“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
288
MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY VA UNING ILM-FANGA
QO’SHGAN HISSASI
Rustamaliyev Jahongir
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namnagan filiali
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar aro) yo‘nalishi
III bosqich talabasi
“Yoki ilmli bo’l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo’l,
loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo’l, ammo to’rtinchisi
bo’lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan”
Az-Zamahshariy
Annotatsiya:
Az-Zamaxshariyning chuqur bilimi, dahosi va fanning turli
sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun musulmon Sharqida unga
katta shuhrat keltirgan. Allomani chuqur hurmat va mehr bilan «Ustoz ul-arab val-
ajam» («Arablar va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi
sharafli nomlar bilan ataganlar. Uning dunyo taraqqiyotiga va xususan arab tili
grammatikasini rivojlanishiga o’zining ulkan hissasini qo’shgani uchun ham
hozirgacha mashhur olimlar, shoirlar, adiblar va tarixchilar davrasida u doimo yuksak
xotiralar bilan eslanadi. Ushbu maqolada Az-Zamaxshariy hayoti va uning ilm fanga
qo’shgan hissasi to’g’risida ma’lumotlar kengroq yoritib berildi.
Kalit so’zlar:
mu’taziliy, tafsir, aruz ilmi, jug‘rofiya, nahvu sarf, nahv, fiqh,
muxtasar, etimologiya, frazeologik, Aruz, Maqomat, saj’ uslubi.
Ko‘hna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa
qo‘shgan ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul qosim az-Zamaxshariy ana
shunday ulug‘ siymolardan biridir. Allomaning to‘liq ismi Abul qosim Mahmud ibn
Umar az-Zamaxshariy bo‘lib, u hijriy 467 yil rajab oyining 27-kuni (1075-yil 19-mart)
Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi unchalik badavlat bo‘lmasa-
da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo‘lgan va aksar vaqtini Qur’on tilovatiyu namoz
o‘qish bilan o‘tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Az-
Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan
1
. Az-
Zamaxshariylar oilasi islomning mu’taziliy ta’limotiga mansub bo‘lib, yosh
Mahmudning dunyoqarashi mana shu dindor, taqvodor otasining ta’sirida shakllandi
va dastlabki bilimni ham o‘z otasidan oldi. Otasi serfarzand bo‘lganligi haqida
ma’lumotlar mavjud bo’lib shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko‘p va
1
Z.Islomov, S.Saidjalolov. Mahmud Zamaxshariy va fiqh ilmi. – T.: “Movarounnahr”, 2011. – B 8
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
289
oilasi katta bo‘lgani tufayli ham tirikchilik yo‘lida tinmay mehnat qilgani haqida yozib
qoldirgan. Alloma haqidagi ma’lumotlardan ma’lumki, uning bir oyog‘i yog‘ochdan
bo‘lib, tarixchilar bu haqda: «Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib
kiygani uchun ko’rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi» — deb yozganlar.
Uning hayoti
haqidagi adabiyotlarda bu haqiqat turlicha tushuntiriladi. Al-Damag‘oniy az-
Zamaxshariydan oyog‘i haqida so‘raganini va u bolaligida qushning oyog‘iga arqon
bog'laganini aytgan. Shunday qilib, qush uchib qochmoqchi boʻlganida, qushning
oyog'i kesilgan. Az-Zamaxsariyning onasi buni ko‘rib, qushning og‘rig‘ini his qilishi
uchun unga ham shunday tilak bildirgan. Keyinroq Buxoroga ketayotib, otdan yiqilib,
oyog‘ini sindirib, keyinroq kesib tashlagan. Ibn Xalqon va boshqa ulamolar taxminiga
ko'ra uning oyogʻidan judo boʻlishiga Xorazmning qahraton qishida doimiy sayohat
qilishi sabab boʻlganini taʼkidlaganlar.
Bir oyoq bo‘lib qolganidan so‘ng otasi uni endi
og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi.
