Mualliflar

  • Giyosova Munisa

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.106199

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Kufa Kufa maktabi nahv ilmi Abu Ja’far ar-Ruasi al-Kisoiy al-Farro fiqh qiroat Basra va Kufa raqobati ilmiy maktablar Islom tarixi.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada Kufaning tashkil topishidan boshlab, uning harbiy va ilmiy markaz sifatidagi roli, sahobalar va yirik muhaddislarning bu shaharga bo‘lgan alohida e’tibori, shuningdek, kufalik olimlarning nahv ilmi va boshqa islomiy fanlardagi hissasi yoritilgan. Kufa nahviy maktabining shakllanishi, Basra maktabi bilan o‘zaro raqobati va kufaliklarning til qoidalarini ishlab chiqishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Xususan, Abu Ja’far ar-Ruasiyning ilmiy faoliyati, al-Kisoiy va al-Farro kabi buyuk olimlarning kufalik nahv maktabi rivojiga qo‘shgan hissalari alohida o‘rganilgan. Maqola Kufa maktabining fiqh, qiroat va nahv ilmidagi yutuqlarini ochib berib, bu maktabning mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishini asoslab beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

252

KUFA MAKTABINING TARAQQIYOT YO‘LI

Giyosova Munisa

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institute talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va

islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada Kufaning
tashkil topishidan boshlab, uning harbiy va ilmiy markaz sifatidagi roli, sahobalar va
yirik muhaddislarning bu shaharga bo‘lgan alohida e’tibori, shuningdek, kufalik
olimlarning nahv ilmi va boshqa islomiy fanlardagi hissasi yoritilgan. Kufa nahviy
maktabining shakllanishi, Basra maktabi bilan o‘zaro raqobati va kufaliklarning til
qoidalarini ishlab chiqishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Xususan,
Abu Ja’far ar-Ruasiyning ilmiy faoliyati, al-Kisoiy va al-Farro kabi buyuk olimlarning
kufalik nahv maktabi rivojiga qo‘shgan hissalari alohida o‘rganilgan. Maqola Kufa
maktabining fiqh, qiroat va nahv ilmidagi yutuqlarini ochib berib, bu maktabning
mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishini asoslab beradi.

Kalit soʻzlar:

Kufa, Kufa maktabi, nahv ilmi, Abu Ja’far ar-Ruasi, al-Kisoiy, al-

Farro, fiqh, qiroat, Basra va Kufa raqobati, ilmiy maktablar, Islom tarixi.


Kufa so’zining ko’p ma’nolari bor. Ayrimlar bu so’zni “to’plangan qum” deb

ta’riflaganlar, boshqalar esa “qizil qum” yoki har qanday turdagi qum deb
tushuntirganlar. Shuningdek, u انافوك so’zidan olinganligini ham aytishadi, bu “dumaloq
shaklidagi qum” degan ma’noni anglatadi. Yana bir taxminga ko’ra, Kufa deb
nomlandi, chunki u qum va tuproq aralashmasi bo’lgan hududda joylashganligi uchun.
Shuningdek, فوك fe’lidan olingan bo’lib, bu “to’planmoq” ma’nosini anglatadi, ya’ni
odamlarning u yerga to’planishi sababli shu nom berilgan.

1

Kufaning tarixiga keladigan bo’lsak, Kufa xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu

anhu davrida fath qilingan va shundan keyin Xuroson, Fors va Hindistonni fath qilish
markaziga aylangan. Uni barpo etishdan asosiy maqsad, uzoq safar va janglardan
charchagan Islom qo’shini uchun dam olish joyi yaratish edi. Xalifa Umar ibn Xattob
roziyallohu anhu Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga Kufani musulmonlar uchun
hijrat va harbiy qarorgoh sifatida qurishni buyurgan. Kufaning joylashuvi tasodifan
tanlanmagan, balki uning geografik jihati va harbiy afzalliklari puxta o’rganilgan. U
Madina shahridan uzoq bo’lishiga qaramay, hijrat joyi va jihod markazi sifatida muhim
ahamiyatga ega. Shu sababli, hijriy 17-yilda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida
eng mashhur va muhim shaharlardan biriga aylandi.

2

1

:

توريب

،رشنلاو

ةعابطلل

توريبلا

راد

)

٦٢٦ت

(

يومحلا

اللهدبع

نبا

توقاي

الله

دبع

يبا

نيدلا

باهش

،نادلبلا

مجعم

:

رظني

٤

/

٤٩٠

،

حوتف

،نادلبلا

وبأ

رفعج

دمحا

نب

ىيحي

نب

رباج

يرذلابلا

(

ت

٢٧٩

ه

)

،

ةعبطم

ةنجل

نايبللا

يبرعلا

2

.

