“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
204
GIYOHVAND VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALARI
ISTE’MOL QILINISHI UCHUN MO‘LJALLANGAN
JOYLAR- “BANGIXONA” TUSHUNCHASI
Muxamatov Bobirmirzo Farxodovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni
iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan maxsus joylar – bangixona tushunchasining
nazariy va huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Xalqaro va milliy qonunchilikda ushbu
jinoyatning tarkibiy alomatlari, uni aniqlash va huquqiy baho berish masalalari
yoritilgan. Shuningdek, dunyo olimlarining qarashlari asosida bangixonaga yagona
mualliflik ta’rif ishlab chiqilgan. Maqolada bu jinoyatning ijtimoiy xavfi, uning
giyohvandlik tarqalishiga ta’siri hamda profilaktika choralarini kuchaytirish zarurati
ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
bangixona, giyohvand moddalar, psixotrop vositalar, iste’mol joyi,
jinoyat qonunchiligi, huquqiy ta’rif, xalqaro huquq, ijtimoiy xavf, muntazam
foydalanish.
ПОНЯТИЕ «ПРИТОН» - МЕСТА, ПРЕДНАЗНАЧЕННЫЕ ДЛЯ
УПОТРЕБЛЕНИЯ НАРКОТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ И
ПСИХОТРОПНЫХ ВЕЩЕСТВ
Мухаматов Бобирмирзо Фарходович
соискатель Академии МВД Республики Узбекистан
Аннотация:
В данной статье рассматриваются теоретические и правовые
аспекты понятия “притон” – специально организованного места для
употребления наркотических средств и психотропных веществ. Анализируется
международное и национальное законодательство по квалификации
преступления, связанного с организацией притонов. На основе научных взглядов
различных исследователей предложена авторская дефиниция понятия «притон».
Также акцентируется внимание на общественной опасности данного явления и
необходимости усиления профилактических мер.
Ключевые слова:
притон, наркотические средства, психотропные
вещества, место потребления, уголовное право, правовая дефиниция,
международное право, социальная опасность, систематическое использование.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
205
THE CONCEPT OF "DEN" - PLACES INTENDED FOR THE USE OF
NARCOTIC DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES
Mukhamatov Bobirmirzo Farhodovich
Applicant of the Academy of the Ministry of Internal
Affairs of the Republic of Uzbekistan
Abstract:
This article analyzes the theoretical and legal aspects of the term "drug
den" –a place specially organized for the consumption of narcotic drugs and
psychotropic substances. The study reviews international and national legislation on
the qualification of crimes related to organizing such premises. Based on the views of
global scholars, an original (authorial) definition of the concept of a "drug den" is
proposed. The article also emphasizes the social danger posed by such places and the
urgent need to strengthen preventive and legal measures.
Keywords:
drug den, narcotic drugs, psychotropic substances, place of
consumption, criminal law, legal definition, international law, social danger,
systematic use.
Bugungi kunda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish masalasi
nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham dolzarb muammolardan biriga aylangan.
Giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning tarqatilishi, iste’moli, shuningdek
ularni saqlash, yetkazib berish va aynan bangixona tashkil qilish kabi jinoyatlar
fuqarolar sog‘lig‘iga, ma’naviyatiga hamda milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda.
Shu munosabat bilan, jinoyat qonunchiligini xalqaro huquqiy me’yorlarga
muvofiqlashtirish, bu boradagi milliy va xalqaro tajribalarni integratsiyalashtirish –
jahon hamjamiyati oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi kunda giyohvandlik illati bilan to‘qnash kelmagan davlatni
topish qiyin. Bu illat, ayniqsa, yosh avlodning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga xavf solib,
jamiyatning ma’naviy asoslarini yemirmoqda. Shu sababli, deyarli barcha davlatlar
jinoyat qonunlarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy
muomalasini, xususan ular iste’mol qilinishi uchun maxsus joy – bangixona tashkil
qilish kabi harakatlarni jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan qilmishlar sifatida
belgilagan.
