“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
40
KITOBSEVAR BOLALAR O`ZGACHATARBIYA TOPADILAR
Qo`chqarov Mirzavali
Namangan viloyati pedagogi mahorat markazi maktabgacha,
boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya
Kitob mutolaasi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror
toptirishga, xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri
va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona -Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi
bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Jamiyatda
kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har
qanday faoliyatda maktab va oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan
maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi.
Kalit soʻzlar:
ma’no-mazmun, omil, ma’naviyat, tafakkur, mas’uliyat, PIRLS,
oila koʻmagi.
Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida
kitob oʻqishga mehr uygʻotishi uchun oʻzlari kitobxon boʻlishlari lozim.
Shavkat Mirziyoev
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlar – ulkan kuch” degan gaplari bilan
boshlasak. Hamma soha kabi bola hayotida kitobxonlik ham bogʻchadan soʻng
maktabning dastlabki davri muhim oʻrin tutadi. “Boʻladigan bola boshidan ma’lum”
degan dono xalqimiz. Shu boisdan ham, boshlangʻich ta`lim davri ta`lim jarayonidagi
eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning
dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Zero, yoshlar bizning
kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilgʻor davlatlar
darajasiga koʻtarish ularning bilimi, istedodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga
bogʻliq.
Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini
keltirish joizdir: ”Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini
odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim,
lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman”. Professor V.F.Asmus o'zining
”Kitobxonlik - mehnat va ijod” nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif
beradi: ”Mutolaa vaqtida asar bir ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon
miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi”.
”Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To'xtaboуev,- kitobxonlik fan
darajasiga ko'tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
41
o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini
anglashni o'rgatish hamdir”.
Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rolini oshirish orqali fuqarolarimizning,
ayniqsa, mamlakat yoshlarining ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol etib
tarbiyalash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi g‘oyasi orqali yuksak
fuqarolik mas’uliyatini his qilish, anglash va jamiyatga daxldorlik tuyg‘usi bilan
yashashga muntazam da’vat etish nafaqat pedagoglarning, balki barchaning su
jumladan ota-onalarning ham maqsadi boqlishi zarur.
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini
avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni
charhlaydigan, aql bulogʻini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk moʻjizadir.
Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyatining maʻnaviy taraqqiyotidagi beqiyos
va bebaho oʻrni qadimdan hammamizga maʻlum. Kitob dunyoni tanitish, bilim berish
bilan birga goʻzallikka muhabbat uygʻotish, undan zavqlanish, yovuzlikdan
nafratlanish tuygʻusini ham paydo qiladi.
Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga
nihoyatda murakkab va masʻuliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning
oʻzi ham yuksak didga ega va ma’rifatli va bilimli boʻlishlari kerak. Afsuski, hozirgi
ota-onalarimiz ana shu mas’uliyatni ham, ma’rifatlilikni ham unutib qoʻymoqdalar
maktabdagi jarayonlarni ham bir tomonlama tahlil qilib, faqat bir tomondan
yondashishni ma’qul koʻrmoqdalar. Biz kattalar koʻp hollarda oʻrnak boʻlishimiz
kerak.
PIRLS tadqiqoti natijalarida ham shu narsa ayon boʻldiki, ota-onalari kitob
oʻqiydigan bolalar ota-onalari kotob oʻqimaydigan bolalarga qaraganda anch koʻp bal
toʻplaganliklari ham ota-onalarning kitob oʻqishdagi shaxsiy namunasi bolalarga qay
darajada ta’sir etishi mimkinligini koʻrsatib turibdi. Shuning uchun ham farzandining
kitob mutolaa qilishini nafaqat nazorat qiish, balki oʻzlari oʻqib berishlari lozim deb
oʻylayman. Kitob bolaning ma’naviy boyishi, aqliy, estetik oʻsishga yoʻllashi uchun
dastlabki turtki oilada bolaga oʻqib berilgan birinchi kitob boʻlsa, ikkinchisi, bola otasi
va onasining oʻqishini eshitib, badiiy obrazlar goʻzalligini tasavvur qilishi, kitob bilan
ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi oʻsmirlik davrida uning
ma’naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, oʻyin, musiqa, bolalar ijodi bilan bogʻliq
boʻlib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, oʻsmir hayotini
ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, oʻyin va musiqasiz tasavvur etish qiyin.
Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-
hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini
tushunadigan aql-zakovatli maʻnan barkamol shaxs boʻlib yetishishiga yordam beradi.
Sakkinchi moʻjiza sifatida eʻtirof etiladigan kitob inson qalbining chinakam hamrohi,
aql va fikr qayrogʻidir. Shiddat bilan taraqqiylashib borayotgan globallashuv asrida,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
42
jilovlab boʻlmas axborotlar oqimi davrida yashayapmiz. Rango-rang, inson ong-u
tafakkuriga tez ta’sir eta oladigan gʻoyalar, fikrlar shu qadar koʻpki, ularni “hazm
qilishimiz” oson boʻlmaydi. Saragini sarak, puchagini puch deydigan eng muruvvatli
ustoz bu – yaxshi kitoblardir.
Darhaqiqat, shaxs takomilida oilaviy muhit, oilaviy qadriyatlar asosiy
vosita rolini oʻtaydi. Ota-onaning ma’naviy darajasi, axloqiy qarashlari bevosita
farzandga ham koʻchib oʻtadi, farzandlar shaxsiyatida aks-sado beradi. Binobarin,
kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat ham inson maʻnaviy tafakkurini, tarbiya
ahvolini namoyon qiluvchi muhim xususiyatlar sirasidandir. Kitob dunyosiga oshufta,
adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi oʻzidagi bu tuygʻu va
fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli
yuqori. Kitobxon ota-onalarning farzandi ham kitobga oʻzgacha mehr koʻrsatadi, bu
ma’naviyat xazinasiga tabiiy qiziqish va intilish tuyadi. Shu bois kitobxon avlod
tarbiyasida, avvalo, ota-onaning tarbiyali boʻlishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi
muhim zaruriyatdir.
Oila kitobxonligi bu - oila aʻzolarining aql-zakovati va yuksak ma’naviyatini
shakllantiruvchi, inson ma’naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda
uni zaruriyatga aylantirishning ma’lum tizimidir. Bu tizim oʻquvchilarning aqliy,
ma’naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat boʻlib, oʻzbek oilalarining
kitobxonlikka doir boy an’anasi va hozirgi davrda toʻplangan boy tajribasiga
asoslanadi.
Oʻquvchilar rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan
foydalanishda quyidagi omillarga eʻtibor berishlari lozim deb oʻylayman:
1. Oʻquvchilarda kitob oʻqish ishtiyoqini shakllantirish. Nihoyatda murakkab
boʻlgan bu masala oʻquvchilarning kitobxonlikka boʻlgan munosabatini belgilaydi.
Tan olish kerak, oʻquvchilarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu
ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yoʻli ota-onaning yordamga kelishidir.
Maktabda oʻqituvchi, uyda ota-ona bolada kitob oʻqish koʻnikmasini hosil qilishi
kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya’ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning
kamolot darajasiga mos boʻlgan kitoblar tanlash qoʻl keladi.
2. Kitob tanlashda oʻquvchning ma’naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-
onaning oʻquvchiga kitob oʻqish koʻnikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob
tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos boʻlgan adabiyotlarni keng
targʻib qilish oʻquvchilarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning
yetuk, barkamol insonlari boʻlib etishishi uchun va ma’naviyatining yuksakligi bilan
oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi.
3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. Oʻqituvchi, ota-ona oʻquvchini kitobxonga
aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yoʻlini tutishi kerak. Boshlangich
bosqichlardanoq oʻquvchining ma’naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
43
dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu
tajriba Amerika taʻlim tizimida oʻzini oqlagan
4. Kitobni tahlildan oʻtkazish. Jamiyatimiz erkinlashib, demokratlashib borgan
sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kela boshladi. Tabiiyki, bu hol turli
saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab boʻlmoqda. Shu maʻnoda ota-ona bola
uchun kitob tanlayotganida kitobning maʻno-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis
koʻrigidan oʻtkazib olishi maqsadga muvofiq.
