Mualliflar

  • Xalmuradova Jamila Ermetovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114676

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Doston turkum leksika sheva leksik birlik semantik sotsial sub’ektiv baho belgi xususiyat harakat holat vaqt o‘rin.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu  maqolada shimoliy Xorazm og‘zaki dostonlari (“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy tilda ifodalanishi   xususida fikr  yuritiladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

57

SHIMOLIY XORAZM OG‘ZAKI DOSTONLARI LEKSIK

BIRLIKLARNING SOTSIOPRAGMATIK TALQINI

Xalmuradova Jamila Ermetovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

shimoliy

Xorazm og‘zaki dostonlari

(“Xirmondali” va “Qirq minglar”) ning turli baxshilar tomonidan ijro etilgan variantlari
tilidagi leksik birliklarning sotsial aspektiga oid tushunchalarning adabiy tilda
ifodalanishi xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Doston, turkum, leksika, sheva, leksik birlik, semantik, sotsial,

sub’ektiv baho, belgi, xususiyat, harakat, holat, vaqt, o‘rin.

Annotation

:

This article describes the expression of concepts related to the social

aspect of lexical units in the language of variants of Khorezm epics (“Hirmondali” and
“Kirk Ming”) performed by various folk singers in the literary language.

Key words:

Epic, category, vocabulary, dialect, lexical unit, semantic, social,

subjective assessment, character, feature, action, state, time, place.


Shimoliy Xorazm dostonlari leksikasi boyligi va rang-barangligi bilan ham

diqqatni jalb etadi. Ularda ijtimoiy turmushning turli sohalariga oid ko‘plab so‘zlar
uchraydi. Bu so‘zlarning ba’zilari adabiy tilda uchramasligi va qayd etilmagani bilan
xarakterlidir.

Olimlarimiz bunday so‘zlarni adabiy tilga olib kirish zarurligini ta’kidlab

o‘tganlar.

1

Shu nuqtai nazardan biz tadqiq ob’ektimizda mavjud bo‘lib, adabiy tilda

qayd etilmagan ayrim so‘zlarni bu o‘rinda imkon doirasida izohlashga harakat qildik.

To‘ppoz

-

to‘p + boz

- mohir to‘p otuvchi, to‘p otishning ustasi: Bularding ichinda

yetti ming Loyxo‘r, bir

to‘ppozi

bor edi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 23).

So‘na

- o‘rdak: Man bir

so‘na,

ko‘ldan ko‘la porlayin uchsam, netasan? (Xo‘jyoz

baxshi, Xirmondali:70).*

Shamxol

- qadimgi og‘ir miltiq: Karam Sulton botirni yanga aytganiday etib

bog‘ladilar. Yag‘rinina ikki botmon ko‘hna

shamxol

olib kelib taqdilar (Ahmad

baxshi, Qirq minglar.20). Xudoybergan baxshi variantida bu so‘zga savol tug‘ilishi
e’tiborga olinib, matnning o‘zida izoh berib o‘tilgan: “Yag‘rinima ham ikki botmon
ko‘na

shamqol

olib kelib, taqing”, - dedi.

(Shomqol

degan miltiq

bo‘lar edi, og‘irligi. ikki botmon kelar edi) (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 21).
Ayrim o‘rinlarda dostonda uchragan, yig‘indagi tinglovchilarga notanish

_________________________________________________________________

*

Aslida Xo‘janiyoz baxshi Vais o‘g‘li bo‘lgani holda biz mahalliy xalqda urf

bo‘lgan va asl nusxada keltirilgan Xo‘jyoz baxshi ko‘rinishini saqladik.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

58

so‘zlar baxshi tomonidan ko‘pincha matnning o‘zida bir so‘z bilan, ya’ni o‘sha

so‘zning muqobili bilan izohlab ketilgan. Bundan xulosa shuki, ijrochi o‘z
tinglovchilarining kimlar va qaysi hududga mansubligini ham hamisha e’tiborda tutgan.

