Mualliflar

  • Bahodirova Marziya Xurshid qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.106232

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Maxsus pedagogika oila psixologiyasi maxsus ehtiyojli bola ota-ona yordami psixologik qo'llab-quvvatlash pedagogik hamkorlik ijtimoiylashuv emotsional barqarorlik

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada maxsus pedagogikada oila psixologiyasining tutgan o'rni yoritiladi.Muallif maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishida oilaning psixologik muhitini hal qiluvchi omil sifatida tahlil qiladi.Ota-onalarning emotsional qo'llab-quvvatlashi, psixologik tayyorgarligi va pedagogik savodxonligi bolaning ijtimoiylashuvi va ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, maxsus pedagog va oila o'rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish yo'llari ham ko'rib chiqiladi. Maqola pedagoglar, psixologlar hamda maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

186

MAXSUS PEDAGOGIKADA OILA PSIXOLOGIYASINING ÓRNI

Bahodirova Marziya Xurshid qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Special pedagogy fakulteti talabasi

bahodirovamarziya923@gmail.com

marziyabahodirova56@gmail.com

+998887493900

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maxsus pedagogikada oila psixologiyasining

tutgan o'rni yoritiladi.Muallif maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishida oilaning
psixologik muhitini hal qiluvchi omil sifatida tahlil qiladi.Ota-onalarning emotsional
qo'llab-quvvatlashi, psixologik tayyorgarligi va pedagogik savodxonligi bolaning
ijtimoiylashuvi va ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatishi asoslab beriladi.
Shuningdek, maxsus pedagog va oila o'rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish
yo'llari ham ko'rib chiqiladi. Maqola pedagoglar, psixologlar hamda maxsus ehtiyojli
bolalarning ota-onalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar:

Maxsus pedagogika, oila psixologiyasi, maxsus ehtiyojli bola, ota-

ona yordami, psixologik qo'llab-quvvatlash, pedagogik hamkorlik, ijtimoiylashuv,
emotsional barqarorlik

Аннотация:

В данной статье освещается роль семейной психологии в

специальной педагогике.

Автор анализирует психологическую атмосферу в семье как решающий

фактор в развитии детей с особыми потребностями. Обосновывается, что
эмоциональная поддержка родителей, их психологическая готовность и
педагогическая грамотность положительно влияют на социализацию ребенка и
образовательный процесс.

Также рассматриваются пути повышения эффективности сотрудничества

между специальным педагогом и семьей. Статья представляет теоретическую и
практическую ценность для педагогов, психологов и родителей детей с особыми
потребностями.

Ключевые слова:

специальная педагогика, семейная психология, ребенок

с особыми потребностями, родительская поддержка, психологическая помощь,
педагогическое сотрудничество, социализация, эмоциональная стабильность

Annotation:

This article highlights the role of family psychology in special

education. The author analyzes the psychological environment within the family as a
decisive factor in the development of children with special needs. It is substantiated
that parental emotional support, psychological readiness, and pedagogical literacy have
a positive impact on the child's socialization and educational process.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

187

The article also explores ways to enhance the effectiveness of collaboration

between special educators and families.

It holds theoretical and practical significance for educators, psychologists, and

parents of children with special needs.

Key words:

special education, family psychology, child with special needs,

parental support, psychological assistance, pedagogical cooperation, socialization,
emotional stability


Jamiyatda har bir bolaning to'laqonli rivojlanishi va ijtimoiylashuvi muhim

ahamiyatga ega. Xususan, maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishida nafaqat
pedagogik, balki psixologik qo'llab-quvvatlash zarurdir. Maxsus pedagogikada oila
psixologiyasi markaziy o'rinni egallaydi, chunki bola kundalik hayotining asosiy qismi
oilaviy muhitda kechadi. Shu sababli, ota-onalarning ruhiy holati, ularning bolaning
holatini qabul qilishi, psixologik tayyorgarligi va ijtimoiy munosabatlari bola taqdiri
uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda ta'lim sohasida inklyuzivlik, ya'ni har bir bolaga uning individual

xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish tamoyili tobora dolzarb bo'lib
bormoqda. Maxsus pedagogika aynan ana shu yondashuvga asoslanib, rivojlanishida
turli nuqsonlarga ega bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Bunday
bolalar o'ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega bo'lib, ularning ta'lim jarayonini
tashkil etishda nafaqat maxsus metodlar, balki emotsional-psixologik qo'llab-
quvvatlash ham muhim o'rin tutadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotida oila eng
yaqin va asosiy ijtimoiy muhit bo'lib xizmat qiladi. Ota-onalarning psixologik holati,
bolaning muammosini qanday qabul qilgani, unga bo'lgan munosabati bola
rivojlanishining barcha bosqichlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, oila
psixologiyasi masalasi maxsus pedagogika doirasida alohida e'tibor talab etadi.

Maxsus pedagogik ehtiyojli bolalar va ularning rivojlanish xususiyatlari:
Maxsus pedagogik ehtiyojli bolalar - bu jismoniy yoki aqliy rivojlanishida

muayyan cheklovlarga ega bo'lgan bolalar bo'lib, ular maxsus ta'lim yondashuvlarini
talab qiladi. Bunday bolalarga eshitish, ko'rish, nutq, aqliy yoki harakatlanish
nuqsonlari bo'lgan bolalar kiradi. Ularning rivojlanish jarayoni odatiy rivojlanayotgan
bolalarnikidan farq qiladi, shu sababli ular bilan ishlashda maxsus metod va psixologik
yondashuvlar muhim o'rin tutadi.Bola rivojiga ta'sir etuvchi eng muhim omillardan biri
bu ijtimoiy muhit, xususan, oiladir. Maxsus ehtiyojli bolalarning aksariyatida
ijtimoiylashuv, o'zini anglash, o'quv jarayonida ishtirok etish kabi sohalarda
qiyinchiliklar kuzatiladi. Ularning to'laqonli rivojlanishini ta'minlash uchun nafaqat
maxsus pedagoglar, balki ota-onalar ham bilimli va emotsional tayyor bo'lishi lozim.



background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

188

Oila psixologiyasining ahamiyati;
Oila bu bolaning birinchi ijtimoiy muhiti bo'lib, u yerda bola hayotiy tajriba

orttiradi, psixologik ehtiyojlarini qondiradi va o'zini xavfsiz his qiladi. Maxsus
ehtiyojli bolalar uchun bu ehtiyojlar yanada kuchliroq va murakkabroq bo'lishi
mumkin. Shunday sharoitda oilaning psixologik barqarorligi, ota-onalarning bolaning
holatini to'g'ri qabul qilishi va unga nisbatan sog'lom munosabatda bo'lishi juda muhim
hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oilada stress, rad etish, yoki hadli mehr
ko'rsatish holatlari bo'lsa, bu bolada o'ziga boʻlgan ishonchning yo'qolishiga, o'qishga
qiziqmaslikka, ijtimoiy ajralishga olib keladi. Aksincha, psixologik qo'llab-
quvvatlovchi, sabrli va bilimli ota-onalar bola rivojida sezilarli ijobiy o'zgarishlarga
erishishlari mumkin. Ota-onalarning psixologik tayyorgarligi nafaqat bolani qo'llab-
quvvatlash, balki o'zlarining stress darajasini kamaytirish, oiladagi sog'lom muhitni
saqlab qolishda ham muhim rol o'ynaydi. Bu esa o'z navbatida bola uchun ijobiy
rivojlanish sharoitini yaratadi.