Biroq yoshligidan ilmga havasmand o‘sgan Mahmud otasidan o‘zini madrasaga
o‘qishga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan
otasi uni madrasaga beradi. Mashhur sharqshunos olim, akademik I.Yu.
Krachkovskiyning “Yog‘och oyoqda yurganiga qaramasdan Mahmud az-Zamaxshariy
hazratlari o‘ta harakatchanligi bilan ajralib turgan”, deb yozishi ham bejiz emas.
Az-
Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan O‘rta asr arab manbalarida keltiriladi.
Barchamizga ma’lumki Az-Zamaxshariy islom diniga e’tiqod qilgan. Lekin uning
qaysi oqimida ekanligi hozirgacha tortishuvliligicha qolmoqda. Chunki uning hayotini
va asarlarini o’rganib tahlil qilgan ko’plab olimlar turlicha fikr bildirishgan. Bular
orasida Zamahshariy Islom dinining hanafiy masxabida bolganligi haqida koplab
olimlar va tarixchilar malumotlar berib o’tishadi. Misol uchun; Iroqlik olim doktor
Bahiyja Boqir al-Hasaniy Zamaxshariyning “Al-muhojot bil-masail an-nahviya”
asariga yozgan so‘zboshisida allomaning fiqhda hanafiy mazhabiga mansub bo‘lganini
qayd etgan. Doktor Abdulloh Nazir Ahmad ham Zamaxshariyning “Ruusul-masail al-
xilafiya baynal-hanafiyya vash-shafiiyya” asarining nashri muqaddimasida allomaning
hanafiy mazhabining faqihi ekanini ta’kidlagan. Mahmud Zamaxshariy o‘zining
mashhur tafsiri “Al Kashshof” da esa yuzdan ortiq o‘rinda Imom A’zam, Abu Hanifa,
No‘mon ibn Sobit va uning Muhammad ibn Hasan Shayboniy, ibn Ibrohim al-Ansoriy
hamda Zufar ibn Huzayl kabi shogirdlarining oyatlardan olinadigan fiqhiy hukmlar
borasidagi qarashlarini naql qilgan. Shuningdek, “Ruusul-masail” asarida
Zamaxshariyning hanafiy mazhabiga oid masalalarni yoritishda “Bizning qarashimiz
yoki bizning dalilimiz” kabi iboralarni ishlatgani uning mazkur mazhab vakili va
namoyandasi ekanini isbotlaydi. Allomaning bir qancha asarlarini tadqiq etib, nashr
etgan doktor Boqir al-Hasaniy mashhur muarrix Ibn Xallikonning “Vafayotul-
ayon”idan, doktor Abdulloh Nazir Ahmad esa Misrlik olim Ahmad Muhammad Al-
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
290
Hufiyning “Az-Zamaxshariy” asaridan Zamaxshariy qalamiga mansub quyidagi
nazmni naql qilishgan:
“Dinu e’tiqodimni, maslaku mazhabimni
Hanafiylarga bog‘ladim, ularni ixtiyor etdim.
Diyonatlari haqiqiy, mazhablari hanafiy
Mashaqqatni talab etmas, yo‘llaridan ravon ketdim
2
Asardagi “ Diyonatlari haqiqiy, mazhablari hanafiy”iborasiga etibor beradigan
bo’lsak uning aynan xanafiy masxabida ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu o‘rinda
bir narsani alohida ta’kidlash joizki, Zamaxshariy merosi bo‘yicha izlanish olib
borganlar, xususan, arab dunyosidagi ba’zi tarixchilar asarlarida allomaning mo‘tazila
oqimiga mansubligi to‘g‘risidagi fikrlarga urg‘u berish ko‘zga tashlanadi. Ibn
Tulunning “Al-arf al-anbariy fi tarjama az- Zamaxshariy” (“Zamaxshariy tarjimai
holidagi mushk-anbar ifori”) nomli asarida ham Zamaxshariyning sunniylik aqidasiga
qaytgani haqida so‘z yuritilgan. Ibn Xallikon naql qilishicha, Mahmud Zamaxshariy
vafotidan ilgari o‘z qabri ustiga hayotining birinchi davridagi gunohlaridan qilgan
tavbasini ifoda etgan she’ri yozilishini vasiyat qilgan. Muarrixlar birinchi davrdan
murod, mo‘’tazila aqidasiga e’tiqod qilingan davr ekanini qayd etishgan
3
. Ayrim
hollarda, uning arab tili va adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan benazir hissasi unutilib,
aqidasi borasidagi turli qarashlarni bo‘rttirish seziladi. Bu holat ilmiy izlanish
borasidagi eng muhim talablardan biri bo‘lmish xolislikdan chetlanishni anglatadi.
