Mualliflar

  • Saydullayeva Iroda

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114665

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Markaziy Osiyo Temur Tuzuklari Muqobila Muqotala ma’naviy muhit Temir intizom Yaso qonunlari jinoyat va jazo.

Annotasiya

Annotatsiya.Ushbu maqolada Amir Temurning harbiy qoʻshinidagi ma’naviy muhit, intizomiy tartib va jazo tizimi chuqur yoritilgan. Sohibqironning harbiy yurishlari faqat kuch bilan emas, balki askarlarning ichki tarbiyasi, axloqiy yetukligi va sadoqati bilan muvaffaqiyatli boʻlganligi dalillar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada “Temur Tuzuklari”, Sharafuddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshoh kabi muhim manbalar orqali Temurning harbiy va siyosiy qarashlari yoritilib, adolat, jasorat va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv falsafasi tahlil qilingan. Shuningdek, intizomiy jazo turlarining adolatli va ogohlantiruvchi ta’siri, Temurning jasorat bilan bir qatorda muruvvatli siyosati asoslab berilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

108

AMIR TEMUR QO’SHINIDAGI MA’NAVIY MUHIT.

TEMIR INTIZOM: JAZO TURLARI.

Toshkent Amaliy fanlar unversiteti

Tarix va Filologiya fakulteti Tarix yo’nalishi

3-bosqich talabasi

Saydullayeva Iroda

Yuz ming otliq askar qilolmagan ishni

bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin

(Amir Temur)


Annotatsiya.

Ushbu maqolada Amir Temurning harbiy qoʻshinidagi ma’naviy

muhit, intizomiy tartib va jazo tizimi chuqur yoritilgan. Sohibqironning harbiy
yurishlari faqat kuch bilan emas, balki askarlarning ichki tarbiyasi, axloqiy yetukligi
va sadoqati bilan muvaffaqiyatli boʻlganligi dalillar bilan ko‘rsatilgan. Maqolada
“Temur Tuzuklari”, Sharafuddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshoh kabi muhim manbalar
orqali Temurning harbiy va siyosiy qarashlari yoritilib, adolat, jasorat va
insonparvarlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv falsafasi tahlil qilingan.
Shuningdek, intizomiy jazo turlarining adolatli va ogohlantiruvchi ta’siri, Temurning
jasorat bilan bir qatorda muruvvatli siyosati asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

Markaziy Osiyo

,

Temur Tuzuklari, Muqobila, Muqotala, ma’naviy

muhit, Temir intizom, Yaso qonunlari, jinoyat va jazo.

KIRISH

Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy,

siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan hamda ulug‘ davlat arbobi va
sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning

1

qo’shinidagi muhit

haqida o’z qarashlarimni ushbu maqolada bayon etaman. Amir Temur (Tamerlan)
qo‘shinidagi ma'naviy muhit ko‘p jihatdan uning hukmronligi davridagi madaniy,
diniy va siyosiy qarashlarga asoslangan edi. Temur qo‘shinining ma'naviy muhitini
quyidagi asosiy jihatlar orqali ko‘rib chiqish mumkin: Harbiy ma'naviyat, Maqsadga
erishish va adolat, Adolat va tenglik, Ma'naviy yetakchilik, Intizom va tartib va h.k.

Biz bu maqolada Sohibriqonning qo’shini ichidagi ma’naviy muhit haqida so’z

olib boramiz. Har bir inson qo’shin deganda ko’z oldiga qanday holat tasvirlaydi deb
o’ylaysiz? Ushbu inson tasavvuriga keltiradigan holat shundayki unda qo'shinni
o'ylaganda ko'z oldida jangga tayyorlangan, qator-qator tartibda saf tortgan askarlar,
ularning kiyim-kechaklari, qurollari va jangovar uskunalari tasvirlanishi mumkin.

