Mualliflar

  • Qipchaqova Sevinchxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114661

Kalit so‘zlar:

Keywords: mind intuition perception contemplation imagination cognitive processes development memory development of the intellect

Annotasiya

Annotation: The article examines the role of mental education in the upbringing of preschoolers as full-fledged adults. The author emphasizes the importance of cognitive processes in the mental development of children. Thoughts on the effective use of game activities in mental education are covered


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

129

3-7 YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISHDA

O‘YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISH

Qipchaqova Sevinchxon

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi

“Maktabgacha va boshlang‘ich va maxsus

Ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotation:

The article examines the role of mental education in the upbringing

of preschoolers as full-fledged adults. The author emphasizes the importance of
cognitive processes in the mental development of children. Thoughts on the effective
use of game activities in mental education are covered

Keywords:

mind, intuition, perception, contemplation, imagination, cognitive

processes, development, memory, development of the intellect

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har

tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilgan.
Muallif bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlarining muhim ahamiyatini
ko‘rsatib o‘tgan. Aqliy tarbiya berishda o‘yin faoliyatlaridan samarali foydalanish
haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

aql, sezgi, idrok, tafakkur, xayolni bilish jarayonlari o‘quvchi,

xotira mashqi, mutaxassis, aqliy rivojlanish.

Kirish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya berish, shaxsga

yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan samarali
islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida turli
qaror va farmonlar imzolandi va amalyotga tadbiq etildi. 2020-yil 22-dekabrdagi
Vazirlar Mahkamasining Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 802-sonli qarori hamda Maktabgacha ta’lim
vazirligining “Ilm yo‘li” variantiv dasturi, yangi tahrirdagi “Takomillashtirilgan Ilk
qadam” davlat o‘quv dasturi shular jumlasidan.

Ilk qadam davlat o‘quv dasturining, o‘qitishga yondashuvlar deb nomlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga
qo‘yiladigan Davlat talablarining, “Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturining, O‘zbekiston
Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasining joriy qilinishi,
boshlang‘ich maktab ta'limi Davlat ta'lim standartlarining qabul qilinishi o‘z ortidan
nafaqat ancha vaqtlardan beri mavjud bo‘lib kelayotgan maktabgacha va boshlang‘ich
ta'lim orasidagi izchillikni ta'minlash bo‘yicha ishlar tizimining qayta ko‘rib
chiqilishini keltirib chiqardi, balki pedagoglarga maktabgacha va maktab ta'lim
tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi. Ilk qadam davlat o‘quv


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

130

dasturining 4-bandida esa o‘yin faoliyatining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tutgan
o‘rni haqida batafsil yoritildi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Ilk qadam o‘quv dasturning Maktabgacha

ta'lim tashkilotida o‘yin faoliyatning yetakchi turi sifatida. Tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra (K. Groos, V Shtern, F. Bontendayk, J. Piaje, E.Erikson, L. Vigotskiy, D.B.
El'konin dr.), o‘yin kichik bolalar hayotining muhim qismi bo‘lib, o‘yin bilan
rivojlanish uzviy bog‘liq jarayonlardir. Ekspertlarning fikricha, “O‘yin bolalarga bilim
doirasi va harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va
undagi o‘zining o‘rnini anglash uchun zarur” (Frosti Yakob, 1995g.). O‘yin jarayonida
bolalar hamkorlik qilishga o‘rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab
chiqadi, o‘ziga va boshqalarga baho berishi ko‘nikmalarini rivojlanadi, shaxsiy,
jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi
kuzatish va izlanish, tajriba o‘tkazish va loyihaviy faoliyat kabi muhim turlarlarning
ahamiyatini inkor etmagan holda, faoliyatning yetakchi turi – o‘yinga pedagoglarning
diqqat-e’tiborini jalb etadi. Aynan o‘yin jarayonida ma’lum darajada faoliyatning
mazkur turlarining barchasida albatta ishtirok etadi. Maktabgacha ta’limdagi
modernizasion o‘zgarishlar tarbiyachilarga maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish
metodlari va shakllarini tanlab olish erkinligini beradi. Zamonaviy o‘qitishning asosiy
natijasi bo‘lib shu narsa hisoblanadiki, bunga ko‘ra bola uning rivojlanishiga va
hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishiga qanchalik yordam bera oladigan nimalarni
o‘zlashtirgani e'tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‘qitish shakllari
intellektual jarayonlarning shakllanishiga yordam berishi, masalalarni ijodiy hal qilish
uchun shart-sharoitlarni yaratishi, mustaqillikni va ma'suliyatni o‘rgatishi, bolalarni
o‘z xulq-atvorini boshqarishni mashq qildirishi lozimdir. Maktabgacha ta'lim uzluksiz
ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib sanaladi. U sog‘lom va rivojlangan bola
shaxsining shakllanishini ta'minlashi, tizimli o‘qitishga tayyorlash bilan unda o‘qish-
o‘rganishga intilishni uyg‘otishi zarur deyiladi.