Aslida, agar Mahmud Zamaxshariy hayoti borasidagi tadqiqotlarning ko‘lami
kengaytirilsa va tahlillar chuqurlashtirilsa, mazkur da’volarning noo‘rin ekani ma’lum
bo‘ladi. Masalan, alloma ta’lif etgan 70 dan (Hozirda malumotlarga qaraganda 84 ta
ekanligi aniqlandi) ortiq asarning asosiy qismi tilshunoslik va adabiyotga qaratilgan.
Uning tafsir, hadis va fiqh sohalaridagi asarlari merosining oz qismini tashkil qiladi.
Zamaxshariyning aqida sohasiga tegishli deb taxmin qilinayotgan birgina “Al-minhoj
fi usul” risolasi ham shu paytgacha musulmon olamida o‘rganilmagan. Binobarin,
Mahmud Zamaxshariyning aqidasi borasidagi qarashlarga urg‘u berish maqsadga
muvofiq emas va allomaning ilmiy merosiga nisbatan noxolis munosabatni keltirib
chiqarishi tabiiy. Ularning shaxsiyatidan ko’ra dunyo taraqqiyotiga hissa qo’shgan
ilmlarini chuqurroq o’rganish va va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Az-Zamaxshariyning hayoti davomida ilm fanga qo’shgan hissasi to’g’risida
aytadigan bo’lsa, u yoshlik chog’idayoq ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi
ilmlar orasida zo‘r iste’dodini namoyon qila boshlaydi. Yoshligidanoq madrasada
o‘qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga
2
Ahmad Muhammad al-Xufiy. Az-Zamaxshariy. – Qohira: Al-hay’a al-misriyaal-ammalil-kitob.1980.–B. 91.
3
Xayruddin az-Zirikliy. “Al-A’lam”. “Dor al-ilm lil-malayin”, 2002. 7-j. – B. 67.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
291
kirishadi, o‘sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal
egallab, o‘z tirikchiligini birqadar tuzatadi. Arab tarixchisi va biografi ibn Xallikonning
yozishicha, talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol
toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Az-Zamaxshariy Buxoroda o‘qishni
tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi,
hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror
mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi, matlabu-
maqsadlarining ushalishiga umid bog‘laydi. 1118-yili az-Zamaxshariy og‘ir dardga
chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmatiyu mansab va mol-dunyo
ta’masidan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga, asarlar
ta’lif etishga astoydil qaror qiladi
4
.
Az-Zamaxshariyning o‘z davri ilmlarini to‘liq egallashga, olimlik darajasiga
yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta bo‘lgan. Mana shunday
ustozlardan biri — til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim al-Isfahoniydir (1113
yili Marvda vafot etgan). Al-Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan.
Bu o‘lkada mutaziliylar ta’limotining joriy bo‘lishi ham manashu Al-Isfahoniy nomi
bilan bog‘liqdir. Az-Zamaxshariy Bag‘dodda shayx ul-islom al-Xorisiy, Abu Sa’ad
ash-Shaqqoniy, ibn Abul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan tahsil oladi.
Makkada bo‘lganida esa nahv va fiqh bo‘yicha ilmni al-Yabiriy al-Andalusiy, al-
Xayyatiy, lug‘at ilmini esa al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o‘rgandi.
