Mualliflar

  • Abduraximov Abbosbek Dilmurod o‘g‘li
  • Javxarov Oybek Zulfikorovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.114687

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: oq amur baliq o‘sishi oziqlantirish usullari ryaska azolla aralash ozuqa kunlik o‘sish baliqchilik eksperiment biometrik tahlil mavsumiy omillar suv o‘tlari bilan oziqlantirish

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida baliqlar 4 xil oziqlantirish usuli asosida parvarish qilindi: an’anaviy usul (nazorat guruhi), ryaska suv o‘ti, azolla suv o‘ti hamda ryaska va azolla aralashmasi bilan boqish. Har oy davomida baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari biometrik usulda hisoblab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, aralash ozuqa (ryaska va azolla) bilan boqilgan baliqlarda eng barqaror va yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Shu bilan birga, mavsumiy omillarning (harorat, faoliyat darajasi) o‘sish sur’atlariga ta’siri ham tahlil qilindi. Maqolada samarali baliqchilik texnologiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

4

UO‘K:

633.2/3.639.2/.6.

TURILI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINING OQ

AMUR BALIQLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH

KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Abduraximov Abbosbek Dilmurod o‘g‘li,

magistr

Javxarov Oybek Zulfikorovich,

ilmiy rahbari, q.x.f.f.d., dotsent

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Annotatsiya.

Mazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va

oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida baliqlar 4 xil oziqlantirish
usuli asosida parvarish qilindi: an’anaviy usul (nazorat guruhi), ryaska suv o‘ti, azolla
suv o‘ti hamda ryaska va azolla aralashmasi bilan boqish. Har oy davomida
baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari biometrik usulda hisoblab chiqildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, aralash ozuqa (ryaska va azolla) bilan boqilgan baliqlarda eng
barqaror va yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Shu bilan birga, mavsumiy
omillarning (harorat, faoliyat darajasi) o‘sish sur’atlariga ta’siri ham tahlil qilindi.
Maqolada samarali baliqchilik texnologiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy tavsiyalar
berilgan.

Kalit so‘zlar:

oq amur, baliq o‘sishi, oziqlantirish usullari, ryaska, azolla,

aralash ozuqa, kunlik o‘sish, baliqchilik, eksperiment, biometrik tahlil, mavsumiy
omillar, suv o‘tlari bilan oziqlantirish


Kirish.

Oq amur baliqlari oziqlanish nuqtai nazaridan o'txo‘r baliqlar turkimiga

mansub bo‘lib, daryo va ko‘l suvlarida yashovchi baliqlar xisoblanadi. Ular baliqchilik
xo‘jaliklarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan baliq turlaridan hisoblanadi va shu bilan
birga suv o‘simliklari bilan oziqlangani uchun suv havzalarini tozalashda tabiiy vosita
sifatida ham xizmat qiladi.

Tabiiy sharoitda oq amur baliqlarining yoshiga qarab o‘sish sur’atlari

quyidagicha bo‘ladi, bir yoshli oq amur baliqlarining uzunligi o‘rtacha 15–25 sm
bo‘lib, ularning og‘irligi 150–300 g ga teng bo‘ladi. ikki yoshli baliqlarda bir yoshli
baliqlarga nisbatan katta farq kuzatilmaydi, ularning uzunligi 25–40 sm bo‘lib,
og‘irligi 500–1000 g gacha yetadi. Ular 3-4 yoshga yetganda esa og‘irligi 1,5–3 kg,
ba’zan 5 kg gacha yetadi. Ular tabiiy sharoitda 10–15 yil, qulay muhit sharoitida ba’zan
20 yilgacha yashashi ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilgan.

Tadqiqotlar va uslublar.

Baliqlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini

o‘rganish uchun biz xo‘jalikda olib borgan tadqiqotlarimizda 4 hil oziqlantirish turi va
usullarini qo‘lladik. Unga ko‘ra I-nazorat xovuzidagi baliqlari xo‘jalikning baliq
boqish tartibi asosida oziqlantirildi. II-tajriba xovuzidagi baliqlar faqat ryaska suv


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

5

o‘tlari bilan belgilangan tartib asosida parvarishlandi. III-tajriba xovuzidagi baliqlar
azolla suv o‘tlari bilan grafik asosida boqildi. IV-tajriba xovuzidagi baliqlar esa ryaska
va azolla suv o‘tlari aralashmasi bilan belgilangan tartib asosida oziqlantirib borildi va
shu ratsionlar asosida boqilganda baliqlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari
qanday o‘zgarishlarda bo‘lganligi ilmiy jihatdan taxlil qilndi. Shu bilan birga olingan
ma’lumotlarga biometrik usulda ishlov berildi.