Bangixonalar – giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun maxsus sharoit
yaratib beruvchi joylar sifatida, nafaqat mazkur moddalarni iste’mol qilishning
markaziga, balki ularning noqonuniy tarqalishi, foydalanuvchilar doirasini
kengaytirish va giyohvandlik madaniyatini shakllantirish nuqtasiga ham aylanib
bormoqda. Shuning uchun ham bangixona tashkil qilish jinoyati giyohvandlik
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
206
muammosining kengayishiga turtki beruvchi og‘ir ijtimoiy xavfga ega jinoyatlardan
biri sifatida qaraladi.
Ma’lum-ki, giyohvandlikning ijtimoiy xavfliligi giyohvandlik vositalariga
qaramlik natijasida inson hulq-atvorida ro‘y beradigan o‘zgarishlarning kriminogen
omil ekanligi; giyohvandlik va jinoyatchilikning bevosita aloqador ekanligida
namoyon bo‘ladi, ya’ni: 1) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tarqatish
bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi; 2) ushbu moddalarni xarid qilish uchun
mablag‘ topish; 3) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ta’sirida jinoyat
sodir etilishi; 4) o‘rganilayotgan moddalarni iste’mol qilganlarning jinoyat
jabrlanuvchisi bo‘lishida namoyon bo‘ladi [1].
Ushbu muammoning oldini olishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb
etadi. Xususan, xorijiy davlatlarning mazkur yo‘nalishdagi qonun chiqaruvchilik,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tibbiyot muassasalari va jamoatchilik
ishtirokidagi kompleks yondashuvlarini o‘rganish, ularning samarali mexanizmlarini
milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish giyohvandlikka qarshi kurashda muhim
omil sifatida e’tirof etiladi. Shu jihatdan, bangixona tashkil qilish jinoyatini aniqlash,
bartaraf etish va unga huquqiy baho berishda ilg‘or davlatlar tajribasi hamda xalqaro
huquqiy mexanizmlardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ushbu illatning kengayishi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida fojiali oqibatlarga olib
kelayotgani fuqarolar ma’naviyatiga, jamiyat barqarorligi va xavfsizligiga tahdid
solmoqda. Shu sababli, giyohvandlikka oid jinoyatlarning oldini olish, ularni bartaraf
etishda murakkab va xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan “bangixona” tashkil qilish
jinoyati alohida huquqiy e’tibor markazida turibdi.
“Bangixona” atamasi ilmiy va huquqiy adabiyotlarda turlicha ta’riflangan bo‘lib,
umumiy ma’noda u – giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun maxsus
tayyorlangan joyni anglatadi. Bu joyda, odatda, giyohvand moddalarni saqlash,
tayyorlash, iste’mol qilish uchun qulay sharoit yaratiladi hamda bu faoliyat
boshqalarga ham xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘naltiriladi. Bangixona faqat moddiy
joy emas, balki u giyohvandlik muhiti, madaniyati va iste’mol to‘rini shakllantiruvchi
omil sifatida ham qaraladi.
Dunyo olimlari bangixona tashkil qilish jinoyatini nazariy va amaliy jihatdan
chuqur o‘rganib kelishmoqda. Ayrim tadqiqotchilar bangixonani – giyohvand
moddalar iste’moli uchun jismoniy makon sifatida tavsiflasa, boshqalar uni – shaxslar
o‘rtasidagi giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi, uning tarqalishiga xizmat qiluvchi ijtimoiy
muhit sifatida qarashadi. Mazkur qarashlar turlicha bo‘lsa-da, ularning umumiy
xulosasi shundan iboratki, bangixona – giyohvandlik tarqalishining asosiy nuqtalaridan
biri bo‘lib, u jamiyat uchun katta ijtimoiy xavf tug‘diradi.
