Mualliflar

  • Nazarova Shohista Tolmas qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114656

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli moliya texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani sababli, bank tizimida elektron to‘lov vositalarining roli ortib bormoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarining elektron pullar bilan ishlashdagi amaliyoti o‘rganilib, texnik, huquqiy va axborot xavfsizligi sohalaridagi dolzarb masalalar aniqlangan. Shuningdek, mijozlar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilash, raqamli savodxonlikni oshirish va fintech integratsiyasi asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada ilmiy tahlil va empirik ma’lumotlarga asoslangan xulosalar orqali bank tizimida elektron pullar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari yoritib berilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

157

TIJORAT BANKLARIDA ELEKTRON PULLAR BILAN ISHLASH

AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Nazarova Shohista Tolmas qizi

Bank-moliya akademiyasi magistranti

Annotatsiya

. Ushbu maqolada tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash

amaliyotining hozirgi holati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari
ilmiy asosda tahlil qilingan. So‘nggi yillarda raqamli moliya texnologiyalari jadal
sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani sababli, bank tizimida elektron to‘lov
vositalarining roli ortib bormoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat
banklarining elektron pullar bilan ishlashdagi amaliyoti o‘rganilib, texnik, huquqiy
va axborot xavfsizligi sohalaridagi dolzarb masalalar aniqlangan. Shuningdek,
mijozlar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilash, raqamli savodxonlikni oshirish va
fintech integratsiyasi asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqilgan. Maqolada ilmiy tahlil va empirik ma’lumotlarga asoslangan xulosalar
orqali bank tizimida elektron pullar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirishning
istiqbolli yo‘nalishlari yoritib berilgan.


Kirish

. Raqamli texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal

rivojlanishi moliya bozorlarining ham tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, elektron pul vositalari bilan ishlash — zamonaviy bank tizimining ajralmas
elementi sifatida shakllanib bormoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi
(IMF) va boshqa moliyaviy institutlarning ma’lumotlariga ko‘ra, elektron pullar
nafaqat moliyaviy muomalalarni soddalashtiradi, balki iqtisodiyotning soya sektorini
qisqartirish, fiskal shaffoflikni ta’minlash va aholining moliyaviy inklyuziyasini
oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda elektron pul vositalari jahonning
yetakchi mamlakatlarida keng joriy etilgan bo‘lib, ularning amaliyoti bank-mijoz
munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish,

moliyaviy xizmatlar infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan qarorlari
asosida so‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan elektron to‘lov tizimlari faol joriy
qilinmoqda. Jumladan, QR-to‘lovlar, mobil ilovalar, onlayn banking, virtual kartalar
va raqamli hamyonlar singari xizmatlar orqali elektron pullar bilan tranzaktsiyalar
hajmi keskin oshmoqda. Markaziy bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha bergan
statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron to‘lovlar hajmi so‘nggi 5 yil
ichida qariyb 4 baravar oshgan, foydalanuvchilar soni esa 20 milliondan oshgan.

Shu bilan birga, amaliyotda elektron pullar bilan ishlashda bir qator tizimli

muammolar ham mavjud. Jumladan:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

158

* Axborot xavfsizligining yetarli darajada ta'minlanmagani;
* Huquqiy-me’yoriy bazaning to‘liq shakllanmaganligi;
* Elektron tizimlar ishonchliligi va barqarorligining pastligi;
* Mijozlarning raqamli savodxonlik darajasi yetarli emasligi;
* Banklararo elektron integratsiyaning sustligi.
Bundan tashqari, banklar va fintech kompaniyalar o‘rtasida raqobatning

keskinlashuvi, mijozlar tajribasiga bo‘lgan e’tiborning ortishi, servis darajasining
xalqaro talablarga moslashuvi zarurati elektron pullar bilan ishlash amaliyotini
takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.