Maxsus pedagog va oila o'rtasidagi hamkorlik;
Maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishida pedagog va oila o'rtasidagi yaqin

hamkorlik muhim o'rin tutadi. Ota-onalar bolani kundalik hayotda kuzatib boruvchi va
uni eng yaxshi tushunuvchi shaxslar bo'lsa, maxsus pedagoglar esa bolani rivojlantirish
va ta'lim berish bo'yicha professional bilimlarga ega mutaxassislardir. Ularning o'zaro
hamkorlikda ishlashi bolaning ta'lim olishini yengillashtiradi va ijobiy natijalarga olib
keladi. Hamkorlik samarali bo'lishi uchun avvalo, o'zaro ishonch va ochiq muloqot
muhitini shakllantirish zarur. Maxsus pedagog ota-onani boladagi muammolarni
tushunishga va u bilan qanday ishlash kerakligini o'rgatishga yo'naltiradi. Ota-onaning
esa pedagogga bolani to'g'ri tushunishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishi, o'z
kuzatuvlarini ulashishi lozim. Bu ikki tomonlama muloqot orqali bolaga mos
individual rivojlanish dasturi tuzilishi mumkin. Shuningdek, maxsus pedagoglar ota-
onalar uchun maslahatlar, seminarlar, treninglar o'tkazishi muhim ahamiyatga ega.
Bunday tadbirlar orqali ota-onalar pedagogik va psixologik bilimlarini oshirib, bolaga
yanada to'g'ri yondasha olishni o'rganadilar. Shu bilan birga, oiladagi psixologik muhit
barqarorlashadi va bola o'zini qo'llab-quvvatlangan, tushunilgan his eta boshlaydi.
Afsuski, amaliyotda ayrim hollarda pedagoglar va ota-onalar o'rtasida masofa mavjud
bo'ladi. Buning sabablari orasida ota-onalarning pedagogik savodxonligining yetarli
emasligi, pedagoglarning esa ota-onalar bilan ishlashga tayyor emasligi kiradi. Shu
bois ham maxsus ta'lim muassasalarida oilaviy psixologik xizmatlar tizimini
rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Maxsus pedagogikaning samaradorligi ko'p
jihatdan oila bilan olib boriladigan tizimli va ongli hamkorlikka bog'liq. Maxsus
ehtiyojli bola bilan ishlashda pedagogning metodik va nazariy tayyorgarligi qanchalik
muhim bo'lsa, ota-onaning psixologik va emotsional tayyorgarligi ham shunchalik
ahamiyatlidir. Shuning uchun ham maxsus pedagog va oila o'rtasidagi doimiy axborot


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

189

almashinuvi, hamkorlikka asoslangan rejalashtirish va ijobiy munosabat asosida
shakllangan ish uslubi bolaning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Pedagog va oila o'rtasidagi hamkorlik quyidagi yo'nalishlarda olib borilishi

mumkin:

1.

Ma'lumot almashish ;

Pedagog bolaning ta'limiy faoliyati, rivojlanish ko'rsatkichlari, muloqotdagi

o'zgarishlar haqida ota-onaga muntazam ravishda ma'lumot beradi. Ota-ona esa
boladagi uy sharoitidagi kuzatishlarini, muayyan o'zgarish yoki muammolarni pedagog
bilan baham ko'radi. Bu o'zaro axborot almashinuvi individual yondashuvni
shakllantirishga yordam beradi.

2. Ota-onalar uchun trening va seminarlar;
Maxsus pedagoglar ota-onalar bilan metodik ishlash uchun trening, seminar,

psixologik konsultatsiyalar o'tkazishi lozim. Bu orqali ota-onalar bolasi bilan qanday
muloqot qilish, unga qanday yondashish, o'yin va mashqlarni qanday tashkil etish
bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega boʻladi.

3. Uy sharoitida ishlash bo'yicha tavsiyalar;
Pedagoglar ota-onaga uyda amalga oshiriladigan maxsus mashg'ulotlar, o'yinlar

va topshiriqlarni tavsiya qiladi. Bu bola uchun uzluksiz ta'lim muhitini yaratadi.
Masalan, logopedik muammolari bo'lgan bolaga uyda talaffuz mashqlari, eshitish
nuqsoni boʻlgan bolaga vizual materiallar bilan ishlash tavsiya qilinadi.