Ehtimol, mang‘itlik baxshilarning bir dostonni turkmanlar, qoraqalpoqlar,

o‘zbeklar orasida ham ularning tilida kuylay olganlari bunga sababdir. Masalan:
Karam Sulton aytdi: “Ikki quloch yip toping, bir uchini bo‘ynima, bir uchini otding

quyruqina (zig‘irig‘ina)

boylang, G‘irot hunkillaganda, yiqilib qolmin” (Xudirgan

baxshi, Qirq minglar. 21). Karam Sulton... G‘irotga bir

ta’zan (qamchi)

chakib,

tepildirib yubordi, G‘irot hunkillab-xunkillab ketdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar.
21).

Qo‘shoq - qo‘sh

(a+belb)

oq

(g‘)

- qo‘sha (ikki) o‘raladigan belbog‘, ya’ni belni

ikki-uch marta aylantirib o‘raladigan, odatda ikki-uch metr gazlamadan tayyorlangan
belbog‘. Qo‘shoqni qadimda belni mahkam tutib turishi uchun erkaklar beliga bog‘lab
yurishgan. Hozirda xorazmcha milliy raqs ijro etishda raqqoslar beliga bog‘lashadi.
Bundan tashqari, xorazmliklar udumiga ko‘ra, qo‘shoq to‘y kuni kuyovning beliga
bog‘lanadi va yangalar tomonidan yechib olinadi. Uni kuyovnavkarlardan birontasi
olib qo‘yadi, to‘ydan keyin o‘tkaziladigan ziyofat kuni yana kuyovga qaytariladi.

Pichoq aytur, men yarogam,

Qo‘shoq

ostinda turaram.

Yomon kuninda keragam,
Quchoqlashma bo‘lan chog‘da. (Xudirgan baxshi, Qirq minglar.10).

G‘oli (g‘ali)

- qimmatbaho gilam turi, masalan: Xiva g‘ali, turkman g‘ali. ...

dog‘ning chigilim (mayda) toshinnan bir g‘oli xurjunni to‘ldirib, og‘zina qulfni urdi
(Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 23).

G‘o‘ch

- yigitlarning ijobiy xislatlarini izohlaydi. Matndagi o‘rniga muvofiq

g‘ayratli, kuchli, zabardast, ishchan, bilimdon, navqiron, ko‘pchilikni o‘ziga ergashtira
oladigan so‘zamol, kelishgan, shirinso‘z ma’nolarini ifodalaydi. Hozirda uning er yigit,
haqiqiy yigit, yigitmisan yigit, yigitlarning xo‘rozi, yigitlarning sultoni kabi
sinonimlari ishlatiladi. Dostonlar tilida mard, qahramon ma’nolarida qo‘llanadi:

G‘o‘ch

yigitga tiydi davron,

Qizilboshga bo‘ldi armon.
Go‘ro‘g‘li aytur: Shoyimardon

G‘o‘ch

yigitting yo‘lin ochdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar. 25).

G‘o‘ch

yigit kirsa maydona,

To‘rtin sanchib, beshin go‘zlar.
Arab ot kirsa maydona,
Ucha dog‘lar boshin go‘zlar (Ahmad baxshi, Qirq minglar.19).


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

59

Dostonda bu so‘zning kichraytish va erkalash kabi sub’ektiv baho shaklida

qo‘llanishi ham kuzatiladi:

.

G‘o‘ch

qo‘zidan do‘nan qo‘zi

g‘o‘ch

bo‘lar,

G‘o‘ch

yigitdan

g‘o‘chchoq

do‘rar, sultonim (Xudirgan baxshi, Qirq

minglar. 2).

Durma

(qilich) -bu so‘z uzoq muddat ishlov berilib tuzatilgan, kichikroq hajmli,

xanjarga o‘xshash, yoysimon, keskir qilichni anglatgan: Go‘ro‘g‘li kissasinnan

durma

qilichini

chig‘arib, oboylab turdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 5). Bul so‘zdi aytgan

vaqtinda Go‘ro‘g‘liga quvvat paydo bo‘ldi, irg‘ib yerinnan turdi, kissasinnan

durma

qilichdi oldi Loyxo‘rning bo‘yninnan urib yubordi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar:
24).