1

“Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori, 29.12.1994 yildagi 630-son.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

109

Askarlar bir-biriga yaqin va intizomli tarzda safda turishadi. Shuningdek, qo'shin
tinchlikni saqlash yoki yordam berish vazifasini bajarayotgan holatlar ham
tasvirlanishi mumkin. Lekin biz ushbu qo’shindagi ichki va ma’naviy muhiti u yerdagi
holatni bir o’ylab ko’rmaganmiz . Shundek ushbu masalalarga yechim sifatida biz
Sohibqiron Amir Temur bobomizning harbiy qo’shinidagi ma’naviy muhitini yoritib
o’tamiz.Amir Temur ma’naviy dunyosi ilm-ma’rifat bilan boyitilgan,bu esa harbiy
boshqaruvda ham yaqqol namoyon bo’lgan. Sohibqiron Amir Temur o'zining harbiy
qo'shinlari va hukmronligi orqali tarixda katta iz qoldirgan shaxsdir. U nafaqat
jangovar strategiyasi bilan, balki qo’shindagi askarlarning ma'naviy yetukligini ham
yuqori baholagan. Sohibqiron qo'shinining muvaffaqiyati tarafi ko'plab omillarga
bog'liq bo'lib, bu omillardan biri ma'naviy yetuklik hisoblanadi.Amir Temur davlat
boshqaruvida ham qo’shin tarkibida ham adolatlik va mardlikni yoqlab chiqqan. Amir
Temur qo’shindagi ma’naviy muhitida jangchilarini qat'iyat, jasorat, va sadoqatga
targ‘ib qilgan. Har bir jangda qo‘shinning muvaffaqiyati faqatgina jangovar
qobiliyatga emas, balki askarlarning ma'naviy kuchiga, bir-biriga ishonchiga, va
umumiy maqsadga erishishga bo‘lgan intilishiga bog‘liq edi. Masalan bunga dalil
sifatida Sharafuddin Ali Yazdiyning Amir Temurning insoniy Fazilatlariga
Sohibruqon bildirgan fikrlari orqali misollar keltirilgan.Xususan , Amir Temur “
axdni buzmoq mardlikdan emas”,-deb

2

, amir Husaynning bir necha bor hiyonatiga

qaramay, uning bilan sulh uchun kelgan yuzta nomdor amirlarga shavqat(ximmat)
ko’rsatib ,ularni o’ldirmagan.

Amir Temur o‘zining siyosiy hokimiyatini mustahkamlash uchun ijtimoiy va

ma'naviy qadriyatlarni muhim deb bilgan. U ko‘plab madaniy va ilmiy markazlar,
masalan, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda ilm-fan va san'atni rivojlantirishga
katta e'tibor qaratgan. Bu ma'naviy muhitda ilm-fan, san'at, va me'morchilikning o‘rni
katta bo‘lgan.”Amir Temurning devoni munshiysi “kotib us sirr” Mavlono Shamsiddin
bo’lib ,u o’z davrining qozisi-yu ,zamonasining fozili edi ,insho xabarlarini tuzishda
forsiy va arabiyda hohlagancha tasarruf yuritardi. Sohibquronning vafodidan so’ng
unga turli xil taklif bilan so’zlashdi.Shundan so’ng u bu ishdan ya’ni adabiyot bisotidan
o’zini

yiroq

tutdi.

Shunda

unga:”Chexralar

shodlandi,

sen

ham

shodlanmaysanmi?”.”Ishrat mayi sof bo’ldi sen ham ayshu- ishrat qilmaysanmi?”,
dedilarn. U dedikim:”Mening qiymatimni biladigan odam bu dunyodan o’tdi va endi
boshqalar xizmatida o’z hurmatimni ketkazmayman

3

, deb javob qaytargan edi.

