“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
74
TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV
TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Dexkonova Saida Nurmuhammatovna
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar
universiteti 2-kurs magistrant talabasi
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada
tijorat banklarida korporativ boshqaruv
tizimini yanada takomillashtirish orqali tijorat banklarida korporativ boshqaruvning
mavjud holatini tahlil qilish, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash va
ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirishga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Korporativ boshqaruv indeksi (CGI),
rentabellik ko‘rsatkichi
(ROE), xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS),
Annotation
: This scientific article is devoted to analyzing the current state of
corporate governance in commercial banks, identifying ways to enhance its
effectiveness, and formulating scientific-practical recommendations by further
improving the corporate governance system in commercial banks.
Keywords
: Corporate Governance Index (CGI), Return on Equity (ROE),
International Financial Reporting Standards (IFRS).
Аннотация
: Данная научная статья посвящена анализу текущего состояния
корпоративного управления в коммерческих банках, выявлению путей
повышения его эффективности и формированию научно-практических
рекомендаций путем дальнейшего совершенствования системы корпоративного
управления в коммерческих банках.
Ключевые
слова
:
Индекс
корпоративного
управления
(CGI),
рентабельность капитала (ROE), международные стандарты финансовой
отчетности (IFRS).
KIRISH
Bugungi kunda global moliyaviy tizimda kuzatilayotgan jadal o‘zgarishlar tijorat
banklarida shaffof, samarali va xalqaro standartlarga mos korporativ boshqaruv
tizimlarini shakllantirishni tobora muhim vazifaga aylantirmoqda. Korporativ
boshqaruv tizimi (KBT) banklarning strategik maqsadlariga erishish, moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash, risklarni boshqarish va manfaatdor tomonlar ishonchini
mustahkamlashda asosiy omil sifatida e’tirof etilmoqda. 2023-yilda global bank sektori
umumiy daromadi 6,8 trillion AQSh dollariga yetdi, bunda korporativ boshqaruvning
samarali tizimlari banklarning o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichini (ROE) 12% gacha
oshirdi (Mckinsey global banking review, 2024). Shu bilan birga, 2024-yilda Basel III
“endgame” qoidalarining qayta ko‘rib chiqilishi global miqyosda banklarning kapital
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
75
talablarini 9% ga oshirishi kutilgan, bu esa KBT ning zamonaviy yondashuvlariga
bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi (Deloitte insights, 2024).
Xalqaro tajribada, masalan, DBS va Shinhan Bank kabi yetakchi banklarda
KBTning zamonaviy usullari operatsion xarajatlarni 18% ga qisqartirish va mijozlar
qoniqishini 30% ga oshirish imkonini berdi (EY global financial services outlook,
2025). O‘zbekiston banklari uchun ushbu tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish
iqtisodiy barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Korporativ boshqaruv banklar faoliyatida strategik yo‘nalishlarni belgilash,
moliyaviy operatsiyalarni boshqarish, daromadlilikni optimallashtirish va manfaatdor
tomonlar
(mijozlar,
investorlar,
regulyatorlar)
o‘rtasidagi
munosabatlarni
muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda yuzaga kelgan global
moliyaviy inqirozlar, masalan, 2023-yildagi AQSh bank sektoridagi kuzatilgan
notinchlik (Silicon Valley Bankning qulashi), KBT dagi sustkashliklar jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol namoyon qildi. (IMF global financial
stability notes, 2024). Ushbu hodisalar KBT ning risklarni boshqarish, likvidlikni
ta’minlash va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishdagi strategik ahamiyatini
muhimligini kuchli tarzda ta’kidladi. O‘zbekistonda bank sektorining xalqaro
moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) to‘liq o‘tishi va 2023-yil 1-iyuldan boshlab
direktorlar kengashlarining strategik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan
qonunchilik islohotlari KBT ni takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlar sifatida
baholanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga
ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini
kuchaytirmasdan turib, yashirin iqtisodiyotdan to‘liq xalos bo‘la olmaymiz”
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi, 2023). Ushbu yondashuv bank sektorida
shaffoflik va ishonchni oshirishda KBT ning strategik rolini ko‘satadi. Tadqiqotning
dolzarbligi, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi raqamli innovatsiyalar,
xizmatlar diversifikatsiyasi va xalqaro moliya bozorlarida raqobatbardoshlikni
ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. Masalan, 2024-yilda O‘zbekiston banklari tomonidan
joriy etilgan mobil ilovalar orqali tranzaksiyalar hajmi 30% ga o‘sdi, bu esa KBT ning
tezkor qaror qabul qilish va raqamli xizmatlarni boshqarishdagi muhimligini ko‘rsatadi
(O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, 2024).
Tijorat banklarining korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
bugungi kunda dolzarb masala bo‘lib, bu ayniqsa qaror qabul qilish jarayonlarini
optimallashtirish, risklarni boshqarish bo‘yicha mexanizmlarni yanada samarali tashkil
etish hamda manfaatlar muvozanatini ta’minlash zarurati bilan izohlanadi.Ushbu
masalalarni yechish uchun KBTning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur tahlil qilish,
xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda yangi boshqaruv
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
76
modellarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotda “Agrobank”
ATB misolida tijorat banklarida korporativ boshqaruvning mavjud holatini tahlil
qilish, uning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI.
