“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
131
PISA TALABLARI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA
MATN BILAN ISHLASH KOMPITENSIYASI
Po‘latova Marjona Inomjonovna
UzFinPedI o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti,
1-bosqich magistranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining zamonaviy
ta’limdagi o‘rni va ahamiyati, ayniqsa o‘quvchilarning matn bilan ishlash
kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Unda PISA tomonidan belgilangan
savodxonlik mezonlari hamda matnni tushunish, tahlil qilish va izohlash kabi
ko‘nikmalarning bugungi ta’lim jarayonida nechog‘lik dolzarb ekani tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
PISA, kompetensiya, savodxonlik, tahlil, matn, muammo, yechim,
topshiriq, baholash, mezon, nutqiy kompetensiyalar
Аннотация:
В статье рассматривается роль и значение международной
программы оценки PISA в современном образовании, в частности ее роль в
формировании
текстовой
компетентности
учащихся.
Анализируется
актуальность критериев грамотности, установленных PISA, и навыков
понимания, анализа и интерпретации текста в современном образовательном
процессе.
Ключевые слова:
PISA, компетентность, грамотность, анализ, текст,
проблема, решение, задача, оценка, критерий, речевые компетенции
Abstract.
This article discusses the role and importance of the PISA international
assessment program in modern education, especially its role in developing students'
competence in working with text. It analyzes the relevance of the literacy criteria
established by PISA and the skills of understanding, analyzing, and interpreting text in
today's educational process.
Keywords:
PISA, competence, literacy, analysis, text, problem, solution, task,
assessment, criterion, verbal competences
Zamonaviy ta’limda bir qator xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturlari ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular orasida PISA dasturi alohida o‘rin tutadi. Mazkur dastur
o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki ularni amaliy hayotda qo‘llay olish
qobiliyatini ham baholashga qaratilgan bo‘lib, bu orqali ta’lim tizimidagi muammo va
yutuqlarni aniqlash imkonini beradi.
Dunyo bo‘ylab ta’lim sifatini baholashni takomillashtirish dolzarb muammo
hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic
Cooperation and Development) o‘quvchilarning bilimi va bilganlari bilan nima qila
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
132
olishlarini o‘rganish, ta’lim natijalarining sifati va tengligini taqqoslash, boshqa
mamlakatlarda qo‘llaniladigan siyosat va amaliyotlarni o‘rganish orqali ta’lim
sohasida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradigan keng
qamrovli xalqaro baholash PISA (The Programme for International Student
Assessment) tadqiqotlarini olib bormoqda
1
.
PISA (Programme for International Student Assessment) – bu Xalqaro Talabalar
Baholash Dasturi, OECD (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti) tomonidan
o‘tkaziladi. Har 3 yilda 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar
bo‘yicha funksional savodxonligi baholanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad
o‘quvchilarning real hayotdagi vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish
qobiliyatini aniqlash hisoblanadi. PISA faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki
o‘quvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish qobiliyatlarini baholashga
e’tibor qaratadi
2
.
Yuqoridagi fanlardan tashqari ushbu baholash tizimi tilshunoslik uchun ham
yuksak ahamiyatga ega. Chunki tilshunoslikda o‘quvchilarning matnni tushunish,
axborotni tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, turli kontekstlarda til vositalaridan
samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi. PISA baholashida aynan shu
kompetensiyalar o‘lchanadi va rivojlantiriladi. Shu sababli, tilshunoslik fanining
mazmuni va o‘qitish metodikasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, PISA
talablariga moslashtirish zarur hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning
nafaqat tilga oid bilim va ko‘nikmalarini, balki umumiy savodxonlik darajasini ham
oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, PISA baholash dasturida matn bilan ishlashning
bir qancha foydali tomonlari bor. Bularning barchasi o‘quvchi savodxonligini
oshirishga qaratiladi. Quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
1. Matnlar hayotiylik asosida shakllantirilishi
− PISA testlarida o‘quvchilar faqat
grammatik bilimlarni emas, balki turli shakldagi matnlarni (maqola, e’lon, esse,
elektron xat, hikoya) tushunishi va ulardagi ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak.