Gandiz/g‘ondoz

- hayvonlar sonining yuqori qismi: Chaman yobining

gandizina

qars-qurs qo‘ndirib, to‘ppa-to‘g‘ri Laka poshsho, Hinkor poshshoning oldina borib
salom berdi (Ahmad baxshi, Qirq minglar: 17). Go‘ro‘g‘li chaman yobining

g‘ondozina

qars-qars ko‘ndirib keta berdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar:3).

Serdo‘pa

- boshning tepa qismi, boshlanish nuqtasi:

Chashmir aytur, mening ishim,
O‘n ikki poradir boshim,
Dubulg‘a bilan savoshim

Serdo‘padan

uran chog‘da (Ahmad baxshi, Qirq minglar. 20).

Eran / iran

- fazilatli, yetishgan,botir (116:505).

Ey yoronlar, musulmonlar.
Qizilboshlar maydon ochdi,

Iranlardan

yetti himmat,

Yazitlar

bosilib qochdi. (Xudirgan baxshi, Qirq minglar. 25).

Yazit

- Eronning markaziy qismidagi Yazid shahri aholisiga nisbat berish

asosida, shuningdek, mahalliy tilga moslab,

z

va

t

tovushlari orasiga

i

unlisi qo‘shilgan

bo‘lishi ehtimoli bor ( Yuqoridagi misolga qarang).

Anjomlashmoq

- bu so‘zni tabiblik asbob-uskunalari bilan yurgan ma’nosida,

umuman, kasbiga muvofiq narsalar bilan qurollanmoq ma’nosida tushunmoq kerak.
Masalan: Podsholikda

anjomlashib yurgan

tabiblar bir chuvol quloq-burunni chetga

chiqarib piyoz to‘kan yali etib, to‘kib tashladi (Ahmad baxshi, Qirq minglar.19). Bu
so‘z Xudoybergan baxshi variantida

jamlashib

so‘zi bilan almashtirilgan: Podsholikda

jamlashib

o‘tirgan tabib-doktorlarga poshsholar aytdi... (Xudirgan baxshi, Qirq

minglar: 24). Birinchi variantdagi

yurgan

so‘zi ikkinchi variantda

o‘tirgan

so‘zi bilan

almashganligi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlagan, asosiy voqea quloq-burun
yopishtirishga zarar yetmagan.

Yozdirmay

- qimirlashga, ketishga, umuman biror harakat qilishga imkon bermay

ma’nosiga ega: Qirq ot Go‘ro‘g‘lini ko‘rgannan davaragini qamab

yozdirmay


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

60

turavirdi (Xudirgan baxshi, Qirq minglar: 7).

Suxangarchiliq

- turli bahona, sabablarni ro‘kach qilib, ishning amalga oshishini

keyinga surish: Bu poshsho aytdi: Ay, Arslonboy! Bu qizing yetti yoshinnan o‘n sakkiz
yoshina chiqqanchalli uch yuz oltmshi polvon yigitlardi o‘ldirdi. O‘zi xon, o‘zi
poshsho bo‘ldi. So‘nginda Oshiq Oydin pirdan yengilganda, munga navchun

suxangarchiliq

qilasan? (Xo‘jyoz baxshi, Xirmondali: 56-57). Qisman, adabiy tildagi

safsatabozlik ma’nosiga ham to‘g‘ri keladi.

Zingmoq

– uloqtirmoq.

2

“So‘pilar, silar pirdi yo‘klab o‘tiribsanmi?”, - deb u

so‘pini unda urdi. U sallani unda

zingdi,

bu sallani munda

zingdi

(Xo‘jyoz baxshi,

Xirmondali:34). Bu tasvirlarda Go‘ro‘g‘lining bir oz chapaniligi o‘z aksini topgan.

Noymit

- bu so‘z ikki ma’noga ega: epchil, chaqqon; uddaburon; mug‘ombir:

Hasanxon urushdi ko‘p ko‘rgan

noymit

edi, qilich tiyinnan . qochdi (Xudirgan baxshi,

Qirq minglar:13).

