Jild 84 № 1 (2025)
Maqolalar
TURILI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINING OQ AMUR BALIQLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Annotatsiya. Mazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida baliqlar 4 xil oziqlantirish usuli asosida parvarish qilindi: an’anaviy usul (nazorat guruhi), ryaska suv o‘ti, azolla suv o‘ti hamda ryaska va azolla aralashmasi bilan boqish. Har oy davomida baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari biometrik usulda hisoblab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, aralash ozuqa (ryaska va azolla) bilan boqilgan baliqlarda eng barqaror va yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Shu bilan birga, mavsumiy omillarning (harorat, faoliyat darajasi) o‘sish sur’atlariga ta’siri ham tahlil qilindi. Maqolada samarali baliqchilik texnologiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
CELEBRATING DIVERSITY: HOLIDAYS AND TRADITIONS IN THE UNITED STATES
Annotation: The holidays and traditions of the United States reflect a rich tapestry of cultural diversity, mirroring the nation's history and shared values. This article explores the various celebrations that define the American experience and highlights the importance of understanding and appreciating these traditions.
GRAMMATIK KATEGORIYA TUSHUNCHASI HAMDA OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ot so‘z turkumining asosiy grammatik kategoriyalari − son, egalik, ko‘plik, tushumlik, jins va yasalish kategoriyalari − tizimli tahlil qilingan. Har bir kategoriya grammatik vositalar, semantik funktsiyalar va sintaktik roli nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tahlil davomida har bir kategoriya o‘ziga xos misollar bilan izohlangan va ularning til birliklaridagi kommunikativ va stilistik ahamiyatiga e’tibor qaratilgan. Maqola o‘zbek tilshunosligi nazariyasi asosida tuzilgan bo‘lib, grammatik birliklarning funksional xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA YANGICHA TA’LIM TIZIMI
Annotatsiya: Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimi doimiy ravishda rivojlanib, yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar orqali takomillashib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasida ham ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, bu esa mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Ta’lim tizimining yangilanishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yosh avlodni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan ta’minlash, ularni global raqobatga tayyorlash maqsad qilinmoqda.
AMIR TEMUR QO’SHINIDAGI MA’NAVIY MUHIT. TEMIR INTIZOM: JAZO TURLARI
Annotatsiya.Ushbu maqolada Amir Temurning harbiy qoʻshinidagi ma’naviy muhit, intizomiy tartib va jazo tizimi chuqur yoritilgan. Sohibqironning harbiy yurishlari faqat kuch bilan emas, balki askarlarning ichki tarbiyasi, axloqiy yetukligi va sadoqati bilan muvaffaqiyatli boʻlganligi dalillar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada “Temur Tuzuklari”, Sharafuddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshoh kabi muhim manbalar orqali Temurning harbiy va siyosiy qarashlari yoritilib, adolat, jasorat va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv falsafasi tahlil qilingan. Shuningdek, intizomiy jazo turlarining adolatli va ogohlantiruvchi ta’siri, Temurning jasorat bilan bir qatorda muruvvatli siyosati asoslab berilgan.
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЛИНГВИСТИКИ ЦВЕТА
Аннотация: Лингвистика цвета — это междисциплинарная область, которая изучает, как цвет кодируется, концептуализируется и передается через язык. В данной статье излагаются методологические основы лингвистики цвета с учетом ее междисциплинарного характера, исследовательских подходов и роли семантики, психолингвистики и культурологии в понимании терминов цвета. Мы исследуем сравнительные, типологические, когнитивные и этимологические методологии, лежащие в основе текущих исследований, предлагая структурированную основу для будущих исследований.
“3D GRAFIKASI VA METAVERS: YANGI AVLOD DIZAYN OPERATORLARI UCHUN OCHILGAN UFQLAR”
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli dizaynning yuksalib borayotgan yo‘nalishi — 3D grafikasi va metavers olamining o‘zaro aloqasi, ularning dizayn operatorlari uchun qanday yangi imkoniyatlar ochayotgani chuqur yoritiladi. Maqola doirasida 3D modelleme, avatar dizayni, virtual muhitlarni yaratish texnologiyalari, shuningdek, bu jarayonlarda ishlatiladigan zamonaviy dasturiy vositalar (Blender, Unity, Unreal Engine) hamda ularning ta’lim va kasb sohalariga integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Metavers olami faqatgina o‘yin yoki ko‘ngilochar soha emas, balki biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash va marketing kabi sohalarda ham yangi ufqlar ochayotgani haqida amaliy misollar asosida fikr yuritiladi. Ayniqsa, dizayn operatorlari uchun zarur bo‘lgan yangi ko‘nikmalar — 3D vizualizatsiya, UX/UI dizayn, immersiv interfeyslar bilan ishlash, blokcheyn asosli obyektlar yaratish kompetensiyalari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga, metavers muhiti orqali yaratiladigan interaktiv kontentlar iqtisodiy samaradorlik va kreativ industriyadagi o‘sishga ta’siri ham yoritiladi. Maqola ta’lim tizimida yangi avlod dizayn operatorlarini tayyorlashda metavers imkoniyatlarini jalb etish bo‘yicha ilmiy takliflar va istiqbollarni ham o‘z ichiga oladi.