Huquqiy nuqtai nazardan, bangixona tashkil qilish – giyohvand moddalarni
iste’mol qilish uchun joy yaratish, unda faoliyat yuritish, boshqa shaxslarni u yerga
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
207
jalb etish va bunday joyning mavjudligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar
majmuasini o‘z ichiga oladi. Bu jinoyat turi ko‘pincha boshqa jinoiy faoliyatlar
(masalan, giyohvand moddalarni saqlash, tarqatish, kontrabanda) bilan chambarchas
bog‘liq holda sodir etiladi va jinoiy guruhlar tomonidan tizimli ravishda amalga
oshiriladi.
Xalqaro va milliy qonunchilikda bangixona tashkil qilish jinoyatini aniq
ifodalash, uning tarkibiy belgilarini belgilash, jinoiy javobgarlik mezonlarini ishlab
chiqish hamda sud-tergov amaliyotida bu tushunchani to‘g‘ri qo‘llash –
giyohvandlikka qarshi kurashda muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Shuningdek,
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, profilaktik va jazo choralarini
takomillashtirish orqali bangixonalarni aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini
mustahkamlash mumkin.
Xalqaro va milliy yuridik adabiyotlarda “
bangixona” tushunchasi bir xilda
ta’riflanmasdan
, mualliflarning ilmiy qarashlari va metodologik yondashuvlariga
qarab turlicha talqin etilgan. Ayrim olimlar bu tushunchani faqat
giyohvand
moddalarni iste’mol qilish uchun jismoniy joy tashkil qilish
sifatida izohlasalar,
boshqalar uni
faol ijtimoiy xavfga ega bo‘lgan, jamiyatda giyohvandlik muhitini
shakllantiruvchi va tarqatuvchi markaz
sifatida qarashadi.
Ba’zi tadqiqotchilar bangixona tashkil qilish jinoyatini – shaxs tomonidan o‘z
yoki boshqa shaxs manfaati uchun giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun maxsus
joy tayyorlab berish, unda iste’mol qilish uchun shart-sharoit yaratish, bunday joyni
boshqalarning foydalanishiga taqdim etish kabi harakatlar majmuasi deb baholaydilar.
Bu yerda faqat joyning mavjudligi emas, balki uning maqsadli ravishda faoliyat
ko‘rsatishi, doimiy ravishda giyohvand moddalar iste’moli uchun xizmat qilishi asosiy
belgilardan biri sifatida belgilanadi.
Ayrim huquqshunos olimlar esa bu jinoyatni kengroq talqin qilib, uni giyohvand
moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq
ijtimoiy xavfli munosabatlarni
rag‘batlantiruvchi muhit
sifatida qaraladilar. Ya’ni, bangixona – bu faqatgina “joy”
emas, balki u giyohvand moddalar iste’moliga moyil shaxslarni jalb etuvchi, ularni
buzg‘unchi faoliyatga aralashtiruvchi muhitdir deb fikr bildirishgan.Amaliy jihatdan
qaralganda esa, bangixona tashkil qilish jinoyati ko‘p hollarda guruh holatida, oldindan
til biriktirish yo‘li bilan yoki boshqa jinoyatlar (masalan, giyohvand moddalarni
saqlash, ularni tarqatish yoki noqonuniy sotish) bilan birgalikda sodir etiladi. Shu
boisdan, mazkur jinoyatni faqat yakka holdagi huquqbuzarlik sifatida emas, balki
uyushgan jinoyatchilik tizimi doirasida baholash ham talab etiladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini iste’mol
qilish uchun joy tashkil etish yoki saqlash (O‘zR JK 273-moddasi 4-qismi) kabi
qilmishni malakalashtirish amaliyoti bahsli bo‘lib qolmoqda. Agar giyohvandlik
vositalarini iste’mol qilish uchun taqdim etilgan turar joy shaxsiy yashash uchun
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
208
foydalanilsa, bunday harakatlar huquqni qo‘llovchi organlar tomonidan joy tashkil
etish yoki saqlash sifatida baholanmaydi.