Shuningdek, xorijiy mamlakatlar — Janubiy Koreya, Singapur, Shvetsiya,

Estoniya kabi davlatlarning bank tizimida elektron pullardan foydalanish tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishish uchun davlat siyosati,
texnologik infratuzilma, banklararo hamkorlik, axborot xavfsizligi va foydalanuvchi
huquqlari himoyasi o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Shunday sharoitda, O‘zbekistonda elektron pullar bilan ishlash amaliyotini

rivojlantirish

va

zamonaviy

talablarga

moslashtirish

banklarning

raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar ehtiyojini to‘laqonli qondirish va iqtisodiy
barqarorlikka erishish uchun strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Metodologiya . Tadqiqotda tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash

amaliyotini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va takomillashtirish
yo‘nalishlarini asoslash maqsadida tizimli yondashuv asosida bir nechta ilmiy-
uslubiy metodlar kompleks ravishda qo‘llanildi. Bu metodlar orqali tadqiqot
ob’ektining holati, undagi muammolar va rivojlanish istiqbollari ilmiy asosda tahlil
qilindi.

Tadqiqotning dastlabki bosqichida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

doirasida elektron pullar va raqamli to‘lov tizimlari bilan bog‘liq normativ-huquqiy
hujjatlar tahlil qilindi. Jumladan, quyidagi asosiy hujjatlar o‘rganildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyundagi PQ–4762-son

qarori “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida;

“To‘lov xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonun (2021-yil 16-iyul);
Markaziy bankning “Elektron pul tizimlari faoliyatini tartibga solish” bo‘yicha

reglamentlari (2022–2024-yillar davomida yangilangan nashrlari).

Bu hujjatlar asosida elektron pullar bilan ishlashning ruxsat etilgan shakllari,

litsenziya asoslari, regulyator talablari, mijoz huquqlari va xavfsizlik choralari chuqur
tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro regulyatorlar, xususan,

BIS (Bank for

International Settlements), IMF va World Bank

tomonidan e-money uchun ishlab

chiqilgan standartlar bilan taqqoslash amalga oshirildi.

Tadqiqotda empirik asos yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

bankining 2019–2024 yillar bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlari asosida elektron


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

159

to‘lovlar hajmi, tranzaksiyalar soni, foydalanuvchi soni va banklararo elektron
to‘lovlar dinamikasi o‘rganildi.

1-jadval. Elektron to’lovlar hajmi.

Yil

Elektron to’lovlar hajmi

(trln)

Tranzaksiyalar soni

(mlrd)

Foydalanuvchilar soni

(mln)

2019

35

0.8

7.5

2020

60

1.4

10.2

2021

95

2.2

13.8

2022

160

3.5

17.3

2023

230

4.7

19.6


Yuqorida keltirilgan grafikda ko‘rish mumkinki, elektron to‘lovlar hajmi 2019-

yildagi 35 trln so‘mdan 2023-yilda 230 trln so‘mga yetgan , bu esa o‘rtacha yillik 45–
60% o‘sish sur’atini tashkil etadi.

2.2. Statistik ma’lumotlar tahlili

Markaziy bank, Statistika agentligi, tijorat banklarining ochiq hisobotlari,

Fintech kompaniyalari (Click, Payme, Apelsin va boshqalar) hamda xalqaro
tashkilotlarning (Statista, World Bank) ma’lumotlari asosida so‘nggi 5–6 yillik
dinamik ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.

Ushbu tahlil orqali:
-

Elektron tranzaksiyalarning o‘sish sur’ati;

-

Banklarning raqamli xizmatlar portfeli ulushi;

-

Foydalanuvchi bazasining kengayishi;

-

Naqd pul muomalasidagi qisqarish tendensiyalari;

O‘zbekistonda 2024-yil yakuniga kelib, umumiy to‘lovlarning 70% dan ortig‘i

elektron shaklda amalga oshirilgan. Bu esa banklar zimmasiga texnologik
infratuzilmani uzluksiz rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
mas’uliyat yuklaydi.

O‘zbekiston bank tizimidagi elektron to‘lovlar bilan ishlash amaliyoti Janubiy

Koreya, Singapur, Estoniya va Turkiya tajribalari bilan solishtirildi. Ushbu davlatlar:

Elektron identifikatsiya;
-

Davlat platformalari orqali to‘lovlar;

-

Fintech kompaniyalar bilan to‘liq integratsiya;

-

To‘lovlar bo‘yicha real vaqt rejimidagi monitoring tizimlari

bo‘yicha yuqori darajada rivojlangan. O‘zbekiston esa bu yo‘nalishda hali o‘sish

bosqichida bo‘lib, regulyatsiya, texnik barqarorlik, mijozlar ishonchi kabi
yo‘nalishlarda muammolar mavjud.



background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

160

2-jadval. Solishtirma tahlil.

