Mualliflar

  • Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114650

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: суд тизими inson huquqlari himoya erkinlik adolat javobgarlik

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada “Al-Hidoya” asarida inson huquqlarini himoya qilishda sud tizimi va ularga qo‘yilgan talabalar o‘rganilib, uning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

190

“AL-HIDOYA” ASARIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI

HIMOYA QILISH MASALALARI

Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti

yuridik byuro yuriskonsulti


Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Al-Hidoya” asarida inson huquqlarini himoya

qilishda sud tizimi va ularga qo‘yilgan talabalar o‘rganilib, uning o‘ziga xos jihatlari
yoritilgan.

Аннотация.

В данной статье изучена судебная система и требования,

предъявляемые к ней, в защите прав человека в труде «Аль-Хидоя», а также
освещены её особенности.

Annotation.

This article examines the judicial system and the requirements

imposed on it in the protection of human rights in the work

Al-Hidāyah

, and also

highlights its distinctive features.

Kalit so‘zlar:

суд тизими, inson huquqlari, himoya, erkinlik, adolat, javobgarlik.

Ключевые слова:

судебная система, права человека, свобода,

справедливость, ответственность.

Keywords:

judicial system, human rights, protection, freedom, justice,

responsibility.


Kirish.

“Al-Hidoya” Burhoniddin Marg‘iloniy tomonidan tasnif qilingan

mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu asar alloma Burhoniddin Marg‘iloniyning
“Bidoyatul mubtadi” asariga muxtasar sharhdir.

“Al-Hidoya” asarini o‘z zamonasida mashhur qilgan Burhoniddin

Marg‘iloniyning shogirdlari – Shamsula’imma Muhammad ibn Abdusattor Kardariy
va boshqa allomalar hisoblanadi

1

.

Asarda inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida bilimlar, jumladan, inson

huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklari
unga tug‘ilganidan boshlab taalluqli ekanligi, ya’ni tabiiy huquqning e’tirof etilishi,
inson huquqlari va erkinliklarining teng va barobar taalluqliligi, insonlarning
kafolatlangan himoya bilan ta’minlanishi, huquqni qo‘llovchi shaxslarda inson
xuquqlari va erkinliklariga rioya qilish bo‘yicha mas’ullikni oshirish kabi masalalar
yoritilgan.

1

Ҳидоя шарҳ бидоятул мубтади. Бурҳониддин Марғилоний. -Т.: “Hilol-Nashr”, 2022. – 896, 1-jild 12-b.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

191

Inson huquqlari va uning himoyasi har bir davrning dolzarb masalasi hisoblangan.

“Al-Hidoya” asarida inson huquqlari va himoya qilish munosabatlari ahamiyatli
masalalar sifatida yoritilgan.

“Al-Hidoya” asari faqatgina musulmon dunyosida fiqhni o‘rganish manbaigina

bo‘lib qolmasdan, yuridik sohada huquqiy masalalarni hal etishda qo‘llanma sifatida
manbaga aylangan.

Asarda inson huquqlari himoyasi dolzarb masalalr sifatida bayon etilgan.

Insonlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda sud tizimi ahamiyatli
hisoblangan.

Sud tizim inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining tarkibiy

va hal qiluvchi qismidir. Sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida
eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir shaxsning huquq va erkinliklarini sud
tomonidan muhofaza etilishi, sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Asarda sud tizmida sudyalar uchun alohida talablar o‘rnatilgan bo‘lib, qozilar

uchun talablar va qoidalar belgilanganligi inson huquqlarini himoya qilish dolzarb va
birlamchi masala ekanligiga dalolat beradi.

“Al-Hidoya”da ta’kidlanadiki, qozilik vazifasiga shunday kishilar tayinlanishi

lozimki, ular shu vazifani bajara olishi, qarorlar qabul qila bilishi, oliy darajada adolat
va yaxshilik tarafdori bo‘lishi zarur. Ular kamida guvohlik bera oladigan shaxslarga
qo‘yilgan talablarga javob berishga qodir bo‘lishlari kerak. Chunki guvohlar uchun
muhim bo‘lgan xislatlar qozilar uchun ham muhimdir. Agar qozi etib tayinlanayotgan
shaxs ozod, sog‘lom kishi bo‘lmasa, voyaga yetmagan bo‘lsa, musulmon bo‘lmasa,
tuhmatda ayblangan bo‘lsa, qozi bo‘lishi mumkin emas. Bu talabni hozirgi
huquqshunoslik tili bilan ifodalaydigan bo‘lsak, qozi aqli raso, huquq va muomala
layoqatiga ega, jismoniy shaxslar talabiga javob bera oladigan, fiqh ilmidan boxabar
bo‘lishi lozim

2

.

