“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
292
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Sodiqova Dilafruz
Buxoro davlat pedagogika instituti,
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti,
1-2BT-21 guruh talabasi
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining adabiy nutq madaniyatini
shakllantirish — bu nafaqat til o‘rgatish, balki bolani fikrlash, to‘g‘ri, ravon va
ma’naviy boy so‘zlashga o‘rgatish demakdir. Mazkur maqolada o‘quvchilarda adabiy
nutqni rivojlantirishning samarali usullari, o‘qituvchining roli, badiiy adabiyot, o‘yin
metodlari va darsda interaktiv yondashuvlar orqali erishiladigan yutuqlar haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
adabiy nutq, boshlang‘ich sinf, metodika, o‘yin usullari, nutq
madaniyati, sinonim, omonim.
KIRISH
Ma’lumki, boshlang‘ich sinfga o‘quvchilar 7 yoshdan qabul qilinadi va ularga ilk
bilimlar — savod o‘rgatish, yozuv va o‘qish mashg‘ulotlari birgalikda o‘tiladi. Bu
fanlar o‘quvchilarning keyingi bilim olish jarayoniga mustahkam poydevor bo‘lib
xizmat qiladi. Aynan shu bosqichda o‘quvchining nutqini, aniqrog‘i — adabiy nutq
madaniyatini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Chunki nutq inson tafakkurining
ifodasidir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLIL
Adabiy nutq — bu umumxalq tomonidan tan olingan, normativ, estetik va ravon
bo‘lgan nutq shaklidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga kelgan paytda
ularning nutqida dialektal so‘zlar, sheva elementlari ustunlik qiladi. Bu holat
o‘quvchining til madaniyatini rivojlantirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi.
Adabiy nutqni shakllantirishda quyidagi metodik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi:
1. O‘qituvchining adabiy nutqda so‘zlashi.
2. Badiiy asarlardan foydalanish.
3. O‘yin metodlari.
4. Sinonim va omonimlardan foydalanish.
5. Rebus va krossvordlar.
6. Uyga topshiriq sifatida adabiy mashqlar.
E’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlar:
– O‘qituvchining o‘zi parazit so‘zlardan saqlanishi lozim.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
293
– Bir dars davomida bir necha til aralashmasi (masalan, ruscha yoki inglizcha so‘zlar)
noo‘rin ishlatilsa, o‘quvchi adabiy nutqni to‘liq anglay olmaydi.
XULOSA VA MUNOZARA
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining adabiy nutqini rivojlantirish bu — faqat birgina
til o‘rganish emas, balki shaxsning ma’naviy va tafakkuriy shakllanishi demakdir.
Nutq madaniyatiga ega bo‘lgan bola o‘z fikrini aniq, lo‘nda, go‘zal va to‘g‘ri bayon
qila oladi.
Buyuk mutafakkirlar — Abu Nasr Forobiy, Zamaxshariy, Beruniy, Ibn Sino,
Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib kabi allomalar asarlarida nutqni inson kamolotining
eng muhim belgisi sifatida ko‘rsatganlar. Shunday ekan, o‘quvchining nutqini
rivojlantirishda nafaqat o‘qituvchi, balki ota-onalar ham faol ishtirok etishlari lozim.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: Fan, 2006.
2. G‘ulomov N. Nutq madaniyati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
3. Omonov Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til va nutqni rivojlantirish. –
Samarqand, 2020.
4. Karimova N. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar. – Buxoro, 2022.
5. Zunnunova M. Badiiy matn asosida nutqni shakllantirish. – Andijon, 2021.