"Temur Tuzuklari" (yoki "Temur Shaxsiy Qo‘llanmasi") Amir Temurning

siyosiy, harbiy va ma'naviy qarashlarini, shuningdek, uning boshqaruvining asosiy
tamoyillarini aks ettiruvchi muhim manbadir. Bu asarda Temur o‘z qo‘shinidagi
ma'naviy muhitni quyidagi jihat bilan yoritib berish mimkin.Jumladan, Sadoqat va

2

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Movarounnahr voqealari.-B. 179.

3

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixidan// Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida.- B .24-35.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

110

vafodarlik: Temur o‘z qo‘shinidagi askarlarga sadoqat va vafodarlikni eng muhim
fazilatlardan biri sifatida ko‘rsatgan. U askarlari va amirlarining bir-biriga bo‘lgan
muomala madaniyati ,qo’shindagi askarlar muloqotida o’zaro hurmat , sadoqatiga katta
e'tibor bergan va harbiy ma'naviyatni yuqori tutgan. "Temur Tuzuklari"da askarlarning
bir-biriga nisbatan sadoqatli bo‘lishi va harbiy qo‘mondonlarga itoat etishi kerakligi
ta'kidlanadi.Ibn arabshoh, askarlarni muxoraba maydonida ya’ni jang maydonida
devlarga o’xshatsa , ularning ma’naviy dunyosini esa maloikalarga qiyoslaydi.Ibn
Arabshoh askarlarni jang maydonida shunday tasvirlar ekan ularni umumiy qilib turk
janchilardan miboratligi , askarlarning ovozi na mamaqaldiroq tovushini na his qilardi,
na sehr qoldiradi.Muqobilada ular husnda maloikalar misoli, muqotalada ular devlar
kabidir

4

.Ushbu ibora ya’ni matnda shunday ma’no ketgandir: 1. "Muqobilada ular,

husnda maloikalar, misollar": Bu qismda "maloikalar" (farishtalar) o'zgacha, yuqori va
pokiza mavjudotlarni anglatadi. Ular ma'naviy poklik, yaxshilik, va oliy fazilatlarni
ramziy ravishda ifodalaydi. "Muqobilada" so'zi bu farishtalarga nisbatan biror
alternativ yoki o'rinbosar holatini ko'rsatadi. Demak, "husnda maloikalar" iborasi,
odamlarning ma'naviy idealiga, yaxshilik va poklikka muqobil sifatida tasvirlanadi.

2. "Muqobilada ular, devlar kabi": Bu yerda "devlar" yovuzlikni, shaytonlikni

yoki yomonlikni ramziy tarzda ifodalaydi. "Muqotalada" so'zi esa biror narsaning
"yopilishi" yoki "qoplanishi" ma'nosini anglatadi, ya'ni bu ibora orqali devlar yoki
yovuz kuchlar bilan bog'liq salbiy holatlar tushuniladi. "Devlar kabi" esa yomonlik va
zulmni ifodalaydi.Yana shuni ta’kidlash joizki harbiy askarlkar jangga devlar kabi
qo’rqmas ,jangga kirishish dushaman qanday yusinda ya’ni holatda bo’lsa ham yengish
tushunchasi yoritiladi.

Qo’shindagi askarlar muloqotida o’zaro hurmat,xushomalalik, muomala

madaniyatiga katta ahamiyat berilgan. “Tuzuklar”da “Navkarning begiga va bekning
navkarga muomala qilish tuzugi”da navkarlarni beklar, beklar begiga muloqot
madaniyati va bo’ysunish odobi keltirilgan

5

. Sohibqiron harbiy qo'shinni tashkil

etishda har bir askarni nafaqat jangovar malakaga, balki axloqiy va ma'naviy jihatlarga
ham o'rgatgan. Temur o'z askarlarini yuksak axloqiy me'yorlarga rioya qilishga,
odamlar bilan yaxshi munosabatda bo'lishga va o'z yurtlarini himoya qilishga undagan.

