Mualliflar

  • Mamasidikov Akramjon Muxtor o‘g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114652

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: bo‘lajak pedagog innovatsion tayyorgarlik pedagogik texnologiyalar kreativlik raqamli ta’lim innovatsion muhit kasbiy rivojlanish.

Annotasiya

Anotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini rivojlantirishning shart-sharoitlari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh ta’lim tizimi sharoitida pedagoglarning kreativlik, innovatsion texnologiyalarni egallash va yangilikka intilish kabi kasbiy sifatlarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada innovatsion o‘quv muhitini yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ustoz-shogird tizimini rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

181

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI INNOVATSION TAYYORGARLIKLARINI

RIVOJLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI

Mamasidikov Akramjon Muxtor o‘g’li

Namangan davlat universiteti “Pedagogika nazariyasi

va tarixi” kafedrasi tayanch doktoranti

Anotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini

rivojlantirishning shart-sharoitlari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh
ta’lim tizimi sharoitida pedagoglarning kreativlik, innovatsion texnologiyalarni
egallash va yangilikka intilish kabi kasbiy sifatlarini shakllantirish zarurati asoslab
berilgan. Maqolada innovatsion o‘quv muhitini yaratish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ustoz-shogird
tizimini rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak pedagog, innovatsion tayyorgarlik, pedagogik

texnologiyalar, kreativlik, raqamli ta’lim, innovatsion muhit, kasbiy rivojlanish.

УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ИННОВАЦИОННОЙ

ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация:

В статье рассматриваются условия формирования

инновационной подготовки будущих учителей. В условиях современной
глобализации и конкурентной системы образования обосновывается
необходимость формирования таких профессиональных качеств педагогов, как
креативность, владение инновационными технологиями и стремление к
инновациям. В статье подчеркивается важность создания инновационной среды
обучения, внедрения передовых педагогических технологий, стимулирования
научно-исследовательской деятельности и развития системы «учитель-ученик».

Ключевые слова:

будущий учитель, инновационная подготовка,

педагогические

технологии,

креативность,

цифровое

образование,

инновационная среда, профессиональное развитие.

CONDITIONS FOR DEVELOPING INNOVATIVE TRAINING

OF FUTURE TEACHERS

Abstract:

This article discusses the conditions for developing innovative training

of future teachers. In the conditions of today's globalization and competitive education
system, the need to form such professional qualities of teachers as creativity, mastery
of innovative technologies and striving for innovation is justified. The article highlights
the importance of creating an innovative learning environment, introducing advanced


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

182

pedagogical technologies, stimulating research activities and developing the teacher-
student system.

Key words:

future teacher, innovative training, pedagogical technologies,

creativity, digital education, innovative environment, professional development.


«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga

davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini
belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng
ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir» -deb ta’kidlaydi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev (Yangi O‘zbekiston Strategiyasi) asaridan. Iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni
to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda
ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash,
zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash,
ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash” to‘g‘risidagi farmoni joriy
etildi[1].

Mazkur Konsepsiyani amalga oshirishdagi asosiy prinsiplardan biri - bu ta’lim

tizimi tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchi va murabbiylarni
qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha
ta’lim

muassasalarining

faoliyatini

uyg‘unlashtirish,

ilg‘or

pedagogik

texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi.
Ammo ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o‘z-o‘zidan ta’lim tizimiga
kirib kelmaydi. Bu o‘qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq jarayon.
O‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan
ta’limda bir qadam oldinga siljib bo‘lmaydi. Ilmiy faoliyat ijtimoiy hodisa bo‘lib,
shaxsiy, guruhiy, milliy yoki umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsadlar sari
yo‘naltirilgan harakat hisoblanadi. Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik
faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv faoliyati, boshqaruv faoliyati va
innovatsion faoliyat kabilar. Faoliyatning mazmuni, shart- sharoitlari, vositalari
o‘zgarib borishi natijasida insonning ahloqiy madaniyati takomillashib boradi[7].

