Mualliflar

  • Kadirova Masturaxon Djamoldinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114670

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy ma’naviy-axloqiy qadriyat madaniyat malakali kadr axloq madaniyat.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy axloqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali kadrlar qilib tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish nazarda tutilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

89

O‘QUVCHILARNI AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHNING PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

Kadirova Masturaxon Djamoldinovna

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi

Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus

ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi

dja.mastura1212@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o’quvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-iqtisodiy,

ma’naviy axloqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy
munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali
kadrlar qilib tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish nazarda tutilgan.

Kalit so’zlar:

tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, qadriyat, madaniyat,

malakali kadr, axloq, madaniyat.

Аннотация:

в данной статье предусматривается использование

интерактивных методов в воспитании учащихся как социально активных,
высококультурных, квалифицированных кадров, социально-экономическое,
духовно-нравственное развитие которых во многом зависит от них, способных
свободно вступать в новые общественные отношения, исповедовать
общечеловеческие ценности, ориентированных на духовно-нравственные
ценности.

Ключевые

слова:

воспитание,

социально

экономическое,

духовнонравственное, ценностное, культурное, квалифицированное кадровое,
нравственное, культурное.

Annotation:

This article provides for the use of interactive methods in the

education of students as socially active, highly cultured, qualified personnel, whose
socioeconomic, spiritual and moral development largely depends on them, who are
able to freely enter into new social relations, profess universal values, oriented to
spiritual and moral values.

Keywords:

education, socio-economic, spiritual and moral, value, cultural,

qualified personnel, moral, cultural.


Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi, unda yashovchi aholining ma’naviy-

axloqiy saviyasi nechog‘lik yuksakligiga bog‘liq. O‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash masalasi davlatimizning ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha asosiy
hujjatlarida «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

90

madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib amaliyotga
joriy etiladi», - deb belgilab qo‘yilgan.

Bugungi ba’zi bir yoshlar ma’naviyatining qisman buzilayotganligi,

ayrimlarining bizga mutlaqo yot bo‘lgan urf-odat, madaniyatga berilib ketayotganligi,
voyaga etmagan yoshlar o‘rtasida turli bezorilik, jinoyat sodir etish hollari uchrab
turishi barchamizni tashvishga solmoqda.

Bunday yoshlar kelajakda Vatan ravnaqi uchun o‘zlarining qanday hissalarini

qo‘sha oladilar, qanday kadr bo‘lib etishadilar. Vaholanki, mustaqil O‘zbekistonning
jahondagi rivojlangan mamlakatlar darajasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy
rivojlanishi ko‘p jihatdan yosh avlodni kamol toptirishga, uni yangi ijtimoiy
munosabatlarga erkin kirisha oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga yo‘nalgan ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli, malakali
kadrlar bo‘lib etishishiga bog‘liq.

O‘zga millatlarning ma’naviy qadriyatlari qanchalik ta’sir ko‘rsatmasin,

kattalarga,

ota-onaga

hurmat,kamtarlik,

halollik,

iymon

mehnatsevarlik,

mehmondo‘stlik singari milliy ma’naviy xislatlarimiz barqarordir.Chunki bu ma’naviy
xislatlar qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo,
halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati to‘g‘risidagi ma’naviy qadriyatlariga zid
bo‘lgan evropacha an’analar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib
borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi o‘qituvchiga, uning
saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson
darajasida tarbiyalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Har qanday ta’lim
muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib
boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’lim- tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan
maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy
faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar,
barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchi zimmasiga
yuklatilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bois o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-tarbiya tizimiga

innovatsion, ya’ni ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish davr talabi bo‘lib
kelmoqda.

Axloq –ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib,uning mohiyati, shaxs xatti-

harakatlari,

yurish-turish,

turmush

tarzi,

hayot

kechirish

tamoyillari,qoidalari,shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu
boiz, axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o’ziga xos muhim
ahamiyatga ega. Axloq-odob - jamiyatda, kishilar o‘rtasida kundalik turmushda zarur
bulgan hatti-harakatlar, urf-odatlar normalari, qoidalaridir. Barcha norma va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

91

qoidalarini kishilar tomonidan ado etilishini nazorat etish va tartibga solish ijtimoiy,
yuridik asosda ta’minlanadi.

Axloq - odob qoidalari va normalari xar bir xalqning qadriyatlarida muhim o‘rin

egalaydi. Unda o‘sha xalqning turmush tarzi madaniy saviyasi, an’analari guruxi, dini
ifodalanadi, aks etadi. Shuning uchun axloq-odob qoidalari va normalari o‘sha
xalqning bitmas tugalmas ma’naviy boyligi hisoblanadi va millat darajasida
shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq-odob norma va qoidalari jamiyat
taraqqiyoti bilan rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bunda qardosh xalqlar, mintaqada
yashovchi xalqlar, millatlar urf-odatdari bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ilg‘or, qulay urf-
odatlar, an’analarga,an’analar esa qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi.

Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo‘lgan ma’naviy komillik asosini,

poydevorini tashkil etadi. Bir so‘z bilan aytganda axloq- jamiyatda qabul qilingan,
jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmuidir.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini

ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya o‘zaro
bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs
ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim
o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan
bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni
yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo‘lib, izchil,
uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. Mamlakatimiz ta’lim tizimida samarali
qo‘llanib kelinayotgan innovatsiyalar va xorijiy tajribalar sifatida interfaol metodlarni
keltirishimiz mumkin.

Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq

ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol – ya’ni o‘zaro harakatqilmoq
ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat turlariga “tinglovchi – o‘qituvchi” va
“tinglovchi-tinglovchi”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol
o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatnining faol tashkilotchisi bo‘lib, talabalar bu
faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini
rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim
oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning sub’ektiga aylanishi, o‘quv
jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. Mashg‘ulotlarda interfaol metod
(strategiya, grafik organayzer)lar bilan ishlash talabalar tomonidan o‘quv axborotlarini
tizimli, yaxlit holda o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, interfaol metodlar
yordamida talabalar o‘quv axborotlari bilan ishlashda bilimlarni tahlil qilish,
sintezlash, muhim tushunchalarni tizimlashtirish, ob’ekt, jarayon, faoliyat, voqea,
hodisalarning umumiy mohiyatini aniq ifodalash kabi ko‘nikma, malakalarni
o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

92

Interfaol metodlar ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba

va talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar,
o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi. Bu jarayonda ularda
- erkin fikrlash; -shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish; - muammoli vaziyatlarda
echimlarni birgalikda izlash; - o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘zaro
yaqinliklarini yuzaga keltirish;

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh, R. G. (2021). THE ROLE OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION

IN THE SPIRITUAL FORMATION OF STUDENTS. Web of Scientist: International
Scientific Research Journal, 2(11), 317-320.

2.

Рахмонова,

Г.

Ш.

(2021,

October).

РАЗВИТИЕ

ДУХОВНОНРАВСТВЕННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У СТУДЕНТОВ: DOI:
10.53885/edinres. 2021.30. 30.038 Рахмонова ГШ, научный исследователь
кафедры «Дошкольное образование» БГУ, Асадова Вазира, одарённый студент
факультета Дошкольного образования БГУ. In Научно-практическая
конференция (pp. 96- 97).

3.

Рахмонова

Г.

TАЛАБАЛАРДА

МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ

КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Матеріали конференцій
МЦНД. – 2021.

4. Shavkatovna R. G. Methods of formation of spiritual and moral competencies

in the education of future teachers //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL
27.MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 2. – С.
976-980.

5. Rakhmonova G. S. Development of Spiritual and Moral Competencies in

Students as a Pedagogical Problem //International Journal of Culture and Modernity. –
2021. – Т. 11. – С. 311-314.

6. Рахмонова Г. Ш., Тошхонова З., Тоҳирова М. ТАЛАБАЛАРДА

МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ

КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.

7. – С. 1032-1037. 7. Нигматова М. М., Файзуллаева Ш. Ф. К., Кодирова С.

Д. К. Способы эффективного использования методов обучения математике в
начальных классах //Academy. – 2020. – №. 3 (54).

8. Нигматова М. М. ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОЙ

ЛИЧНОСТИ //ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор. –
2019. – С. 191.

9. Негматова М. М., Курбонова Э. К. К., Курбонова Н. К. К. О качествах

современного учителя //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46).


Bibliografik manbalar

Sh, R. G. (2021). THE ROLE OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION IN THE SPIRITUAL FORMATION OF STUDENTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(11), 317-320.

Рахмонова, Г. Ш. (2021, October). РАЗВИТИЕ ДУХОВНОНРАВСТВЕННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У СТУДЕНТОВ: DOI: 10.53885/edinres. 2021.30. 30.038 Рахмонова ГШ, научный исследователь кафедры «Дошкольное образование» БГУ, Асадова Вазира, одарённый студент факультета Дошкольного образования БГУ. In Научно-практическая конференция (pp. 96- 97).

Рахмонова Г. TАЛАБАЛАРДА МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Матеріали конференцій МЦНД. – 2021.

Shavkatovna R. G. Methods of formation of spiritual and moral competencies in the education of future teachers //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL 27.MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 2. – С. 976-980.

Rakhmonova G. S. Development of Spiritual and Moral Competencies in Students as a Pedagogical Problem //International Journal of Culture and Modernity. – 2021. – Т. 11. – С. 311-314.

Рахмонова Г. Ш., Тошхонова З., Тоҳирова М. ТАЛАБАЛАРДА МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.

– С. 1032-1037. 7. Нигматова М. М., Файзуллаева Ш. Ф. К., Кодирова С. Д. К. Способы эффективного использования методов обучения математике в начальных классах //Academy. – 2020. – №. 3 (54).

Нигматова М. М. ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОЙ ЛИЧНОСТИ //ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор. – 2019. – С. 191.

Негматова М. М., Курбонова Э. К. К., Курбонова Н. К. К. О качествах современного учителя //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46).