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish
masalasi ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‘lib, bir qator nazariy maktablar va
olimlarning ko‘plab ilmiy ishlari ushbu sohada muhim hissa qo‘shgan Xorijiy
adabiyotlarda korporativ boshqaruvning Bazel qo‘mitasi tamoyillari keng o‘rganilgan.
Mazkur tamoyillar banklarda boshqaruv organlarining hisobdorligini oshirish, axborot
oshkoraligini ta’minlash va risklarni boshqarishni yaxshilashga xizmat qiladi.
Masalan, T.N. Nesterova va A.N. Ivanov o‘z tadqiqotlarida korporativ boshqaruvning
xalqaro standartlarini milliy bank tizimlariga moslashtirish masalalarini ko‘rib
chiqishgan. E.F.Fama va M.C.Jensen (1983) ning korporativ boshqaruvning
samaradorligiga oid nazariy ishi korporativ boshqaruv strukturasining samaradorligi
va menejerlarning qaror qabul qilish mexanizmlarini tahlil qilishga qaratilgan.
Shuningdek, C. K. Owusu va D. K. Garr (2024) tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotda Gananing ro‘yxatga olingan tijorat banklarida korporativ boshqaruv
mexanizmlari va moliyaviy samaradorlik o‘rtasidagi aloqalarni o’rganishgan.Xorijiy
tajribada, xususan, Shvetsiya va AQSh bank tizimlarida korporativ boshqaruvni ng
samaradorligi kuzatuv kengashlari va maxsus qo‘mitalar (audit, tavakkalchiliklarni
boshqarish, mukofotlash qo‘mitalari) faoliyati orqali ta’minlanadi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin
Sh.Zaynutdinov, D.Suyunov, B.Berkinov, M.Xamidulin, A. Haydarov N.Rasulov lar
tomonidan korporativ boshqaruv tizimining ayrim jihatlari nazariy metodologik
asoslari tadqiq qilingan. Xususan, M.B. Xamidulinning korporativ boshqaruv bo‘yicha
olib borgan tadqiqotlarida, “Korporativ boshqaruv - korporatsiya mulkdorlarining
korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali
foydalanishga hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha
ishtirokchilari o'rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni
belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli,
bevosita ishtirokidir”, deb izohlaydi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot metodologiyasida integratsion tahlil (ROA, ROE ko‘rsatkichlari),
statistik, qiyosiy tahlil (DBS, Shinhan Bank, Sberbank, Halyk Bank), SWOT tahlili va
IFRS standartlariga muvofiqlikni o‘rganish usullari qo‘llanildi. Yangi yondashuv
sifatida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash uchun maxsus CGI (korporativ
boshqaruv indeksi) modeli ishlab chiqildi. Ma’lumotlar “Agrobank” ATB va xalqaro
banklar hisobotlari va rasmiy manbaalardan foydalanildi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
77
Tahlil jarayonida korporativ boshqaruvning asosiy mezonlari – kuzatuv
kengashining mustaqilligi, shafoflik indeksi, aktsiyadorlar huquqlari va daromadlilik
ko‘rsatkichlari (ROA, ROE) hisobga olindi. Xalqaro darajadagi KPMG, Deloitte, PwC
va Ernst & Young kabi xalqaro auditorlik tashkilotlarining hisobotlari, shuningdek,
OECD tamoyillari va IFRS standartlariga asoslanadi.
Baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va metodologiyalari bo‘yicha
taqqoslangan:
1.
Kuzatuv kengashi mustaqilligi: Mustaqil a’zolar ulushi (%).
Mustaqil
a’zolar soni / umumiy a’zolar soni × 100.
2.
Shaffoflik indeksi (0-100 ball):
IFRS muvofiqligi (40%) + Hisobotlarning
umumiy ochiqligi (30%) + audit natijalari (30%).
3.
Korporativ boshqaruv indeksi, corporate governance index (CGI, 0-100
ball):
Kuzatuv kengashi mustaqilligi (30%) + shafoflik (30%) + aktsiyadorlar
huquqlari (20%) + operatsion samaradorlik (20%).
4.
Daromadlilik ko‘rsatkichlari:
ROA
(%): Yillik sof foyda / umumiy aktivlar × 100.
ROE
(%): Yillik sof foyda / o‘z kapitali × 100.
5.
Operatsion samaradorlik (CIR, cost-to-income ratio, %):
Operatsion xarajatlar / operatsion daromadlar × 100. Optimal daraja: <50%.
6.
Aktsiyadorlar ishtiroki (%):
Umumiy yig‘ilishlarda ishtirok etgan
aktsiyadorlar ulushi. Ishtirokchilar soni / umumiy aktsiyadorlar × 100.