4. Ijtimoiy-psixologik qo'llab-quvvatlash
Ko'plab ota-onalar bolalarining nogironligini tan olishda yoki unga moslashishda

psixologik qiynaladi. Bunday holatda pedagoglar ijtimoiy pedagoglar va psixologlar
bilan hamkorlikda ota-onalarga ijtimoiy va emotsional ko'mak ko'rsatishi zarur.

5. Mustahkam ijtimoiy sheriklik;
Maktab, maxsus ta'lim muassasasi va oila bu uchta asosiy ijtimoiy institut bo'lib,

ular o'zaro uzviy ishlasa, bolani hayotga tayyorlashda katta yutuqlarga erishiladi. Oila
tarbiya o'chog'i, maktab ta'lim maydoni, pedagog esa bu ikki muhitni bog'lab turuvchi
ko'prik bo'lishi kerak.

Amaliy muammolar:
O'zbekiston tajribasida ayrim muammolar ham uchrab turadi, masalan:
•Ota-onalarning pedagogik savodxonligi past bo'lishi
•Maxsus pedagoglarning ota-onalar bilan ishlashga doimiy reja asosida

yondashmasligi

•Konsultativ xizmatlarning yetarli emasligi;
•Ayrim oilalarda bolaning nuqsonini inkor etish yoki uni yashirish holatlari
Bu muammolarni hal etish uchun:
•Ota-onalarga mo'ljallangan psixologik xizmatlar kengaytirilishi,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

190

•Har bir maxsus pedagog uchun oilalar bilan ishlash bo'yicha metodik

qo'llanmalar ishlab chiqilishi,

•Mahalliy hokimiyatlar, NNT va ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik yoʻlga

qóyilishi zarur.

Xulosa:

Maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va ta'lim jarayonidagi

muvaffaqiyati nafaqat pedagogik metodlarga, balki oilaning psixologik holati va
pedagog bilan bo'lgan hamkorligiga ham bevosita bog'liqdir. Oila - bu bolaning eng
yaqin va doimiy ijtimoiy muhitidir. Ota-onalarning bolaning ahvolini to'g'ri qabul
qilishi, unga mehr, sabr va e'tibor bilan yondashishi, pedagogik ko'nikmalarga ega
bo'lishi bola rivojlanishida hal qiluvchi omil boʻlib xizmat qiladi.

Maxsus pedagoglar esa nafaqat ta'lim beruvchi, balki oilani qo'llab-quvvatlovchi

va yo'naltiruvchi shaxs sifatida ham faoliyat yuritishlari zarur. Pedagog va oila
o'rtasidagi ishonchli, tizimli va barqaror hamkorlik bolaning imkoniyatlarini maksimal
darajada ochib berishga xizmat qiladi.

Takliflar:
1. Ota-onalar uchun tizimli seminar va treninglar tashkil etish: Har bir maxsus

ta'lim muassasasida ota-onalar bilan ishlash bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqilishi va
amaliyotga tatbiq etilishi kerak.

2. Psixologik maslahat markazlari faoliyatini kuchaytirish: Maxsus ehtiyojli

bolalarga ega oilalar uchun bepul psixologik yordam ko'rsatuvchi ixtisoslashgan
markazlar soni oshirilishi lozim.

3. Pedagoglar uchun "oilaviy hamkorlik" yo'nalishida maxsus malaka oshirish

kurslarini yo'lga qo'yish: Maxsus pedagoglar nafaqat bolalar bilan, balki ularning oilasi
bilan samarali muloqot olib borishni ham o'rganishlari zarur.

4. Mahalla, maktab va oila o'rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash:
Maxsus ehtiyojli bolalarni qo'llab-quvvatlash faqat pedagoglar zimmasiga

yuklanmasligi, balki keng jamoatchilik ham faol jalb etilishi kerak.

5. Oila psixologiyasi boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish:

Mahalliy sharoitga mos yondashuvlar ishlab chiqilib, tajriba asosida samaradorligi
sinab ko'rilishi lozim.

6. Axborot resurslari yaratish: Ota-onalar uchun sodda tilda yozilgan, amaliy

tavsiyalarni o'z ichiga olgan buklet, video darslar, qo'llanmalar tayyorlanishi kerak.