O‘QUVCHILARDA DIQQATNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda diqqatning rivojlanishi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va diqqatni shakllantirishga qaratilgan samarali psixologik va pedagogik usullar tahlil qilingan. Diqqatning turlari, rivojlanish bosqichlari, yosh xususiyatlariga mos mashqlar, shuningdek, zamonaviy yondashuvlar, texnologik vositalar va interaktiv metodlar asosida o‘quvchilarda diqqatni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
3-7 YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISHDA O‘YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISH
Annotation: The article examines the role of mental education in the upbringing of preschoolers as full-fledged adults. The author emphasizes the importance of cognitive processes in the mental development of children. Thoughts on the effective use of game activities in mental education are covered
ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning shakllanish tarixi, zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan onlayn savdo-sotiqning hajmi ortib borayotgani, biznes subyektlari va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yangi shakllari paydo bo‘layotgani qayd etiladi. Shuningdek, elektron to‘lov tizimlarining turli ko‘rinishlari – mobil ilovalar orqali to‘lovlar, elektron hamyonlar, internet-banking, kriptovalyutalarga asoslangan to‘lovlar va NFC texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Maqolada elektron to‘lov tizimlarining ishonchliligi, xavfsizlik darajasi, texnik infratuzilmasi, foydalanuvchilar uchun qulaylik darajasi, shuningdek ularning qonunchilik asoslari hamda davlat tomonidan tartibga solinishi bo‘yicha muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga katta turtki berayotgan elektron tijorat platformalari va elektron to‘lov tizimlari, ularning milliy iqtisodiyotdagi roli, hamda xalqaro tajribalar bilan taqqoslash asosida takliflar ilgari suriladi.
KOMPYUTER JINOYATLARI VA KIBERXAVFSIZLIK
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan birga vujudga kelayotgan kompyuter jinoyatlari va ularga qarshi kurashish muammolari yoritilgan. Kompyuter jinoyatlari tushunchasi, ularning turlari, sodir etilish usullari va global miqyosda xavfsizlik tahdidlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik tamoyillari, himoya mexanizmlari, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganiladi. Maqolada foydalanuvchilarning axborot xavfsizligini ta’minlash, kiberhujumlarga qarshi immunitetni shakllantirish va raqamli madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING “TIME MANAGEMENT” KO’NIKMALARI BILAN ULARNING O’QUV YUTUQLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotning maqsadi — talabalarining vaqtni boshqarish ko‘nikmalari bilan ularning o‘quv yutuqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdir. Vaqtni boshqarish juda muhim bo‘lib, u insonning umumiy ishlashi va yutuqlariga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Biroq, bularning barchasi insonlarning kundalik hayotiga mos tarzda vaqtni qanday boshqarishiga bog‘liq. Yaxshi muhit va sharoitlar, shuningdek, ustozlar tomonidan berilayotgan samarali ma’ruzalar, talabalarning ijobiy natijalarga erishishiga yordam beradi. Shunga qaramay, talabalar tomonidan vaqtni boshqarish ularni yaxshi talaba bo‘lishga yo‘naltiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Samarali vaqtni boshqarish talabaning muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Biroq, ba’zi talabalar vaqtni boshqarish ko‘nikmalariga ega emaslar va bu ularning hayoti hamda o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar tomonidan vaqtning sarflanishi ularning kundalik faoliyati va odatlariga bog‘liq. Bundan tashqari, vaqtni qanday boshqarish ularning stress darajasiga ham ta’sir qiladi, chunki ular topshiriqlarni bajara olishlari va shaxsiy yutuqlarga erishishlari kerak bo‘ladi. Shu munosabat bilan, ushbu tadqiqotda Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti talabalaridan ma’lumotlar to‘plandi va ularning vaqtni boshqarish orqali o‘quv yutuqlari darajasiga qanday ta’sir qilishlari tahlil qilindi.
PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS THROUGH A CLUSTER APPROACH DEVELOP SKILLS
Abstract. The development of pedagogical skills of future teachers through a cluster approach is a pressing problem, and its effectiveness was analyzed in the study. The cluster approach and innovative pedagogical technologies were used as a method. According to the results, this approach has been proven to be effective in the formation and strengthening of pedagogical competencies. As a scientific and practical contribution, the author has developed proposals and methodological recommendations for developing pedagogical skills based on a cluster approach.
TIJORAT BANKLARIDA ELEKTRON PULLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli moliya texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani sababli, bank tizimida elektron to‘lov vositalarining roli ortib bormoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarining elektron pullar bilan ishlashdagi amaliyoti o‘rganilib, texnik, huquqiy va axborot xavfsizligi sohalaridagi dolzarb masalalar aniqlangan. Shuningdek, mijozlar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilash, raqamli savodxonlikni oshirish va fintech integratsiyasi asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada ilmiy tahlil va empirik ma’lumotlarga asoslangan xulosalar orqali bank tizimida elektron pullar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yoritib berilgan.
FAVQULODDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA XALQARO TAJRIBA
Annotatsiya: Maqolada favqulodda vaziyatlarni aniqlash, ularga tayyorgarlik ko‘rish, oqibatlarini yumshatish hamda bartaraf etish bo‘yicha xalqaro va milliy yondashuvlar keng tahlil qilinadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan strategiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining milliy tajribasi asosida xavflarni boshqarish tizimlarining samaradorligi o‘rganiladi. Aholi ishtiroki, muvofiqlashtirish darajasi, rejalashtirish va tibbiy yordam mexanizmlari orqali favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida nazariy va amaliy metodlar asosida mavjud tizimlar tahlil qilinib, takomillashtirishga oid tavsiyalar berilgan.