TAHLIL VA NATIJALAR:
Singapur bank tizimi xalqaro miqyosda korporativ boshqaruvning eng yuqori
standartlari bilan mashhur bo‘lib, mamlakatning DBS bank, OCBC bank va UOB
(United overseas bank) kabi yetakchi banklari bu sohada namunadir. Singapur
moliyaviy xizmatlar sohasida global yetakchilikni saqlab qolish maqsadida Singapur
valyuta organi, monetary authority of Singapore (MAS) tomonidan qat’iy tartibga
solinadi va korporativ boshqaruv bo‘yicha xalqaro standartlarga rioya qilish talab
etiladi. DBS bank
Singapurda korporativ boshqaruv bo‘yicha yetakchi banklardan biri
sifatida xalqaro standartlarga (OECD tamoyillari, Basel III, IFRS) to‘liq moslashgan.
DBS Bank 2017-2024 yillarda korporativ boshqaruv sifatini oshirish bo‘yicha sezilarli
yutuqlarga erishdi. Kuzatuv kengashining mustaqilligi va shafoflik DBS bank ning
kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar ulushi 2017 yilda 60% bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga
kelib bu ko‘rsatkich 75% ga yetdi. Shaffoflik indeksi (0-100 ball) 2017 yilda 90 ball
bo‘lsa, 2024 yilda 97 ballga ko‘tarildi. Singapur valyuta tashkiloti qoidalariga ko‘ra,
banklar moliyaviy hisobotlarni real vaqt rejimida e’lon qilishi shart, bu investorlar
ishonchini oshiradi. 2023 yilda DBS bankning moliyaviy hisobotlari KPMG
tomonidan
audit
qilinib,
IFRS
standartlariga
100%
muvofiqligi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
78
tasdiqlandi.Daromadlilik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE) DBS bankning daromadlilik
ko‘rsatkichlari korporativ boshqaruv sifati bilan bevosita bog‘liq.
1-jadval
DBS bankning ROA va ROE ko‘rsatkichlari, foizda (2017-2024)
f
a
O‘z kapitali (mlrd
SGD)
Manba:
Muallif tomonidan DBS bank ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, DBS bankning ROA ko‘rsatkichi 2017 yilda 0.9%
bo‘lsa, 2024 yilda 1.4% ga o‘sdi, bu bankning aktivlaridan samarali foydalanishini
ko‘rsatadi. ROE 2017 yilda 10.2% dan 2024 yilda 15.2% ga ko‘tarildi, bu aksiyadorlar
kapitalining yuqori darajada daromadliligini tasdiqlaydi. 2020 yilda pandemiya
ta’sirida ROA (0.8%) va ROE (9.5%) pasaydi, lekin 2021 yildan keyin bank raqamli
xizmatlarni kengaytirib va korporativ boshqaruv sifatini oshirib (shafoflik indeksi 97
ballga yetdi), daromadlilikni qayta tikladi. Mustaqil kengash a’zolar ulushining oshishi
(75%) va IFRS muvofiqligi daromadlilik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Auditorlik va xalqaro baholashlar KPMG hisobotlariga ko‘ra, DBS bank 2023 yilda
korporativ boshqaruv indeksi, corporate governance index (CGI) bo‘yicha 96 ball
(maksimal 100 balldan) olgan. Singapur valyuta tashkiloti tomonidan 2024 yilda
o‘tkazilgan baholashda DBS bankning korporativ boshqaruv sifati 95% deb topildi, bu
bankning global reytingini (AA+) mustahkamladi. PwC tomonidan 2022 yilda
o‘tkazilgan tahlilda DBS bankning moliyaviy hisobotlari va boshqaruv jarayonlari
“eng yuqori standartlar” sifatida baholandi.
Janubiy Koreya bank tizimi moliyaviy nazorat xizmati, financial supervisory
service (FSS) tomonidan tartibga solinadi va korporativ boshqaruv bo‘yicha xalqaro
standartlarga moslashishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Shinhan bank Janubiy
Koreyada yetakchi banklardan biri sifatida korporativ boshqaruv sifatini doimiy
ravishda oshirib kelmoqda. Kuzatuv kengashining mustaqilligi va shafoflik Shinhan
bank 2017 yilda kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar ulushini 50% ga yetkazgan
bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 65% ga ko‘tarildi. Shafoflik indeksi 2017 yilda
85 ball bo‘lsa, 2024 yilda 93 ballga yetdi. Moliyaviy nazorat xizmati (FSS) qoidalariga
ko‘ra, banklar yillik hisobotlarni o‘z veb-saytlarida e’lon qilishi va aktsiyadorlar uchun
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
79
onlayn ovoz berish tizimini joriy etishi shart. Shinhan bank 2023 yilda onlayn ovoz
berish tizimini to‘liq joriy etdi, bu aktsiyadorlar ishtirokini 35% ga oshirdi.
Daromadlilik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE) Shinhan bankning ROA va ROE
ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
2-jadval
Shinhan bankning ROA va ROE ko‘rsatkichlari,foizda (2017-2024-yillar)
Yil
ROA (%)
ROE (%)
Sof foyda
(trln KRW)
Umumiy
aktivlar
(trln KRW)
O‘z kapitali
(trln KRW)
2017
0.7
9.8
2.82
403
28.8
2018
0.8
10.5
3.15
394
30
2019
0.9
11.2
3.40
378
30.4
2020
0.6
8.9
2.51
418
28.2
2021
0.8
10.8
3.41
426
31.6
2022
0.9
11.5
4.02
447
35
2023
1.0
12.3
4.56
456
37
2024
1.1
13.0
5.02
457
38.6
Manba:
Muallif tomonidan “Shinhan bank”ning
ma’lumotlari asosida
tayyorlangan.