Kundalik hayotda ham inson turli matnlar bilan ishlaydi, shuning uchun bu ko‘nikma
amaliy ahamiyatga ega.
2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va o‘stirish
− matn bilan ishlash jarayonida
o‘quvchi berilgan axborotni o‘qiydi, o‘rganadi
,
tahlil qiladi, asosiy g‘oyani ajratadi,
muallifning fikrini baholaydi va o‘z nuqtai nazarini bildirishga harakat qiladi. Bu esa
tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
3. Kerakli ma’lumotlarni izlab topish va qayta ishlash
− PISA testlari
o‘quvchidan matndan kerakli ma’lumotni topish, ularni solishtirish, umumlashtirish
1
Kurbaniyazov Sh. K., Allayorova X. TA’LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI
TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO‘LLARI, International scientific and practical conference “Economics,
management and digital innovation in education: modern trends and approaches”
March 13, 2024
2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_o%CA%BBquvchilarni_baholash_dasturi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
133
yoki xulosa chiqarishni talab qiladi. Bu esa o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini
kuchaytiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
4. O‘quvchilarning savodxonlik darajasini aniqlash, o‘stirish
− matn bilan
ishlash orqali o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi va unga bog‘liq bo‘lgan bilish,
tushunish, qo‘llash, mulohaza kabi
darajalari aniq o‘lchanadi. Negaki matnni o‘qish
faqat so‘zlarni bilish emas, balki ma’noni tushunish, ulash va undan to‘g‘ri
foydalanishni ham talab qiladi.
5. Tilshunoqlik va boshqa fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik (fanlararo aloqa) −
PISA
baholashida matn bilan ishlash faqat tilshunoslik emas, balki matematika, tabiiy fanlar
va boshqa sohalardagi matnlarni tushunishga ham yordam beradi. Bu o‘quvchilarning
fanlararo bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Keltirilgan
fikrlar asosida PISA asosida matn bilan ishlashga doir topshiriqlarga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, bu topshiriqlar o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish,
talqin qilish va matndan kerakli ma’lumotlarni topish kabi ko‘nikmalarini aniqlashga
qaratilgan. Ushbu topshiriqlar turli formatlarda bo‘lishi mumkin − matnga oid savollar,
jadval yoki diagrammalar asosida berilgan vazifalar, shuningdek, matn mazmuniga
tanqidiy yondashishni talab qiluvchi savollar ham uchraydi.
PISA baholash tizimi o‘quvchilarning faqatgina matnni o‘qish tezligini emas,
balki ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, mantiqiy xulosa chiqarish va axborotni qayta
ishlash bo‘yicha tayyorgarligini tekshiradi. Ayniqsa, zamonaviy PISA topshiriqlari
real hayotga yaqin matnlar asosida tuzilganligi bilan ajralib turadi. Shu sababli
o‘qituvchilar va o‘quvchilar matn bilan ishlash malakalarini muntazam ravishda
rivojlantirib borishlari zarur. PISA uslubida matn bilan ishlashga doir namunaviy
topshiriqlarga e’tibor qaratamiz.
I Matn
Kechqurunlari uyimizda hamma kechki ovqatga yig‘ilganida dasturxon atrofida
suhbat qizib ketar edi. Dadam shunda o‘zlarining yoshliklari o‘tgan zamondan, o‘sha
biz uchun afsonaga o‘xshagan voqealarni aytib, ba’zan kuldirib, ba’zan o‘yga toldirib
qo‘yar edilar.
Dadam bir pas bo‘sh vaqtlari bo‘lsa o‘qirdilar, mashinada ketayotib ham,
samolyotda uchayotib ham, kemada suzayotib ham kitob o‘qir edilar. Agar bizning
uyimizga keladigan gazeta, jurnallarning nomini eshitsangiz hayron bo‘lardingiz.