Amir Temur askarlarni o’z farzandlaridek ko’rgan. Amir Temur harbiy qo’shinda

manaviy muhitini olsak yana bir bor, uning dushmanlariga va unga xiyonat qilganlarga
rahmdil v bo’lgan. To’g’ri uni chet el malumotlarida yoki Amir Temur siymosini
yuzaki tahlil qilgan shaxslar ham bo’lgan va doim shundi bo’lib kelishgan.Amir
Temurni shavqatsiz yoki dushmanlariga va xiyoinat qilganlarni qat’iy tartib bilan
jazolagan deyishgan so’zlarga ko’zimish tushar . Bu holat davlatni ba’zan o’z davrida
katta siyosiy va harbiy yutuqlarga erishtiradi . Agarda biz manbalarga nazar tashlasak

4

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixi.1 kitob.-B.220.

5

Temur Tuzuklari.2020.-B.115-117

.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

111

1360-yildagi voqealarga nazar tashlasak: Sohibquronning rafiqasi O’ljoy Turxon
og’ani Alibek Joniqurboniy 60 kun tutqunlikda burgaga to’la qorong’u xonada
zindonband qilgan insondir .Ammo Sohibquron keyinchalik unga ko’p muruvvatlar
ko’rsatgani yozilgan. Yana bir dalil sifatida “ Amir Huasyn menga deydi Sohibquron-
asir tushib qolganidan keyin ,unimng navkarlari va amirlari “Endi bizni o’ldiradi”,-deb
gumon qilgan edilar.”....Axir ular askarlar-ku?- deb ularni avf etdim yana askarlik
ishlariga tayinlandim

6

-,-deydi. Ozarbayjonlik tarixchi T.Ataevning bayon etishicha,

Ibrohim I iltifot bi;am “qilich va kafan” keltirib, o’zini qo’li deb bilganini extirom bilan
bildirgani yozib o’tadi.Ushbu voqea Ibn Arabshoh ma’lumotiga tayanib tahlil
qelganda:Amir Temur Darbanga kelganiga Ibrohim I uni ya’no sohibquronni ahlosini
tinchlantirgan holda ,ko’tarinki ruhda kutib oladi.Ibrohim I Sohibquronni ismini
xutbada o’qitib , odatga ko’ra sovg’a – salomlardan to’qqiztadan, qullardan esa
sakkiztadan tortiq qiladi. Bu holat ya’ni qullar soning bitta kamligi sababi
Sohibquronni

qiziqtirib

unga

nega

bundi

qilganini

so’raydi.Shayx

Ibrohim”to’qqizinchi o’zim,qurbonman”,-deb javob bergan.Amir Temur Ibrohim I ni
ma’rifat aylab unga:”Yo’q ,sen mening farzandimsan va o’sha yerlarda mening
xalifam va kishimsan”, deb unga qimmatbaho tuxfalar kiygizib o’z maqomida
qoldirgan

7

.

Sohibqiron qo'shinlarida intizom juda yuqori bo'lgan. Har bir askar o'zining

vazifasini, buyruqlarni va jangovar strategiyani yaxshi tushunib, qat'iy amal qilgan. Bu,
o'z navbatida, ular orasida ma'naviy birlashuvni va jamoa ruhini shakllantirgan. Temur
o'z davlatida qadimiy turk-mo'g'ul an'analari, udumlariga rioya qilganligi uchun uning
davlatida Chingizxonning Yaso qonunlari ham huquq manbayi sifatida qo'llanilgan.
Ammo jinoyat va jazo masalalarida Yasoga ham amal qilinganligini ko'rish mumkin.
Jumladan, «Tuzuklar»da: «O'g'rilar xususida buyurdimki, ular qayerda bo'lmasin, kim
tutib olsa, Yaso bo'yicha jazolansin»,deyiladi. Bu ba'zi hollarda Yaso normalari ham
huquq manbayi sifatida amalda bo'lganligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, harbiy qurilish
masalalarida Yasodan qabul (retsepsiya) qilingan hukmlar ham yo'q emas. Masalan,
sipohning yaroqjabduqdari va anjom-jihozlari tuzugi Yaso bilan bir xil talablarni
qo'ygan

