Mualliflar

  • Mirjalol Juraqulov Sunnatillo o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114685

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Turk jamiyat bosqin qatag‘on milliylik madrasa teatr tarjimon inqilob vazir harakat jamiyat.

Annotasiya

Annotatsiya:    Ushbu maqolada domla Abdurauf  Fitratning mamlakatimiz hududida va boshqa mamlakatlardagi ilmiy hamda sisyosiy jabhalarda yuritgan faoliyatlari va amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumotlar berildi.Maqolani tayyorlash uchun ham mahalliy hamda xorijiy manbalarga murojaat qilindi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

13

ABDURAUF FITRATNING IJODIY, ILMIY VA SIYOSIY FAOLIYATLARI

Mirjalol Juraqulov Sunnatillo o‘g‘li

BuxDU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

yo‘nalishi 1-kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada domla Abdurauf Fitratning mamlakatimiz

hududida va boshqa mamlakatlardagi ilmiy hamda sisyosiy jabhalarda yuritgan
faoliyatlari va amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumotlar berildi.Maqolani tayyorlash
uchun ham mahalliy hamda xorijiy manbalarga murojaat qilindi.

Kalit so‘zlar:

Turk, jamiyat, bosqin, qatag‘on, milliylik,madrasa, teatr,tarjimon,

inqilob,vazir, harakat, jamiyat.

Аннотация:

В данной статье освещаются творческий путь, научные

изыскания и политическая деятельность Абдурауфа Фитрата как в пределах
нашей страны, так и за её пределами. Особое внимание уделяется его вкладу в
развитие общественной мысли, культуры и просвещения. Материал подготовлен
на основе как отечественных, так и зарубежных источников, что позволило
всесторонне осветить рассматриваемую тему.

Ключевые слова:

Тюрк, общество, вторжение, репрессии, национальная

идентичность, медресе, театр, переводчик, революция, министр, движение,
сообщество.

Annotation:

In this article, information is provided about creative, scientific and

political activities done by Abdurauf Fitrat in our and other countries, as well as his
accomplishments. For preparing the article, both local and foreign sources were used.

Keywords:

Turk, society, invasion, repression, nationality, madrasa, theatre,

translator, revolution, minister, movement, society.

KIRISH

Tarixdan yaxshigina ma’lumki XIX asrning oxiri hamda XX asrning boshlarida

Turkiylarning o‘chog‘i[1,2] bo‘lgan Turkistondagi siyosiy va ijtimoiy holat turli xil
voqealarga boy bo‘lgan. Xususan, bu davrlar Turkiston turklarining o‘zaro
kelishmovchiliklari, birinchi jahon urushi muammolari, “Yosh Buxoroliklar” kabi bir
qator jamiyat a’zolarining qatl qilinishi, Chor Rassiyasining bosqini, Turkistondagi
inqiloblarning yuzaga kelishi, hamda ziyoli qatlamning qatag‘on qilinishi kabi bir qator
qonli voqealarga to‘la bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz.

Yuqorida sanab o‘tilgani kabi u davrlar tahlikali va odamlar o‘z jonlarini

saqlashni o‘ylaydigan bir zamon hisoblangan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu
davrda fan va ma’daniyat sohasiga oid bo‘lgan bir qator jamiyat va tashkilotlar o‘z
faoliyatlarini olib borgan. “Jamiyat-i Tarbiya-i Atfol”, “Yosh Buxoroliklar”, harakati,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

14

“Yosh Buxoroliklar Inqilob Partiyasi”, “Yosh Buxoroliklar Birligi” dasturi hamda
“Chig‘atoy Gurungi” jamiyati kabi ko‘plab birlik va jamiyatlar vatanparvar, milliylik
tarafdorlari bo‘lgan jadidlar tarafidan tashkil qilingan. Jadidlar harakatining ilg‘or
yetakchilaridan biri domla Abdurauf Fitratdir.

ASOSIY QISM

O‘zbekistonning

birinchi akademigi, Prof.Dr. jadidlar harakatining

yetakchilaridan biri, shoir, nosir, daramaturg,musiqashunos, olim hamda davlat arbobi
domla Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat o‘z faoliyatini ijodiy, ilmiy hamda siyosiy
maydonlarda olib borgan.

Ustoz Abdurauf Fitrat mamlakatimiz bo‘ylab hozirgi Buxoro, Samarqand,

Toshkent hamda Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ilmiy va siyosiy faoliyatlarini
olib borgan. Shu bilan bir qatorda ushbu faoliyatlarni amaldagi Turkiya hamda Rossiya
mamlakatlarida ham davom ettirgan.

Domla ona shahri Buxoroda Mir Arab madrasasini bitirgandan so‘ng, o‘z

davrining jadidlari yordami bilan 1909-yili Turkiyaning Istanbul shahridagi Istanbul
Universitetiga o‘qishga yuboriladi. “

Buxoroda yangi boshlang‘on jadidlar harakatiga

qarshilik ham qildim. So‘ngralari jadidlar harakatiga oralandim. U zamondagi
zehniyatning ta’siri va eski jadidlarning tashviqi va yordami bilan Turkiyaga tahsil
uchun bordim

”[2,245], deya domla o‘z xotiralarida eslab o‘tadi.Keyinchalik 1913-yili

Istanbul Universitetining Adabiyot Fakultetini bitiradi[3,42].Turkiyada ta’lim olgan
yillarida Fitratning dunyo qarashi, siyosiy hamda adabiy fikrlari o‘zgaradi.