INTERGENERATIONAL CONFLICT AND HYBRID IDENTITY FORMATION IN ZADIE SMITH’S WORKS
Abstract. This article looks at the clash between generations and the formation of mixed identities in Zadie Smith’s writing, mainly focusing on White Teeth (2000) and Swing Time (2016). Smith, a British author with Jamaican and English roots, is in a great position to explore the cultural tensions in postcolonial Britain. Her novels show the emotional, ideological, and cultural gaps that appear between immigrant parents and their children who are born or raised in Britain. Through vivid character portrayals and nonlinear storytelling, Smith illustrates that cultural hybridity is not just about mixing identities but also about conflict and contradiction. The article uses ideas from Homi Bhabha, Stuart Hall, and Paul Gilroy to explore how identity is always changing in the ‘third space’ created by migration, memory, and multiculturalism. Ultimately, Smith’s characters reflect the difficult, often unresolved journey of forming mixed identities amid the weight of history, family, and belonging.
ESTABLISHING INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN LITERATURE TEACHING
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI INNOVATSION TAYYORGARLIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI
Anotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini rivojlantirishning shart-sharoitlari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh ta’lim tizimi sharoitida pedagoglarning kreativlik, innovatsion texnologiyalarni egallash va yangilikka intilish kabi kasbiy sifatlarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada innovatsion o‘quv muhitini yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ustoz-shogird tizimini rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
УМУМКАСБИЙ ВА КАСБИЙ ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШДА ТЕХНИК АТАМАЛАР БИЛАН ИШЛАШНИНГ АЙРИМ ЖИҲАТЛАРИ ТЎҒРИСИДА
Аннотация. Ушбу мақолада политехникум тизимидаги умумкасбий ва махсус фанларни ўқитишда техник атамалар билан ишлашда доир баъзи тажрибалар ва тавсиялар тўғрисида сўз юритилади.
“AL-HIDOYA” ASARIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada “Al-Hidoya” asarida inson huquqlarini himoya qilishda sud tizimi va ularga qo‘yilgan talabalar o‘rganilib, uning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
DIAREYADA QO'LLANILADIGAN DORI VOSITALAR
Annotatsiya: Diareya — bu ichak harakatlarining tezlashishi va suyuq, ko‘p miqdordagi najasning chiqarilishi bilan tavsiflanadigan holat bo‘lib, u ko‘plab sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Diareya ko‘pincha ichak infektsiyalari, oziq-ovqat zaharlanishi, allergiyalar, stress, dori vositalarining ta’siri yoki boshqa ichak kasalliklari natijasida paydo bo‘ladi. Ushbu holat organizmning normal ichak faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladi va ko‘pincha bemorning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diareya uzoq davom etsa yoki og‘ir kechsa, organizmda suvsizlik va elektrolitlar muvozanatining buzilishi xavfi oshadi, shuning uchun uni to‘g‘ri davolash muhim ahamiyatga ega.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TABIATDAGI MAVSUMIY O‘ZGARISHLARNI O‘RGATISH METODIKASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni o‘rgatishning ahamiyati va metodik asoslari yoritilgan. Fasllar orqali o‘quvchilarda atrof-muhitni kuzatish, sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunish, ekologik ong va estetik did shakllantiriladi. Maqolada kuzatuv, rasm, rol o‘yinlari, ijodiy topshiriqlar kabi samarali metodlar tavsiflanadi.
TABIIY FANLARNI OʻQITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqib, tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va boshqalar) o‘qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Muallif innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, STEAM yondashuvi, virtual laboratoriyalar va tajriba asosidagi o‘qitish usullarining samaradorligi haqida fikr yuritadi. Tadqiqotda o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, tahliliy fikrlash, muammoni hal qilish, hamda mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metodik yechimlar taklif etiladi.
ABDURAUF FITRATNING IJODIY, ILMIY VA SIYOSIY FAOLIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada domla Abdurauf Fitratning mamlakatimiz hududida va boshqa mamlakatlardagi ilmiy hamda sisyosiy jabhalarda yuritgan faoliyatlari va amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumotlar berildi.Maqolani tayyorlash uchun ham mahalliy hamda xorijiy manbalarga murojaat qilindi.
TALABALARDA PERFEKSIONIZMNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola talabalarda perfektsionizmning shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy psixologik omillarni o'rganadi. Maqolada talabalarning shaxsiy xususiyatlari (o'ziga yuqori talab qo'yish, tanqidga sezuvchanlik, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish), kognitiv jarayonlari (mukammallikka intilish, qora va oq fikrlash, haddan tashqari umumlashtirish), hissiy holatlari (xavotirlik, stress, aybdorlik hissi) va ijtimoiy omillar (ota-onalarning talablari, o'qituvchilarning baholashi, tengdoshlarning ta'siri) tahlil qilinadi. Shuningdek, perfektsionizmning talabalarning psixologik farovonligi va o'quv faoliyatiga ta'siri ko'rib chiqiladi.
ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРИНИ ЯРАТИШДА КУЗАТУВЧАНЛИК ВА КЎРИШ ҚОБИЛИЯТИ
Мақолада бадиий таълим соҳасида мутахассисларни тайёрлаш, шунингдек ижодий кўникмалар, моҳир рангтасвир усталарини тайёрлашда мутахассислик фанларнини ўзлаштиришг даражаси, фикрларимизда айтиб ўтилганидек бадиий таълимни инновацион ривожлантиришда мутахассисларни амалий машғулотларни педагогик янгиликлар билан ижод қилиш жараёнлари ҳақида фикр юритилади.
MOTIVATING ESP LEARNERS (ON THE EXAMPLES OF TEACHING ENGLISH TO MEDICAL STUDENTS)
Abstract. A subfield of English language instruction known as English for Specific Purposes (ESP) concentrates on the unique requirements of students in particular occupations or fields. English for Medical Purposes (EMP) is one of the most important subfields of ESP, where learners are usually medical professionals or students who must master the language in order to work efficiently in medical settings. Because medical education and specialized language acquisition are both extremely demanding, there are distinct opportunities and obstacles in motivating ESP learners, especially medical students.