Dadam obuna uchun pul ayamas edilar. Shuncha yozishlari, do‘stlari, qarindosh-
urug‘lari, yor-birodarlari bilan muloqotda bo‘lishlaridan tashqari, o‘qishga albatta vaqt
topar edilar. Eng yaxshi ko‘rganlari kechasi o‘qish edi. Yotoqxonalarida har kuni
kechasi o‘qish uchun kitob g‘amlab qo‘yar edilar.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
134
(“Gulxan” jurnali)
Topshiriqlar (1-4)
1. Matnni o‘qing va matnga mos sarlavha qo‘ying. (1 ball)
*
Dadamning xobbisi
2. Matn kimning tilidan hikoya qilingan? (1 ball)
a)
Yozuvchi tomonidan
b)
*Bola tomonidan
c)
Qarindoshi tomonidan
3. Ushbu variantlardan qaysilari matn tarkibida kelgan ibora ma’nosiga
mos? (3 ball)
4. Ushbu rasmlardan qaysi biri matnning asosiy g‘oyasini ifodalagan?
Fikrlaringizni rasm tagiga yozma bayon qiling. (3 ball)
Eslamoq
Ko‘nglidan
o‘tkazmoq
*
Uzoq fikrlamoq
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
135
II
Matn
(1)
Insoniyatning bakteriyalarga nisbatan oʻziga xos qarashlari bor. Hammamiz
koʻpchilik bakteriyalar zararli ekanini bilamiz. Barcha infeksiyalar maʼlum turdagi
bakteriyalar tomonidan qoʻzgʻatiladi. Shuning uchun, odamlar bu bakteriyalarga qarshi
kurashadi. Shu bilan birga, agar boshqa bakteriyalar boʻlmaganida, Yerdagi hayot
boʻlmas edi. Inson baʼzi turdagi bakteriyalarni koʻpaytiradi, chunki ularga muhtoj va
ulardan foydalanadi. Odatda, bakteriyalar oʻsimliklar dunyosining eng past tabaqasida
turadi deb hisoblanadi. Har bir bakteriya yadrosiz tirik materiyaning alohida zarrasidir.
Oʻrtacha ularning diametri taxminan 0,001 mm. Ulardan baʼzilari shunchalik kichikki,
hatto oddiy mikroskopda ham koʻrish imkonsiz.
(2)
Bakteriyalar odatda uch xil — dumaloq kokklar, tayoqchalar shaklidagi
batsillalar va spiralsimon spirillalar koʻrinishida uchraydi. Ular oddiy ikki qismga
boʻlinish orqali koʻpayadi. Qulay sharoitlarda ular juda tez koʻpayadi. Yaxshiyamki,
tabiatda bu koʻpayishni nazorat qilishning bir necha yoʻli mavjud. Aks holda,
bakteriyalar dunyoning butun yuzasini egallab olardi. Nobud boʻlgan oʻsimlik va
hayvonlarning chirishini taʼminlaydigan bakteriyalar odamlar uchun juda foydalidir.
Ular nafaqat organizmlarni tashkil etuvchi oʻlik toʻqimalarni oddiy birikmalarga
ajratadi, balki chirigan bakteriyalarsiz yer foydasiz oʻlik moddalar bilan qoplanib, unda
yashash uchun joy qolmagan boʻlardi.
(3)
Boshqa ayrim bakteriyalar fermentatsiyani keltirib chiqarishi sababli foydali.
Bizga sutni achitish va shirin meva sharbatlarini bijgʻitish kabi fermentatsiya turlari
ancha tanish. Koʻpgina sanoat jarayonlari bakteriyalar fermentatsiyasi hisobiga
mavjud. Ajoyib sariyogʻ ishlab chiqariladigan qaymoqning yetilishi ham
fermentatsiyaga asoslangan. Koʻpgina pishloq turlari oʻzining ajoyib taʼmiga bakterial
jarayonlar natijasida ega boʻladi. Oʻsimliklar oʻzi foydalanadigan nitratlarni olishi
*
chunki
matnda
kitobxon ota
obrazi
tasvirlangan.