Jumladan, B.G. Dondukov ta’kidlaganidek, bangixona narkopriton - bu
aybdor shaxslar tomonidan boshqa fuqarolarga giyohvand moddalar yoki
psixotrop vositalarni iste’mol qilish uchun muntazam ravishda taqdim etiladigan
turar joy yoki noturar joy hisoblanadi [2]. B.G. Dondukov ta’rifi bangixona tashkil
qilish jinoyatining huquqiy tarkibiy belgilarini ochib berishga yordam beradi.
Jumladan, bu jinoyat faqat moddiy joy tashkil etish bilan cheklanib qolmay, balki
fuqarolarni giyohvandlik muhitiga jalb etish, uni targ‘ib qilish, bunday faoliyat uchun
maxsus sharoit yaratish va uni muntazam ravishda amalga oshirish kabi harakatlarni
ham qamrab oladi. Bunda joyning huquqiy maqomi – ya’ni turar joy yoki noturar joy
ekanligi muhim emas; asosiy mezon – uning giyohvand moddalarni iste’mol qilish
uchun doimiy ravishda taqdim etilishi hisoblanadi. B.G.Dondukovning ta’rifi ushbu
jinoyatga ilmiy va huquqiy yondashuvda muhim o‘rin tutadi hamda milliy
qonunchilikda bangixona tashkil qilishga oid normalarni takomillashtirishda nazariy
asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Sud va tergov amaliyoti giyohvandlik vositalarini o‘tkazish bilan bog‘liq
jinoyatlarni ko‘rishda ushbu jinoyatlarni vujudga keltiruvchi shart sharoitlar,
giyohvandlik vositalarini olish mumkin bo‘lgan joylar va shaxslar, giyohvandlik
vositalari realizatsiya qilinadigan joylarni aniqlash masalasiga yetarlicha e’tibor
berilmayotganligini ko‘rsatadi. Giyohvandlik vositalari kimdan, qaerdan olinganligi,
giyohvandlik vositalarining kelish kanallarini aniqlash ham talab darajasida emas, ko‘p
hollarda tergov vaqtida shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxsdan
giyohvandlik vositasi olinganligi qayd qilinadi [3]. .
“Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar yoki ularning analoglarini iste’mol
qilish uchun yashirin joy” atamasi nimani anglatadi? E.F. Pobegayloning fikricha,
bunday joy - bu aybdorlar tomonidan giyohvand moddalar yoki psixotrop
vositalarni iste’mol qilish uchun muntazam ravishda beriladigan turar joy (kvartira,
xona, dala hovli, uy) yoki noturar joy (erto‘la, chordoq, omborxona va hokazo).
“yashirin joyni ta’minlash” deganda uning faoliyatini ta’minlashga qaratilgan
harakatlar tizimi tushuniladi (moddiy ta’minot, qo‘riqlash, ta’mirlash, xonani
tozalashni tashkil etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar). Bu giyohvand
vositalari yoki psixotrop moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilish uchun
foydalaniladigan binoni amalda egalik qilishdir [4].
E.F. Pobegayloning ta’rifi bangixona tushunchasini amaliy faoliyat nuqtai
nazaridan to‘liq yoritadi va uning muntazamlik, joyning turi, hamda faoliyatni
ta’minlash kabi jihatlarini aniq belgilaydi. Bu huquqni qo‘llash amaliyoti uchun
foydali yondashuvdir. Ammo olim jinoyatning sub’ektiv tomon (niyat) masalasi
to‘liq yoritilmagan– ya’ni aybdor shaxsning niyati va xohishi, bu faoliyatda
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
209
shaxsan ishtirok etishi yoki uni tashkil etishdagi roli yetarli darajada ochib
berilmagan. Joyning huquqiy maqomiga bog‘liqlik bor ya’ni ta’rifda asosan
kvartira, xona, dala hovli kabi real mulk shakllariga tayangan. Holbuki, amaliyotda
chodir, qurlishi bitmagan bino, vagon, vaqtinchalik turay joylar ham bangixona
bo‘lishi mumkin. Qonunchilikdagi umumlashma tushunchaga to‘liq mos
kelmasligi mumkin, chunki ta’rif ko‘proq xususiy mulk asosidagi joylarga
tayanadi, ijaraga olingan yoki vaqtincha foydalanilayotgan joylar ham nazardan
chetda qolishi ehtimolga yaqin.