Az-Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod va
Xijozda, ikki marta Makkada bo‘ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab
tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-
odatlarini chuqur o‘rgandi, bu mintaqa jug‘rofiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni
to‘pladi. Adib ko‘p asarlarini Makkaligida yaratadi. O‘z hayotida chuqur iz qoddirgan
Makkada az-Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. Shu boisdan u Jorulloh («Ollohning
qo‘shnisi») degan sharafli laqabga muyassar bo‘ladi.
O‘z davrining yirik olimi darajasiga ko‘tarilgan az-Zamaxshariyning
Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko‘pgina shaharlarida ham ko‘pdan-ko‘p
shogirdlari bo‘lgan, alloma ko‘p vaqtini o‘shalarga bag‘ishlardi. U qarindosh-
urug‘larining qiyin-qistovlariga qaramasdan, hayotida biror marta ham uylanmagan.
Ilmiy asarlar yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashni farzand o‘stirishdan a’lo deb
hisoblagan. Az-Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib, Xorazmda bir necha yil
yashaydi va hijriy 538 yilda, arafa kechasi (1144 yil 14 aprel) vafot etadi. 1333 yili
Xorazmda sayohatda bo‘lgan mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) «Ar-
Rihla» («Sayohatnoma») asarida az-Zamaxshariyning ustida qubbasi bo‘lgan
maqbarasini ko‘rganini yozadi.
4
Ibn Xaldun. Al-Muqaddima. Al-Qoxira: Dor al-Kitab al-Misriy val-Lubnaniy.1999 –B.131
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
292
Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik,
adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan,
ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Arab tilshunosligi va grammatikasining turli
tomonlariga oid asarlar az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Jumladan,
arab tili grammatikasiga oid «Al-Mufassal» (1121 yil) nomli asarini u Makkada
yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. «Al-Mufassal» arab tili nahvu sarfini
o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan sharqda ham, g‘arbda ham shuhrat topgan
asarlardan hisoblanadi. Ko‘pchilik olimlar o‘z ilmiy qimmati jihatidan az-
Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (796 yili vafot etgan)
arab grammatikasiga oid kitobidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlaganlar.
O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e’tibor qozongan va arab
tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan. Hatto Shom
(Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini
yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg‘a qilishni va’da bergan.
Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor bo‘lganligi manbalarda
keltirilgan. Bu asarning bir qo‘lyozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik
institutida saqlanadi. Al-Mufassalning ixchamlashtirilib, muxtasar holga keltirilgan
nusxasi Al-Unmazaj (Namuna) nomi bilan ataladi.
Az-Zamaxshariyning xorazmshoh Otsizga bag‘ishlab yozilgan Muqaddimat
ul-adab asari alohida ahamiyatga egadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, xo-
razmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan edi. Hukmdorlar,
ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, o‘zi ham
iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Uning davrida ilm-
fan taraqqiyoti yo‘lida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilgan. Shu sababdan bo‘lsa
kerak, az-Zamaxshariy Muqaddimat ul-adabni uning nomiga bag‘ishlab yozgan. Asar
besh katta qismga bo‘lingan bo‘lib — otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va
fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137-yilda yozib tugallangan. Vatzastayn
Muqaddimat ul-adabning yevropa qo‘lyozma fondlaridagi 7 ta nusxasini qiyosiy
o‘rganib, 1850-yili Leypsigda asarning ikki jildlik tanqidiy matnini nashr etgan. Az-
Zamaxshariy o‘z asarida o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari,
iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. Shu
boisdan ham az-Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo‘nalishdagi dastlabki
asarlardan deyishga haqlimiz. Muqaddimat ul-adab arabchadan fors, chig‘atoy,
mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, asarning
chig‘atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan.
Zotan xorazmshoh Otsizning tushunishi uchun asarning arabcha matni bilan birgalikda
chig‘atoy tilidagi tarjimasi ham yaratilgan, deb bilish o‘rinlidir. Asarning chig‘atoy
tilidagi tarjimasi uzbek tili tarixini o‘rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu
haqda Sadriddin Ayniy 1921 yili «Mehnatkashlar tovushi» gazetasiga yozgan
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
293
maqolasida «Az-Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari uzbek tili uchun butun
dunyoning xazinasi bilan barobardir», deb yozgan edi
5
.