Qozilikka tayinlangan shaxslar o‘z majburiyatlarini masjid yoki haloyiq oldida,

o‘z uylarida olib borishlari kerak edi. Eng yaxshi joy jome’ masjidlari bo‘lgan.
Qozilarning pora olishlari, o‘z qarindosh-urug‘lari va yaqin do‘stlaridan o‘zga
shaxslardan sovg‘a-salom qabul kilishlari mumkin bo‘lmagan. Ammo qarindosh-
urug‘lari konunga xilof harakat sodir etgan bo‘lsa, qozi undan ham sovg‘a-salom
olishdan voz kechishi zarur hisoblangan.

Agar qozi hukm chiqarish paytida dastlab da’vogar talabiga qarshi tursa-yu,

so‘ngra ko‘rinmay ketsa, qozi qaror chiqarish muddatini kechiktirishi mumkin.
Chunki, qoidaga ko‘ra, qozi qaror chiqarayotgan paytda da’vogar bilan javobgar
o‘rtasida haqiqiy bahs bo‘lishi kerak edi

3

.

2

З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003, 125-бет

3

3. М уқимов. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби. С. “Зарафшон” , 1997.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

192

“Xidoya”da ko‘rsatilishicha, qozilik vazifasiga shunday kishilar tayinlanmog‘i

lozimki, u shu vazifani bajara olishi, qarorlar qabul qila bilishi, oliy darajada adolat va
yaxshilik tarafdori bo‘lishi zarur. Ular kamida guvohlik bera oladigan shaxslarga
qo‘yilgan talablarga javob berishga qodir bo‘lishlari kerak. Chunki guvhlar uchun
muhim bo‘lgan xislatlar qozilar uchun ham muhimdir. Agar qozi etib tayinlanayotgan
shaxs ozod, sog‘lom kishi bo‘lmasa, voyaga yetmagan bo‘lsa, musulmon bo‘lmasa,
tuhmatda ayblangan bo‘lsa, qozi bo‘lishi mumkin emas.

Bu talabni hozirgi huquqshunoslik tili bilan ifodalaydigan bo‘lsak, qozi aqli raso,

huquq va muomala layoqatiga ega, jismoniy shaxslar talabiga javob bera oladigan,
belgilangan bilimlardan boxabar bo‘lishi lozim. Qozilik mansabiga tayinlash davlat
vakolatiga kiradi. Hukmdor (davlat boshlig‘i) bu mansabga o‘z majburiyatlarini bajara
oladigan va adolat bilan qaror chiqara oladigan shaxslarni tayinlashi lozim bo‘lgan.
Qozilikka noqobil kishilarning tayinlanishi jamiyatga katta zarar keltirgan.

“Al-Hidoya”da shahodat berilishicha, dalillarga ajratilgan qoida hamda fikrlar

kitobda jamlangan. Unda dalillarni qabul qilish, ularni rad etish, guvohlarning
ko‘rsatuvlari orasidagi fikrlar, meros masalalarida dalillar, dalillarni guvohlantirish
kabi masalalar yoritilgan.

Sudga isbot-dalil kuchiga ega bo‘lgan asosiy narsa - guvohlarning ko‘rsatmalari,

hujjatlar hamda lozim bo‘lgan hollarda qozi tomonidan yashirin yoki ochiq holda
o‘tkaziladigan gumonlardan tozalash (shartli ravishda psixatriya ekspertizasi)
o‘tkazilishidir.

Qozi “Bunda guvoh yoki javobgarning so‘zlariga ishonish mumkinmi?” , “Uning

xarakteri, ruhiyati qanday?” degan savollarga javob topish uchun uni yaxshi bilgan
yoki kishilar xarakterini ajrata oladigan kishilarga yozma so‘rov yuboradi, ba’zan
ochiq sud majlisiga shunday kishilar (kamida ikki kishi)ni taklif qiladi

4

.

Guvoh aqli raso, shaxsan ozod, obro‘li er va xotin kishilar ham bo‘lishi mumkin,

ammo ikki xotin kishining ko‘rsatuvi bir erkaknikiga to‘g‘ri keladi. Guvohlik
ko‘rsatmalarini berish - farz, ya’ni musulmonning majburiyatlaridan bo‘lib, bila turib
undan bo‘yin tovlash mumkin emas. Shu bilan birga qullar, cho‘rilar, tuhmatchilikda
ayblanganlar, motam marosimlarida yig‘lash va kuylash bilan shug‘ullanuvchilar,
taqiqlangan ichimlik ichishga o‘rganib qolganlar, qush ovchilari, ilgari rahmsiz
jinoyatlar qilgan kishilar, sudxo‘r, o‘yinchi, kamtar bo‘lmagan kishilar ham guvoh
bo‘lishlari mumkin emas edi

5

.