Mamlakatlar

E-pul tizimi

Xususiyatlari

O’zbekiston bilan

farqi

Estoniya

e-Residency + e-

money

Davlat

raqamli

identifikatsiyasi,
raqamli ID

Identifikatsiya

darajasi yuqori

Janubiy Koreya

KakaoPay, Toss

Fintech

integratsiyasi, real-
time to‘lovlar

Fintechlar

bilan

aloqadorlik yuqori

Singapur

PayNow, GrabPay

Raqamli

transformatsiya 95%
ni tashkil etadi

Regulyatsiya

darajasi yuqori

O’zbekiston

Click,

Payme,

Apelsin

Rivojlanmoqda,

lekin

texnik

barqarorlikda
muammolar

3-jadval. SWOT tahlili.

Kuchli jihatlar

Zaif jihatlar

Imkoniyatlar

Tahdidlar

Keng qamrovli

foydalanuvchilar
bazasi

Axborot

xavfsizligining
yetarli emasligi

Fintechlar

bilan integratsiya
imkoniyati

Kiberxavfsizlik

tahdidlari

Mobil

ilovalarning keng
tarqalganligi

Texnik

uzilishlar

Raqamli

savodxonlikni
oshirish

Qonunchilikdagi

noaniqliklar


Tadqiqot natijalari.O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorlarida elektron to‘lov

vositalari va raqamli moliyaviy xizmatlar bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar
natijasida tijorat banklarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati so‘nggi yillarda sezilarli
darajada kengaymoqda. Ushbu tadqiqot doirasida O‘zbekistonda elektron pullar bilan
ishlash amaliyotining mavjud holati chuqur o‘rganildi va quyidagi natijalar aniqlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi olti yil davomida mamlakatda elektron

to‘lovlar hajmi barqaror o‘sib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda elektron to‘lovlar hajmi 35 trln so‘mni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 230 trln so‘mga yetgan, 2024-yil yakunida
esa 310 trln so‘mga chiqishi prognoz qilinmoqda. Bu o‘zgarishlar raqamli
moliyalashtirish jarayonlarining aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
qabul qilinayotganini ko‘rsatadi.


Ushbu tendensiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
- mobil ilovalar va internet-banking xizmatlarining kengaytirilishi;


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

161

- QR-kodli to‘lovlar, NFC texnologiyasi asosidagi to‘lov tizimlarining joriy

qilinishi;

- raqamli xizmatlarning yirik chakana tarmoqlarda qo‘llanilishi;
- davlat xizmatlarining “my.gov.uz” va boshqa onlayn platformalar orqali

to‘lanish imkoniyatlarining yaratilishi.

Tijorat banklari raqamli transformatsiya jarayonida turli strategiyalarni amalga

oshirmoqda. Xususan, ayrim banklar to‘lov xizmatlari bilan cheklanmay, moliyaviy
maslahat, kreditlash, depozit ochish, kartani onlayn buyurtma qilish, konversiya va
valyuta operatsiyalari kabi xizmatlarni ham mobil ilovalarga integratsiya qilgan.

Raqamli xizmatlar ulushi bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi tendensiyalar

kuzatilmoqda:

- TBC Bank, Kapitalbank, Hamkorbank kabi banklar raqamli xizmatlarda

yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Ularning mobil ilovalari foydalanuvchilar soni,
xizmatlar soni va ishonchliligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

- Davlat ulushiga ega tijorat banklarida raqamlashtirish sur’ati nisbatan sustroq

kechmoqda. Bu ularning texnologik infratuzilmasining yangilanish darajasi,
boshqaruv tizimi va kadrlar salohiyatiga bevosita bog‘liq.

