Mualliflar

  • Rasulova Zamira Sirojiddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114672

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Maktab ta’limi rivojlantiruvchi muhit bola shaxsi maktabgacha yoshdagi.

Annotasiya

Annotatsiya:  maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotida  bola shaxsini shakllanishi, uni  mustaqil  shaxs sifatida  tan olinish  jarayonlari  kechadigan muhitda tashkil etish masalasi keng   yoritilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

72

BOLAGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM

Rasulova Zamira Sirojiddinovna

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi o’qituvchisi

Annotatsiya:

maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini

shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida tan olinish jarayonlari kechadigan
muhitda tashkil etish masalasi keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Maktab ta’limi, rivojlantiruvchi muhit, bola shaxsi,

maktabgacha yoshdagi.

Ma’lumki, har qanday odamning ta’limiy ta’siri bolaning haqiqiy faoliyatisiz

amalga oshmaydi. Bola faoliyati esa o’zgarmas bo’lib qolmaydi. Bola rivojlangan sayin
uning mazmuni va shakli o’zgarib boradi.

Bolalar uchun rivojlantiruvchi muhit bu-bolalikning amaliy dunyodir. Bola

ushbu muhitda yashaydi, ular bilan munosabatda va rivojlanadi. Bu o’rinda yetakchi
muhit sifatida nafaqat o’yin muhiti, balki bola rivojlanishi uchun muhim bo’lgan
barcha faoliyat turlarini o’z ichiga oladi.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limning markazida o’sayotgan inson, uning o’z

imkoniyatlarini to’la namoyon etishga intilishi, yangi tajribani kabul qilinishi, turli
hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda va ma’suliyatli qaror qabul qilishga qodirligi
turadi. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalanuvchi bolalar an’naviy
dastur bo’yicha tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan ancha qobiliyatli bo’ladilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishi, uni mustaqil shaxs sifatida
tan olinish jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etiladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar xar bir yoshda o’zini o’rab turgan muxitdan aynan o’zini qiziqtirgan hayotiy
malakani oladi. Muhit qanchalik toza va musaffo bo’lsa bolaning inson sifatida
shakllanishida shunday toza va musaffo ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu jarayonning o’ziga
xos qonuniyatlari mavjud. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarni to’laqonli
rivojlantirishda kattalarning ular bilan mazmunli suhbatlari va bolalikning predmetli
muhiti bilan boyitish zarur. Bu bolalikning predmetli muhiti hisoblanadi.

Shunday qilib, predmetli muhit, o’yinchoqlar, o’yin vositalari, moddiy resurslar,

jihozlar, ko’rgazmali qurollar yordamida bolani aqliy, jismoniy, psixologik
rivojlantirishga pedagogik ta’sir o’tkazishni anglatadi. Bolani rivojlantiruvchi muhit
mazmun-mohiyatiga ko’ra bolani aqliy, jismoniy va psixologik rivojlanishini
ta’minlashi, takomillashtirishi, piravard natijada bolalikni rivojlantirishning predmetli
muhitiga qo’yilgan pedagogik talab va maqsadni ro’yobga chiqarishi kerak. Predmetli
muhitni pedagogik jarayonda muvoffaqiyatli qo’llanma uchun uning variativligini
ta’minlash kerak.

Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani,

ayni paytda keng ko’lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab,
takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini ro’yobga
chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o’quv-tarbiya
jarayonini takomillashtirish, o’quv-adabiyotlari bilan ta’minlash, pedagoglarga


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

73

uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan
biridir.

Bugungi tez o’zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot bolalar va

yoshlar dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng
foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg’ulotlar olib borish asta sekin o’z o’rnini
intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy mashg’ulot o’tish ishlariga bo’shatib
bermoqda.

Bilim qanchalik mustahkam bo’lsa, bola dunyoqarashi, intellektual salohiyati

shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda bolalar uchun informatsion
savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz
ta’lim tizimining birinchi bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim oldiga qo’yilgan davlat
talablariga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim – tarbiya jarayonining
samardorligini oshirish, ilm – fanning so’ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali
ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita
oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o’z burchi va javobgarligini his etadigan
barkamol bolani kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini
singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo’g’inlarida tobora faol

qo’llanilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalarning turli yo’nalishi bolalarning
ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim
tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat
qilayotganligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish
uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan,
texnologiya, axborot, kompьyuter, multimedia, internet, masofali o’qitish, yagona
axborot muhiti va shunga o’xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning
zamonaviy vositalaridan foydalanish o’zining samarasini bermoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining turiga qarab bolalikning rivojlantiruvchi

muhitni barpo etish shart-sharoitlariga qarab, bolalarga ta’lim-tarbiya berishning
o’ziga xos, alohida, betakror, samarali imkoniyatlariga ega bo’lishi mumkin.

Bolaning ijodiy rivojlantirishda yangi axborot texnologiyalarini, shu jumladan

kompьyuterlarning ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. Bu vositalar yordamida
bolaga aqliy, ahloqiy, ma’rifiy ma’lumotlar o’yin va o’yin vositalari orqali kirib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish. T.: 2012 yil.

2.

Bolaga yo’naltirilgan dasturni tashkil etish. T.: 2010 yil.

Bibliografik manbalar

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish. T.: 2012 yil.

Bolaga yo’naltirilgan dasturni tashkil etish. T.: 2010 yil.