Mualliflar

  • Mamadaliyev Furqatjon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114643

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: estetika kompozitsiya samara tahlil koʻnikma tasavvur idrok kombinatsiya.

Annotasiya

Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak. Texnologiya darslari amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va oʻquvchilarning ilmiy bilimlarini chuqur oʻzlashtirishini ta’minlashda ta’limning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogʻida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilimlari va tajribasiga suyanadi. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan barcha mehnatga oid harakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.Bugun biz tabiiy materiallar bilan ishlash haqida fikr yuritamiz.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

225

TABIIY MATERIALLAR BOLLARNI IJODKORLIKKA UNDAYDI

Mamadaliyev Furqatjon

Namangan viloyati pedagogi mahorat markazi maktabgacha,

Boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi oʻqituvchisi

ANNOTATSIYA

Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar

mana shu hammaga ma’lum haqiqatni oʻzlashtirishdan boshlashlari kerak.
Texnologiya darslari amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va oʻquvchilarning
ilmiy bilimlarini chuqur oʻzlashtirishini ta’minlashda ta’limning turli usullaridan
foydalaniladi. Nazariy materialni tushuntirish chogʻida oʻqituvchi oʻquvchilarning
bilimlari va tajribasiga suyanadi. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan barcha
mehnatga oid harakatlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.Bugun biz tabiiy
materiallar bilan ishlash haqida fikr yuritamiz.

Kalit soʻzlar:

estetika, kompozitsiya, samara, tahlil, koʻnikma, tasavvur, idrok,

kombinatsiya.


Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy– iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy,

madaniy oʻzgarishlar ishlab chiqarishdagi mehnat jarayoniga ham ta’sir etmoqda. Bu
jarayonda mehnat tarbiyasining maqsadi, vazifalari mazmuni, yoshlarni kelajakda oʻz
kasbining mohir ustasi boʻlib voyaga yetishishda texnologiya ta’limi va tarbiyasi
tizimining yangilanishini taqozo etadi. Bu esa ishlab chiqarish munosabatlarida
uzluksiz ta’lim va tarbiya muassalari jumladan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida
xususan boshlangʻich sinflarda olib boriladigan mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida
turli ishlardan foydalanib puxta bilim egallashni taqozo etadi.

Texnologiya darslarida turli materiallar bilan ishlash darslarini toʻgʻri tashkil etish

va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirish
kerak.Chunki tabiiy materiallar o`quvchilarda jodkorlikni tarbiyalaydi. Oʻqitish
metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning usullari boʻlib, bular yordamida
oʻqituvchi oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakalarini egallashlariga erishiladi.
Oʻqituvchi oʻz tajribasida oʻqitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin.
Oʻqituvchining intilishi, hatti-harakati darsda oʻquvchilarning diqqat-e’tiborlari
susaymasligiga, fikrlarning jamlangan boʻlishiga, ularning chambarchasliklariga
yoʻllangan boʻlishi kerak.

Boshlangʻich sinflarda ish materiallarining mazmuni, hajmi va usullari

oʻquvchilarning amaliy ishga tayyorgarlik bosqichiga mos kelishi zarur. Oʻquv
materiallarini oʻquvchilarga yetkazib berishda faqat soddalashtirish yoʻli bilan borish
maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Bunday yoʻl bilan borish oʻquvchilarning aqliy


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

226

rivojlanishi ta’minlay olmaydi. Har bir mavzuni oʻrganishda soddadan murakkabga
qarab borish maqsadga muvofiqdir. Boshlangʻich sinflarda turli materiallari bilan
ishlashga oʻrgatishda quyidagi ish turlariga boʻlinadi.

Turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish oʻquvchilarni estetik ruhda

tarbiyalashga xizmat qilib, ularni gʻoyaviy-siyosiy, aqliy, ahloqiy va mehnat
tarbiyasini amalga oshirishda gʻoyat katta ahamiyatga egadir.

Boshlangʻich sinflarda turli materiallari bilan ishlash texnologiya darslarida

mehnat ta’limi vazifalari qatoriga quyidagi vazifalarni kiritish mumkin:

- oʻquvchilarni tabiatdagi, tevarak-atrofdagi narsa va voqealarga estetik

munosabatni tarkib toptirish, ulardagi goʻzallikni his qila bilishga, tushunishga hamda
shu his va tushunchalarni hayotga tadbiq etishga oʻrgatish;

- tabiatga nisbatan estetik va emotsional sezgirlikni oʻstirish;
- muntazam va maqsadga muvofiq ravishda koʻrib-idrok qilishni, rang sezishni,

kompozitsion madaniyatni, fazoviy fikrlashni, fantaziyani, koʻrish orqali tasavvur
qilish va kombinatsiyalash, ijodiy vazifalarni aniq obrazlarga hal qilishni rivojlantirish;

- turli materiallar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;
- ularda tabiatga nisbatan emotsional idrok, ijodiy qobiliyat, did, tasavvurni

oʻstirishga qaratish;

- turli materiallar asosida turli oʻyinchoqlar va koʻrgazmalar yasashda ijodiy

texnik malakalarini rivojlantirish.