Elektron pullar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan tizimlar quyidagicha

tasniflanadi:

Haqiqiy vaqtda ishlovchi tizimlar (real-time systems) – Payme, Click, Apelsin

ilovalari asosidagi to‘lovlar;

Banklararo onlayn to‘lov tizimlari – Interbank hisob-kitob markazi orqali

amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar;

Raqamli hamyonlar (e-wallets) – WebMoney, HUMO Pay, Uzcard Pay kabi

xizmatlar.

Bank tizimida elektron pullar bilan ishlashda eng muhim jihatlardan biri bu –

axborot xavfsizligi va tizim barqarorligidir. 2023-yil davomida Markaziy bank
tomonidan berilgan tahlillarda banklarning 18 foizi axborot xavfsizligi talablarini
qisman bajarayotgani qayd etilgan.

Eng ko‘p uchraydigan muammolar quyidagilardan iborat:
- Ilovalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning kechikishi;
- Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining zaif himoyalanganligi;
- Kiberhujumlar xavfiga qarshi yetarli chora-tadbirlarning mavjud emasligi.
Bundan tashqari, tijorat banklarining ayrimlarida uzluksiz ishlovchi texnik

infratuzilmaning mavjud emasligi sababli tizimlar tez-tez ishlamay qolish holatlari
ham kuzatilmoqda.

Elektron pullar bilan ishlashda ilg‘or mamlakatlar tajribasi O‘zbekiston uchun

muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi. Jumladan:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

162

Estoniyada davlat raqamli xizmatlari va elektron identifikatsiya tizimi (e-ID)

orqali elektron to‘lovlar 100% avtomatlashtirilgan.

Janubiy Koreyada fintech kompaniyalar (KakaoPay, Toss) orqali aholining 85%

dan ortig‘i raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanadi.

Turkiyada “FAST” nomli real vaqtda ishlovchi to‘lov tizimi orqali barcha

banklar yagona platformaga integratsiya qilingan.

O‘zbekistonda esa banklararo integratsiya to‘liq shakllanmagan. Har bir bank

alohida to‘lov tizimlariga ega bo‘lib, bu esa universal xizmat ko‘rsatish tizimini
yaratishda muammolar keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, elektron
identifikatsiya tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, faqatgina PINFL asosida
identifikatsiya amalga oshirilmoqda, bu esa elektron xizmatlarning funksional
imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

Tadqiqot davomida quyidagi muammolar tizimli tus olganligi aniqlandi:
* Tijorat banklarida raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha ichki dasturlar

mavjud emas;

* Banklar tomonidan taklif qilinayotgan raqamli xizmatlar soni va sifati o‘rtasida

katta tafovut mavjud;

* Aksariyat banklar mijozlar tajribasini (UX) baholash va rivojlantirishga

yetarlicha e’tibor qaratmaydi;

* Fintech kompaniyalar bilan hamkorlik sust bo‘lib, ko‘plab texnologik echimlar

ichki resurslar bilan cheklangan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida elektron

pullar bilan ishlash yo‘nalishi izchil rivojlanmoqda. Shunga qaramay, mavjud
muammolar — axborot xavfsizligi, texnik barqarorlik, banklararo integratsiya va
raqamli savodxonlik darajasining pastligi — tizim samaradorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish orqali raqamli moliyaviy
xizmatlarning sifatini oshirish, bank tizimini barqaror rivojlantirish, aholining
raqamli iqtisodiy ishtirokini kengaytirish mumkin bo‘ladi.

4. Munozara. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tijorat banklarida elektron pullar

bilan ishlash amaliyoti jadal rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda. Biroq bu sohadagi
taraqqiyot faqat texnik o‘sish emas, balki muammolarni aniqlash, ularni tizimli tahlil
qilish va yechimlar ishlab chiqishni ham talab qiladi. Mazkur bo‘limda tadqiqot
davomida aniqlangan asosiy holatlar tahlil qilinib, ularning iqtisodiy va institutsional
sabablari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston moliyaviy tizimining raqamlashtirilishi doirasida elektron to‘lovlar

hajmining ortishi ijobiy holat bo‘lib, bu aholi va biznes subyektlarining moliyaviy
xizmatlarga kirish imkoniyatini kengaytiradi. Biroq, bu jarayon faqat to‘lov
tizimlarini joriy qilish bilan emas, balki foydalanuvchi madaniyatini, ishonchni va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

163

texnologik barqarorlikni shakllantirish bilan bog‘liq kompleks yondashuvni talab
qiladi.