ЕPIDEMIOLOGICAL FEATURES OF PARASITIC DISEASES
Summary. Helminthiasis constitutes the largest group of parasitic diseases. They are caused by parasitic worms or helminths. More than 250 species of helminths have been registered in humans. Of this number, about 30 are common human parasites and form foci with significant infestation, and the rest are animal helminths that infect humans more or less accidentally.
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirish va rivojlantirishda tarbiyachi nutqining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarbiyachining muloqot uslubi, so‘z boyligi, talaffuz aniqligi hamda bolalar bilan bo‘ladigan interaktiv suhbatlarning bolalar nutqiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, nutqiy faoliyatni faollashtirishga qaratilgan metodik yondashuvlar, o‘yinli mashg‘ulotlar va darsdan tashqari muloqot shakllarining samaradorligi asoslab beriladi. Maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan tarbiyachilar uchun amaliy tavsiyalar va nutq rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ham o‘z ichiga oladi.
KITOBSEVAR BOLALAR O`ZGACHATARBIYA TOPADILAR
Kitob mutolaasi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona -Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda maktab va oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shunindek kreativ fikrlash tushunchasi, uning komponentlari hamda zamonaviy ta’limdagi o‘rnini tahlil qilinishi, boshlang’ich sinf o’quvchilarda kreativ (ijodiy) fikrlashni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari haqida ma’lumotlar berilgan.
THE IMPORTANCE OF FAMILY PSYCHOLOGY IN SOLVING ECONOMIC PROBLEMS IN THE FAMILY
Abstract: It is not enough to quickly inform about the events happening in the life of the society today, people in the modern world are increasingly facing the problem of family economy. In recent years, the economic problems that have arisen in the household, along with the negative impact on interpersonal relations in the family, have also led to a decrease in the level of education of children. Some people get through them easily, but for some couples it ends in divorce.
SHIMOLIY XORAZM OG‘ZAKI DOSTONLARI LEKSIK BIRLIKLARNING SOTSIOPRAGMATIK TALQINI
Annotatsiya: Ushbu maqolada shimoliy Xorazm og‘zaki dostonlari (“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy tilda ifodalanishi xususida fikr yuritiladi.
OLIY VA KASB-XUNAR TA’LIM MUASSASASI KUTUBXONA XODIMLARINI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYA KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Maqolada Oliy va kasb-xunar ta’lim muassasasi axborot resurs markazi xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bugungi kun talabiga mofiq qo’llay olish va malakalarini muntazam oshirib borishlari xamda ARMdagi avtomatlashtirilga dastur platformasida ishlay olish va kerakli ma’lumotlarni olib foydalanishlari ko’zda tutulgan.
THE ROLE OF RESORT AREAS IN THE SYSTEM OF PROTECTED NATURAL AREAS
Annotation. This article analyzes the ecological and social significance of resort zones within the system of protected natural areas. Resort zones are specially protected territories that not only provide opportunities for rehabilitation, treatment, and recreation, but also serve to preserve unique natural resources. They play a key role in maintaining biodiversity, protecting natural landscapes, and ensuring ecological sustainability. The article examines the legal status of resort zones based on the Laws of the Republic of Uzbekistan “On Resorts” and “On Protected Natural Areas,” as well as the ecological restrictions, control mechanisms, and management systems applicable to them. Furthermore, it emphasizes the importance of sustainable tourism, the development of health infrastructure, and the preservation of ecological balance in the development of these zones.
FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onaning beqiyos o‘rni, ularning vazifalari, oilaviy muhitning bolaga ta’siri, zamonaviy tarbiya yondashuvlari va muammolari tahlil qilinadi. Psixologik, pedagogik va ijtimoiy jihatlar asosida ota-onaning farzand rivojidagi ta’siri yoritiladi.
BOLAGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM
Annotatsiya: maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etish masalasi keng yoritilgan.
TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish orqali tijorat banklarida korporativ boshqaruvning mavjud holatini tahlil qilish, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash va ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirishga qaratilgan.
O‘QUVCHILARNI AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy axloqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar qilib tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish nazarda tutilgan.
HALIMA XUDOYBERDIYEVANING “BU SHAMOLLAR BALAND DORGA OSILMAS” SHEʼRI – RUHIY ERKINLIK VA IRODANING POETIK IFODASI
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyevaning “Bu shamollar baland dorga osilmas’’ nomli mashhur she’ri poetik va g‘oyaviy jihatdan tahlil qilinadi. She’rda erkinlik timsoli bo‘lgan “shamol” obrazining ramziy talqini, “dor” timsoli orqali esa tarixiy zulm va tazyiq manzaralari ifodaso o‘z aksini topgan. Ayniqsa, ayol qalbining chidamli, bardoshli va mag‘rur holati she’riy timsollar orqali chuqur ifodalangan. Ushbu she’rni tahlil qilish orqali shoiraning ruhiy-irodaviy kuch, milliy g‘urur va timsoli sifatidagi poetik mahorati yoritiladi. Maqolada shoiraning o‘z davriga xos ijtimoiy-ma’naviy voqeliklarga nisbatan munosabati, mustaqillik va erkinlik uchun ichki iztirobini badiiy ifoda qilishdagi uslubi ko‘rsatib beriladi. Halima Xudoyberdiyeva ijodi — o‘zbek ayoli qalbining mustahkamligi, adolatparvarligi va erkka intilishi timsolidir.
Ushbu maqolada Halima Xudoyberdiyevaning “Bu shamollar baland dorga osilmas” nomli sheʼrining mazmun-mohiyati, badiiy obrazlari, poetik vositalari tahlil etiladi. Asarda erkin fikr, ruhiy iztirob va tarixiy xotiraning badiiy talqini asosiy tahlil obyekti bo‘ladi.