Hozirgi kunda texnologiya darslarida oʻquvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish

mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini oʻrganadilar. Darslarda oʻquvchilarni turli
materiallar bilan ishlashga oʻrgatish darslarini tashkil etishning asosiy vazifalaridan
biri materiallarga ishlov berish koʻnikmalarini hosil qilish va shunga muvofiq
bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib
boriladi, chunki oʻquvchilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash ishlarni eslab
qolishga qodir boʻlmaydilar.

1. Oʻquvchilar oldiga turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish maqsadi va

mavzusini qoʻyish:

a) darslarda turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatishga moʻljallangan buyum yoki

ishning oʻquvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;

b) belgilangan ishni mustaqil bajarish uchun qanday yangi bilim va koʻnikmalarni

egallash lozimligini koʻrsatib oʻtish kerak.

2. Turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatishda ish oʻrni, asbob-uskuna, material,

namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan
holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatib oʻtish.

3. Turli materiallar bilan ishlashga oʻrgatish darslarida bajariladigan mehnat

vazifalarini oldindan rejalashtirib olish lozim:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

227

a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, berilgan

oʻlchovlarni tayyorlash;

b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha

oʻlchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va oʻqish, ya’ni ishni buyumni tayyorlash
uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat
harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.

4. Materialni namuna, berilgan oʻlchovlar boʻyicha belgilab chiqish.

Oʻquvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini
bajarayotgan yoki buyumni koʻrsatib tushuntirayotgan oʻqituvchi bilan bir vaqtda
bajarilishi lozim.

5.Ishni tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.
6. Darsga yakun yasash, oʻquvchilar ishlarini baholash, yangi vazifalar qoʻyish.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida turli materiallardan buyumlar yasashda

koʻproq ishlatiladigan oʻsimlik materiallarining ayrim turlarinigina koʻrib chiqamiz.

Oʻrmon yongʻoqlari.

Ulardan oʻyinchoq odamchalar, hayvonlar (boʻri va

qoʻzichoq, quyon) boshchalarini yasashda foydalaniladi. Oʻrmon yongʻoqlarini
pishganda, avgust oyida terish kerak. Yongʻoqlarni taxtachalarda quritib qutichalarda
saqlanadi. Oʻrmon yongʻogʻining poʻchogʻi qattiq. Uni qiyinchilik bilan pichoq
yordamida kesiladi yoki buguz bilan teshiladi. Qurib qolgan yongʻoq bilan ishlash
qiyin, shuning uchun ularda foylanmaslik ma’qulroq.

Kedr yongʻoqlari.

Qoʻshimcha material sifatida hayvonchalar oyogʻini,

odamchalar mushchalarini yasashda ishlatish mumkin; ular bigiz bilan oson teshiladi,
yaxshi yelimlanadi.

Er yonogʻoq.

Oʻyinchoq tayyorlashda juda qulay material; u oson teshiladi,

kesiladi, chunki uning poʻchogʻi yengil va yupqa. Yer yongʻoqdan hayvonlarning
(hoʻtik, kuchuk, mushuk shakllarini, koʻrinishlarini) yasash mumkin. Yongʻoqlarni
quruq joyda xonada saqlash mumkin, chunki uning poʻchogʻi qurigandan soʻng qotib
qolmaydi.

Kashtan.

Kashtan mevalari oddiy oʻyinchoqlarni yasashda yaxshi material

hisoblanadi. Ular chiroyli yaltiroq sirtga va yorqin jigarrangga oson teshiladi.
Kashtanning butun mevalaridan qoʻngʻirchoq boshi va tanasini yasashda, tovus, xoʻroz
kabi narsalarni yasashda qoʻl keladi.

Kashtanni salqin joyda saqlash maqsadga muvofiqdir.

Oqqayin poʻstlogʻi

– oʻyinchoqlar yasash uchun juda chiroyli va mustahkam

materiallardan biridir. Ish bajarish uchun quruq yerda oʻsgan oqqayin poʻstlogʻidan
foydalanish kerak, chunki u zich, mustahkam va qayishqoq boʻladi. Oqqayin
poʻstlogʻini bahorda va erta yozda yigʻish kerak, chunki oson olinadi va eng zoʻr
rangda boʻladi. Lekin poʻstloqni shamol yiqitgan daraxtdan yoki kesilgan shoxlardan
olish zarur.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

228

Shoxlar.