Az-Zamaxshariy Makka amiri, olim va adib ibn Vahhos bilan do’st edi. Ibn
Vahhos o‘z mamlakatining jug‘rofiyasi bilan juda yaxshi tanish bo‘lgan. Az-
Zamaxshariy ibn Vahhos ma’lumotlariga tayanib, o‘zining Hijozga qilgan safaridan
olgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozgan «Kitob al-jibol val-amkina val-miyoh»
(«Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob») nomli asarida jug‘rofiy joylar, tog‘lar va
dengizlarga doir qimmatbaho ma’lumotlar keltiradi. Mashhur arab olimi va sayyohi
Yoqut al-Hamaviy (1179-1229) ham o‘zining butun dunyoga taniqli «Mu’jam al-
buldon» («Mamlakatlar qomusi») asarida Arabiston, xususan, Hijoz haqidagi
ma’lumotlarni az-Zamaxshariyning ushbu asariga tayanib yozgan. Az-
Zamaxshariyning bu asari g‘arb olimlari o‘rtasida ham keng tanilgan, 1856-yili
gollandiyalik arabshunos olim Salverda de Grave tomonidan mukammal tadqiq
qilingan holda nashr etilgan.
Olimning
«Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari») asari asosan
lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan. Unda arab tilining fasohati, mukammalligi haqida
so‘z boradi. Bu asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik so‘z birikmalari,
ularni amalda tadbiq etish yo‘llari chuqur tahlil qilingan.
«Atvoq uz-zahab fil-mavoi’z val-xutab» («Xutbalar va va’zlar bayonida oltin
shodalar») — nasihatomuz maqolalar to‘plamidan iborat. Asar birinchi marta 1835 yili
Olmon olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan
nashr etilgan. 30 yilcha o‘tgach, fransuzchaga tarjima qilinib, 1886 yili Parijda chop
etilgan. 1873 yili ham usmonli turk tiliga tarjima qilinib, Istambulda nashrdan chiqqan.
Az-Zamaxshariyning «Rabi’ ul-abror va nusus ul-axyar» («Ezgular bahori va
yaxshilar bayoni») asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar,
suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir
qo‘lyozma nusxasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutada saqlanadi.
Bundan tashqari, Leyden, Berlin kutubxonalarida ham qo‘lyozmalari mavjud.
Olimning aruz vazni haqida bahs yurituvchi «Al-Kustos fil-aruz» («Aruzda
o‘lchov (mezon)») asari muhim manbalardan hisoblanadi. Alifbo tartibida yig‘ilgan
arab maqollari, masallariga bag‘ishlangan boshqa bir asarini «Al-Mustaqso fil-amsol»
(Nihoyasiga yetgan masallar) deb atashgan. «Maqomat» (Maqomlar)
esa
maqomdan iborat bo‘lib, qofiyali nasr — saj’ uslubining nozik na’munalarini o‘zida
mujassam etgan muhim asardir. «Devon ush-she’r» kitobi ham diqqatga sazovor
asarlardan sanaladi. Az-Zamaxshariyning «Navobig‘ ul-kalim» («Nozik iboralar»)
asari esa arab lug‘atlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yuksak did bilan yozilgan. Bu asar
5
Fozil Zohid. Zamaxshar tasbexi. –T.; Muharrir, 2011. B.30.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
294
dastlab fransuz tiliga tarjima qilinib, asl nusxasi bilan birgalikda 1876-yili Parijda,
1870-yili qohirada, 1884-yili Bayrutda, 1896-yili esa qozonda nashr etilgan
6
.
