodir

bo‘lgan voqealar ham musulmonlar tomonidan o‘rganildi, kuzatildi va yozildi. Bu
ishda Islom nuri ularga jahiliyatni qanday tushunish kerakligini ko‘rsatdi va ular,
asosan, hazrati Muhammad ﷺning tug‘ilishi va hayoti siyratini yozishga e’tibor
qaratdilar.

Demak, siyrat Arabiston yarim orolida Islom tarixining yozilishi uchun markaziy

o‘rin egalladi. U, birinchi navbatda, Arabiston voqealariga, keyinchalik esa butun
Islom dunyosiga ta’sir ko‘rsatdi.

Arablar va musulmonlar tarixni yozishda juda aniq ilmiy metodga ega edilar. Ular

voqealarni aniq va to‘g‘ri tarzda ajratib, ularni yozishda bunday metodni boshqa
xalqlar orasida uchratish qiyin edi. Biroq, ular bu metodni siyratni aniq va to‘g‘ri
yozishga majbur bo‘lgani uchun yaratdilar. Ular siyratni xato, noto‘g‘ri aralashmalar
yoki soxta rivoyatlardan to‘liq holatda saqlashga harakat qildilar. Chunki ular bilardiki,
Payg‘ambar ﷺning siyrati va sunnatlari — Qur’onni tushunishning asosiy kalitidir.
Ular Qur’onni qanday to‘g‘ri tushunish va hayotga tatbiq etish haqida eng yuksak
namuna bo‘ladilar.

Shu sababli, Rasululloh ﷺning payg‘ambar ekanligiga va Qur’onning Allohning

kalomi ekanligiga bo‘lgan ishonch, shuningdek, Qur’ondan to‘g‘ri foydalanish
mas’uliyatini zimmasiga olish, ular uchun siyrat va sunnat haqiqatlarini saqlab qolish
uchun ilmiy metodni yaratishdagi asosiy sabab bo‘ldi.

Shundan ayon bo‘ladiki: Payg‘ambar ﷺning siyratini yozish musulmonlar tarixni

o‘rganish va yozish uchun kirish eshigi bo‘ldi. Musulmonlar, rivoyatlar va xabarlarni
aniq va to‘g‘ri yozish uchun ilmiy qoidalar yaratdilar, va bu qoidalar aynan shu
ehtiyojdan kelib chiqib paydo bo‘ldi: Islomning asosiy manbalarini va suvlarini to‘g‘ri
saqlash zarurati, ularga begona yoki noxush narsa kirib ketmasligi uchun.

Payg‘ambarimizning siyratini o‘rganish va unga fiqhiy yondashishdan maqsad –

faqatgina tarixiy voqealarni bilish, yoki voqealar va qiziqarli hikoyalarni bayon qilish
emas. Shuning uchun, Payg‘ambar siyratini fiqhiy tarzda o‘rganishni oddiy tarixiy
o‘rganishlardan deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni, bu biron xalifa yoki o‘tgan
tarixiy davr haqida umumiy tarixiy ma’lumot olishga o‘xshamaydi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

297

Asl maqsad – musulmon kishi o‘zining ongida tushungan Islom haqiqatlarini

umumiy qoida va hukmlar shaklida emas, balki Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning hayotida namoyon bo‘lgan, gavdalangan shaklda tasavvur qilishidir.

Ya’ni, siyratni o‘rganish – bu amaliy mashq bo‘lib, Islom haqiqatini mukammal

tarzda jonli misolda – Muhammad sollallohu alayhi vasallamda mujassam ko‘rishdan
iboratdir.

Agar biz bu maqsadni batafsil tarzda qismlarga ajratmoqchi bo‘lsak, quyidagi

aniq maqsadlarni sanab o‘tishimiz mumkin:

1. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsiyatini

(payg‘ambarlik maqomini) u zotning hayoti va yashagan sharoitlari orqali chuqur
anglash. Bu orqali, Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘z qavmi orasida faqatgina
iste’dodi bilan ajralib chiqqan dahiy emas, balki Alloh tomonidan vahiy va yuksak
hidoyat bilan yuborilgan haqiqiy Payg‘ambar ekanligiga ishonch hosil qilish.