Ayniqsa, elektron pullar va raqamli hamyonlar orqali amalga oshiriladigan

operatsiyalarning ko‘payishi real iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsata boshlagan.
Naqd pul aylanishining qisqarishi inflyatsiyani jilovlashga, iqtisodiy nazoratning
kuchayishiga yordam beradi. Shu bilan birga, bu yangi xavflarni ham keltirib
chiqaradi — xususan, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi va
banklararo raqobat masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari raqamli xizmatlar bo‘yicha bir xilda

rivojlanmayapti. Xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi banklar raqamlashtirishda
ilg‘or texnologiyalarni joriy qilayotgan bo‘lsa, davlat ulushiga ega banklar ko‘proq
an’anaviy xizmatlarga tayanmoqda. Bu holat O‘zbekistondagi bank tizimining
raqamli transformatsiyasi barqaror va muvozanatli emasligini bildiradi.

Shuningdek, ba’zi banklar elektron pullar bilan ishlashda fintech kompaniyalar

bilan integratsiyalashgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik banklar uchun bu jarayon hali
boshlang‘ich bosqichda. Fintech va banklar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyaning
zaifligi raqamli moliyaviy xizmatlar spektrining cheklanganligiga olib kelmoqda.

Elektron pullar bilan ishlash tizimi doirasida eng muhim tahdid bu — axborot

xavfsizligidir. Markaziy bank va tijorat banklari bu borada xavfsizlik protokollarini
joriy etgan bo‘lsalar-da, ushbu tizimlar ko‘p hollarda faqat tashqi muhofazani qamrab
oladi. Ichki xavfsizlik, autentifikatsiya bosqichlari va real vaqtli monitoring
tizimlarining yetishmasligi amaliyotda firibgarlik, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi va tizim
nosozliklari xavfini kuchaytiradi.

Regulyator tomonidan joriy qilingan nazorat standartlari xalqaro amaliyotlar

bilan solishtirilganda hanuz yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Bu esa fintech
innovatsiyalarining cheklanishiga, yangi xizmatlarning paydo bo‘lishida huquqiy
to‘siqlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Xalqaro tajriba bilan taqqoslash O‘zbekistonning elektron pullar bozoridagi

yutuqlarini baholashda muhim o‘rin tutadi. Masalan, Estoniya, Singapur, Janubiy
Koreya kabi davlatlarda elektron identifikatsiya, real vaqtli to‘lov tizimlari, fintech-
bank integratsiyasi to‘liq joriy qilingan. O‘zbekistonda esa raqamli
texnologiyalarning keng joriy qilinishiga qaramay, bu tizimlarning yagona
integratsiyalashgan platformasi mavjud emas.

Bu esa quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:
* foydalanuvchilar har bir bank uchun alohida mobil ilovadan foydalanishga

majbur;

* banklararo tezkor to‘lov tizimlari umumlashtirilmagan;
* elektron identifikatsiya tizimi faqat PINFLga asoslangan bo‘lib,

foydalanuvchini to‘liq autentifikatsiyalash imkoniyatlari cheklangan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

164

Shuningdek, xalqaro tajribada muhim o‘rin tutuvchi masalalardan biri —

regulyatsiyalovchi muassasalar va fintechlar o‘rtasidagi ochiq hamkorlik.
O‘zbekistonda bu boradagi mexanizm hali to‘liq shakllanmagan, bu esa innovatsion
loyihalarning huquqiy risklarini oshiradi.

Elektron to‘lov tizimlarining rivoji faqat texnologik infratuzilma bilan emas,

balki foydalanuvchi tajribasi (user experience, UX) va mijoz ehtiyojlariga asoslangan
xizmatlar bilan belgilanadi. Afsuski, ko‘plab tijorat banklarida foydalanuvchiga qulay
interfeys, oson autentifikatsiya, tezkor xizmat ko‘rsatish, 24/7 texnik yordam kabi
omillar to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa aholining ishonch darajasini kamaytirib,
raqamli xizmatlardan foydalanish darajasini pasaytiradi.

