“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
325
O‘ZBEK TILI SEMANTIK ANALIZATORIDA
POLIFUNKSIONAL SO‘ZLARNING O‘RGANILISHI
Usmonova Shahnoza Alisher qizi
TAFU 1-bosqich magistranti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi
nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqolada o'zbek tili semantik analizatorlarida
polifunksional so'zlarni lingvistik modellashtirishning dolzarbligi, yechimini
kutayotgan
muammolari
va
ularni
hal
etish
yo'llari
ko'rib
chiqiladi.
Polifunksionallikning o'zbek tili tahliliga ta'siri, mavjud yondashuvlar va kelgusidagi
tadqiqotlar uchun yo'nalishlar muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar:
Semantik analizator, polifunksional so'zlar, lingvistik
modellashtirish, o'zbek tili, kontekst, sintaktik tahlil, morfologik tahlil, korpus.
Bugungi kunda o‘zbek milliy korpusida polifunksional so‘zlarning o‘rganilishi
muhim ahamiyatga ega . Zamonaviy kompyuter texnologiyalariga polifunksional
so‘zlarning tushunarli qilib yetkazib berilishi ham polifunksional so‘zlarning
o‘rganilishi zarurligini ko‘rsatadi . Avvalo , o‘zbek milliy korpusini tashkil etuvchi
lingvistik protsessor haqida gapiradigan bo‘lsak , tizim axborot transformatsiyasini uch
darajasini o‘z ichiga oladi: morfologik, sintaktik va semantik.
1
Birinchi navbatda
morfologik so‘ngra sintaktik va semantik tahlil amalga oshiriladi.Polifunksional
so‘zlarning o‘rganilishida semantik tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, polifunksional so‘zlar kontekstdagi ma’nosiga ko‘ra aniqlanadi.Shu
o‘rinda morfologik tahlil jarayoni imloni tuzatish vositalari,mashina tarjimasi tizimlari
va elektron lug‘atlar kabi tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarining muhim tarkibiy
qismidir.Polifunksionallik turli kontekstda turli vazifalarda keladi. Quyida
polifunksional so‘zlarga misollar keltirildi:
so‘z
ma’nosi
So‘z turkumi
bemahal
1.kech tun payti
2.nomuvofiq ,nomaqbul
ot
Ravish
batartib
1.tartibli,muayyan tartibga keltirilgan
o‘z o‘rnida joylashgan saranjom
sarishta
2.ma’lum tartibga amal qilgan
holda,tartibli ravishda
sifat
ravish
1
Sh.Gulyamova “Til ta’lim va tarjima 32bet”
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
326
balki
1.zid ma’noli gaplarni gap bo‘laklarini
bir-biriga bog‘lash
2.kirish so‘z gumon,taxmin ma’nolarini
bildiradi
bog‘lovchi
modal
Batartib so‘zi ishtirok etgan quyidagi gaplarda uning vazifalarini ko‘rish
mumkin.
1.Deraza yonidagi karavotda harakatsiz yotgan uy xojasi Shokir devordagi
osig‘liq suratlarga,javonda batartib terilgan choynak-piyolalarga tikila turib entikdi.
2.Akbarali guruhimizdagi ancha batartib, xati chiroyli o‘zi ham kelishgan yigit
edi.
1- gapda ravish so‘z turkumi vazifasida ,2-gapda sifat so‘z turkumi vazifasifda
kelgan bo‘lsa ham ma’nolari bir-biriga uzviy bog‘langan va ikki so‘z turkumi doirasida
polifunksionallikni ifodalaydi.Polifunksionallikni aniqlashning mavjud yondashuvlari
an’anaviy detirministikaga bo‘linadi , ya’ni lokal va global sintaktik tahlil, sintaktik
lug‘at va ehtimolliklarga asoslanadi.