2. Har bir ezgu hayot sohasi bo‘yicha eng oliy namunani ko‘rish. Kishi shunga

amal qilib, uni o‘ziga hayotiy dastur sifatida qabul qilishi va unga ergashishi kerak.
Inson qaysi hayot sohasida oliy namunani izlamasin, albatta, Muhammad sollallohu
alayhi vasallamning hayotida uni eng ravshan va mukammal shaklda topadi. Shu bois
Alloh taolo u zotni butun insoniyat uchun namunali shaxs qilib belgilagan:

“Batahqiq, sizlar uchun–Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlganlar uchun va

Allohni koʻp zikr qilganlar uchun Rasulullohda goʻzal oʻrnak bor edi”

2

.

3. Payg‘ambarimizning siyratini o‘rganish orqali Qur’oni Karimni anglashga va

uning ruhiyati hamda maqsadlarini chuqur his qilishga erishiladi. Chunki Qur’on
oyatlarining ko‘pchiligi Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshdan kechirgan
voqealar va u zotning bu voqealarga munosabatlari orqali tushuntiriladi va yoritiladi.

4. Payg‘ambarimiz siyratini o‘rganish orqali musulmon kishi e’tiqod, fiqhiy

hukmlar va axloqiy qadriyatlarga doir ishonchli islomiy bilimlar bilan boyiydi. Albatta,
Payg‘ambarimizning hayoti butun islomiy aqidalar va hukmlarning yorqin amaliy
ifodasi bo‘lgan nurli namunadir.

5. Ustoz va da’vat qiluvchi uchun tarbiya va ta’lim uslublari bo‘yicha hayotiy

namunani ko‘rsatadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo ta’lim va tarbiyada
eng samarali yo‘llarni izlagan, fidokor ustoz va ulug‘ murabbiy edilar.

Payg‘ambarimizning siyrati bu maqsadlarning barchasini amalga oshiradigan

mukammal manba bo‘lishining eng muhim sababi – u zotning hayoti insoniy va
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga olganidir. Ya’ni, inson qanday holatda
bo‘lmasin – yolg‘iz shaxs sifatida ham, jamiyat a’zosi sifatida ham –
Payg‘ambarimizning hayotidan o‘ziga tegishli namunani topadi.

2

Qur‘oni karim. Ahzob surasi 21- oyat


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

298

Demak, Payg‘ambarimizning siyratini o‘rganish – bu insoniy fazilatlarning

barcha jabhalarini o‘zida jamlagan eng yuksak namunani ifoda etishdan iboratdir.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Qur’oni Karim.
2. Qur'oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi.

“Sharq” nashriyot-matbaasi. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa
birlashmasi. 2007y.

3. “Tafsiri hilol”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: “Hilol

nashr” 2008.

4. “Sahihi Buxoriy” Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Toshkent:

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2008.

5. “As-siyra an- nabaviyya” Abdulmalik ibn Hishom. Toshkent: “Hilol Nashr” 2020.
8. Doktor Muhammad Said Ramazon Butitiy Fiqhu-s-siyrati-n-nabaviyya. –

Damashq: Doru-s-salom, 2020.



Bibliografik manbalar

Qur’oni Karim.

Qur'oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi. “Sharq” nashriyot-matbaasi. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi. 2007y.

“Tafsiri hilol”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: “Hilol nashr” 2008.

“Sahihi Buxoriy” Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2008.

“As-siyra an- nabaviyya” Abdulmalik ibn Hishom. Toshkent: “Hilol Nashr” 2020.

Doktor Muhammad Said Ramazon Butitiy Fiqhu-s-siyrati-n-nabaviyya. – Damashq: Doru-s-salom, 2020.