Zamonaviy yondashuvlar va xorij tajribasi;
So'nggi yillarda maxsus pedagogikada oila bilan ishlashda zamonaviy psixologik

yondashuvlar tobora keng qo'llanilmoqda. Jumladan, oilani nafaqat farzand
tarbiyasining bir bo'lagi sifatida emas, balki mustaqil psixologik tizim sifatida ko'rib
chiqish muhim hisoblanadi. Chunki bolaning rivojlanishiga ko'pincha ota-onaning


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

191

emotsional holati, stressga chidamliligi, farzandiga bo'lgan munosabati bevosita ta'sir
ko'rsatadi.

Sistemali yondashuv:
Ushbu yondashuvga ko'ra, bola, oila va pedagogik muhit o'zaro chambarchas

bog'liq. Oila muhitidagi har qanday o'zgarish (stress, konflikt, qo'llab-quvvatlov
yetishmasligi) bolaning rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois,
pedagoglar bolaga yordam berishdan oldin oiladagi holatni ham tahlil qilishi kerak
bo'ladi.

Individual yordam dasturlari:
Ko'plab xorijiy mamlakatlarda (masalan, AQSh, Kanada, Finlyandiya) har bir

maxsus ehtiyojli bola uchun Individual Rivojlanish Dasturi (IRD) tuziladi. Bu dastur
nafaqat bolaning ehtiyojlarini, balki oila bilan olib boriladigan ishlarni ham o'z ichiga
oladi. Ota-onalar ushbu dasturning faol ishtirokchisiga aylantiriladi va ular pedagogik
qarorlar qabul qilishda ham faol qatnashadilar.

Masofaviy hamkorlik (onlayn maslahatlar):
COVID-19 pandemiyasi davrida shakllangan yangi amaliyotlardan biri bu

masofaviy psixologik maslahatlar va ota-onalar bilan onlayn muloqot tizimi. Bu usul
ko'plab oilalarga qulaylik yaratdi va bugungi kunda ham samarali yondashuv sifatida
davom etmoqda.

Mahalla va jamiyatni jalb etish:
Ba'zi davlatlarda nogironligi bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash faqat maktab va

oila doirasida emas, balki butun jamiyat ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan,
Yaponiyada mahalliy jamoalar maxsus bolalarga moslashtirilgan o'quv kurslari,
ijtimoiy moslashuv markazlari va dam olish klublarini tashkil etgan.

O'zbekistonda maxsus ehtiyojli bolalarni ta'limga jalb etish va ularning

huquqlarini ta'minlash borasida muayyan yutuqlarga erishilgan bo'lsa-da, bu sohada
oilalar bilan ishlashda hali muammolar saqlanib qolmoqda. Aholining ayrim
qatlamlarida maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan ijtimoiy stigma mavjudligi, ota-
onalarning pedagogik va psixologik savodxonligining yetarli emasligi, maxsus
pedagoglarning esa oilaviy yondashuvga doimo tayyor emasligi - bu boradagi asosiy
muammolardandir.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki:
Ota-onalarning 60% dan ortig'i nogironligi bo'lgan farzandini jamiyatda qanday

tarbiyalash kerakligi haqida to'liq ma'lumotga ega emas.

Maxsus pedagoglarning 40% ga yaqini ota-onalar bilan ishlash bo'yicha maxsus

malaka oshirish kurslarida qatnashmagan.

Aksariyat hollarda pedagog va oila o'rtasidagi muloqot faqat muammolar yuzaga

kelganda, ya'ni kech bosqichda amalga oshadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

192

Bu raqamlar shuni anglatadiki, oila va pedagog o'rtasidagi hamkorlik hali ham

reaktiv shaklda (muammo yuzaga kelganda) emas, balki proaktiv tarzda (oldini olish
va rejalashtirish asosida) tashkil etilishi lozim.