Ushbu o‘zgarishlarning natijasi Fitrat Buxoroga qaytganidan so‘ng boshlagan

teatrchilik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.Hamda “Yosh Buxoroliklar”ning
jamiyatiga bevosita qo‘shilgan domla Fitrat Buxoro, Samarqand kabi shaharlarda jadid
maktablarini ochishga muvaffaq bo‘ladi.

1917-yilgi “Fevral inqilobidan” so‘ngra “Yosh Buxoroliklar inqilobi partiyasi”

quriladi[4,8] hamda Fitrat bosh kotiblik vazifasini bajaradi.

Jadidlar, Turkistonga yordam berish sharti bilan Sovetlar bilan kelishadi. Va

Buxoro Amirligiga qarshi muvafaqqiyatsiz to‘ntarishni amalga oshiradilar. Natijada
minglab “Yosh Buxoroliklar” qatl qilinadi. Fitrat esa, Toshkentga qochishga majbur
bo‘ladi[4,9].

Turkiston xalqlarining madaniyati, sanʼati, adabiyoti, tarixi, til va imlosi kabi

masalalarni hal qilish maqsadida, 1919-yili Fitrat domla yetakchiligida Toshkentda
“Chig‘atoy Gurungi” nomli jamiyat tuziladi.

Abdurauf

Fitrat

1919-1920-yillarda

Afg‘onistonning

Toshkentdagi

Elchixonasida tarjimonlik vazifasini bajaradi[5,22].

1920- yili Buxorodagi inqilobdan so‘ng Fayzulla Xo‘jayev boshchiligida

Buxoro Xalq Jumhuriyati tuziladi.Hamda Fitrat domla ushbu Jumhuriyatda 1921-23-
yillar oralig‘ida Xalq tashqi ishlar noziri, Xalq iqtisodi oliy sho‘rosi raisi hamda Xalq


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

15

maorif noziri kabi bir qator yuqori doiradagi lavozimlarda o‘z siyosiy faoliyatini olib
boradi.

1923-yilning 12-iyun sanasida SSSR KP Markaziy Komiteti kotibi Y.E.

Rudtzutak, Buxoro Xalq Jumhuriyati Maorif Nozirligi tafidan sotsializmga o‘tish
uchun yetarlicha harakat qilmayotganligi va sotsialistik san’at yuqori darajada tashviq
etmaganligi uchun domla Abdurauf Fitratni vazifasidan ozod qiladi[5,22].

1923-24- yillarda Moskvadagi Moskva Universiteti Sharq Tillari Institutida va

Sank Pterburg Universitetida turkiy, arabiy va forsiy tillarda darslar beradi.

1925-yilda esa, domla Fitrat Namangan va Farg‘ona bo‘ylab ilmiy safar

chog‘ida “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan nusxasini topishga muvaffaqt bo‘ladi
va bu manbani fanga ma’lum qiladi.

XULOSA

Domla Abdurauf Fitratning ijodiy va siyosiy faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz,

sohasining eng yetuk mutaxasisi ya’ni adabiyotshunosi bo‘lishi bilan bir qatorda
siyosiy maydonda ham o‘z faoliyatini olib borganligiga guvoh bo‘ldik. Avvalombor,
butun turkiy xalqlarning bayroqdori va yetakchisi sifatida ham ilm isnoni hamda
siyosat rahnamosi o‘laroq ko‘plab manfaatli ishlarni amalga oshirgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Nergis Biray, Sema Eynel. Abdurauf Fıtrat.kardeş kalemler Ayrılık Avrasıya

Edebiyat Dergisi,2025.

2.Abdurauf Fitrat. Chin sevish. T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at

nashriyoti,1996.

3. Vahit Celal. Abdurauf Fıtrat hayatı ve ilmî faaliyetleri.Çeşm-i Cihan: Tarih

Kültür ve Sanat Araştırmaları E - Dergisi,2018.

4. Yusuf Avcı.Fıtratın Hayatı va ilk Özbekçedeki dil bilgisi... Türk Dünyası Dil

ve Edebiyat Dergisi 22.Sayı.

5.Seyfettin Erşahin. Fıtrat'ın Türkistan için II. Meşrutiyet Mahrecli Tecdid

Teklifi Üzerine. bilig.Güz/2008







Bibliografik manbalar

Nergis Biray, Sema Eynel. Abdurauf Fıtrat.kardeş kalemler Ayrılık Avrasıya Edebiyat Dergisi,2025.

Abdurauf Fitrat. Chin sevish. T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti,1996.

Vahit Celal. Abdurauf Fıtrat hayatı ve ilmî faaliyetleri.Çeşm-i Cihan: Tarih Kültür ve Sanat Araştırmaları E - Dergisi,2018.

Yusuf Avcı.Fıtratın Hayatı va ilk Özbekçedeki dil bilgisi... Türk Dünyası Dil ve Edebiyat Dergisi 22.Sayı.

Seyfettin Erşahin. Fıtrat'ın Türkistan için II. Meşrutiyet Mahrecli Tecdid Teklifi Üzerine. bilig.Güz/2008