S.V. Maksimovning fikricha, giyohvand moddalar yoki psixotrop vositalarni
iste’mol qilish maqsadida moslashtirilgan har qanday turar joy yoki noturar joy binosi
bangixona hisoblanadi [5].
S.V. Maksimovning ta’rifi bangixona jinoyatini belgilovchi muhim mezon —
joyning funksional moslashuvi
ni ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, agar biron-bir turar yoki
noturar joy, masalan, xonadon, garaj, ombor, cherdak, yerto‘la yoki boshqa binolar
maxsus tarzda giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun qayta jihozlangan yoki
doimiy ravishda bunday maqsadda ishlatilayotgan bo‘lsa, u bangixona deb qaraladi.Bu
yondashuv bangixona jinoyatining
ob’ektiv tomoniga
– ya’ni moddiy joy va uning
vazifasiga alohida e’tibor qaratadi. Ya’ni, bangixonaning mavjudligi faqat joyning
o‘ziga emas, balki
uning giyohvandlik iste’moliga xizmat qilish xususiyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Bu esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida jinoyatni
aniqlash va huquqiy baho berishda aniq mezon sifatida foydalanilishi mumkin. Boshqa
tomondan, S.V. Maksimov ta’rifi joydan
muntazam foydalanish
joyini qat’iy talab
qilmaydi. Bu esa ba’zi huquqshunoslar tomonidan tanqid qilinadi, chunki jinoiy
javobgarlikni belgilashda joydan
tizimli, maqsadli va takroriy foydalanish
holati
muhim deb qaraladi. Shuning uchun mazkur ta’rifda bangixona tashkil qilishdagi
aybdor shaxsning niyati
va
faoliyatining doimiyligi
kabi sub’ektiv va ob’ektiv
alomatlarni chuqurroq yoritish zarur deb hisoblaymiz.
S.V. Polubinskayaning fikricha, “bangixona” (priton) tushunchasi ostida
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish uchun beriladigan
yoki foydalaniladigan har qanday turar joy yoki noturar joy, oddiy yoki maxsus
jihozlangan binoni tushunish lozim. Pritonni saqlash deganda binoga zarur to‘lovlarni
amalga oshirish, uni tozalash va shunga o‘xshash harakatlarni, shuningdek uni
qonunda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun taqdim etishni nazarda tutadi.
S.V. Polubinskayaning ta’kidlashicha, bangixona – bu giyohvand moddalar yoki
psixotrop vositalarni iste’mol qilish uchun foydalaniladigan yoki taqdim etiladigan har
qanday turar yoki noturar joy bo‘lib, u oddiy yoki maxsus jihozlangan bo‘lishi
mumkin. Uningcha, bangixonani saqlash degani – joyni tozalash, kommunal
to‘lovlarni amalga oshirish va uni giyohvandlik maqsadida foydalanish uchun shart-
sharoit yaratish kabi harakatlarni o‘z ichiga oladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
210
Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilish orqali bangixona (priton) tushunchasining
asosiy huquqiy va ilmiy alomatlari quyidagicha shakllanadi:
1. Joyning turi
– turar yoki noturar, oddiy yoki maxsus jihozlangan bo‘lishi
mumkin;
2. Maqsadi
– giyohvand modda yoki psixotrop vositalarni iste’mol qilish uchun
mo‘ljallangan;
3. Muntazam foydalanish
– joy bir marta emas, qayta-qayta, tizimli ravishda
taqdim etilgan;
4. Saqlash va moddiy ta’minlash
– joyni tozalash, xarajatlarni qoplash,
ishlatishga sharoit yaratish;
5. Niyat va faoliyat shakli
– aybdor shaxsning bu joyni maqsadli ravishda ushbu
faoliyat uchun yaratganligi.