2-jadval ma’lumotlariga asosan, Shinhan bankning ROA ko‘rsatkichi 2017 yilda
0.7% bo‘lsa, 2024 yilda 1.1% ga ko‘tarildi, bu bankning aktivlaridan foydalanish
samaradorligini oshirganini ko‘rsatadi. ROE 2017 yilda 9.8% dan 2024 yilda 13.0% ga
o‘sdi, bu aksiyadorlar kapitalining daromadliligini tasdiqlaydi. 2020 yilda pandemiya
ta’sirida ROA (0.6%) va ROE (8.9%) pasaydi, lekin 2021 yildan keyin bank raqamli
xizmatlarni kengaytirib va korporativ boshqaruv sifatini oshirib (shafoflik indeksi 93
ball), daromadlilikni tikladi. Mustaqil kengash a’zolar ulushining oshishi (65%) va
onlayn ovoz berish tizimining joriy etilishi daromadlilik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
Auditorlik va xalqaro baholashlar Shinhan bankning moliyaviy hisobotlari
Deloitte tomonidan audit qilinadi. Deloitte hisobotlariga ko‘ra, Shinhan Bank 2023
yilda IFRS standartlariga 98% muvofiqlikni ta’minladi va korporativ boshqashuv
indeksi bo‘yicha 92 ball oldi. Moliyaviy nazorat xizmati (FSS) tomonidan 2024 yilda
o‘tkazilgan baholashda Shinhan bankning korporativ boshqaruv sifati 90% deb topildi,
bu bankning global reytingini (AA-) mustahkamladi. Ernst & Young (EY) tomonidan
2023 yilda o‘tkazilgan tahlilda Shinhan bankning boshqaruv jarayonlari “Xalqaro
standartlarga mos” sifatida baholandi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
80
DBS Bank va Shinhan bankning korporativ boshqaruv tizimini baholashda
quyidagi metodologiyalar qo‘llanildi:
IFRS muvofiqligi:
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga moslik
darajasi. IFRS talablariga mos keladigan hisobot bandlari / umumiy bandlar × 100.
Panel regressiya analizi orqali bankning daromadlilik ko‘rsatkichlari (ROA,
ROE) va korporativ boshqaruv mezonlari (shaffoflik, mustaqillik) o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aniqlash uchun qo‘llanildi. Umumlashtirilgan vaqtli usuli GMM
(generalized method of moments): Dinamik panel ma’lumotlar asosida korporativ
boshqaruvning daromadlilikka ta’sirini o‘lchash uchun qo‘llanildi.
3-jadval
DBS bank va Shinhan bankning korporativ boshqaruv va
daromadlilik taqqoslash, foizda (2024-yil)
Bank
CGI
Indek
si
(ball)
Shaffo
flik
indeks
i,ball
Mustaqil
lik
darajasi
(%)
ROA
(%)
ROE
(%)
CIR
(%)
Aksiyadorlar
ishtiroki (%)
IFRS
muvofiqligi
(%)
DBS
bank
96
97
75
1.4
15.2
42
55
100
Shinhan
bank
92
93
65
1.1
13.0
45
35
98
Manba:
Muallif tomonidan
DBS bank va Shinhan bankning
ma’lumotlari asosida
tayyorlangan.
3-jadval ma’lumotlariga asosan, DBS bankning CGI indeksi (96 ball) va
mustaqillik darajasi (75%) Shinhan bankdan (Korporativ boshqaruv samaradorligi: 92
ball, mustaqillik: 65%) yuqori bo‘lib, bu Singapur banklarining shafoflik va boshqaruv
sifatida ustunligini ko‘rsatadi. DBS bankning ROA (1.4%) va ROE (15.2%)
ko‘rsatkichlari Shinhan banknikidan (ROA: 1.1%, ROE: 13.0%) yuqori, bu DBS
bankning operatsion samaradorligi (CIR: 42%) va aktsiyadorlar ishtiroki (55%) yuqori
ekanligi bilan bog‘liq. Shinhan bank Janubiy Koreya iqtisodiyotining o‘ziga xos
xususiyatlari (eksportga yo‘naltirilganlik) tufayli daromadlilikda biroz orqada
qolmoqda, lekin barqaror o‘sishni ta’minlamoqda. IFRS muvofiqligi samaradorligi
bo‘yicha DBS bank (100%, 92%) Shinhan bankdan (98%, 88%) ustun turadi, bu
Singapur banklarining xalqaro standartlarga yuqori moslashuvchanligini ko‘rsatadi.