2
Polifunksional so‘zlarni aniqlash deganda
asosan ularning kontekstdagi ma’nolarini aniqlash va qaysi so‘z turkumiga taaluqli
ekanligi farqlash tushuniladi. Polifunksionallikning o'zbek tili tahliliga ta'siri:
Polifunksional so'zlarning mavjudligi o'zbek tili matnlarini avtomatik tahlil
qilishda bir qator qiyinchiliklarni tug'diradi:
• Grammatik noaniqlik: Bir so'zning turli grammatik kategoriyalarga tegishli
bo'lishi POS-tagging (part-of-speech tagging) jarayonida xatoliklarga olib kelishi
mumkin.
• Sintaktik tahlil: So'zning grammatik kategoriyasi va ma'nosi aniq bo'lmagan
holda, gapning sintaktik tuzilishini to'g'ri aniqlash qiyinlashadi.
• Semantik tahlil: Gapning ma'nosini to'g'ri tushunish uchun so'zlarning to'g'ri
ma'nolarini aniqlash zarur. Polifunksionallik bu jarayonga xalaqit beradi.
Mavjud yondashuvlar:
O'zbek tili semantik analizatorlarida polifunksional so'zlarni modellashtirish
uchun turli xil yondashuvlar qo'llaniladi:
• Qoidalar asosidagi yondashuv: Tilshunoslar tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalar asosida so'zlarning grammatik kategoriyalari va ma'nolari aniqlanadi.
• Statistik yondashuv: Annotatsiyalangan matn korpuslariga asoslangan statistik
modellar yordamida so'zlarning grammatik kategoriyalari va ma'nolari aniqlanadi.
• Mashinalarni o'rgatish yondashuvi: Mashinalarni o'rgatish algoritmlari
yordamida (masalan, chuqur o'rganish) so'zlarning grammatik kategoriyalari va
ma'nolari aniqlanadi.
2
Xolisa Ahmedova[statistic usullar yordamida polifunksional so‘zlarni semantic farqlash 2024.29]
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
327
• Gibrid yondashuv: Qoidalar asosidagi va statistik yondashuvlarning
kombinatsiyasi.
Yechimlar va kelgusidagi tadqiqotlar yo'nalishlari:
Polifunksional so'zlarni lingvistik modellashtirish muammosini hal etish uchun
quyidagi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish lozim:
• Katta hajmdagi annotatsiyalangan matn korpuslarini yaratish: Mashinalarni
o'rgatish algoritmlarini o'rgatish uchun katta hajmdagi annotatsiyalangan matn
korpuslari zarur.
• O'zbek tiliga moslashgan POS-tagger va WSD tizimlarini ishlab chiqish:
Mavjud POS-tagger va WSD tizimlarini o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlariga
moslashtirish kerak.
• Kontekstni chuqur tahlil qilish usullarini ishlab chiqish: So'zlarning ma'nolarini
aniqlash uchun kontekstni chuqur tahlil qilish usullarini ishlab chiqish zarur (masalan,
semantik rollarni aniqlash, frame semantics).
Jahon tilshunosligida semantik analizatorni ishlab chiqishda ko‘p tadqiqotlar
olib borilgan va bu amaliy tilshunoslikning murakkab vazifalardan biri
hisoblanadi.Muammoning murakkabligi shundaki, so‘zlarning ma’nolarini
polifunksional so‘zlarni aniqlashda so‘z birikmalari bilan o‘rganish kamlik qiladi ,
uning kontekstdagi ma’nolari bilan o‘rganishni talab qiladi.O‘rganishlar shuni
ko‘rsatadiki, axborot qidiruv tizimida polifunksional so‘zlarning o‘rganilishi ,
semantik qidiruv tizimining mukammalashtirilishi bugungi kunning dolzarb masalasi
hidoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Hakimova M. Semasiologiya. – Toshkent, 2008. – B. 33. – 100 b.
2. Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. – Toshkent: Fan, 1984. - B. 14. – 135 b.
3. Голуб И. Стилистика русского языка. Учеб. пособие // http: www.hi-edu.ru
4. G.Sh.Kahramonovna.O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari.
Farg‘ona, 2022. – 143 b.