3.5.5-jadval

Tajriba davomida turli usulda boqilgan baliqlarning o‘rtacha

kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari, g/kun

Oylar

1-nazorat xovuzi

2-tajriba xovuzi

3-tajriba

xovuzi

4-tajriba

xovuzi

Boshlanish

Mart

0,98

1,52

1,21

1,26

Aprel

1,29

1,98

1,62

1,7

May

1,66

2,59

2,2

2,32

Iyun

2,8

3,86

3,94

4,21

Iyul

4,1

5,21

5,49

5,91

Avgust

6,16

7,02

7,65

8,33

Sentyabr

8,61

9,47

10,69

10,02

Oktyabr

0,92

8,68

8,83

9,71


Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mart oyida ryaska suv o‘ti

bilan boqilgan baliqlar yuqori o‘sish ko‘rsatkichi qayd etdi (1,52 g/kun). Aralash ozuqa
va azolla suv o‘ti bilan boqilgan xovuzlardagi baliqlarda ham nazoratga nisbatan
yaxshi natijalar qayd etildi.

Aprel oyida II-tajriba xovuzidagi baliqlar yetakchilikni saqladi, lekin IV-tajriba

xovuzidagi baliqlar III-tajribadan ustun keldi, bu esa aralash ozuqalar bilan boqishning
texnologik jihatidan afzalligini ko‘rsatadi.

May oyida ham II-tajriba xovuzidagi baliqlarda kunlik o‘sish eng yuqori bo‘lib,

IV-tajriba xovuzidagi baliqlar ham III-tajriba xovuzidagi baliqlar ko‘rsatkichlaridan
yaxshiroq natija qayd etdi.

Iyun oyiga kelib IV-tajriba xovuzidagi baliqlarning o‘sish ko‘rsatkichlarida

yaxshi natijalar olina boshlandi. Aralash ozuqa bian boqish texnologiyasi amaliyotda
o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsata boshladi.

Iyul oyiga kelib kunlik o‘sish ko‘rsatkichi barcha xovuzlardagi baliqlarning

natijalarida ortib borganligi kuzatildi. IV-tajriba xovuzidagi baliqlarning natijalari 5,91
g/kun natija bilan yetakchi bo‘lganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

6

Avgust oyidada baliqlarda maksimal kunlik o‘sish kuzatilgan bo‘lib, IV-tajriba

xovuzidagi baliqlarning o‘sish ko‘rsatkichlarida eng yuqori o‘sishni qayd etilganligi
aniqlandi.

Sentyabr oyiga kelib esa III-tajriba xovuzidagi baliqlar ko‘rsatkichlari (azolla

suv o‘ti bilan boqigan) eng yuqori kunlik o‘sish ko‘rsatkichini (10,69 g) namoyon etdi.

Oktyabr oyida nazorat xovuzidagi baliqlarda o‘sish keskin pasaygan bo‘lsa-da,

tajriba xovuzlaridagi baliqlarning yuqori o‘sish darajasi saqlanib qolganligi aniqlandi.

Tadqiqot jarayonida turli usullarda boqilgan baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish

ko‘rsatkichlari oylar kesimida o‘rganildi. Tahlil uchun bitta nazorat (I-xovuz) va uchta
tajriba xovuzlari (II, III va IV-xovuzlar) olindi. Tajribalar mart oyidan to oktyabr
oyigacha bo‘lgan davrda olib borildi va natijalar 3.5.1-rasmda aks ettirildi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, barcha xovuzlarda baliqlarning kunlik o‘sish

ko‘rsatkichlari mart oyidan boshlab sentyabr oyigacha izchil ravishda ortib borgan. Bu
o‘sish mavsumiy omillar (haroratning o‘sishi, ozuqa moddalari o‘zlashtirilishining
yaxshilanishi va baliqlar fiziologiyasining faollashishi) bilan bog‘liq. Ammo oktyabr
oyida barcha guruhlarda ma’lum darajada o‘sish pasayishi kuzatildi, bu esa havo
sovishi va baliqlar faolligining kamayishi bilan izohlanadi.

1-rasm. Tajriba xovuzlaridagi baliqlarning kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari


Tadqiqotlar olib borish uslubiga ko‘ra I-nazorat xovuzidagi baliqlar xo‘jalik

sharoitidan kelib chiqib ananaviy usulda boqilgan. Ulardagi o‘sish mart oyida 0,98 g
ni tashkil etgan bo‘lsa, sentyabr oyiga kelib 8,61 g gacha o‘sgan. Ammo oktyabr oyida
o‘sish keskin pasayib, 0,92 g gacha tushib ketganligini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgu

st

Senty

abr

Okty

abr

1-nazorat xovuzi –

0,98

1,29

1,66

2,8

4,1

6,16

8,61

0,92

2-tajriba xovuzi –

1,52

1,98

2,59

3,86

5,21

7,02

9,47

8,68

3-tajriba xovuzi –

1,21

1,62

2,2

3,94

5,49

7,65

10,69

8,83

4-tajriba xovuzi –

1,26

1,7

2,32

4,21

5,91

8,33

10,02

9,71

0

2

4

6

8

10

12

B

al

iql

arni

ng

k

unl

ik

o‘

si

shi

, g


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-84, Issue-1, June -2025

7

nazorat xovuzida parvarishlash sharoitlari yomonlashganini va sovuqqa nisbatan
baliqlarda kuchli reaksiya borligini ko‘rsatadi.