POLISEMIYA HODISASINING FRAZEOLOGIYADA NAMOYON BO’LISHI VA UNING TADQIQ ETILISH TARIXI
Anotatsiya: Mazkur ishda polisemiya hodisasining frazeologik birliklarda namoyon bo‘lishi, uning til tizimidagi o‘rni va funktsional imkoniyatlari tahlil etiladi. Frazeologizmlarda ko‘p ma’nolilikning shakllanish omillari, tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda bu jarayonning lingvistik va madaniy omillari ochib beriladi. Shuningdek, polisemiya hodisasining o‘zbek tili frazeologiyasida o‘rganilishi va ilmiy manbalarda tadqiq etilish tarixi tahlil qilinadi.
MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY VA UNING ILM-FANGA QO’SHGAN HISSASI
Annotatsiya: Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga katta shuhrat keltirgan. Allomani chuqur hurmat va mehr bilan «Ustoz ul-arab val-ajam» («Arablar va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Uning dunyo taraqqiyotiga va xususan arab tili grammatikasini rivojlanishiga o’zining ulkan hissasini qo’shgani uchun ham hozirgacha mashhur olimlar, shoirlar, adiblar va tarixchilar davrasida u doimo yuksak xotiralar bilan eslanadi. Ushbu maqolada Az-Zamaxshariy hayoti va uning ilm fanga qo’shgan hissasi to’g’risida ma’lumotlar kengroq yoritib berildi.
METHODS OF TEACHING PRIMARY CLASS STUDENTS TO SYSTEMATIC COMPOSITION OF INFORMATION
Annotation: The article highlights the issues that should be implemented in the education and formation of respect for our national values, which we should pay attention to in order to enlighten the culture of information and knowledge acquisition of primary school students, the purposeful use of hyper-environment technologies that are developing globally today.
ПЕРЕВОЗОЧНЫЕ ДОКУМЕНТЫ НА ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОМ ТРАНСПОРТЕ
Аннотация: В статье рассмотрены основные виды перевозочных документов, применяемых в железнодорожном транспорте. Раскрыта их правовая значимость, порядок оформления и роль в логистическом процессе. Особое внимание уделено цифровым формам документации и международной практике.
КОНТЕЙНЕРНЫЕ ПЕРЕВОЗКИ НА ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОМ ТРАНСПОРТЕ
Аннотация: В статье рассматриваются особенности организации контейнерных перевозок на железнодорожном транспорте, их преимущества, недостатки и перспективы развития. Анализируются современные тенденции и технологии, способствующие повышению эффективности грузоперевозок.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ И РЕМОНТА ГРУЗОВЫХ ВАГОНОВ НА СОРТИРОВОЧНЫХ СТАНЦИЯХ
Аннотация: В статье рассматриваются направления совершенствования технического обслуживания и ремонта грузовых вагонов на сортировочных станциях. Анализируются существующие проблемы, предлагаются методы повышения эффективности, внедрение цифровых технологий и автоматизированных систем контроля.
ONLINE EDUCATION: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES IN THE DIGITAL AGE
Abstract: Online education has become a significant part of the global education system, especially after the COVID-19 pandemic accelerated its growth. This paper explores the advantages and limitations of online learning, focusing on accessibility, flexibility, cost-efficiency, and technological barriers. It examines how digital learning tools have changed the traditional classroom environment and discusses the role of teachers and institutions in maintaining quality. The paper concludes that while online education offers numerous benefits, careful planning and equal access are necessary to ensure its effectiveness and inclusivity.
THE IMPORTANCE OF EDUCATION IN TODAY’S WORLD
Abstract: Education is a fundamental pillar of personal development, social progress, and economic growth. This paper explores the multidimensional role of education in contemporary society, highlighting how it empowers individuals, promotes equality, supports technological advancement, and contributes to democratic values. It also discusses the challenges facing global education systems, including technological gaps and unequal access. By analyzing these aspects, the paper emphasizes the need for continued investment in inclusive and high-quality education worldwide.
BOLALAR KOMBINEZONINI TIKISH KETMA-KETLIGI
O’ZBEK TILIDA POLISEMANTIK FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI
Anotatsiya: Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilidagi polisemantik frazeologizmlarning lingvomadaniy jihatlari o‘rganilgan. Frazeologik birliklarning ko‘p ma’nolilik xususiyati, ularning xalqning milliy mentaliteti, qadriyatlari va tarixiy-madaniy tajribasi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda polisemantik frazeologizmlarning nutqdagi qo‘llanishi, ularning madaniy kod sifatidagi o‘rni va boshqa tillardagi (ingliz va rus) mos birliklar bilan qiyosiy tahlili yoritilgan. Olingan natijalar lingvomadaniyatshunoslik, tarjima nazariyasi va frazeologiya sohalarida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
ANXIETIES RELATED TO CAREER CHOICE AND THE NECESSITY OF THEIR STUDY
Abstract: This article provides an in-depth analysis of the psychological anxieties that arise during the process of choosing and pursuing a career, their types, causes, and age-related characteristics. In particular, it highlights the internal conflicts that occur during adolescence and early adulthood due to career uncertainty, lack of self-confidence, social pressure, and expectations. The article emphasizes that such anxieties can negatively affect not only individual development but also socio-economic balance.