Az-Zamaxshariyning g‘oyatda keng tanilgan «Al-Kashshof al haqoiq ittanziyl va
uyun ilg’aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl» («Kur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so‘zlar
ko‘zlarini ochish») asari Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan. Ma’lumki, O‘rta asrlardan
boshlab Qur’onni tafsir yoki sharh bilan o‘qish odat tusini olgan. Shu boisdan ham
qur’on yaratilgan davrdan boshlaboq unga bag‘ishlangan tafsirlar, sharhlar yozishga
katta ehtiyoj sezilgan. Turmush taqozosi bilan shunday vaziyatda islom tarixida
qur’onga bag‘ishlangan ko‘pdan-ko‘p tafsirlar, sharhlar vujudga kelgan. Az-
Zamaxshariy ham tafsir yozishdan avval o‘zidan oldin yaratilgan Qur’on tafsiriga
bag‘ishlangan ko‘plab asarlarni qunt bilan o‘rgangan. «Al-Kashshof» az-Zamaxshariy
Makkada turgan paytida, uch yil davomida (1332— 1334) yozilgan. Nemis
sharqshunosi Karl Brokkelman dunyoning turli qo‘lyozma xazinalarida «Al-
Kashshof»ning yuzga yaqin qo‘lyozmalari va asarning o‘ziga bitilgan 20 dan ortiq
sharh va hoshiyalar borligi haqida yozishi az-Zamaxshariy asarining katta shuhratidan
dalolat beradi. Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining
talabalari ham az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur’onni
o‘rganadilar. «Al-Kashshof»ning Toshkentda, jumladan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari idorasi nazoratining kutubxonasida bir qancha qo‘lyozma nusxalari
saqlanadi
7
.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘rta asrlarda Xorazm diyoridan olis
Arabistonga borib, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm-
fanning ko‘plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamaxshariy
bobomizni esga olaylik. O‘zining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning ko‘plab
mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun
islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun ma’naviy yetuklik
timsoli bo‘lib qolaveradi” albatta.
Xulosa:
Az-Zamaxshariy Arab dunyosida va islom olamida xususan bizning
hayotimizda o’chmas iz qoldirgan shaxslardan biridir. Buyuk adib yozib qoldirgan 50
dan ziyod arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir,
hadis va fiqhga bag’ishlab yozgan asarlarining mukammalligi, o’z davrida va hozirda
ham uning ilmlaridan foydalanishimiz so’zimizning yaqqol misolidir. Bu kabi yetuk
insonlarning hayoti va ijodini o’rganishimiz, barchamizga o’zgacha ruh va shijoat
beradi desak mubolag’ bo’lmaydi.
6
Mahmud az-Zamaxshariy.Navobig’ul-kalim(Nozik iboralar,tarjimon Ubaydulla Uvatov). –T:
,,Kamalak”,1992 –B.49.
7
Abbaz Turdibaev. "Buyuk allomamiz maxmud az-Zamaxshariyning asarlarida yaxshilik, do`stlik, oila tarbiyasi va diniy
fikrlari haqida" Science and Education, vol. 1, no. 2, 2020, pp. 410-418
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
295
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Z.Islomov, S.Saidjalolov. Mahmud Zamaxshariy va fiqh ilmi. – T.:
“Movarounnahr”, 2011. – B 8
2.
Ahmad Muhammad al-Xufiy. Az-Zamaxshariy. – Qohira: Al-hay’a al-misriyaal-
ammalil-kitob.1980.–B. 91.
3.
Xayruddin az-Zirikliy. “Al-A’lam”. “Dor al-ilm lil-malayin”, 2002. 7-j. – B. 67.
4.
Ibn Xaldun. Al-Muqaddima. Al-Qoxira: Dor al-Kitab al-Misriy val-
Lubnaniy.1999 –B.131
5.
Fozil Zohid. Zamaxshar tasbexi. –T.; Muharrir, 2011. B.30.
6.
Mahmud az-Zamaxshariy.Navobig’ul-kalim(Nozik iboralar,tarjimon Ubaydulla
Uvatov). –T: ,,Kamalak”,1992 –B.49.
7.
Abbaz Turdibaev. "Buyuk allomamiz maxmud az-Zamaxshariyning asarlarida
yaxshilik, do`stlik, oila tarbiyasi va diniy fikrlari haqida" Science and Education,
vol. 1, no. 2, 2020, pp. 410-418