5. Kitob oʻqishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya
jarayonining natijasi boʻlgan kitobxonlik bilan koʻproq qiziqishi kerak. Shu ma’noda
oʻquvchilar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali
jihatlaridan biridir.
Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, oʻquvchilarning yoshi, ruhiyati,
qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi
kerak. Shu bilan birga bola oʻqiyotgan har bir badiiy asarning tarbiyaviy jihatlariga
ham eʻtibor berish zarur.
Boladagi barcha tarbyaviy hislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik
ham oʻz oilasi a’zolari koʻmagi va taʻsirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning
yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a’zolarning kitobga, oʻqishga
munosabati katta ta’sir koʻrsatadi. Ota-ona kitobga munosabat va uni oʻqishda oʻz
farzandlariga oʻrnak boʻlishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida
shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda oʻqish va ularni muhokama qilish; ota-
onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini soʻrash, bu fikrni
bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni oʻrganish muhimdir.
Shu oʻrinda oʻquvchilarni mustaqil kitobxonlikka qiziqtiruvchi bir-ikkita
texnologiyalarini ham tavsiya etmoqchiman.
“Begona soʻz” usuli.
Bu usul uchun biror bir she’r yoki matn asos qilib olinadi.
Oʻquvchilar berilgan vaqt ichida jadvalda berilgan 4 ta soʻzdan matn yoki she’rda
uchramaydigan soʻz yoki soʻzlarni topishi talab qilinadi.
Ikkinchi tavsiya etilayotgan usul
“Boshlab berish” usuli.
Bu usulda oʻqituvchi biron bir matnni oʻqib beradi. Voqea eng qiziqarli jarayoni
kelganda oʻqituvchi oʻqishni toʻxtatib qolgan qismini mustaqil oʻqib kelishga
topshiradi. Keyingi gal oʻquvchilar voqea qanday davom etganligini oʻqituvchi bilan
birga mihokama qiladilar.
Uchinchi tavsiya etilayotgan usul
“Kim koʻp soʻz eslab qoldi” usuli.
Bu usulda oʻquvchilarga biron bir badiiy matn oʻqib eshittiriladi. Soʻng
oʻquvchilarga matnda ishtirok etgan soʻzlar yozigan qogʻozchalardan terib olishlari
aytiladi. Bunda oʻquvchilar qoʻllarini ishlatmasdan soʻzlarni yigʻishlari kerak.
Har uchchala usul ham oʻquvchilarni mustaqil kitobxonlikka qiziqishlarini
oshirish uchun samarali deb hisoblayman.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-84, Issue-1, June -2025
44
Komil insonni voyaga yetkazishda boshlangʻich ta’lim,shubhasiz, poydevor
vazifasini oʻtaydi. Bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda
ajdodlarimiz yaratgan betakror odob-axloq qoidalar doir bilimlarni oʻrgatish,
e’tiqodiga aylantirish, komillikka yoʻnaltirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun
birinchi navbatda, oʻquvchini oʻqish, bilim olishga ishtiyoqini oʻstirish, ularning
ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi
boʻlgan farzandlarni munosib tarbiyalagan boʻlamiz.
Badiiy asarlar orqali o’quvchilarni nutqini va tafakkrini o’stirish, bolalarda
kitobga muhabbat uyqotish, ya'ni kitobni sеvuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan
chuqur fikrlovchi, sеrmulohaza kitobxonlarni aylantirishtirish, o’quvchilarda atrof-
muhit haqidagi bilimlarni kеngaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash
elеmеntlarini shakllantirish va axloqiy estеtik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalashimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Kitob
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi toʻgʻrisida»gi qarori,2017-yil 12-yanvar.
2.
Qayumxoʻjaеva Y. Oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
imkoniyatlari. Toshkеnt: Fan, 2007- yil
3.
Azimov A, Umirova A. Kitobxonlik va mutolaa madaniyati. Hurriyat. 2017.
25.01.
4.
Alijonova S. Oʻzini hurmat qilgan kitob oʻ qiydi: (Kitob va kitobxonlik
toʻgʻrisida). Maʻrifat, 2017. 14 yanvar
5.
Jumaniyozov R. Mutolaaga mеhr bolalikdan uygʻonsin. Hurriyat, 2017. 1-feval.