“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
351
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON
SAVDONI RIVOJLANTIRISH
Meylimurodova Nargiza Ziyodullayevna
Qarshi xalqaro universiteti Muhandislik va pedogogika fakulteti
70410102 – Iqtisodiyot mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotda elektron savdoning tutgan
o‘rni, savdo sohasining rivojlanishi elektron tijorat darajasiga qadar ko‘tarilib, elektron
tijoratning ko‘lamining ortib borishi va raqamli iqtisodiyotda elektron savdoning
rivojlanish darajasi va sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Raqamli iqtisodiyot, edektron savdo,internet tarmog‘i, elektron
tijorat, biznes jarayon.
KIRISH
Jahon iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’sirida
raqamli tizimda ishlaydigan kompyuterlar,
mobil telefonlar va internet
texnologiyalarining paydo bo‘lishi iqtisodiyotni tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Natijada, hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biriga
aylandi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Jahonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, ilmiy-texnik tadqiqotlar, yirik
transmilliy kompaniyalarida iste’molchilar ehtiyoj-larining muntazam ravishda
o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq xatti-harakatlar shuningdek, axborot almashinuvining
erkinlashuvi ta’sirida o‘sib borayotgan kontentning roli hamda raqamli jamiyatni barpo
etishning boshqa yo‘nalishlari iqtisodiyotning real tarmoqlarida menejment faoliyatini
takomillashtirishning keng qamrovli imkoniyatlarini yaratmoqda.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning dunyo miqyosida tutgan o‘rni va uning
rivojlanish tendensiyalari tobora ortib bormoqda. Misol uchun, ma’lumotlar oqimi
ko‘lamining o‘zgarishi internet protokoli (IP) ga asoslangan global trafik hajmining
1992 yilda kuniga 100 gigabaytni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich
sekundiga 89000 Gb dan oshdi. Bu ma’lumotlar raqamli iqtisodiyot rivojlanishining
dastlabki bosqichiga tegishli ekanini hisobga olsak, uning rivojlanishi sur’ati
to‘g‘risida tasavvur hosil qilish qiyin emas. Prognozlarga ko‘ra, 2023yil yakuniga
borib global IP-trafik hajmi sekundiga 150700 Gb ga yetadi, bu Internet tarmog‘ida
yangi foydalanuvchilarning ko‘payishi va internetning yanada kengayishi natijasida
amalga oshadi
1
.
1
BMT
savdo
va
rivojlanish
konferensiyasi.
Raqamli
iqtisodiyot
bo‘yicha
hisobot
(2019).
https://unctad.org/en/PublicationsLibrary/der2019_overview_ru.pdf
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
352
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Jahon miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish
geografiyasida ikki mamlakat yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Bular AQSh va Xitoy.
Bu mamlakatlarga blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha patentlarning
75 foizi, “Internet of Things (buyumlar interneti)”ga
2
sarflanadigan xarajatlarning 50
foizi va bulutli hisoblash ochiq texnologiyalari global bozorining 75 foizidan ortig‘i
to‘g‘ri keladi. Eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular dunyodagi 70 ta eng yirik
raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90 foizini nazorat qilishadi.
Hozirgi paytda kompyuterlashtirish va yuqori texnologiyalar asrida raqamli
iqtisodiyot hayotimizning har bir jabhasiga: internet-savdo, sog‘liqni saqlash, ta’lim,
internet-banking, hukumatga daxldor bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 28 apreldagi, PQ-
4699-sonli Qarori asosida 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi
ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirish nazarda tutilgan. Iqtisodiyotni
rivojlantirish strategiyasi sanoat, internet-savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va qishloq
xo‘jaligini ravnaq toptirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish, moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash kabi omillarga asoslanadi.
Internet-savdo, raqamli qishloq xo‘jaligi, «aqlli» elektr tarmoq tizimlari,
uchuvchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlashda raqamli iqtisodiyot
inqilobi kuchli his qilinmoqda.
Elektron tijoratga quyidagilarni kiritish mumkin:
elektron ma’lumot almashish (Electronis Data Interchange, EDI),
elektron kapital oqimi (Electronic Funds Transfer, EFT),
elektron savdo (inglizcha e-trade),
elektron banking (e-banking),
elektron sug‘urta xizmatlari ( e-insurance).
Hozirgi vaqtda elektron tijoratni har xil nuqtai nazardan tadqiq etish mumkin:
ulanishlar nuqtai nazaridan
: elektron tijorat - bu telefon liniyalari, kompyuter
tarmoqlari yoki boshqa har qanday elektron vositalar yordamida ma’lumot, tovarlar,
xizmatlar va to‘lovlarni yetkazib berish usuli;
biznes-jarayon nuqtai nazaridan
: elektron tijorat - bu biznesdagi
operatsiyalarni avtomatlashtiradigan texnologiya;
kosmik nuqtai nazaridan
: internetning ochiq infratuzilmasi elektron tijoratda
global (cheksiz) amalga oshiriladigan muhitni (Internetni) yaratadi.
2
Internet of Things, IoT – qurilmalarni kompyuter tarmog‘iga birlashtiradigan va ularga dasturiy ta’minot, amaliy
dasturlar yoki texnik vositalardan foydalangan holda ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash va boshqa
ob’ektlarga uzatish imkonini beradigan texnologiya.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
353
Elektron tijorat biznesni yuritish va rivojlantirish uchun qo‘shimcha vosita
sifatida yangi muhit, elektron tijorat texnologiyalari bilan to‘ldiriladigan an’anaviy
biznes modelining mavjudligini anglatadi.
XULOSA VA MUNOZARA
Elektron tijoratning rivojlanishi bozorni axborot bilan ta’minlashni yaxshilaydi:
xaridor va sotuvchilar deyarli har xil raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan
tovarlarning narxi, sifati va etkazib berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot olishadi.Bozor
ma’lumotlariga kirish, xaridorlar va sotuvchilar uchun yangi potensial mijozlar va
yangi mahsulotlarning mavjudligi kichik va o‘rta korxonalarning rivojlanishiga yordam
beradi, bu esa barcha darajadagi budjetlarga soliq tushumlarini ko‘paytiradi, ishsizlikni
kamaytiradi va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi.
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Measuring the Information Society Report Volume 1. 2018. ITUPublications.
Statistical reports. International Telecommunication Union. Place des Nations. CH-
1211 Geneva Switzerland.
2.
BMT savdo va rivojlanish konferensiyasi. Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hisobot
(2019).
https://unctad.org/en/PublicationsLibrary/der2019_overview_ru.pdf
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarori// «Xalq so‘zi» gazetasi, 22 noyabr 2018 yil.
4.
Ergashev R. X., Ravshanov A. D. Innovatsionnoy napravleniya ustoychivogo
razvitiya agrarnogo sektora Uzbekistana. – (24-25 noyabrya 2016 goda). 325-327
str.2016.