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta'lim berish g‘oyasi birinchi bo‘lib chet

el pedagogikasida chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan
yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish
mumkinligini ko‘rsatib berdi. SHu davrda bolani yoshini e'tiborga olgan holda kishi
o‘rganishi lozim bulgan hamma narsaga o‘rganish lozim deydi.

Mavzu metodologiyasi

. Maktabgacha ta'lim jarayonida ustivor modeli bu

maktabgacha yoshdagi bolalarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish
hisoblanadi. MTT esa 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ilk ijtimoiy, rivojlanuvchi
muhiti hisoblanadi. Tashkilotda bolalar tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim va tarbiya
olishadi. Rivojlanib borayotgan bolaning dunyoqarashini to‘g‘ri shaklantirish, ta’lim
sifatini yaxshilash, milliy qadryatlar ruhida vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan bolalarga
ta’lim-tarbiy berish hozirgi kunda Maktabgacha va maktab tab ta’limi vazirligining


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

131

asosiy vazifasidir.

MTTda bolalarga aqliy tarbiya berish keng qamrovli ishlarni o‘z ichiga oladi.

Bu esa o‘z navbatida tarbiyachidan Aqliy tarbiyaga oid bilimlarni puhta o‘zlashtirishni
talab qiladi. Aql va aqliy tarbiya tushunchalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Aql - keng
ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan
bilish jarayonlari yig‘indisidir. Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida
yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir ko‘rsatish. U yosh
avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda, qoidalarda o‘z
ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro‘y
beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy
rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga
oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va
mazmunida namoyon bo‘Iadi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil ijodiy
bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi.

Bolaning

aqliy

tarbiyasini

rivojlantirish uchun biz ta’lim va tarbiya jarayonida faoliyatlar davomida turli
o‘yinlardan foydalanamiz. Chunki o‘yin bolalar hayotining yetakchi faoliyati
hisoblanadi. O‘yin orqali bolalarga ta’lim va tarbiya berish osonlashadi, o‘yinlar bolani
yangi bilim egallashga, olamni anglashga undaydi. O‘yin tufayli bolaning yuqori
rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli
o‘zgarishlar yuz beradi O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi
hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o‘yin bolalar hayotining
kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O‘yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg‘ulotlardan so‘ng, sayrlardan so‘ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o‘ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko‘proq didaktik o‘yinchoqlar, stol ustida
o‘ynaladigan stol-bosma o‘yinlari, syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynagan ma’qul. Bolalar
MTTda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish uchun, 10 dan ortiq faoliyatlar
bilan maxsus tashkil etilgan 5 ta markazda shug‘illanadilar. Bunda tarbiyachi o‘quv
tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirishda Davlat o‘quv dasturidan foydalanadi. Dasturda
belgilangan tartibda mavzular bilan bolalarni tanishtiradi, faoliyatlar samaradorligini
oshirish uchun turli o‘yin turlaridan foydalanadi.

O‘yinlar asosan 2 turga bo‘linadi:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

132

Ijodiy o‘yinlarda

bolalarning tevarak-atrofdan olgan taasurotlari aks ettiriladi.

Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yinning mazmunini ular o‘zlari
o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va
ijodkorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘Iadi. Ammo o‘yinda hayotiy
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu
bolalarning o‘yin g‘oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi
vositalarni tanlashlarida va shunga o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi.

Syujetli-rolli o‘yin

- maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o‘yin turlaridir.

Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi
kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib
xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar
faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta ishlanadi, to‘ldiriladi, sifat
jihatidan o‘zgartiriladi. Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak-atrofdagi borliqni
bilishning amaliy shaklidir.

Sahnalashtirilgan o‘yinlar

ijodiy o‘yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning

quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan
vaziyatning va boshqa elementlarning uyg‘unligi, bolalarning mustaqillik va o‘z-o‘zini
uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida quriladi: o‘yin
syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko‘ra
belgilanadi.

Qurilish o‘yinlari

ham ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-

muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli
narsalar yasaydilar, bunyod etadilar. Qurish-yasash o‘yinlarida bir xil buyumlarning
boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o‘rta guruh yoshidagi bolalarda
qurilish o‘yinlari rolli o‘yinlar bilan bog‘lanib ketadi. Ko‘rib turganimizdek ijodiy
o‘yinlar bolani fikrlashga atrofdagi ko‘rgan bilgan narsalarini tasvirlashga, hamda
xotirani yanada mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Ijodiy o‘yinlar bolalarning
intelektuallik, kreativlik hislatlarini yuzaga chiqishiga yordam beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

133

Qoidali o‘yinlar

. Trabiyachi boshchiligida tashkil etiladigan, ma’lum qoidalarni

o‘z ichiga olafi. Bolalar qoidalarga bo‘ysungan holda natijaga erishishga harkat
qiladilar. Qoidali o‘yinlar asosan ta’lim jarayonida didaktik maqsad asosida yo‘lga
qo‘yiladi.

Didaktik o‘yinlar

. Didaktik o‘yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi.

Qoidalarni bajarish o‘yin mazmunini amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o‘yin
ta'lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unga yordam beradi. Didaktik o‘yin - bu
maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim
berish metodidir.