II-tajriba xovuzidagi baliqlar ryaska suv o‘ti bilan boqilgan bo‘lib, o‘sish

dinamikasi nazorat xovuzidagi baliqarning ko‘rsatkichlariga nisbatan yaxshiroq
natijalarni ko‘rsatdi. Mart oyidagi 1,52 g ko‘rsatkich sentyabrda 9,47 g gacha ko‘tarilib
bordi va oktyabr oyida ham o‘sish 8,68 g ni tashkil etdi, ya’ni pasayish bor, ammo
nazorat guruhiga nisbatan barqarorligi saqlanib qolgan.

III-tajriba xovuzidagi baliqlarda o‘sish eng yuqori darajada bo‘lib, sentyabr

oyida 10,69 g ga yetgan. Bu ko‘rsatkich barcha xovuzlar orasida eng yuqori natija
hisoblanadi. Oktyabr oyida o‘sish 8,83 g gacha tushgan bo‘lsa-da, hali ham nazorat
xovuzidagi baliqlar ko‘rsatkichlaridan ancha ustunligini ko‘rsatadi. Bu holat ozuqa
tarkibi yoki parvarish uslubining samarali ekaniligini ko‘rsatadi.

Eng yaxshi natijalar IV-tajriba xovuzida qayd etilgan bo‘lib, mart oyidagi 1,26

g o‘sish oktyabrda 9,71 g gacha ortib borgan va baliqlar o‘sish sur’atini deyarli
to‘xtatmagan. Bu xovuzda qo‘llanilgan usul baliqlar o‘sishini izchil ta’minlab, iqlim
o‘zgarishlarga nisbatan barqarorlikni namoyon etdi.

Xulosa.

Shunday qilib,

turli oziqlantirish usullari baliqlarning o‘sish sur’atiga

sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Aralash ozuqalar (ryaska va azolla suv o‘tlari
aralashmasi) bilan oziqlantirilgan IV-tajriba xovuzidagi baliqlar yilning ko‘p oylarida
yuqori kunlik o‘sishni namoyon etib, samarali usul sifatida ajralib turdi. Azolla suv o‘ti
(III-tajriba xovuzi) va ryaska suv o‘ti (II-tajriba xovuzi) ham samarali ozuqa sifatida
tavsiya etiladi. Ananaviy usulda oziqlantirish (I-nazorat xovuzi) usuli esa qiyosan past
o‘sish natijalarini ko‘rsatdi. Bu natijalardan kelib chiqib, baliqchilik xo‘jaliklarida
tabiiy suv o‘tlaridan ozuqa sifatida keng foydalanish iqtisodiy va ekologik jihatdan
maqsadga muvofiq ekani aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI

1. Xolmirzaev D., Norboev B., Akramov A. Intensiv usulda baliq yetishtirishning
xususiyatlari. J:O‘zbekiston baliqchiligi. Toshkent. №2, 2018. – 24-26 betlar.
2. Xusenov S.K., Niyazov D.S. Baliqchilik. O‘quv qo‘llanma. Toshkent., 2013- 336 b.
3. Yuldashov M. A. O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalarida baliq
mahsuldorligini oshirishning biologik asoslari. Dis. b.f.d (DSc). Toshkent – 2019. –
193 b.
4. Norboev B., Xolmirzaev D., Akramov A., Azamov A. “Karp balig‘ining biologik va
texnologik xususuyatlar”. Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovatsion
texnologiyalarni joriy qilish va muammolar to‘g‘risidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya. 22-24 may, 2019 yil. – 70 -73 betlar.
5.

Javxarov

O.,

Abduraximov

A.

O‘SIMLIKXO‘R

BALIQLARNI

YETISHTIRISHDA AZOLLA SUV O‘TIDAN FOYDALANISH //Models and
methods in modern science. – 2023. – T. 2. – №. 5. – S. 54-57.

Bibliografik manbalar

Xolmirzaev D., Norboev B., Akramov A. Intensiv usulda baliq yetishtirishning xususiyatlari. J:O‘zbekiston baliqchiligi. Toshkent. №2, 2018. – 24-26 betlar.

Xusenov S.K., Niyazov D.S. Baliqchilik. O‘quv qo‘llanma. Toshkent., 2013- 336 b.

Yuldashov M. A. O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalarida baliq mahsuldorligini oshirishning biologik asoslari. Dis. b.f.d (DSc). Toshkent – 2019. – 193 b.

Norboev B., Xolmirzaev D., Akramov A., Azamov A. “Karp balig‘ining biologik va texnologik xususuyatlar”. Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va muammolar to‘g‘risidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. 22-24 may, 2019 yil. – 70 -73 betlar.

Javxarov O., Abduraximov A. O‘SIMLIKXO‘R BALIQLARNI YETISHTIRISHDA AZOLLA SUV O‘TIDAN FOYDALANISH //Models and methods in modern science. – 2023. – T. 2. – №. 5. – S. 54-57.