Bugungi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va

jahondagi o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimlar egasi etib
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangandir. Yaratilayotgan ulkan
imkoniyatlar yosh avlodni ta’lim-tarbiya olishida o‘zining munosib hissasini
qo‘shmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodga har qaysi ta’lim yoshida o‘ziga xos e‘tibor
qaratilishi yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan darak beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

183

Millatimizga xos bo‘lgan ilm olishga qiziqish, intilish, jo‘shqinlik, qat‘iyatlilik,
shijoatkorlik, yuksak salohiyat avlodlar davomiyligini ta’minlovchi sifatlar
hisoblanadi.Chunki barkamol yoshlar yurtning ertangi kunini belgilaydi. Yoshlar
tarbiyasi ularga kasb-hunar o‘rgatish sirlari haqida so‘z borar ekan, bu еrda o‘qituvchi
murabbiylar, pedagoglarning xizmati va ularning kasbiy mahorati alohida o‘rin
tutadi[2].

Azal-azaldan xalqimiz farzandlarini bilimli, jonkuyar, tajribali murabbiylar

qo‘liga topshirishni farz deb bilgan bo‘lsa, bugungi globallashuv va texnalogiyalar
davrida ham pedagogning jamiyatdagi o‘rni va mavqei mustahkamlanib, uning
mahoratiga qo‘yiladigan talablar oshib bormoqda. Innovatsion kompetensiya - bu
insonning yangi va foydali ideyalarni yaratish, ularni amalga oshirish va jamiyatda
yangiliklar kiritishga murojaat qilishga qodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tayyorlik va
malakalardir. Bu, o‘rganish, muhokama qilish, ishlab chiqish va tatbiq etish, tahlil
qilish, tajriba olish va muammolariga samarali еchim topish, hamda muassasalar
orasida innovatsiyalar o‘rnatishga bo‘lgan qodirliklarni o‘z ichiga oladi[3].

Innovatsion kompetensiyalar, mavzularning orasidagi bog‘liqlikni tushunish,

muammolarni kreativlik bilan hal qilish, riskni olg‘a bermaslik va yangi
yondashuvlarga bo‘lgan ochiqlikni o‘z ichiga oladi. Bu tayyorliklar, boshqa so‘z bilan,
insonni o‘z faoliyati, kasbiy rivojlanishi va jamiyat bilan hamkorlikda yangi vaqtli
yondashuvlarni topish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalardir. Xo‘sh
bugungi axborotlashgan va globallashgan davrda o‘qituvchilar kompetensiyasini
rivojlantirish qay darajda muhim. O‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini
rivojlantirish uchun quyidagi harakatlar muhim bo‘ladi:

Bugungi globallashuv va raqobatbardosh jamiyat sharoitida ta’lim tizimidan

innovatsion yondashuvlarni faol qo‘llay oladigan, kreativ fikrlaydigan, zamonaviy
texnologiyalarni egallagan pedagoglarni tayyorlash talabi ortib bormoqda. Shu bois
bo‘lajak pedagoglarning innovatsion tayyorgarlik darajasini oshirish, bu boradagi
shart-sharoitlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion
tayyorgarlik bo‘lajak pedagoglarning professional o‘sishida asosiy omillardan biri
bo‘lib, ularning kasbiy salohiyatini, kreativ fikrlashini va o‘qitish sifatini belgilaydi[8].

Pedagogika sohasidagi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, bugungi kunda

ta’lim tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagoglarni
tayyorlash

jarayonida

zamonaviy

texnologiyalarni

joriy

etish,

nafaqat

o‘qituvchilarning malakalarini oshirish, balki ularning o‘quvchilarga ta’lim berish
usullarini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi. Bu maqolada innovatsion
texnologiyalarni bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda qanday qo‘llash mumkinligi
haqida so‘z yuritiladi[4].

Innovatsion texnologiyalarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi asosiy ro‘li

zamonaviy pedagogika va o‘qitish usullarini yangilashga yordam beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

184

Kompyuterlar, internet, interaktiv doskalar, raqamli resurslar va virtual o‘quv muhitlari
kabi texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish imkonini
beradi. Shu bilan birga, pedagoglarga bilimlarni uzatishning yangi va samarali
usullarini o‘rganish imkonini yaratadi. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda
texnologiyalarni qo‘llashning quidagicha asosiy yondashuvlari mavjud.Innovatsion
texnologiyalar yordamida bo‘lajak pedagoglar uchun o‘quv jarayonini interaktiv va
qiziqarli qilish mumkin.