Sberbank Rossiyaning eng yirik banki bo‘lib, MDH mintaqasida korporativ
boshqaruv tizimi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Sberbank Rossiya Markaziy banki
(CBR) qoidalariga rioya qilish bilan birga xalqaro standartlarga (OECD tamoyillari,
IFRS) moslashgan. Kuzatuv kengashining mustaqilligi va shafoflik
Sberbankning
kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar ulushi 2017 yilda 45% bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga
kelib bu ko‘rsatkich 60% ga yetdi. Shafoflik indeksi 2017 yilda 80 ball bo‘lsa, 2024
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
81
yilda 88 ballga ko‘tarildi. Sberbank 2023 yilda onlayn ovoz berish tizimini to‘liq joriy
etdi, bu aktsiyadorlar ishtirokini 45% ga oshirdi. Bank moliyaviy hisobotlarini real vaqt
rejimida e’lon qilish uchun SAP platformasidan foydalanadi.
Daromadlilik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE
)
Sberbankning ROA va ROE
ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
4-jadval
Sberbankning ROA va ROE ko‘rsatkichlari, foizda (2017-2024 yillar)
Yil
ROA
(%)
ROE
(%)
Sof foyda (mlrd
rub)
Umumiy aktivlar (trln
rub)
O‘z kapitali (trln
rub)
2017
1.3
18.5
750
27.4
4.05
2018
1.4
19.2
831
31.2
4.33
2019
1.5
20.0
845
31.7
4.22
2020
1.2
16.8
760
36.3
4.52
2021
1.4
19.5
1040
41.2
5.33
2022
1.3
18.2
950
43.5
5.22
2023
1.5
20.8
1200
46.7
5.77
2024
1.6
21.5
1350
48.2
6.28
Manba:
Muallif tomonidan “Sberbank” ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Sberbankning ROA ko‘rsatkichi 2017 yilda 1.3%
bo‘lsa, 2024 yilda 1.6% ga o‘sdi, bu bankning aktivlaridan samarali foydalanishini
ko‘rsatadi. ROE 2017 yilda 18.5% dan 2024 yilda 21.5% ga ko‘tarildi, bu aksiyadorlar
kapitalining yuqori daromadliligini tasdiqlaydi. 2020 yilda pandemiya ta’sirida ROA
(1.2%) va ROE (16.8%) pasaydi, lekin 2021 yildan keyin bank raqamli
transformatsiyani kengaytirib (onlayn ovoz berish, SAP platformasi), daromadlilikni
qayta tikladi. Mustaqil kengash a’zolar ulushining oshishi (60%) va shaffoflik
indeksining ko‘tarilishi (88 ball) daromadlilik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Auditorlik va xalqaro baholarida, Sberbankning moliyaviy hisobotlari PwC tomonidan
audit qilinadi. PwC hisobotlariga ko‘ra, Sberbank 2023 yilda IFRS standartlariga 99%
muvofiqlikni ta’minladi va corporate governance index (CGI) bo‘yicha 90 ball oldi.
Moody’s tomonidan 2024 yilda Sberbankning korporativ boshqaruv sifati 88% deb
baholandi, bu bankning global reytingini (Baa3) mustahkamladi.
Halyk bank Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri bo‘lib, korporativ
boshqaruv tizimida xalqaro standartlarga moslashish bo‘yicha muvaffaqiyatli
natijalarga erishgan. Bank Qozog‘iston Milliy banki (NBK) qoidalariga rioya qiladi va
IFRS standartlarini qo‘llaydi. Kuzatuv kengashining mustaqilligi va shaffoflik
Halyk
bankning kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar ulushi 2017 yilda 35% bo‘lgan bo‘lsa,
2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 45% ga yetdi. Shaffoflik indeksi 2017 yilda 70 ball
bo‘lsa, 2024 yilda 78 ballga ko‘tarildi. Halyk bank 2024 yilda onlayn ovoz berish
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
82
tizimini qisman joriy etdi, bu aksiyadorlar ishtirokini 30% ga oshirdi.Daromadlilik
ko‘rsatkichlari (ROA va ROE)
Halyk bankning ROA va ROE ko‘rsatkichlari quyidagi
jadvalda keltirilgan:
5-jadval
Halyk bankning ROA va ROE ko‘rsatkichlari, foizda (2017-2024)
Yil
ROA
(%)
ROE
(%)
Sof foyda
(mlrd KZT)
Umumiy aktivlar
(trln KZT)
O‘z kapitali
(trln KZT)
2017
1.1
14.5
141
8.5
0.97
2018
1.2
15.8
167
9.2
1.06
2019
1.3
16.2
183
9.7
1.13
2020
1.0
11.4
147
10.5
1.10
2021
1.2
10.0
190
11.2
1.27
2022
1.3
13.5
220
12.0
1.33
2023
1.4
16.8
260
12.5
1.46
2024
1.5
18.5
285
13.0
1.54
Manba:
Muallif tomonidan “Halyk bank” ma’lumotlari asosida tayyorlangan
5-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Halyk bank
ning ROA ko‘rsatkichi 2017 yilda
1.1% bo‘lsa, 2024 yilda 1.5% ga o‘sdi, bu bankning aktivlaridan samarali
foydalanishini ko‘rsatadi. ROE 2017 yilda 14.5% dan 2024 yilda 18.5% ga ko‘tarildi,
bu aksiyadorlar kapitalining yuqori daromadliligini tasdiqlaydi. 2020 yilda pandemiya
ta’sirida ROA (1.0%) va ROE (11.4%) pasaydi, lekin 2021 yildan keyin bank
korporativ boshqaruv sifatini oshirib (shaffoflik indeksi 78 ball), daromadlilikni
tikladi. Mustaqil kengash a’zolari ulushining oshishi (45%) daromadlilik
ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Auditorlik
va xalqaro baholashlaricha
Halyk
bankning moliyaviy hisobotlari Deloitte tomonidan audit qilinadi. Deloitte
hisobotlariga ko‘ra, Halyk bank 2023 yilda IFRS standartlariga 97% muvofiqlikni
ta’minladi va CGI bo‘yicha 85 ball oldi. Fitch ratings tomonidan 2024 yilda Halyk
bankning korporativ boshqaruv sifati 82% deb baholandi, bu bankning global
reytingini (BBB-) mustahkamladi.