Irkilmaslik

- bu so‘zda adabiy tildagi bir necha so‘z va so‘z birikmalarining

umumlashma ma’nosi mavjud deb ko‘rsatish mumkin. Masalan, o‘ylanib o‘tirmasdan,
kutib turmasdan, ushlanmasdan, ikkilanmasdan, qayg‘urmasdan, qo‘rqmasdan,
bo‘lmag‘ur xayollarga bormasdan, xavotirlanmasdan kabi. Go‘ro‘g‘li oytti: “Mening
alomat qo‘porganimdi sho‘rdan bilasiz: qirq to‘rt poshshoning qirq to‘rt tuvi bor,
shulardan bir tuv yig‘ilsa,

irkilmay

boravering” (Xudirgan baxshi, Qirq minglar:17).

Ho‘ngkullamak

- otning orqa oyoqlari bilan yuqori ko‘tarilishi, shattalashi:

Karam Sulton G‘irotni bir dapishtirib qo‘ya berdi. G‘irot Karam Sultonni ko‘kka otib,

ho‘ngkullamakka

qaradi (Ahmad baxshi, Qirq minglar: 22). “Men mingannan keyin

bir arqon topib, ikki oyog‘imni otning bag‘rining teyindan bog‘lang

ho‘ngkullaganda

yiqilib qolmayin”, - dedi (Ahmad baxshi, Qirq minglar: 21).

To‘pilmoq

- qurol o‘qtalmoq, hamla qilmoq: Poshsholar askarlariga: “

To‘piling

zang‘arning ustina!” - deb buyurdi. Askarlar birdan

to‘pildi

(Xudirgan baxshi, Qirq

minglar:24).

Shimoliy Xorazm dostonlarining o‘ziga xos leksik birliklaridan biri

zang‘ar

so‘zidir. Bu so‘z doston matnidagi dialoglarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llanadi. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da unga shunday izoh berilgan: (f-t) so‘k. “Bachchag‘ar,
la’nati”.

3

Mulohaza qilib ko‘rilsa, bu so‘zning fors-tojik tilidagi asl ma’nosidan

siljigani hisobga olinsa, izoh to‘g‘ri berilgan. Uning asl ma’nosi xotini g‘ar

sifatida

tushunilishi zarur. Doston tilida beg‘araz bir murojaat sifatida qo‘llanishidan uning
bosh ma’nosi unutilgan deb hisoblashimiz mumkin. Misollarga e’tibor bering:

Xabarni besh otlidan so‘ra. Shul borishda Inkor poshsho, Laka poshsholarning

oldiga bordi. Poshsholar ko‘rib aytdi:

-

Xabaringni ber!

-

Avlodi kuygur Go‘ro‘g‘lining yurtina bormang, - dedi.

-

Ha, ne bo‘ldi,

zang‘ar?


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

61

-

Bir qo‘sh solib yurgan do‘g‘masining etgan holi shu, - dedi. (Ahmad baxshi,

Qirq minglar.5).

Unda Xunxor aytdi:
-

Zang‘ar

,

sen turkman uli, gapingni topding! Sening gunohingdan o‘tdim.

Seni ko‘p sozanda-shoir deb eshitar edim... (Axmad baxshi, Qirq minglar. 20).

Bu so‘z erkak kishining nutqida ayolga nisbatan ham, ayolning nutqida

erkakka nisbatan ham qo‘llanaveradi:

Qirmondali oytti:
- Sen, shappotdek bo‘lip, bizding onamizg‘o ham, o‘zimizg‘o ham oshiq bo‘lip

keldingma?

Unda Karam o‘g‘lon oytti:
-Ey

zang‘ar,

sen tushunmay o‘tiroson. Men: “Oshiq bo‘ldim onasining

qizina”, - dedim (Xo‘jyoz baxshi, Xirmondali: 40).

Ko‘ro‘gli so‘zi:
- Biza yo‘l oziq besh-olti bo‘sa berib yuvor!
-Ey

zong‘ar,

man sanga bo‘sa bermasman...(Xo‘jyoz baxshi, Xirmondali: 18).

Zang‘ar

so‘zi gapda boshqa vazifalarda ham qo‘llanadi:

Ko‘ro‘g‘li poyondozg‘ada qaramadi. Poyondozdanam otlab, siyrib boravirdi.

Qirmondali oytti: "Kampirim oytib keldi, bir ayvi bor dep. Bu

zang‘arding

turmushi

ayb akan" (Xo‘jyoz baxshi, Xirmondali:10).