Masalan, onlayn kurslar, vebinarlar va virtual sinflar orqali pedagoglar

zamonaviy o‘quv metodlari bilan tanishishadi va o‘z tajribalarini oshiradilar. Shu bilan
birga, interaktiv dasturlar va o‘yinlar pedagoglarni o‘quvchilarni qiziqtiruvchi,
motivatsion usullar bilan ishlashga o‘rgatadi[3].

An'anaviy va onlayn ta’limni birlashtirish, pedagoglarni o‘quvchilarga o‘quv

materiallarini samarali yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarga o‘rgatadi. Bu
texnologiya orqali pedagoglar, nafaqat ma’ruza o‘tish, balki o‘quvchilarning bilimini
onlayn platformalar orqali ham baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar[5].

Talim jarayonini sun'iy intellekt yordamida individualizatsiya qilish mumkin.

Bo‘lajak pedagoglar, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga qarab ta’lim usullarini
moslashtirishni

o‘rganadilar. Sun'iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar,

o‘quvchilarning yutuqlarini tahlil qilib, pedagoglarga o‘quv jarayonini
optimallashtirishda yordam beradi.

Virtual va augmented reality texnologiyalari pedagoglarga o‘quvchilarga

murakkab mavzularni aniq va jonli tarzda tushuntirishda yordam beradi. Masalan,
bo‘lajak pedagoglar, VR va AR texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarga tarixiy
voqealar, biologiya tajribalari yoki geometriya predmetlarini hayotga yaqin tarzda
taqdim etish imkonini oladilar[5].

Innovatsion texnologiyalarni pedagogika ta’limiga ntegratsiya qilishning

afzalliklari: Texnologiyalar pedagoglarning o‘quvchilarga ta’lim berish usullarini
rivojlantirish va ularni yanada samarali qilish imkonini beradi. Yangi texnologiyalar
yordamida ta’lim jarayoni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashadi va ularni aktiv
ravishda o‘rgatish imkonini yaratadi. Innovatsion texnologiyalar orqali pedagoglar har
bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlab, o‘zlashtirishga qaratilgan individual
yondashuvni amalga oshirishi mumkin. Bu esa o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini
oshiradi.Texnologiyalar, pedagoglarning o‘quvchilarga kreativ fikrlash va innovatsion
yondashuvlarni o‘rgatishlariga yordam beradi. Yangi texnologiyalar bilan tanishgan
pedagoglar o‘z darslarini yaratishda yangi g‘oyalar va texnikalarni qo‘llashga tayyor
bo‘lishadi[4].

Xulosa; Bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini rivojlantirish ta’lim

sifatini oshirishga, raqobatbardosh, yangilik yaratishga qodir o‘qituvchilarni
tayyorlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

185

Innovatsion tayyorgarlikni rivojlantirish uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy
texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni kengaytirish
va innovatsion muhitni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi[6].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston

Resрublikasi

Рrezidentining

РF-5847-son

“O‘zbekiston

Resрublikasi oliу ta’lim tizimini 2030 уilgacha rivojlantirish konseрsiуasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliу bazasi
09.10.2019-у., 06/19/5847/3887-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4310-son

qarori “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligining rasmiy sayti.

4. Abdullaeva G., Xodjaeva N. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2020.

5. Karimov U. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti,

2019.

6. Xolboev Q. Pedagogik mahorat va innovatsiyalar. – Samarqand: Zarafshon, 2018.
7. Xoldorov M. Pedagogik innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan,

2020.

8. Jo‘rayev N., Qodirov A. Innovatsion pedagog texnologiyalar. – Toshkent: TDPU,

2019.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Resрublikasi Рrezidentining РF-5847-son “O‘zbekiston Resрublikasi oliу ta’lim tizimini 2030 уilgacha rivojlantirish konseрsiуasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliу bazasi 09.10.2019-у., 06/19/5847/3887-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4310-son qarori “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti.

Abdullaeva G., Xodjaeva N. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Karimov U. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.

Xolboev Q. Pedagogik mahorat va innovatsiyalar. – Samarqand: Zarafshon, 2018.

Xoldorov M. Pedagogik innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2020.

Jo‘rayev N., Qodirov A. Innovatsion pedagog texnologiyalar. – Toshkent: TDPU, 2019.