Ushbu holat, o‘z navbatida, elektron pullar bilan ishlash amaliyotining

samaradorligini cheklaydi va banklar o‘rtasidagi raqobatni to‘g‘ri yo‘naltirilmagan
strategiyalarga olib keladi.

Yuqoridagi muhokamalar asosida aytish mumkinki, O‘zbekiston tijorat

banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyoti strategik jihatdan muhim yo‘nalish
bo‘lsa-da, uning to‘laqonli rivojlanishi uchun texnologik, institutsional, huquqiy va
foydalanuvchiga yo‘naltirilgan yondashuvlar kompleks tarzda takomillashtirilishi
lozim. Ayniqsa, xalqaro standartlarga mos axborot xavfsizligi, fintech bilan ochiq
hamkorlik, yagona to‘lov platformalarining yaratilishi va raqamli savodxonlik
darajasining oshirilishi sohaning kelajakdagi barqaror rivojlanishini ta’minlovchi
asosiy omillar hisoblanadi.

Xulosa

Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash

amaliyoti so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotganini ko‘rsatdi. Elektron to‘lovlar hajmi
keskin oshmoqda, banklar o‘z xizmatlarini raqamlashtirishga katta e’tibor
qaratmoqda. Biroq mavjud infratuzilma, huquqiy asoslar va foydalanuvchi ehtiyojlari
bilan bog‘liq qator muammolar ushbu jarayonning samaradorligini cheklab
qo‘ymoqda.

Raqamli moliyalashtirish jarayoni faqat texnologik echimlar bilan emas, balki

foydalanuvchi ishonchi, axborot xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish sifati va banklararo
integratsiya darajasi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Xalqaro tajriba shuni
ko‘rsatadiki, elektron pullar bozorining barqaror va izchil rivojlanishi uchun davlat
regulyatori, tijorat banklari va fintech subyektlari o‘rtasida aniq mexanizmlarga
asoslangan hamkorlik zarur.

O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi dastlabki yutuqlar mavjud bo‘lsa-da, raqamli

xizmatlar sifatini tubdan oshirish, universal to‘lov tizimlari va elektron identifikatsiya
platformalarini

rivojlantirish,

banklararo

standartlarni

yagona

ekotizimga

birlashtirish zarurati mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar orasida raqamli
savodxonlik darajasini oshirish, axborot xavfsizligi protokollarini xalqaro talablarga


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

165

moslashtirish, texnik infratuzilmani modernizatsiya qilish kutilayotgan natijalarga
erishishda muhim omillardandir.

Takliflar
1. Yagona banklararo to‘lov platformasini yaratish
Banklararo elektron to‘lovlar real vaqt rejimida ishlashi uchun yagona

integratsiyalashgan tizim (masalan, “UzPay” platformasi) tashkil etilishi lozim. Bu
banklar o‘rtasidagi tranzaksiyalarni tezkor, arzon va xavfsiz qilish imkonini beradi.

2. Axborot xavfsizligi standartlarini kuchaytirish
Har bir bankda xalqaro standartlarga (ISO/IEC 27001, PCI DSS) mos keluvchi

axborot xavfsizligi strategiyasi ishlab chiqilishi zarur. Bu foydalanuvchilarning
ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

3. Fintech kompaniyalar bilan ochiq hamkorlik
Tijorat banklari fintech startaplar bilan integratsiyalashgan loyihalarni yo‘lga

qo‘yishi kerak. Buning uchun huquqiy cheklovlar soddalashtirilib, “regulatory
sandbox” (regulyativ sinov muhiti) joriy etilishi tavsiya qilinadi.

4. Elektron identifikatsiya tizimini takomillashtirish
Mavjud PINFL asosidagi autentifikatsiyani kengaytirish, biometrik

identifikatsiya tizimlarini joriy qilish orqali xavfsiz va qulay foydalanuvchi kirishini
ta’minlash lozim.

5. Banklar raqamli strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur
Har bir tijorat banki o‘zining raqamli strategiyasini mijoz tajribasiga

asoslangan holda ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, bank xodimlari uchun muntazam
raqamli kompetensiyalarni oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazilishi kerak.