ODDIY QULMOQ (HUMULUS LUPULUS L) NING SHARQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada Oddiy qulmoq (Humulus lupulus L.) o‘simligining Sharq tabobatida tutgan o‘rni, tarixiy manbalardagi qo‘llanilishi, farmakologik xususiyatlari va zamonaviy davolash amaliyotidagi roli o‘rganiladi. Qadimdan sharq tabobati an’analarida ushbu o‘simlik asosan asab tizimi, uyqusizlik, jigar faoliyati buzilishlari va ayollar salomatligi bilan bog‘liq muammolarda samarali vosita sifatida ishlatilgan. Tadqiqotda qulmoqning tarkibiy qismlari – flavonoidlar, efir moylari, taninlar va achchiq moddalarning terapevtik ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ushbu o‘simlik asosida tayyorlangan an’anaviy damlamalar, choylar va aralashmalarning retseptlari, ularning dozalash usullari ham keltirilgan. Shu bilan birga, zamonaviy fitoterapiyada qulmoq ekstraktlarining qo‘llanilishi va klinik izlanishlar asosida aniqlangan samaradorlik darajasi ham yoritilgan. Maqola o‘simlikshunoslar, farmakologlar, tabiblar va fitoterapiya bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
O‘ZBEK TILI SEMANTIK ANALIZATORIDA POLIFUNKSIONAL SO‘ZLARNING O‘RGANILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqolada o'zbek tili semantik analizatorlarida polifunksional so'zlarni lingvistik modellashtirishning dolzarbligi, yechimini kutayotgan muammolari va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi. Polifunksionallikning o'zbek tili tahliliga ta'siri, mavjud yondashuvlar va kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo'nalishlar muhokama qilinadi.
MUSTAQILLIK DAVRIDAGI ILMIY IZLANISHLAR: BOLALAR ADABIYOTI DISSERTATSIYALARIDA YANGI MAVZULAR, ZAMONAVIY SHAKLLAR VA PEDAGOGIK YO‘NALISHLARNING SHAKLLANISHI
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti, jumladan bolalar adabiyoti taraqqiyotida tub burilish yasadi. Ushbu davrda yaratilgan dissertatsiyalarda milliy g‘oya, ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy pedagogik mezonlarni aks ettirish, bolalar dunyoqarashi va estetik didini shakllantirish masalasi markaziy o‘ringa chiqdi.
Mustaqillikdan keyingi bosqichda bolalar adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda quyidagi yo‘nalishlar alohida e’tiborga loyiq:
- Yangi mavzularning shakllanishi:
Dissertatsiyalarda mustaqillik g‘oyasi, Vatan va milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, zamonaviy bola obrazini shakllantirish masalasi keng tadqiq etildi. Xususan, istiqlol yillari bolalar adabiyoti asarlarida Vatan, tarixiy ajdodlar, an’anaviy urf-odatlar va zamonaviylikning uzviyligi masalasi chuqur yoritildi.
“-gacha” CHEGARA QO‘SHIMCHASINING DIALEKTAL VA TARIXIY TARAQQIYOTI
Annotatsiya / Annotation: Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi “-gacha” chegaralovchi qo‘shimchasining tarixiy shakllanishi, dialektlardagi ifodalanish shakllari hamda eski turkiy manbalardagi ko‘rinishlari o‘rganiladi. Qo‘shimchaning shakliy va ma’noviy taraqqiyoti, shuningdek, zamonaviy adabiy tilga qanday uslubiy vositalar orqali o‘tganligi muhokama qilinadi. Maqola korpus lingvistikasiga tayanib, yozma va og‘zaki nutqdagi farqlar hamda dialektal tafovutlarni qamrab oladi.
This article explores the historical development of the Uzbek suffix “-gacha,” which indicates limits or boundaries. It analyzes the morphological and semantic evolution of the suffix, its usage in various dialects, and its presence in ancient Turkic sources. The study also discusses how this form transitioned into the modern literary language and examines its stylistic roles. Using corpus linguistics methods, the paper highlights differences in written and spoken usage, as well as regional variations.
SOCIAL MEDIA: BENEFITS, HARMS, AND FUTURE
Abstract: The article discusses the role of social media in the lives of young people. The issue of protecting young people from harmful media in the current globalization conditions was also touched upon.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА CASE-STUDY В ПОВЫШЕНИИ КВАЛИФИКАЦИИ СОТРУДНИКОВ СИСТЕМЫ «МАХАЛЛЯ»
Аннотация: В статье рассматриваются отдельные аспекты эффективного использования метода кейсов в повышении квалификации работников микрорайона, а также в качестве примеров приводятся некоторые кейсы, связанные с микрорайоном.
ЧЕЛОВЕК И ЕГО ЗДОРОВЬЕ. ВЛИЯНИЕ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ
AUSBILDUNG
Annotatsiya: Ushbu maqolada Germaniyada rivojlangan “Ausbildung” deb nomlanuvchi kasb-hunar ta’limi tizimining mohiyati, tuzilishi va zamonaviy dunyodagi ahamiyati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Maqolada du-al ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari, nazariy va amaliy ta’limning uyg‘unligi, iqtisodiyot va jamiyat rivojiga ta’siri, shuningdek, globallashuv va texnologik innovatsiyalar sharoitidagi moslashuvchanligi o‘rganiladi. Ausbildung tizimining yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, ishsizlikni kamaytirish, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy tenglikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy tadqiqotlar va statistik ma’lumotlarga asoslanib yoritiladi. Shuningdek, ushbu tizimning boshqa mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda joriy etilishi imkoniyatlari va bu jarayondagi muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, iqtisodiyot va jamiyatshunoslik sohasidagi tadqiqotchilar, shuningdek, kasbiy ta’lim va malaka oshirishga qiziqqan keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON SAVDONI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotda elektron savdoning tutgan o‘rni, savdo sohasining rivojlanishi elektron tijorat darajasiga qadar ko‘tarilib, elektron tijoratning ko‘lamining ortib borishi va raqamli iqtisodiyotda elektron savdoning rivojlanish darajasi va sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilingan.