?
?
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
136
uchun azotni boshqa elementlar bilan bogʻlaydigan bakteriyalarsiz yashay olmasligini
ham yaxshi bilamiz.
https://sinaps.uz/bilasizmi/11051/
Topshiriqlar (4-9)
4. Bakteriyalar juda ham kichikligidan ularni mikroskopda ko‘rib
bo‘lmaydi. (2 ball)
5. Matn tarkibida kelgan sifatlarni kataklar ichiga joylashtiring. (2 ball)
6. Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang. (2 ball)
a)
Oʻsimlik va hayvonlarning chirishini taʼminlaydigan bakteriyalar odamlar
uchun foydalidir.
b)
Odamlar bakteriyalarga muhtoj boʻlganligi uchun ularni koʻpaytirishga
oʻz hissasini qoʻshadi.
c)
*Bakteriyalar qulay sharoitlarda ikki qismga boʻlinish oqibatida
koʻpayadi.
d)
Infeksiyalarning deyarli yarmi bakteriyalar tomonidan qoʻzgʻatiladi.
7. Bakteriyalar qanday sabablarga koʻra foydalidir? ( 2 ball)
(*oʻlik toʻqimalarni oddiy birikmalarga ajratishi va faol moddalar hosil
qilishga koʻra foydalidir)
?
?
?
?
?
?
?
?
?
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri*
8
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
137
8. Raqamlab koʻrsatilgan matnlarga mos sarlavhalarni toping. (2 ball)
9. Sizningcha, hayotimizda bakteriyalarning foydali jihatlari ham bormi?
Haqiqatdan ham mavjud bo‘lsa fikrlaringizni dalillar bilan izohlashga harakat
qiling.
(5 ball)
Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarning o‘qilgan matndan asosiy ma’lumotlarni
ajratib olish, mazmunni tushunish, mantiqiy xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, savollarda zid fikrlarni aniqlash, asosiy
g‘oyani topish kabi elementlar PISA talablariga to‘liq mos keladi. Tanlangan matnlar
o‘quvchilar hayotiga bevosita taalluqli, zamonaviy va dolzarb mavzularni o‘z ichiga
oladi. PISA topshiriqlarining asosiy tamoyillaridan biri ham o‘quvchining real hayotga
doir vaziyatlarda o‘qigan matnidan foydalana olishidir. Bu kabi topshiriqlar
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasini aniqlash, ularning kuchli va zaif
tomonlarini ko‘rish imkoniyatini beradi. Shu asosida o‘qituvchilar o‘z darslarini
yanada maqsadli va samarali tashkil qilishi mumkin. Bu kabi topshiriqlar
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasini aniqlash, ularning mavzuga doir kuchli
va zaif tomonlarini ko‘rish imkoniyatini beradi. Topshiriqlarda faqatgina matndan
tayyor javoblarni topish emas, balki o‘quvchining shaxsiy fikri va mulohazasini
bildirish imkoniyati yaratildi. Ayniqsa, “Sizningcha” deb boshlanadigan va o‘quvchini
fikrlashga undaydigan savollarning mavjudligi zamonaviy ta’limda shaxsiy
dunyoqarashni baholashda muhim ko‘nikma hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Kurbaniyazov Sh. K., Allayorova X. TA’LIM SIFATINI BAHOLASH
JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL
ETISH YO‘LLARI, International scientific and practical conference “Economics,
• ?*3
Bakteriyalarning
ishlab chiqarishga
ta'siri
• ?*1
Mitti
organizmlar
haqida biz
bilmagan
faktlar
• ?*2
Mikroorgani
zm turlari
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-83, Issue-1, June -2025
138
management and digital innovation in education: modern trends and approaches”
March 13, 2024
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_o%CA%BBquvchilarni_baholash_dasturi
3.
Matn lingvistikasi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / M. Yo‘Ldoshev, S. Muhamedova, M.
Saparniyazova. − Toshkent: “ISHONCHLI HAMKOR”, 2021. −188 b.
4.
https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0018/1.12.pdf