Oila pedagogik muhit sifatida qaralishi kerak. Aksariyat hollarda bolalar maktab

yoki markazda kunning atigi bir necha soatini o'tkazadilar, qolgan vaqt esa oilada
kechadi. Demak, oila- bu asosiy ta'lim va tarbiya muhiti. Shu bois pedagogik
strategiyalar oila sharoitini ham inobatga olgan holda ishlab chiqilishi zarur.

Ota-onalarni faollashtirish bolaning imkoniyatlarini ochish kalitidir. Agar ota-ona

o'zini farzandi ta'limining faol ishtirokchisi deb his qilsa, bola o'zini qadrlangan va
qo'llab-quvvatlangan his qiladi. Bu esa uning psixologik holati va ijtimoiy
moslashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shaxsiylashtirilgan yondashuvlar samarali
bo'ladi. Har bir oila o'ziga xos ehtiyoj va muammolarga ega. Shu bois har bir oilaga
individual maslahat, tavsiya va reja asosida yondashish muhim.

Ilm-fan va amaliyot uyg'unlashishi kerak. Maxsus pedagoglar zamonaviy

psixologik tadqiqotlarga asoslangan holda ish yuritsa, natijalar ancha samarali bo'ladi.
Bu esa ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash zarurligini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Axmedova, Ν.Χ. (2020). Maxsus pedagogikaga kirish. nashriyoti, 240 b.

Toshkent: TDPU

2.Rasulova, M.Y. (2019). Logopediya asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya,

200 b.

3.Ochildiyeva, Z.Χ. (2021). Oilaviy psixologiya asoslari. asr avlodi, 176 b.

Toshkent: Yangi

4. Jabborova, Z.S. (2022). Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda oila va

pedagog hamkorligi // Pedagogik ta'lim jurnali, №4, 45-50-betlar.

5. Karimova, M. (2018). Ijtimoiy psixologiya. - Toshkent: O'zbekiston Milliy

universiteti nashriyoti, 215 b.

6. Vygotsky, L.S. (1997). Collected Works, Volume 5: Child Psychology. - New

York: Springer, 360 р.

7. Bronfenbrenner, U. (2005). Making Human Beings Human: Bioecological

Perspectives on Human Development. London: SAGE Publications, 288 p.

8. Heward, W.L. (2016). Exceptional Children: An Introduction to Special

Education (10th ed.). Boston: Pearson Education, 640 р.

9. Tzouriadou, M., & Papanis, E. (2018).
Parental Involvement in the Education of Children with Special Needs // Journal

of Special Education Research, Vol. 6(2), pp. 112-124.

10. UNESCO. (2020). Inclusive Education: Guide for Policy-Makers. UNESCO

Publishing. Paris: https://unesdoc.unesco.org

Bibliografik manbalar

Axmedova, Ν.Χ. (2020). Maxsus pedagogikaga kirish. nashriyoti, 240 b. Toshkent: TDPU

Rasulova, M.Y. (2019). Logopediya asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya, 200 b.

Ochildiyeva, Z.Χ. (2021). Oilaviy psixologiya asoslari. asr avlodi, 176 b. Toshkent: Yangi

Jabborova, Z.S. (2022). Maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda oila va pedagog hamkorligi // Pedagogik ta'lim jurnali, №4, 45-50-betlar.

Karimova, M. (2018). Ijtimoiy psixologiya. - Toshkent: O'zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 215 b.

Vygotsky, L.S. (1997). Collected Works, Volume 5: Child Psychology. - New York: Springer, 360 р.

Bronfenbrenner, U. (2005). Making Human Beings Human: Bioecological Perspectives on Human Development. London: SAGE Publications, 288 p.

Heward, W.L. (2016). Exceptional Children: An Introduction to Special Education (10th ed.). Boston: Pearson Education, 640 р.

Tzouriadou, M., & Papanis, E. (2018).

Parental Involvement in the Education of Children with Special Needs // Journal of Special Education Research, Vol. 6(2), pp. 112-124.

UNESCO. (2020). Inclusive Education: Guide for Policy-Makers. UNESCO Publishing. Paris: https://unesdoc.unesco.org