OʻQITUVCHI SHAXSIY MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISHDA XALQ MEROSI VA MEHNAT AN’ANALARINING OʻRNI
Annotatsiya. Oʻqituvchining shaxsiy mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda xalq merosi va mehnat an'analaridan foydalanish, ta'lim sifatini oshirish, oʻquvchilarning barkamol shaxs sifatida kamol topishiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Oʻqituvchi xalq merosiga tayanib, ta'lim jarayonini milliy ruh bilan boyitishi va oʻquvchilarni oʻzligini anglagan, vatanparvar, mehnatsevar insonlar qilib tarbiyalashi lozim.
GIYOHVAND VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALARI ISTE’MOL QILINISHI UCHUN MO‘LJALLANGAN JOYLAR- “BANGIXONA” TUSHUNCHASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan maxsus joylar – bangixona tushunchasining nazariy va huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Xalqaro va milliy qonunchilikda ushbu jinoyatning tarkibiy alomatlari, uni aniqlash va huquqiy baho berish masalalari yoritilgan. Shuningdek, dunyo olimlarining qarashlari asosida bangixonaga yagona mualliflik ta’rif ishlab chiqilgan. Maqolada bu jinoyatning ijtimoiy xavfi, uning giyohvandlik tarqalishiga ta’siri hamda profilaktika choralarini kuchaytirish zarurati ta’kidlangan.
СОВРЕМЕННЫЕ ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ
Аннотация: В данной статье рассматриваются некоторые виды современных инновационных технологий. Инновационная технология развивается день за днем и ставит перед нами большие задачи, которые могут быть решены в ходе обучения студентов. Современная технология открывает новые перспективы для изучения языка и раскрывает потенциалы обучающихся.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ И СОЦИАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЗАИМСТВОВАННЫХ АРАБИЗМОВ В ЕВРОПЕЙСКИХ ЯЗЫКАХ
Общение жителей планеты происходит в многоязычной среде. Еще до недавних исследований, которые проводились в области сравнения и сопоставления особенностей наиболее распространенных языков, замыкались в основном на изучении двух языков – родного и иностранного. В нынешней языковой ситуации в мире настала необходимость рассмотрения одних и тех же языковых явлений уже в нескольких языках параллельно. Встала задача подтверждать наличие общих, а также отличительных черт и классифицировать их по способам лингвистической репрезентации. Предметом нашего исследования является тема арабских заимствований в ряде языков с целью установления причин их появления в английском, французском, немецком и русском языках, а также описания социальных и лингвистических особенностей арабских заимствований . Именно с зарождением ислама арабский язык стал механизмом распространения этой религии на занятых арабами территориях.
BIR NOMA'LUMLI BIRINCHI DARAJALI TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI VA ULARNING QO'LLANISHI
Annotatsiya: Bir noma'lumli birinchi darajali tenglamalar algebra va kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan matematik ifodalar bo‘lib, ularni yechish usullari va qo‘llanilishi haqida chuqur tushuncha hosil qilish muhimdir. Ushbu tenglamalar shakli ko‘pincha oddiy ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, x ning birinchi darajali ifodasi tenglama shaklida beriladi va uning yechimi noma'lum x ni topishdan iborat. Bu turdagi tenglamalar ko‘plab sohalarda, jumladan ilm-fan, iqtisodiyot, muhandislik va kundalik hayotda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda asosiy vosita hisoblanadi.
TABIIY MATERIALLAR BOLLARNI IJODKORLIKKA UNDAYDI
Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak. Texnologiya darslari amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va oʻquvchilarning ilmiy bilimlarini chuqur oʻzlashtirishini ta’minlashda ta’limning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogʻida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan barcha mehnatga oid harakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.Bugun biz tabiiy materiallar bilan ishlash haqida fikr yuritamiz.
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TALABALARNING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHNING MUHIMLIGI
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar, elektron to‘lov tizimlari, onlayn banking, kriptovalyutalar va investitsiya platformalari kabi yangi iqtisodiy vositalarning keng tarqalishi sharoitida yosh avlodning moliyaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi asoslab beriladi va moliyaviy bilimlarni shakillantirish yo`llari batafsil yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’limda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish strategiyalari va amaliy takliflar keltirilgan.
DEVELOPING CRITICAL THINKING SKILLS: STRATEGIES AND PROBLEMS
Annotatsiya: Ushbu maqola psixologiya ta’limi sohasida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganadi. Unda talabalar o‘rtasida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan turli strategiyalar, jumladan, faol o‘rganish usullari, Sokratik savol-javob, muammoli o‘rganish, tengdoshlar bilan hamkorlik, aks ettirish va meta-idrokni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, u jarayonda duch keladigan muammolarni, masalan, o‘zgarishlarga qarshilik, vaqt cheklovlari, baholash muammolari, intizomga xos qiyinchiliklar va o‘qituvchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlaydi. Izoh maqolaning diqqat markazini har tomonlama ko‘rib chiqadi va psixologiya ta’limida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq ahamiyat, strategiyalar va muammolarni tushunishga qiziqqan o‘quvchilar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА И ГРАММАТИКИ РУССКОГО ЯЗЫКА
Аннотация: В современной системе образования инновационные подходы важны для того, чтобы сделать процесс обучения более эффективным и увлекательным. Применение этих подходов и в преподавании предмета русский язык способствует ускорению и повышению качества процесса усвоения языка учащимися. В данной статье представлена информация об инновационных подходах к преподаванию русского языка, их преимуществах и способах реализации на практике.