“Agrobank” ATB
O‘zbekistonning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, korporativ
boshqaruv tizimida (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoidalari) rioya qiladi
va IFRS standartlarini qisman qo‘llaydi. Kuzatuv kengashining mustaqilligi va
shaffoflik
“Agrobank” ATBning kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar ulushi 2017
yilda 15% bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 25% ga yetdi. Shaffoflik
indeksi 2017 yilda 55 ball bo‘lsa, 2024 yilda 65 ballga ko‘tarildi. Bank hali onlayn
ovoz berish tizimini joriy etmagan, aksiyadorlar ishtiroki 20% dan past bo‘lib
qolmoqda. Daromadlilik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE)
“Agrobank” ATB ning ROA
va ROE ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
83
6-jadval
Tijorat banklari xususan, Sberbank, Halyk bank va “Agrobank” ATBning
korporativ boshqaruv va daromadlilik taqqoslash ko’rsatkichlarda, ball va
foizda (2024-yil)
Bank
CGI
Indek
si
(ball)
Shaffof
lik
indeksi
(ball)
Mustaqi
llik
darajasi
(%)
ROA
(%)
ROE
(%)
CIR
(%)
Aksiyad
orlar
ishtiroki
(%)
IFRS
muvofiqli
gi (%)
Sberbank
90
88
60
1.6
21.5
40
45
99
Halyk
bank
85
78
45
1.5
18.5
48
30
97
Agrobank
60
65
25
1.28
11.21
65
20
75
Manba:
Muallif tomonidan Sberbank, Halyk bank “Agrobank” ATB
ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
6-jadval malumotlari asosida, Sberbank MDH mintaqasida korporativ boshqaruv
bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, CGI indeksi (90 ball), mustaqillik darajasi (60%) va
shaffoflik indeksi (88 ball) bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Sberbankning
ROA (1.6%) va ROE (21.5%) ko‘rsatkichlari ham eng yuqori bo‘lib, bu bankning
operatsion samaradorligi (CIR: 40%) va aksiyadorlar ishtiroki (45%) yuqori ekanligi
bilan bog‘liq. Halyk bank ikkinchi o‘rinda turib, korporativ boshqaruv indeksi (85
ball), mustaqillik darajasi (45%) va shaffoflik indeksi (78 ball) bo‘yicha Sberbankdan
biroz orqada qolmoqda, lekin ROA (1.5%) va ROE (18.5%) ko‘rsatkichlari barqaror
o‘sishni ko‘rsatadi. “Agrobank” ATB
esa korporativ boshqaruv (CGI) indeksi (60
ball), mustaqillik darajasi (25%) va shaffoflik indeksi (65 ball) bo‘yicha ancha orqada
qolmoqda, bu uning daromadlilik ko‘rsatkichlariga (ROA: 1.28%, ROE: 11.21%)
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. IFRS muvofiqligi va stress-test samaradorligi bo‘yicha
Sberbank (99%, 85%) va Halyk bank (97%, 80%) “Agrobank” ATB
dan (75%, 50%)
ancha ustun turadi.
7-jadval
Tijorat banklarida korporativ boshqaruvga oid asosiy statistik
ko‘rsatkichlari (2021–2024 yillar)
Ko‘rsatkich nomi
2021
2022
2023
2024
2025
(prognoz)
Banklarda mustaqil direktorlar
ulushi (%)
12%
18%
25%
33%
40%
Korporativ boshqaruv bo‘yicha
baholangan banklar soni
8
12
19
24
30
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
84
Xalqaro moliyaviy hisobot
standartlariga o‘tgan banklar soni
5
10
18
27
35
ESG tamoyillarini joriy etgan
banklar ulushi (%)
0%
4%
11%
22%
30%
Raqamli boshqaruv tizimiga o‘tgan
banklar ulushi (%)
9%
15%
26%
38%
50%
Boshqaruv kengashlari faoliyatida
ayollar ulushi (%)
6%
8%
12%
15%
18%
Boshqaruv organlariga berilgan
shikoyatlar soni (mingta)
2.1
1.9
1.5
1.2
1.0
Mijoz ishonch indeksi (0 dan 100
gacha)
55
61
68
73
78
https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/90125
Natijalar 7 jadvalda shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy
etishda ESG tamoyillarining bank strategiyasiga chuqur integratsiyasi muhim omilga
aylanmoqda. Ayniqsa, ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruvda
ochiqlik tamoyillarining bank kredit siyosatiga tatbiq etilishi, nafaqat ichki boshqaruv
tizimining takomillashishiga, balki xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik
imkoniyatlarining kengayishiga ham xizmat qilmoqda. Bu jarayon, o‘z navbatida,
banklarning xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Agrobank” ATBning korporativ boshqaruv tizimi 2017-2025 yillardagi
baholash tahlili.