8

.Amir Temur saltanatida harbiy ishda yasoq – jazolash qonunlariga amal

qilingan. Bunda oddiy sipohiydan tortib to amirlargacha bir xil qoida bo’lgan va temur
intizomga amal qilingan.Intizomiy jazo turlariga misol qilib keltirsak :Ozarbayjonni
idora qilib turgan amirzoda Mironshohni davlat ishlarini o’z holiga tashlab quygani
uchun mansabidan olingan va yetti yillik yurishi chog’ida Temurning nabirasi

6

Temur Tuzuklari.2020.-B.50.

7

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi.Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)/So’z boshi ,

arab tilidan tarjima va izohlarni U.Uvatov tayyorlagan.Ma’sul muxarrir A.O’rinboyev. Toshkent :Mexnat,1992.1-kitob
.-B.148.

8

O. Chuboeva.O’zbekiston davlati va huquqi tarixi fanidan Ma`ruzalar matni. NAMANGAN-2011.-B.62.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

112

Pirmuhammad Sulton Fors hokimi boshqa ruvidagi ishlarida yo;l qo’ygan
sustkashliklari uchun xuddi shunday jazoga tortilgan

9

.

Xulosa

Amir Temurning harbiy kuchi nafaqat jangovar salohiyatga, balki kuchli ichki

tarbiya va ma’naviyatga tayanardi. Sohibqiron askarlarini faqat jangchi sifatida emas,
balki insoniy fazilatlarni o‘zlashtirgan yuksak axloqli shaxslar sifatida tarbiyalagan.
Harbiy qo‘mondonlikda Temur o‘zbek va turkiy urf-odatlarga, shuningdek, Yaso
qonunlariga asoslanib, qat’iy tartib-intizomni joriy etgan. Maqolada keltirilgan tarixiy
dalillar asosida aytish mumkinki, Amir Temur harbiy rahbarlikda ma’naviy muhitga
bo‘lgan e’tibor bilan tarixda o‘ziga xos buyuk siymo bo‘lib qolgan. Uning siyosiy
muruvvati, askarlarni kechira olish qobiliyati, intizomiy jazolarda adolatli yondashuvi
— zamonaviy harbiy va davlat boshqaruvi uchun ham dolzarb saboqdir. Temurning
boshqaruv modeli — bu harbiy kuch va insonparvarlik uyg‘unligining namunasi
sifatida baholanishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

“Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.1994 yildagi 630-son.

2.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Movarounnahr voqealari.

3.

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixidan// Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari
xotirasida.

4.

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixi. 1 kitob.

5.

Temur Tuzuklari.2020.

6.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi.Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur (Temur
tarixida taqdir ajoyibotlari)/So’z boshi , arab tilidan tarjima va izohlarni U.Uvatov
tayyorlagan.Ma’sul muxarrir A.O’rinboyev.-Toshkent :Mexnat,1992.1-kitob .

7.

O. Chuboeva.O’zbekiston davlati va huquqi tarixi fanidan Ma`ruzalar matni.
NAMANGAN-2011.

8.

Ahmedov .B .Sohibquron Temur.



9

Ahmedov .B. Sohibquron Temur .-B.23.

Bibliografik manbalar

“Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.1994 yildagi 630-son.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Movarounnahr voqealari.

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixidan// Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida.

Ibn Arabshoh .Amir Temur tarixi. 1 kitob.

Temur Tuzuklari.2020.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi.Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)/So’z boshi , arab tilidan tarjima va izohlarni U.Uvatov tayyorlagan.Ma’sul muxarrir A.O’rinboyev.-Toshkent :Mexnat,1992.1-kitob .

O. Chuboeva.O’zbekiston davlati va huquqi tarixi fanidan Ma`ruzalar matni. NAMANGAN-2011.

Ahmedov .B .Sohibquron Temur.