СКЛОНЕНИЕ ИМЁН СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ
Аннотация: В данной статье рассматриваются особенности склонения имён существительных в русском языке. Анализируются грамматические признаки, влияющие на изменение форм существительных по падежам и числам. Особое внимание уделяется родам, типам склонений и исключениям из общих правил. Статья направлена на углублённое понимание морфологических свойств существительных и может быть полезна как для учащихся, так и для преподавателей русского языка.
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI 4K MODELI ASOSIDA TASHKIL QILISH
Annotatsiya: Bugungi kunda darslarni samarali tashkil qilish uchun 4k modelidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari 4K modeliga asoslangan innovatsion
yondashuvni taqdim etadi. Ushbu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan boʻlib, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ va kritik fikrlash kompetensiyalarni oʻz ichiga oladi. 4k modeli bo`yicha olimlarning olib
borgan tadqiqot ishlari atroflicha yoritilgan. boshlang‘ich sinflar o‘qish savodxonligi darsliklarini 4k modeli asosida tashkil qilish bo‘yicha, kuzatuv asosidagi tahlillar qilindi.
JIGАRNI EKSPERIMENTАL TOKSIKАTSIYА OQSIL MIQDORI
Annotatsiya: Jigаr kаsаlliklаri pаtogenezini o‘rgаnishdа zаmonаviy bioximiyа, molekulyаr biologiyа fаni yutuqlаridаn foydаlаnish zаrаrlаngаn gepаtotsit fаoliyаtidаgi аyrim qonuniyаtlаrni аniqlаshgа imkon berdi. Shungа qаrаmаsdаn, gepаtitlаrdа kechаdigаn hujаyrаviy metаbolik jаrаyonlаr mexаnizmlаridаgi ko‘pginа xаtolаr noаniqligichа qolmoqdа. Biologik membrаnаlаr strukturаsi vа funksiyаsining buzilishi jigаrdа kechаdigаn pаtologik jаrаyonlаrning rivojlаnishi аsosidа yotuvchi universаl holаtlаrdаn biri hisoblаnаdi[1].
2-TIP QANDLI DIABET VA INSULIN QARSHILIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada qandli diabet kasalligining etiologiyasi, turlari, asosiy klinik belgilari, davolash usullari hamda profilaktik choralar tahlil qilingan. Maqola diabetning sog‘liq uchun xavfini tushuntiradi va uning jamiyat salomatligiga ta’sirini yoritadi. Statistik ma’lumotlar asosida kasallik tarqalishining dolzarbligi ko‘rsatilib, zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Ushbu maqolada qandli diabet kelib chiqishi haqida xulosalar keltirilgan.
TRANSFORMATOR, ISHLASH PRINSIPI VA UNING TURLARI
Annotatsiya: Chastotasini o’zgartirmasdan kuchlanishini pasaytirib yoki ko’tarib beruvchi elektrostatik qurilmaga Transformator deyiladi. Transformatorlar 5 turga bo’linadi. (kuch,o’lchov,maxsus,avto,payvand transformatorlari). Kuch transformatori 2xil moyli va quruq bo’ladi. Quruq transformatorlar keng qamrovli binolarda va aholi zich joylashgan hududlarda ishlatiladi. Moyli transformatorlar tashqi elektrenergiyadan vaqtincha foydalanishda ishlatiladi.
ELEKTR O‘TKAZUVCHI, O‘TA O‘TKAZUVCHAN VA KRIOO‘TKAZGICH MATERIALLAR
Annotatsiya: Elektr o’tkazuvchi materiallar deb o’zidan elektr tokini o’tkazuvchi materiallarga aytiladi. Bu materiallar turli xil sohalarda har xil maqsadlarda ishlatiladi ayniqsa ishlab chiqarish sohalarida.
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TALABALARNING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHNING MUHIMLIGI
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar, elektron to‘lov tizimlari, onlayn banking, kriptovalyutalar va investitsiya platformalari kabi yangi iqtisodiy vositalarning keng tarqalishi sharoitida yosh avlodning moliyaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi asoslab beriladi va moliyaviy bilimlarni shakillantirish yo`llari batafsil yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’limda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish strategiyalari va amaliy takliflar keltirilgan.
THE RULE OF A SECOND FOREIGN LANGUAGE IN HUMAN LIFE
Annotatsiya: Ushbu maqolada ikkinchi xorijiy til o‘rganishning inson hayotidagi roli, ta’lim sifati va jamiyat rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif o‘z tajribasidan kelib chiqib, til bilish orqali erishilgan natijalar, duch kelgan qiyinchiliklar va ularni yengish yo‘llarini yoritadi.
LEGAL MECHANISMS OF DIGITAL TRANSFORMATION IN THE ADMINISTRATIVE AND LEGAL REGULATION OF BANKING SERVICES
Abstract. This article comprehensively analyzes analyzes legal aspects of digital transformation in banking regulation. It compares global practices (Basel III, EU, US, Asia) and policies of international financial institutions (IMF, EBRD). Uzbekistan’s system is critically assessed, identifying gaps in supervision, stress-testing, and regulatory alignment. The paper recommends phased reforms, technological upgrades, enhanced global cooperation, and innovation adoption. The findings offer strategic directions for strengthening Uzbekistan’s banking sector resilience, aligning with international standards, and ensuring stability amid global financial integration.
OLIY TA'LIM MUHITIDA TALABALARNING PSIXOLOGIK MOSLASHUVI: MUAMMOLAR, QONUNIYATLAR VA SAMARALI KO'NIKMA SHAKLLANTIRISH STRATEGIYALARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning yangi o‘quv va ijtimoiy muhitga moslashuvi jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Psixologik moslashuv tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar, uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar hamda bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, talabalarni ruhiy-psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari, amaliy chora-tadbirlari haqida takliflar bildirilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalarida talabalarning psixologik farovonligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.