Bu mezonlar asosida bangixona tashkil qilish jinoyatini aniqlashda ilmiy-amaliy
yondashuv yuzaga keladi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar hamda qonun
chiqaruvchi organlar uchun muhim metodik asos vazifasini o‘taydi.
Ko‘rib turganimizdek, “bangixona” tushunchasi haqidagi nazariy yondashuvlar
shundan dalolat beradiki, bu atama faqatgina yarash uchun mo‘ljallangan turar joylar
yoki ro‘yxatdan o‘tgan binolar bilan cheklanmaydi. Ya’ni, bangixona deb tan olinishi
uchun albatta uning yashash uchun qurilgan bo‘lishi, yoki rasmiy ravishda turar-joy
maqomiga ega bo‘lishi shart emas. Aksincha, bu tushuncha — belgilangan huquqiy
maqsadlarda mo‘ljallanmagan har qanday turar yoki noturar joyning, muntazam
ravishda giyohvand moddalar, psixotrop vositalar yoki ularning analoglarini iste’mol
qilish uchun ishlatilishi bilan bog‘liqdir. Bu yerda muhim omil –binodan qanday
foydalanilayotgani va aybdor shaxsning niyati, ya’ni ushbu joyni maxsus maqsadda
qayta-qayta taqdim etishi yoki ishlatishi hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, bangixona deb faqat yashash uchun mo‘ljallangan uyni
emas, balki:
-
garaj, omborxona, cherdak, yerto‘la,
-
qurilishi tugallanmagan yoki tashlandiq binolar,
-
hatto vaqtinchalik qurilmalar (modullar, vagonlar, chodirlar) ham hisoblash
mumkin, agar ular muntazam ravishda narkotik vositalarni iste’mol qilish uchun
ishlatilsa.
Shu bois, zamonaviy huquqiy amaliyotda bangixona tushunchasiga funksional
yondashuv ustuvor ahamiyatga ega. Ya’ni joyning tashqi ko‘rinishi, qurilish maqsadi
yoki huquqiy statusi emas, balki u qanday maqsadda va qanday usulda
foydalanilayotgani asosiy o‘rin tutadi.
Shuningdek, bizning fikrimizga ko‘ra, aybdor shaxsning mavjud binosidan
(masalan, shaxsiy kvartirasidan) giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun
foydalanishi, faqatgina u bunday binoni giyohvand moddalar iste’mol qilinadigan
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
211
joy sifatida moslashtirish uchun maqsadli aniq harakatlarni amalga oshirgan
taqdirdagina, giyohvandlik maskani tashkil etish deb hisoblanadi. Bunday
harakatlarga quyidagilar ya’ni ta’mirlash ishlari, binoni qayta qurish, havo tortish
va shamollatish tizimlarini o‘rnatish, giyohvand moddalarni tayyorlash va
iste’mol qilish uchun texnika, asbob-uskunalar va moslamalarni joylashtirish,
mijozlarning “xavfsizligi” va maxfiyligini ta’minlash uchun texnik vositalarni
o‘rnatish, mebel va shu kabilarni joylashtirish kiradi.
Fikrimizcha, giyohvand vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish
uchun ajratilgan va (yoki) moslashtirilgan joyni saqlash deganda, shaxsning
quyidagi qasddan qilingan harakatlari tushuniladi: bunday joydan foydalanish; joy
tashkil etilgandan so‘ng uning mavjudligi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash yoki
binoni ishlatish (undan foydalanganlik uchun ijara haqini to‘lash, tashrif
buyuruvchilarni nazorat qilish, qo‘riqlashni ta’minlash va hokazo) tushiniladi.