Go‘ro‘g‘lining bu so‘zi Xunxorning qulog‘ina bordi. Xunxor aytdi:
-Bu

zang‘arning

G‘iroti o‘ziga munosib ekan. Bu G‘irotni o‘ziga olib

borib bering... (Ahmad baxshi, Qirq minglar. 22).

Demak, bu so‘z Shimoliy Xorazm dostonlarida fors-tojik tilidagi ma’nosidan

siljigan holda qo‘llanadi. Uning bu xususiyatini ayolga nisbatan ham, erkakka nisbatan
ham qo‘llanishi tasdiqlaydi.

Mazkur holat respublikamizning boshqa dostonchilik maktablari vakillari ijodi

bilan qiyoslanganda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ularda

zang‘ar

so‘zining ayni

funksiyasini

bachchag‘ar

so‘zi bajarar ekan. Bu so‘zning takdiri ham zang‘ar

so‘zining qismatiga o‘xshash. Chunki, bu so‘zning ma’nosi fors tilida

g‘arning bolasi

ma’nosiga ega bo‘lib, dostonda bu ma’noda ishlatilmaydi, bu so‘zning ma’nosida ham
siljish ro‘y bergan, u dostonda

la’nati

ma’nosida qo‘llanadi. Ergash Jumanbulbul

o‘g‘lining "Ravshan" dostonidan keltirilgan quyidagi misollar bunga dalildir:

Og‘a Yunus pari: - Ey bolam, Avazxonni nega urushasan? Menga aytgin, anglab

bilib olayin, - desa, bola har o‘ksiydi, gapirolmaydi.

-E ena! Avazning qiziga bovam Go‘ro‘g‘libek sovchi bo‘lib borgan ekan. Avaz:

- Qizimni bermayman, mening tengim emas, - deb, bizni quzg‘un, o‘zini lochin tutdi.

Bachchag‘ar

,

Avaz, bizdan ortiq bo‘lib ketibdi.

Ravshanbek buni ko‘rib, hushi uchib: "O‘bbo,

bachchag‘ar kampir

,

otam


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

62

aytgan mastonning o‘zi ekan, bo‘lmasa, bu

bachchag‘ar

ko‘pkari chopadi

debmiding..."

Unda jallodlar, mirg‘azablar: - Mana bunga qara,

bachchag‘ar

,

Shirvonday

yurtda shunday bir o‘zbek yo‘qmikan?- deb jo‘nadi.

5

Ko‘rinadiki, Xorazm dostonlarida adabiy tilda qayd etilmagan leksik

birliklar anchagina. Ular doston tilida asosan, nominativ-tasviriy vazifa bajaradi,
dostondagi shaxslar, voqea-hodisalarni, ularning belgisini va harakatini bildiradi,
xarakterlaydi. Xullas, ijrochi bilan tinglovchi tomoshabinlar o‘rtasidagi muloqotni
ta’minlaydi. Ularning ko‘pchiligi tilimiz tarixini, undagi o‘zgarishlarni, shevaviy
xususiyatini o‘zida aks ettiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek shevalaridagi leksik mosliklar va ularning adabiy
tilga munosabati//Uzbek shevalari leksikasi. -Toshkent, 1966.-B. 17.
2. Abdullaev F.A. Xorazm shevalari. -Toshkent: Fan, 1961. -346 b.
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 t. - Moskva: Rus tili, 1981. -715 6.
4. Abdurahmonov X. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining sintaktik xususiyatlari
bo‘yicha kuzatishlar. -Toshkent: Fan,1971. -184 b.
5. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Ravshan.- Toshkent: Fan,1976. -208 b.

Bibliografik manbalar

Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek shevalaridagi leksik mosliklar va ularning adabiy tilga munosabati//Uzbek shevalari leksikasi. -Toshkent, 1966.-B. 17.

Abdullaev F.A. Xorazm shevalari. -Toshkent: Fan, 1961. -346 b.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 t. - Moskva: Rus tili, 1981. -715 6.

Abdurahmonov X. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining sintaktik xususiyatlari bo‘yicha kuzatishlar. -Toshkent: Fan,1971. -184 b.

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Ravshan.- Toshkent: Fan,1976. -208 b.