Xulosa qilish mumkinki, asarda inson huquqlari himoyasi dolzarb va aktual

masala sifatida bayon etilgan. Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va
oilaviy mulkiga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega
ekanligi muhim hisoblangan.

4

З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003 128-бет

5

З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003 110-120-бет


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

193

Таъкидлаш лозимки, асарда shaxsiy hayot daxlsizligi insonning shaxsiy

huquqiy maqomini anglatuvchi, ya’ni insonning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati
bebaho va daxlsiz qadriyat sifatida ulug‘lanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ўзбекистон Президенти БМТ Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида

нутқи. 20.09.2023

2.

Одил Қориев. “Бурҳонуддин ал-Марғиноний - ҳуқуқшунос” /

«Шарқшунослик» тўплами. Т., 1993 й.

3.

Хидоя. Комментарии мусулманского права. Отв. ред. и авт. вступ. стати

и комментарий А.Саидов. Ташкент: Ўзбекистон, 1994.

4.

Мўминов А. Мовароуннаҳр уламолари: ҳанафийлар // Шарқшунослик.

№9 /1999.

5.

Тошқулов. Ж., Юсупова Н., Бекмирзаев И., Сарсенбоев О., Масаидов С.

Ислом ҳуқуқшунослиги. Ўқув қўлланма. – Т.; Тошкент ислом университети
нашриёт матбаа бирлашмаси, 2014.

6.

З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003

7.

Оъзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги

Шарқшунослик институти қўлёзмалар фондида №.Р.9445 рақам остида
сақланаётган «Виқоят арривоя» қоълёзма нусхаси. Б.1.

8.

Юсупова Н.Ж., Жузжоний А.Ш. Бурҳониддин Маргʻиноний: Ҳаёти ва

илмий мероси. – Т.: Академия, 2007.

9.

Наврўзова Г. Ал-Марғиноний ва Баҳовуддин Нақшбанд таълимоти. //

Ҳидоят. 2000.

10.

Маҳмуд Ҳасаний. Ал-Марғинонийнинг «Ҳидоя» асари ва унга ёзилган

шарҳлар. Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2000.

11.

И.Бекмирзаев “Ҳидоя” асарининг юзага келиши ва унинг турли

тиллардаги таржималари (

ҳттпс://www.дои.орг/10.37547/ежар-в03-и02-п4-168

)

12.

Т.Қурбонов, Бурҳониддин Марғиноний - ислом ҳуқуқшунослигининг

улкан намояндаси. (

ҳттп://гулободтонги.уз/жамият/бурониддин-мароиноний-

ислом-уушунослигининг-улкан-намояндаси

)






Bibliografik manbalar

Ўзбекистон Президенти БМТ Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нутқи. 20.09.2023

Одил Қориев. “Бурҳонуддин ал-Марғиноний - ҳуқуқшунос” / «Шарқшунослик» тўплами. Т., 1993 й.

Хидоя. Комментарии мусулманского права. Отв. ред. и авт. вступ. стати и комментарий А.Саидов. Ташкент: Ўзбекистон, 1994.

Мўминов А. Мовароуннаҳр уламолари: ҳанафийлар // Шарқшунослик. №9 /1999.

Тошқулов. Ж., Юсупова Н., Бекмирзаев И., Сарсенбоев О., Масаидов С. Ислом ҳуқуқшунослиги. Ўқув қўлланма. – Т.; Тошкент ислом университети нашриёт матбаа бирлашмаси, 2014.

З.Муқимов. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т. “Адолат” 2003

Оъзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти қўлёзмалар фондида №.Р.9445 рақам остида сақланаётган «Виқоят арривоя» қоълёзма нусхаси. Б.1.

Юсупова Н.Ж., Жузжоний А.Ш. Бурҳониддин Маргʻиноний: Ҳаёти ва илмий мероси. – Т.: Академия, 2007.

Наврўзова Г. Ал-Марғиноний ва Баҳовуддин Нақшбанд таълимоти. // Ҳидоят. 2000.

Маҳмуд Ҳасаний. Ал-Марғинонийнинг «Ҳидоя» асари ва унга ёзилган шарҳлар. Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2000.

И.Бекмирзаев “Ҳидоя” асарининг юзага келиши ва унинг турли тиллардаги таржималари (ҳттпс://www.дои.орг/10.37547/ежар-в03-и02-п4-168)

Т.Қурбонов, Бурҳониддин Марғиноний - ислом ҳуқуқшунослигининг улкан намояндаси. (ҳттп://гулободтонги.уз/жамият/бурониддин-мароиноний-ислом-уушунослигининг-улкан-намояндаси)