Umuman olganda, bangixona tashkil qilish jinoyati – giyohvandlikka oid
jinoyatlarning tarqalishini tezlashtiruvchi omil sifatida, qonunchilikda maxsus nazarda
tutilishi lozim bo‘lgan xavfli ijtimoiy hodisadir. Shu sababli, xalqaro huquq normalari
hamda milliy qonunchilikda mazkur tushunchani aniq va amaliy jihatdan yoritish,
uning tarkibiy elementlarini belgilash, jinoiy javobgarlik chegarasini aniqlash va bu
yo‘nalishda sud-tergov amaliyotini takomillashtirish zamonaviy kriminologiyaning
dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda
Yuqorida aytilganlarni xulosa qilar ekanmiz, ta’kidlash lozimki, bangixona
tashkil qilish jinoyati to‘g‘risidagi tushunchalar va ta’riflar har xil bo‘lsa-da, ularning
umumiy nuqtasi – bu jinoyatning yuqori ijtimoiy xavfliligi, uning giyohvandlik illati
tarqalishiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi va profilaktika choralarini kuchaytirish zaruratidan
iboratdir. Shu bois, ushbu jinoyat turini huquqiy, kriminologik va ijtimoiy nuqtai
nazardan yanada chuqurroq o‘rganish, uning tarkibiy alomatlarini aniq belgilash
hamda xalqaro huquqiy mexanizmlar bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy yuridik ilmiy
tadqiqotlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Yuqorida keltirilgan ilmiy qarashlar, huquqiy tahlillar va tadqiqot natijalari
asosida “bangixona” tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi.
Bangixona
– bu aybdor shaxs tomonidan giyohvand vositalari, psixotrop
moddalar yoki ularning analoglarini iste’mol qilish uchun doimiy yoki muntazam
ravishda boshqa shaxslarga taqdim etiladigan, yashash yoki boshqa maqsadlarda
mo‘ljallangan bo‘lishidan qat’iy nazar, har qanday turar yoki noturar joy, binodir.
Ushbu joy bangixona deb e’tirof etilishi uchun undagi faoliyat belgilangan
huquqiy maqsadlarga zid bo‘lishi, iste’mol uchun sharoit yaratilishi, joyning
saqlanishi, moddiy jihatdan ta’minlanishi va boshqarilishi kabi harakatlar bilan bog‘liq
bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Ushbu ta’rif ushbu jinoyatning huquqiy tarkibini to‘liq
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
212
qamrab oladi va uni aniq, umumiy qoidalarga muvofiq ravishda baholash imkonini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Umarova B.A.Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida sodir etilgan
jinoyatlarning jazoni og‘irlashtiruvchi belgilari. 2012. Yu.f.n. diss.avt. B-12
2. Umarova B.A. Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida sodir etilgan
jinoyatlar uchun jazo tayinlashni takomillashtirish masalalari. O‘zbekiston
qonunchiligi .tahlili. 2011 №4 B-46.
https://inlibrary.uz/index.php/
uzbek_law_review/article/view/14207
3.Дондуков Б.Г. Криминалистическая характеристика наркопритона как
места незаконного сбыта наркотических средств и психотропных веществ //
Вестник Сибирского юридического института МВД России. 2018. № 3 (7). - 15-
18 с.
4. С.В.Максимов. Уголовное право. Учебное пособие / под. ред.
Л.Д.Гаухмана и С.В.Максимова. – М.: Элит, 2007. – С. 358.
5. В.Н. Кудрявцева, А.В. Наумова., Курс российского уголовного права.
Особенная часть / Под ред. В.Н. Кудрявцева, А.В. Наумова. М.: Спарк, 2002. С.
634.