٤٩١

/

٤

:

نادلبلا

مجعم


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

253

Ba’zi manbalarga ko’ra, Kufa Basra shahridan ikki yil keyin, ya’ni hijriy 13-yilda

barpo etilgan. Boshqalar esa hijriy 14-yilda tashkil etilgan deb hisoblashadi, ammo eng
ishonchli va ko’pchilik tomonidan qabul qilingan fikrga ko’ra, Kufa hijriy 17-yilda
tashkil etilgan.

3

Kufadagi ilmiy maktablar haqida gap ketganda, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu

anhu Kufada masjid qurish uchun joy tanlagan va shahar markazidan masjid barpo
etgan. Ushbu masjiddan yo’llar va ko’chalar tarmoqlanib ketgan. Uning oxirida esa
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu uyi ham qurilgan, shuningdek, Baytul mol ham
tashkil etilgan.

4

Alloh bu masjidni sharaflantirdi, buning sababi u yerda Umar ibn

Xattob roziyallohu anhu davrlarida ko’plab sahobalar yashagan. Ulardan eng
mashhurlaridan biri Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bo’lib, u Kufadagi ilmiy
maktabning asoschisi va u yerda ko’plab sahobalarga ta’lim bergan.

5

Vaqt o’tishi bilan Kufa ilm markaziga va olimlar bilan gavjum shaharga aylandi.

U ilm jihatidan Madina va Basra bilan raqobatlasha boshladi va fiqh hamda nahv ilmi
bo’yicha mashhur bo’ldi.

Hijriy 36-yilda, Jamal jangidan so’ng, Ali roziyallohu anhu Kufaga kelib, u yerda

yashashni boshladi. Uning poytaxtga aylanishi bilan Kufa to’rt yil davomida Islom
xalifaligining markazi bo’ldi.

Ilm talab qilgan kishilar uchun Kufa zaruriy ziyorat joyiga aylandi. Bu shaharga

Imom Shofe’iy, Imom Buxoriy, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy,
Imom Muslim va Imom ibn Moja kabi ulug’ muhaddis va faqihlar tashrif buyurishdi.
Shahar islomiy ilm-fan markazi va diniy ilmlarni rivojlantirish maydoniga aylandi.

6

Ibrohim as-Samaroiyning Kufaga doir fikrlari: Basra ham Kufa ham musulmonlar

tomonidan asos solingan qadimiy shaharlar bo’lib, islom tarixida muhim o’rin
egallagan. Ular ikkinchi va uchinchi hijriy asrlarda siyosatda ham katta ta’sirga ega
bo’lishgan. Kufa alaviy yo’nalishiga moyil bo’lsa, Basra usmoniy yo’nalishga yaqin
bo’lgan. Ikkala shahar aholisi bir-biri bilan aloqada bo’lgan, ba’zi basraliklar Kufada
yashagan, ba’zi kufaliklar esa Basraga ko’chib o’tgan.

7

Kufa ham Basra kabi ilm markazi edi. Basraliklarning ilmga, ayniqsa tilshunoslik

fanlariga erta e’tibor berganligi ma’lum, chunki nahv ilmi birinchi bo’lib Basrada
paydo bo’ldi. Kufada nahv ilmining boshlanishi Abu Ja’far ar-Ruasiyning faoliyati
bilan bog’liq.

3

.

٢٤٧

/

٢

:

نادلبلا

حوتف

4

.

١٣٤

/

٣

:

١،١٩٤٩ط

،ةرهاقلا

،ةينيسحلا

ةعبطملا

يف

عبط

)

ه٣١٠ت

(

يربطلا

ريرج

نب

دمحم

رفعج

وب

،كولملاو

لسرلا

خيرات

5

.

٣٥٤

/

٣

:

نادلبلا

حوتف

6

،ةلاسرلا

ةسسؤم

،يجرغأضلا

نؤمأم

قيقحت

،

)

ه٧٤٨ت

(

يبهذلا

نامثع

نبا

دمحا

نبا

دمحم

نيدلا

سمش

،ءلابنلا

ملاعا

ريس

ط

٦

:

١

/

٥٩

.

7

يملعلاا

ةسسؤم

تاروشنم

نم

)

٨٠٨٥ت

(

يسنوتلا

يليبشلاا

دمحم

نب

نمحرلا

دبع

،نودلخ

نبا

خيرات


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

254

Shavqiy Zoyfning fikricha, Kufa Basraga arab yozuvining nuqtalarini va e’rob

belgilari tizimini ishlab chiqish ishini topshirgan. Basralik Abu Is’hoq nahvda qoidalar
va qiyos usullarini shakllantirgan bo’lsa, kufaliklar o’sha davrda fiqh, aqoid, fatvo,
qiroat va hadis ilmi bilan band edi. Shu sababli Kufa fiqh bo’yicha Abu Hanifa
mazhabining vatani bo’ldi, shuningdek, qiroat bo’yicha yeti mashhur qori orasidan uch
nafari kufalik bo’lgan. Ular Osim, Hamza va Al-Kisoiy bo’lganlar.

