Mualliflar

  • Baxritdinova Dilobar Zaynitdinovna
  • Karimova Lobar Lutfulloyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114678

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ijodkorlik kreativ fikirlash ijodiy tafakkur o’quvchilar faoliyati mustaqil fikrlash inter faol metodlar erkin fikr muhit darsda ijodkorlik.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shunindek kreativ fikrlash tushunchasi, uning komponentlari hamda zamonaviy ta’limdagi o‘rnini tahlil qilinishi, boshlang’ich sinf o’quvchilarda kreativ (ijodiy) fikrlashni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

45

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV

FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH

Baxritdinova Dilobar Zaynitdinovna

"Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi

katta o‘qituvchisi. SHDPI

E-mail:

baxritdinovad@gmail.com

Karimova Lobar Lutfulloyevna

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi

E-mail:

karimovalobar0715@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ

fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy
ahamiyati yoritilgan. Shunindek kreativ fikrlash tushunchasi, uning komponentlari
hamda zamonaviy ta’limdagi o‘rnini tahlil qilinishi, boshlang’ich sinf o’quvchilarda
kreativ (ijodiy) fikrlashni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Ijodkorlik, kreativ fikirlash, ijodiy tafakkur, o’quvchilar faoliyati

,mustaqil fikrlash,inter faol metodlar , erkin fikr muhit ,darsda ijodkorlik.

Annotation:

This article highlights the theoretical foundations, methodological

approaches, and practical significance of developing creative thinking in primary
school students. The concept of creative thinking, its components, and its role in
modern education are analyzed. The psychological and pedagogical foundations of
fostering creative (innovative) thinking in primary school students are discussed in
detail.

Keywords:

Creativity, creative thinking, creative reasoning, student activity,

independent thinking, interactive methods, free-thinking environment, creativity in the
classroom.

KIRISH.

Har bir oʻsib kelayotgan yosh avlod kelajak umidi hisoblanadi yosh

avlodga ham ma'nan, ham jismonan toʻgʻri tarbiya berilsa, yurtning ravnaqi uchun
kerakli shaxs boʻlib yetishadi. Kreativlik (ing "create -yaratish, "creative-yaratuvchi,
ijodkor) kabi ma'nolarni anglatadi. Kreativ fikrlash bu-odatiy fikrlardan tubdan farq
qilgan, noodatiy jihatlari koʻp boʻlgan fikr, mulohazalar yigʻindisi. Kreativ fikrlash
jamiyatning yuksalishi, taraqqiy topishida muhim ahamiyat kasb etadi .

Kreativlik-shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining

ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojiantirish omili, shaxsiy jonbozlikning
asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi
g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplami yangilik yaratish jarayonini isloh


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

46

qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish
boshqarishning murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli,
balki ong osti tushunchalari paydo boʻladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kreativ fikrlash jamiyatning yuksalishida muhim roʻl oʻynaydi. Kreativ fikrlash

oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, mushohada yuritish va ijodkorlik qobiliyatlarini
shakllantiradi. Ijodkorlik bu yaratish demakdir. Yaratish-ixtirodir. Insoniyat
tomonidan kashf qilingan ixtirolar, butun jamiyat yutugʻidir. Kreativ fikrlash orqali,
dars jarayonlaridan kelib chiqadigan qoida va xulosalarni oʻquvchilarga yodlatish
emas, balki izlanish va kashfiyotchilik qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash orqali
mustahkam

bilim

egallashlariga

erishish

mumkin.

Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev oʻz nutqlarining birida quyidagi fikrlarni
keltiradilar. “Bugungi kunda bolalarimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish muhim. Ayniqsa, ular tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoada ishlash va
muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Chunki aynan shu ko‘nikmalar kelajak
avlodni har tomonlama yetuk, raqobatbardosh shaxs qilib tarbiyalaydi”. Darhaqiqat,
yoshlar bilimli, tarbiyali va ilm olishga tashna boʻlsa, vatan ertasi uchun oʻzlarining
beqiyos hissalarini qoʻshadilar. O‘tgan asrning 60-70 yillari pedagogikada kreativlik
muammosini o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘Idi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan
pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni,
balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod
faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandiIar.

Kreativlik so‘zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan

qo‘llanilgan. K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror
narsa, voqea, holatni ifoda etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi. Kreativlik
bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir.
Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib
va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-

quvvatlash;

2) bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Kreativ fikrlash — bu o‘quvchining mavjud bilimlarini yangi sharoitlarda qo‘llay

olishi, mustaqil fikr yuritishi, noodatiy yondashuvlar orqali muammolarni hal eta
olishidir. Boshlang‘ich ta’limda bu qobiliyatni rivojlantirish uchun interfaol
metodlardan: aqliy hujum, klaster, sinkveyn, rolli o‘yinlar, muammoli savollar va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

47

guruhli ishlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimining
asosiy maqsadi – mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondasha oladigan, tashabbuskor
shaxsni shakllantirishdir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning
kreativ fikrlash salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu yosh
davrida tafakkur, tasavvur, emotsional-irodaviy faoliyat faol shakllanadi.