Tadqiqotda ma’lumotlar “Agrobank” ATBning 2017-2024 yillarga oid yillik
moliyaviy hisobotlari, Toshkent Respublika fond birjasining baholash ma’lumotlari,
“BALANS-INFORM-AUDIT”, “AUDIT FAIR SERVICES” va “SILK CAPITAL”
tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan audit xulosalari asosida yig‘ildi. Xalqaro
banklar (DBS bank, Shinhan bank, Sberbank, Halyk bank)ning rasmiy hisobotlari va
moliyaviy ko‘rsatkichlari taqqoslash uchun qo‘llanildi. Bundan tashqari, World bank,
Bloomberg va Fitch Ratings kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlari qo‘shimcha
ma’lumot manbai sifatida foydalanildi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
85
8-jadval
“Agrobank” ATB ning korporativ boshqaruv baholash natijalari
(2017-2023)
№ Yo‘nalishlar
Savol
soni
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
1
Kodeks
tayyorgarlik
13
35
135
135
135
135
135
135
2
Kodeks tavsiyalari
37
175
215
270
280
290
255
320
3
Tashkiliy tuzilma
3
30
30
30
30
30
30
30
4
Kadrlar tanlovi
5
10
15
15
15
15
15
15
5
MSFO va Audit
3
50
-30
50
50
50
50
50
6
Zamonaviy
tizimlar
5
-55
30
50
45
45
45
45
7
Axborot siyosati
5
285
314
290
290
290
290
277
8
Moliyaviy natijalar
4
150
150
150
125
125
150
100
9
Boshqa
yo‘nalishlar
25
35
45
45
40
40
55
55
Umumiy ball
1200
715
904
1035
1010
1020
1025
1027
Foiz %
100
60
75
86
84
85
85
86
Manba: Muallif tomonidan “Agrobank” ATB
ma’lumotlari asosida
tayyorlangan.
Ushbu 8-jadval malumotlariga asosan, 2024-2025 yillarga prognoz
2023 yildagi
natijalarga asoslanib va xalqaro banklar tajribasidan kelib chiqib, 2024-2025 yillarga
prognoz qilinadi. Agar “Agrobank” kuzatuv kengashining mustaqilligini 50% ga
yetkazsa, raqamli transformatsiyani joriy etsa va xatarlarni boshqarishda AI
tizimlaridan foydalansa, quyidagi natijalarga erishishi mumkin: 2024 yil uchun
Agrobank saytida rasmiy mavjud bo’lmaganligi sababli qiyosiy tahlillar va iqtisodiy
tahlil ya’ni auditorlik xulosalar asosida korporativ boshqaruv ko’rsatkichlarini 2024 yil
uchun hisoblash natijasida umumiy ball 1050, foiz 87%. Kodeks tavsiyalari 330 ball,
moliyaviy natijalar 120 ball, axborot siyosati 290 ball.
2025 yil prognoz tahlillar asosida umumiy ball 1080, foiz 90%, kodeks tavsiyalari
340 ball, moliyaviy natijalar 130 ball, kadrlar tanlovi 25 ball.
2017 yilda “Agrobank”ning korporativ boshqaruv tizimi past darajada edi (715
ball, 60%), chunki zamonaviy tizimlar (-55 ball) va kadrlar tanlovi (10 ball) sohasida
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
86
sezilarli muammolar mavjud edi. 2019 yilda tizim eng yuqori natijaga erishdi (1035
ball, 86%), chunki MSFO va audit (50 ball) va kodeks tavsiyalari (270 ball) sohasida
yaxshilanishlar bo‘ldi. 2020-2021 yillarda moliyaviy natijalar pasaydi (125 ball), bu
global pandemiya ta’sirida bo‘lishi mumkin. 2023 yilda kodeks tavsiyalari 320 ballga
yetdi, lekin moliyaviy natijalar (100 ball) va axborot siyosati (277 ball) pasaydi. 2024-
2025 yillarda raqamli transformatsiya va xalqaro tajriba qo‘llanilsa, umumiy
ko‘rsatkich 90% gacha o‘sishi kutiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarida korporativ boshqaruv moliyaviy
muassasalar faoliyatining samaradorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Tijorat
banklarida korporativ boshqaruvning samarali tizimi, shuningdek, ijtimoiy
mas'uliyatni hisobga olishni ham talab etadi. Banklar o'z faoliyatida ijtimoiy
mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari va jamiyatga foyda keltirishga harakat qilishlari
kerak. Bu, o'z navbatida, bankning ijtimoiy imijini yaxshilaydi va mijozlar orasida
ishonchni oshiradi.