Ko’pgina tarjima kitoblarida kufalik nahv maktabining asoschilari Abu Ja’far ar-

Ruasiy va Muoz al-Harro’ sifatida tilga olinadi.

Ammo, haqiqiy kufa nahv maktabi al-Kisoiy va uning shogirdi al-Farro bilan

boshlanadi, ular ushbu maktabning asosiy nazariy qoidalarini ishlab chiqib, uni
basraliklardan o’rgangan bo’lsa ham, ularga to’liq ergashmasdan, qoidalarni
o’zgartirib, tafsir va ta’vil orqali mustaqil yo’nalish yaratishga harakat qilishgan. Bu
esa ularning o’ziga xos va mustaqil nahv maktabini tashkil etishiga sabab bo’ldi.

Dastlab, kufaliklar nahv ilmini o’rganishdan ko’ra she’r rivoyat qilish, tarixiy

voqealar va qiziqarli hikoyalarni bayon etish bilan ko’proq shug’ullanishgan. Biroq,
Basra maktabi nahv ilmi bilan yolg’iz shug’ullanganidan bir asr o’tgach, kufaliklar
ham bu sohaga jiddiy kirishib, qoidalarni to’liq shakllantirishga harakat qilishgan.
Ushbu jarayonda Basra va Kufa maktablari o’rtasida qattiq raqobat kechgan. Nihoyat,
taxminan yana bir asr o’tgach, nahv ilmi to’liq shakllanib, uning asosiy tamoyillari
to’liq aniqlangan va undan keyingi ijtihod deyarli to’xtagan.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kufaliklar o’z nahv maktabini yaratishda

Basraliklardan ilhomlangan, lekin ularni to’liq nusxalamagan. Ular ba’zi yangi
lahjalarga asoslangan va tilshunoslik qoidalarida ko’proq erkinlikni afzal ko’rganlar.
Ammo ular ham tilshunoslikda haddan tashqari bo’shashishdan qochishgan, ba’zi
lahjalarni rad etishgan va nahviy qoidalarni yaratishda o’z yondashuvlariga ega
bo’lishga harakat qilishgan.

Foydalangan manba va adabiyotlar:

1.

ت( يومحلا اللهدبع نبا توقاي الله دبع يبا نيدلا باهش ،نادلبلا مجعم :

٦٢٦

،رشنلاو ةعابطلل توريبلا راد )

:توريب

٤

/

٤٩٠

ت( يرذلابلا رباج نب ىيحي نب دمحا رفعج وبأ ،نادلبلا حوتف ،

٢٧٩

نايبللا ةنجل ةعبطم ،)ه

يبرعلا

2.

ت( يربطلا ريرج نب دمحم رفعج وب ،كولملاو لسرلا خيرات

٣١٠

،ةرهاقلا ،ةينيسحلا ةعبطملا يف عبط )ه

ط

١،١٩٤٩

3.

ت( يبهذلا نامثع نبا دمحا نبا دمحم نيدلا سمش ،ءلابنلا ملاعا ريس

٧٤٨

يجرغأضلا نؤمأم قيقحت ،)ه
لاسرلا ةسسؤم

4.

ت( يسنوتلا يليبشلاا دمحم نب نمحرلا دبع ،نودلخ نبا خيرات

٨٠٨٥

يملعلاا ةسسؤم تاروشنم نم )

Bibliografik manbalar

Foydalangan manba va adabiyotlar:

: معجم البلدان، شهاب الدين ابي عبد الله ياقوت ابن عبدالله الحموي (ت٦٢٦) دار البيروت للطباعة والنشر، بيروت: ٤/٤٩٠، فتوح البلدان، أبو جعفر احمد بن يحيى بن جابر البلاذري (ت٢٧٩ه)، مطبعة لجنة اللبيان العربي

تاريخ الرسل والملوك، بو جعفر محمد بن جرير الطبري (ت٣١٠ه) طبع في المطبعة الحسينية، القاهرة، ط١،١٩٤٩

سير اعلام النبلاء، شمس الدين محمد ابن احمد ابن عثمان الذهبي (ت٧٤٨ه)، تحقيق مأمؤن الضأغرجي مؤسسة الرسال

تاريخ ابن خلدون، عبد الرحمن بن محمد الاشبيلي التونسي (ت٨٠٨٥) من منشورات مؤسسة الاعلمي