Turli shoxlar (shoxchalar) buyumlarning ayrim qismlarini: qoʻl, oyoq,

boʻyin va x.klarni yasashda qullaniladi. Buyumlar uchun qizil, qayrogʻoch, qoraqayin,
nastarin shoxlaridan foydalanish mumkin. Ularning shoxlari qayishqoq va qurishda
oson sinmaydi.

Shoxlarni terish oson ish emas, u vaqtni, sabrni, orastalikni talab qiladi. Bunda

bolalarga daraxtlarni asrash va oʻyinchoqlar uchun qurigan (judayam qurib ketgan
boʻlmasligi kerak) shoxlarni terish kerak ekanligini eslatib turish zarur.

Tomirlar.

Buyumlar yasashda tomirlardan ham foydalansa boʻladi. Ayrim

paytlarda ular oʻzlarining ajoyib koʻrinishlari bilan turli hayvonlarni, qushlarni yoki
tanalarining boʻlaklarini eslatadi. Bunda ayniqsa obrazli koʻrish, kuzatuvchanlik
muhimdir va bunga bolalarni oʻrgatish kerak. Bolalar fantaziyasi qiyshiq tomirlarida
sakkiz oyoqning, oʻrgamchakni, toychoq boshini koʻrishga yordam beradi.

Barglar.

Barglar oʻyinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qoʻshimcha

material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda boʻlishi mumkin. Eman
daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi.
Barglardan kapalak qanoatlari, baliq soʻzgichlarini (bu oʻyinchoqlar gʻudda va bargdan
yasaladi) yasashda qoʻllash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli boʻlganida terish
yaxshi.

Urugʻlar.

Oʻyinchoq uchun turli materiallarga qimmatli qoʻshimcha boʻlib

daraxtlar, gullar, sabzavotlar urugʻlari xizmat qiladi. Masalan: zarang, shumtol
urugʻlari. Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishdir. Ulardan ninachi qanotlarini,
quyon quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urugʻlaridan koʻzlar
yasash mumkin. Urugʻlarni kuzda yigʻish yaxshiroq.

Mehnat darslarida turli materiallar bilan ishlash darslarini samarali ravishda

tashkil qilsak:

Oʻquvchilar oʻzining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatiga ega

boʻladi. Bu esa oʻquvchilarni erkin fikrlashga, ijodkorlikka, tashabuskorlikka
oʻrgatadi.

Oʻquvchilar mehnat darslarida oʻzlashtirgan bilim, malaka va koʻnikmalarini

mustahkamlaydi.

turli turli materiallar hamda ularni toʻplash va saqlash qoidalari bilan

tanishishadilar.

atrof-muhitni muhofaza qilishni, buyum uchun atrof-muhitdan ob’ekt

tanlashni oʻrgatadi.

turli turli materiallarga ishlov berish va mustahkamlash qoidalarini,

predmetni tahlil kila bilishni oʻrgatadi.

materialga ishlov berish uchun asboblar tanlashni oʻrgatadi

mustaqillikni, tasavvurni namoyon qilishni oʻrgatadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

229

ijodiy kobiliyatlarni oʻstiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, hamda bidiiy

estetik didini oshirishdi.

oʻz vaqtida, rejali, tartibli oʻtkazilgan mashgʻulotlar oʻquvchilarning qiziqish

va havaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi.

Xulosa qilib aytganda oʻquvchilarga boshlangʻich sinfdanoq mehnatsvarlikka,

ijodkorlikka, oʻrgatilsa, kelajakda barkamol, jamiyatimizning rivojlanishiga ulkan
hissa qoʻshadigan avlodlar kamol topadi deb oʻylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

R.A. Mavlonova va boshqalar “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 2008 yil

2. R.A.Mavlonova, Sanaqulov X.R. Xodieva D.P “Mehnat va uni o’qitish

metodikasi” TDPU. 2007 yil

3. Sanaqulov X.R. Xodieva D.P “Mehnat ta`limidan amaliy ishlar” TDPU 2007

yil

4. R. Hasanov, H. Egamov “Tasviriy sa`nat va badiiy mehnat” T. “O’qituvchi”

1997 yil.

5. Nurmatova M.. “Mehnat tarbiyasi” Toshkent. TDPU. 2005 y

Bibliografik manbalar

R.A. Mavlonova va boshqalar “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 2008 yil

R.A.Mavlonova, Sanaqulov X.R. Xodieva D.P “Mehnat va uni o’qitish metodikasi” TDPU. 2007 yil

Sanaqulov X.R. Xodieva D.P “Mehnat ta`limidan amaliy ishlar” TDPU 2007 yil

R. Hasanov, H. Egamov “Tasviriy sa`nat va badiiy mehnat” T. “O’qituvchi” 1997 yil.

Nurmatova M.. “Mehnat tarbiyasi” Toshkent. TDPU. 2005 y