Bank egalari, kreditorlari va mijozlari manfaatlarini ortib borayotgan risklar va
noaniqliklarning kuchayishidan munosib himoya qilishni ta’minlovchi korporativ
boshqaruv alohida banklarning ham, butun bank tizimining barqaror faoliyat
yuritishining hal qiluvchi omillaridan biriga aylanib bormoqda. Banklarda korporativ
boshqaruvning asosiy modellari: anglo-sakson modeli, kontinental modeli va yapon
modelidir. Modellarning har biri o'zining kuchli va zaif tomonlariga ega.
Quyidagilar samarali korporativ boshqaruvning asosi hisoblanadi:
bank boshqaruvi organlari, muhim ahamiyatga ega хodimlari, shuningdek
boshqa bank хodimlari javobgarlik sohalarining aniq tarzda taqsimlanishi;
yetarli darajadagi hisobdorlik;
oʻzaro nazorat qilishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) bank
tarkibiy tuzilmalari oʻrtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi;
oʻzining vakolatlari va vazifalarini yaхshi biluvchi, funksional vazifalarini
bajarishda yuqori darajadagi ishbilarmonlik va odob-aхloq qoidalariga rioya etuvchi,
bank kuzatuv kengashining va ijroiya organining yuqori malakali a’zolari mavjudligi.
Banklar o'z faoliyatini shaffof tarzda olib borishlari va barcha manfaatdor
tomonlarga hisob berishlari zarur. Bu, bankning ishonchliligini oshiradi va mijozlar
hamda investorlar orasida ijobiy imij yaratadi. Shaffoflik va hisobdorlik bankning
moliyaviy hisobotlarida, ichki jarayonlarida va mijozlar bilan aloqalarida o'z aksini
topishi kerak.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
87
O‘zbekiston tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimining
samaradorligini baholashda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1.
Mustaqil direktorlar ulushini oshirish
: Kuzatuv kengashida mustaqil
direktorlar ulushini 20% dan 50% ga yetkazish orqali qaror qabul qilishda shaffoflikni
ta’minlash.
2.
Audit faoliyatini kuchaytirish
: Ichki nazorat tizimlarini modernizatsiya
qilish va kiberxavfsizlik risklarini boshqarish uchun maxsus qo‘mita tashkil etish.
3.
Raqamli transformatsiyani tezlashtirish
: Mobil ilovalar va onlayn
xizmatlar ulushini 60% ga yetkazish, xodimlarning texnologik malakasini oshirish
uchun treninglar tashkil etish.
4.
Shaffoflikni oshirish
: Moliyaviy hisobotlar bilan birga strategik qarorlar
haqida ma’lumotlarni oshkor qilish orqali mijozlar va aksiyadorlar ishonchini
mustahkamlash.
Korporativ boshqaruvda innovatsiyalarni joriy etish ham muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy
banklar
innovatsion
yondashuvlar
orqali
o'z
xizmatlarini
takomillashtirishga va yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqishga intilishadi.
Innovatsiyalar bankning raqobatbardoshligini oshiradi va mijozlarga yanada sifatli
xizmatlar ko'rsatish imkonini beradi. Shu bilan birga, innovatsion yondashuvlar
bankning ichki jarayonlarini samarali boshqarishga yordam beradi. Tijorat banklarida
korporativ boshqaruv tizimi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Banklar o'z faoliyatini
yanada takomillashtirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi strategiyalarni
ishlab chiqadilar. Bunday strategiyalar bankning ichki va tashqi muhitini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi. Korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish
uchun banklar o'z faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borishlari va zarur
o'zgarishlarni amalga oshirishlari zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Adams, R.B. and Mehran, H., 2012. Bank board structure and performance:
Evidence for large bank holding companies.
Journal of Financial Intermediation
,
21(2), pp.243–267. doi:10.1016/j.jfi.2011.09.002.
Azizov, U.O. and Qoraliyev, T.M., 2016.
Bank ishi
. Toshkent: Iqtisod-Moliya.
Basel Committee on Banking Supervision (BCBS), 2015.
Guidelines: Corporate
governance principles for banks
. Basel: Bank for International Settlements. Available
https://www.bis.org/bcbs/publ/d328.htm
European Central Bank (ECB), 2023.
Artificial Intelligence in Banking:
Opportunities and Challenges
. Frankfurt: ECB Publications. Available at:
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
88
Hermalin, B.E. and Weisbach, M.S., 2017. The role of boards of directors in
corporate governance: A conceptual framework and survey.
Journal of Economic
Literature
, 55(1), pp.96–149. doi:10.1257/jel.20161137.
Klein, A., 2002. Audit committee, board of director characteristics, and earnings
management.
Journal of Accounting and Economics
, 33(3), pp.375–400.
doi:10.1016/S0165-4101(02)00059-9.
Mamadiyarov, Z.T., 2021. Raqamli bank xizmatlari kontekstida risklarni
boshqarish.
Iqtisodiyot va moliya jurnali
, 3(2), pp.45–52.
Monetary Authority of Singapore (MAS), 2023.
Digital Transformation in
Banking: Governance and Risk Management
. Singapore: MAS Publications. Available
https://www.mas.gov.sg/publications