Harakatli o‘yinlar.

MTTda ertalabki qabul vaqtida jismoniy o‘yinlar bilan birga

harakatli o‘yinlar o‘ynaladi. Sayr vaqtida, faoliyatlar o‘rtasida bolaga tetiklik ulashish
maqsadida harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Harakatli o‘yinlarni tarbiyachi ko‘rsatib
beradi, misol uchun: Ko‘zgu o‘yini. Bu o‘yinda bolalar tarbiyachiga ko‘zgu vazifasini
bajaradilar, tarbiyachi harakatlarini aksnini o‘zlari namoyon etishlari kerak bo‘ladi.
Bunday o‘yinlarga misollar ko‘p. “Ayiq-ayiq”, “O‘rmonda”, “Oq terakmi? Ko‘k terak”
vhk.

Musiqiy o‘yinlar

. Ma’lumki, musiqaning insonning ma’naviy, axloqiy va

estetik taraqqiyotiga kuchli ta’siri borligi ma’lum bo‘ldi. Bolalar katta yoshlilarga
qaraganda musiqani juda yaxshi qabul qilishadi, shuning uchun bolalarning musiqiy
rivojlanishi ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ota-onalar o‘z
farzandlarini kelajakda musiqa maktabiga berishni xohlamasalar ham, musiqa o‘z
hayotida bo‘lishi kerak. Bolalar uchun musiqiy o‘yinlar, ertaklar va karikaturalar
bolaning ongida unutilmas iz qoldiradi, tasavvur va tasavvurni rivojlantiradi.

Ermak o‘yinlar.

Bolalar bilan ularni faoliyatga jalb qilish maqsadida tashkil

etiladigan bolalar bilan mustaqil faoliyat sayrlarda, jismoniy yoki erkin faoliyatlarida
o‘ynaladigan o‘yin turidir.

Tahlil va natijalar.

O‘yinlar turlarini o‘rganish jarayonida tarbiyachi bola

yoshi, qiziqishlari va faoliyatning qaysi turida ekanligiga qarab o‘yin turlaridan
foydalanishi mumkin. Misol uchun MTTda o‘tiladigan 17 xil mashg‘ulot turlariga
yondashib o‘tsak. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarga Harakatli o‘yinlardan
“Kim birinchi”, “koptok”, “oq quyoncha o‘tiribdi”, “yetib ol” o‘yinlari o‘ynatilishi
mumkin. Harakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida
o‘tkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni xam bolalar sevib o‘ynaydilar. Bu o‘yinlar
turli xil ertak va hikoyalar saxnaga qo‘yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni o‘zlari ijro
etadilar. Masalan: “Qizil shapkacha”, “Zumrad va Qimmat”, “Sholg‘om” drammali
o‘yinlar bolalarni nutqi xayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar o‘yinlari orasida qurish-yasash o‘yinlari hammaga ma’lum bir maqsadga
qaratilgan bo‘ladi. O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda o‘rganish imkonini
beradi. Ayrim bolalar jamoa bulib o‘ynashni yoqtiradilar bu psixologik bolani umumiy


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

134

tarqqiyotiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga ko‘proq jalb
etishlari kerak. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik proseslari bilan
birgalikda individual (shaxsiy) xislatlari ham shaklllanadi.

Xulosa

qilib aytganda o‘yin maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya

ishlari orasida eng markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasadagi
ta’lim - tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini
maqsadga muvofiq tashkilda tashkil etishga bog‘liqdir. Zero har bir bola kamolotida
o‘zini shaxs ekanligini anglashi va vatani uchun kerakli shaxs bo‘lib tarbiyalanishi
tarbiyachilar, tashkilot rahbarlari va vazirlik zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 802-
sonli qarori. 22.12.2020-y.

2.

Takomillashtirilgan Ilk qadam Davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim vzairligi
2022-yil 4-fevral 1-son bayonnomasi asosida.

3.

Ilm yoli variativ dasturi Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 27-martdagi 54-
son buyurug‘iga I-ilova.

4.

Maktabgacha

pedagogika

F.Qodirova,

Sh.Toshpo‘latova,

N.Qayumova,

M.A’zamova.


Keltirilgan o‘yin turlari ichiga 100 lab o‘yinlar misol tariqasida kiritiladi.

Bolaning sensor, estetik, ahloqiy tarbiyasi aqliy tarbiya bilan birgalikda rivojlanib
boradi. O‘yinlar bolani dunyoni yanada yaxshiroq tanishga, jamoa bilan kirishishga,
muloqot ko‘nikmalarini yaxshilanishiga olib keladi shu sabab bolalar hayotining
yetakchi faoliyati o‘yindir.



Bibliografik manbalar

Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 802-sonli qarori. 22.12.2020-y.

Takomillashtirilgan Ilk qadam Davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim vzairligi 2022-yil 4-fevral 1-son bayonnomasi asosida.

Ilm yoli variativ dasturi Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 27-martdagi 54-son buyurug‘iga I-ilova.

Maktabgacha pedagogika F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Qayumova, M.A’zamova.