6. Regulyatsiya siyosatini zamonaviylashtirish
Markaziy bank tomonidan raqamli to‘lov xizmatlariga oid reglamentlar

zamonaviy fintech modellariga moslashtirilmog‘i lozim. Bu innovatsion moliyaviy
xizmatlarning tez rivojlanishiga yo‘l ochadi.

7. Aholi orasida raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini joriy

etish

Elektron pullar va raqamli to‘lov xizmatlaridan foydalanishda aholining bilim

darajasini oshirish uchun ommaviy tushuntirish ishlari, onlayn kurslar va ijtimoiy
reklama kampaniyalari amalga oshirilishi lozim.

O‘zbekiston tijorat banklarida elektron pullar bilan ishlash amaliyoti bozor

mexanizmlarining ajralmas tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bu jarayonni barqaror va
samarali yo‘nalishda davom ettirish uchun tizimli yondashuv, zamonaviy texnologik
yechimlar, huquqiy islohotlar va foydalanuvchi markazlashtirilgan xizmatlar
uyg‘unligiga erishish muhim hisoblanadi.



background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

166

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Umarova, M. (2024, 7-avgust).

O‘zbekistonda elektron bank xizmatlarini

o‘zgartirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish

.

Yashil Iqtisodiyot va

Taraqqiyot

,

2

(8).

2. Abdumalikov, Z. E. (2022).

Elektron pullar va ularning bugungi kundagi

ahamiyati

.

Инновационные исследования в современном мире: теория и

практика

,

1

(27), 63–66.

3. Ismoilova, G. F. (2023).

Elektron pullar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi

o‘rni: nazariya va yondashuv

.

Экономическое развитие и анализ

/

Economic

Development and Analysis

.

4. Xolov, N. Q. (2023).

O‘zbekistonda elektron pullar tizimini takomillashtirish

[Monografiya].

TSUE elektron kutubxonasi

.

5. Fotima Xurramova & Munisa Jurayeva. (2024, 31-may).

Elektron pullar va

uning qulayliklari

.

Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice

,

2

(5).

6. Xoshimov, E. A., & Abduvahobov, S. X. (2024, noyabr).

Ochiq bank (open

banking) faoliyatining xalqaro tajribasi va O‘zbekistonda qo‘llanilishi

.

Yashil

Iqtisodiyot va Taraqqiyot

,

11

.

7. Eskirov, Z. (2024).

Raqamli pullar va raqamli bank xizmatlari bilan bog‘liq

risklar hamda ularni boshqarish

.

Iqtisodiy Taraqqiyot va Tahlil

,

2

.

8. Abdurakhmanova, G. (2024).

The Impact of the Use of Digital Technologies

on Financial Services: The Case of Uzbekistan

.

ResearchGate

.



Bibliografik manbalar

Umarova, M. (2024, 7-avgust). O‘zbekistonda elektron bank xizmatlarini o‘zgartirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot, 2(8).

Abdumalikov, Z. E. (2022). Elektron pullar va ularning bugungi kundagi ahamiyati. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 1(27), 63–66.

Ismoilova, G. F. (2023). Elektron pullar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni: nazariya va yondashuv. Экономическое развитие и анализ / Economic Development and Analysis.

Xolov, N. Q. (2023). O‘zbekistonda elektron pullar tizimini takomillashtirish [Monografiya]. TSUE elektron kutubxonasi.

Fotima Xurramova & Munisa Jurayeva. (2024, 31-may). Elektron pullar va uning qulayliklari. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5).

Xoshimov, E. A., & Abduvahobov, S. X. (2024, noyabr). Ochiq bank (open banking) faoliyatining xalqaro tajribasi va O‘zbekistonda qo‘llanilishi. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot, 11.

Eskirov, Z. (2024). Raqamli pullar va raqamli bank xizmatlari bilan bog‘liq risklar hamda ularni boshqarish. Iqtisodiy Taraqqiyot va Tahlil, 2.

Abdurakhmanova, G. (2024). The Impact of the Use of Digital Technologies on Financial Services: The Case of Uzbekistan. ResearchGate.