XX asrning 50 yillarida ingliz-amerika psixologlarining izlanishlarida kreativlik

deb nomlanadigan (creatio - lotincha “yaratish”) alohida qobiliyatlarni o‘rganish katta
ko’lamda qiziqish uyg‘otmoqda. Kreativlikni alohida o‘rganishga an’anaviy intellekt
testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida aloqaning mavjud
emasligi haqidagi ma’lumotlarning aniqlanishi turtki bo'ldi. E’tirof etilishicha,
kreativlik ma’lum masalaning yechimini topishdagi axborotlarni tez sur’atda
foydalanish qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni
intellektga bog'liq bo‘lmagan holatda - individning yangi tushunchalar yaratuvchi va
shakllantiruvchi yangi malakalari sifatida o‘rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy
ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda olib
boriladi;

1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masalalarini va kreativlik bilan

bog’liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni o‘rganadi.

2-yo‘nalish. Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi kreativlikning asosiy

aspekti ekanligi. Shaxsga va uning motivatsion chiziqilariga urg‘u berilishi bilan
tasniflanadi.

Psixolog J. Guilford kreativ fikrlashni divergent tafakkur deb ataydi, ya’ni bir

muammoning bir nechta ijodiy yechimini topishga asoslangan fikrlash shakli.
Shuningdek, oilaviy va maktab muhiti oʻrtasidagi hamkorlik ham kreativ salohiyat
rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar va oʻqituvchilar oʻrtasida muntazam
axborot almashinuvi, bolalarning ijobiy tomonlarini muhokama qilish, umumiy rivojga
qaratilgan rejalarning ishlab chiqilishi — ijodkorlik uchun sogʻlom poydevor yaratadi.
Intellektual faktorlarni ta’limiy yo‘nalishlarda qo‘llanilishida, kreativlikni o‘rganish,
baholashda 1950 yillarda J.Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual
qobiliyatni ajratib ko‘rsatadilar.

Xulosa

. Boshlangʻich ta’lim bosqichi – bu nafaqat o‘quvchilarga bilim berish,

balki ularning tafakkurini, dunyoqarashini va ijodiy salohiyatini shakllantirishning
muhim davridir. Aynan shu yosh davrda bola dunyoni faol kuzatadi, turli savollarga
javob izlaydi va mustaqil fikrlashga intiladi. Shuning uchun kreativ fikrlashni
shakllantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Kreativ fikrlash — bu insonning
yangicha qarash, muammolarga noodatiy yondashish, mavjud ma’lumotlarni original
tarzda qayta ishlash va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatidir. Zamonaviy jamiyatda
kreativ tafakkur inson shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatining muhim omillaridan biriga
aylangan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

48

Boshlang’ich ta’lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim

turidan biri bo’lib, bunda pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklatiladi.
O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt
ichida o’qib o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta sekin rivojlanib
boradi. O’qituvchilar o’quvchilar bilan birgalikda ish yuritib, ularning har birining
fikrini inobatga olishi va buni o’quvchiga bildirish orqali o’quvchilarning kreativ
bo’lishlariga erishish mumkin. SHuningdek, o’quvchilarning kreativ fikrlashlarini
rag’batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantirish
mumkin .

Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘qituvchining did bilan tanlangan metodlari,

individual yondashuvi va o‘quvchilar bilan erkin muloqotga kirishishi bu jarayonning
muvaffaqiyatli kechishida muhim o‘rin tutadi. Kreativ fikrlashga ega o‘quvchi esa
kelajakda innovatsion tafakkurga ega, yangilikka ochiq, raqobatbardosh shaxs bo‘lib
shakllanadi. Shu bois, boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirishga ustuvor
e’tibor qaratish zamonaviy ta’limning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz”. - T.: “O’zbekiston “, 2017 yil, 488 bet.
2. Umumiy pedagogika . - Т .: « Fan va texnologiya», 2018, 198- bet.
3. I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov. “Kreativ fikrlash”
. O’quv qo’llanma - Toshkent: “Innovatsiya - Ziyo”,2022,160b.
4. Guilford, J. P. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9)
5. Jo’rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar.
Muammoli ta’limga asoslangan o’quv - metodik qo’llanma. -T.:Fan, 2005, 66b.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. - T.: “O’zbekiston “, 2017 yil, 488 bet.

Umumiy pedagogika . - Т .: « Fan va texnologiya», 2018, 198- bet.

I.S.Xotamov, M.K.Olimov, G.R.Madrahimova, I.S.Foziljonov. “Kreativ fikrlash” . O’quv qo’llanma - Toshkent: “Innovatsiya - Ziyo”,2022,160b.

Guilford, J. P. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9)

Jo’rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’limga asoslangan o’quv - metodik qo’llanma. -T.:Fan, 2005, 66b.