Mualliflar

  • Ermanova Gulzoda Raxmataliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.119863

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: frazeologizm frazeologik birliklar badiiy nutq obrazlilik xalq og‘zaki ijodi badiiy uslub stilistik vosita

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy asarlarda frazeologik birliklarning badiiy asarlarda  qo‘llanish xususiyatlari,ifodalagan ma`no-mazmun ifodalari, ularning obrazlilik, milliylik va uslubiy boylikni ta’minlashdagi o`rni tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotidagi asarlardan keltirilgan parchalar  asosida frazeologik birliklarning  bajargan vazifalari va badiiy ta’sir kuchi ochib beriladi. Frazeologik birliklarbadiiy  asarning estetik qiymati va badiiyligini  oshirishda muhim vositalardan biri ekanligi haqida to`xtaladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

28

BADIIY ASARDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI

Ermanova Gulzoda Raxmataliyevna

Namangan viloyati Pop tumani

Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

gulzodaermonova3@gmail.com 94 276 71 83

Annotatsiya:

Mazkur maqolada badiiy asarlarda frazeologik birliklarning badiiy

asarlarda qo‘llanish xususiyatlari,ifodalagan ma`no-mazmun ifodalari, ularning
obrazlilik, milliylik va uslubiy boylikni ta’minlashdagi o`rni tahlil qilinadi. O‘zbek
adabiyotidagi asarlardan keltirilgan parchalar asosida frazeologik birliklarning
bajargan vazifalari va badiiy ta’sir kuchi ochib beriladi. Frazeologik birliklarbadiiy
asarning estetik qiymati va badiiyligini oshirishda muhim vositalardan biri ekanligi
haqida to`xtaladi.

Kalit so‘zlar:

frazeologizm, frazeologik birliklar, badiiy nutq, obrazlilik, xalq

og‘zaki ijodi, badiiy uslub, stilistik vosita

Kirish

Badiiy adabiyot va san`at badiiy asar shaklida yashaydi,shunga ko`ra badiiy asar

adabiyot va san`atning yashash shakli hisoblanadi.Badiiy asar – bu til san’atining
yuksak namunasi bo‘lib, unda muallif asarda ifodalanayotgan g‘oyasini,ishtirok
etayotgan obrazlarning , holat va kechinmalarini estetik badiiy vositalar orqali
ifodalaydi. Bunday vositalar ichida frazeologik birliklar alohida o‘rin
egallaydi.Frzeologik birliklar,ya`ni iboralar-ma`no yaxlitligiga ega bo`lgan va nutqiy
jarayonga qadar ikki va undan ortiq so`zlarning barqaror munosabatidan tashkil
topgan,nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko`chma ma`nodagi barqaror birikmalarga
fazeologizmlar deyiladi. Frzeologik birliklar badiiy asarda muallif tilining
badiiyligini,ifodaviyligini , milliyligini, estetik ta`sir kuchini oshiradi. Xalq ruhiyati
bilan chambarchas bog`langan bu birliklar badiiy asarni hayotiyligini,badiiyligini va
ta’sirchanligini kuchaytiradi va o`quvchida qiziqish uyg`otadi.

Tilshunos olima G. Mahmudova frazeologizmlarning mohiyatini quyidagicha

ifodalaydi: “Frazeologik birliklar xalq tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular badiiy
matnning mazmuniy va uslubiy qatlamlarini shakllantirishda muhim vosita sanaladi”
(Mahmudova G., 2010, 47-bet).

Frazeologik birliklarning badiiy nutqdagi o‘rni
Frazeologik birliklar – turg‘un iboralar sifatida xalq tafakkuri va nutq

madaniyatining mahsuli bo‘lib, badiiy asarda muhim vazifalarni bajaradi:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

29

1. Obraz yaratish vositasi
Misol: A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida "Yel kabi o‘tib ketdi" iborasi
voqea tezligini obrazli ifodalaydi.

2. Personaj psixologiyasini ochish
Misol: Cho‘lpon asarlarida "Tilini tishladi", "Ko‘ngli siqildi", "Boshi berk
ko‘cha" kabi iboralar qahramon ichki kechinmalarini ifodalashga xizmat qiladi.

O`lmas Umarbekov: Unga yetib olganimda vujudimni sevinch
qoplagan,kutilmagan uchrashuvdan”boshim osmonga yetgan edi”.

3. Milliy ruh ifodasi
Har bir xalq tilida o‘ziga xos frazeologik birliklar mavjud. Ulardan foydalanish
matnga milliy ruh baxsh etadi.Misol: “Bir yoqadan bosh chiqarib”,”Bir mayizni
qirqqa bo`lmoq”

4. Qahramonlar o`rtasidagi suhbatni jonlantirish
Jonli xalq tiliga yaqin iboralar qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlarni tabiiy qiladi.
Misol: "Ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi", "Ko‘zi suzildi",”Boshi osmonga yetdi”,”Tepa
sochi tikka bo`ldi”,”Xamirdan qil sug`urganday”.

Adabiy misollar tahlili

1. Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar”

“Yusufbek hoji boshi berk ko‘chaga kirganini endi tushundi.” – bu yerda “boshi berk
ko‘cha” frazeologizmi umidsizlik, chorasizlik holatini anglatadi.

2. Oybek – “Navoiy”

“Bu gapni eshitib Alisherning yuragi orqasiga tortdi.” – Qahramonning hayrat va
vahima holatini frazeologik ifoda orqali berilgan.

3. Asqad Muxtor – “Chinor”

“O‘qituvchi tilini tishlab qoldi.” – Frazeologizm qahramonning noqulay vaziyatdagi
o‘zini tutish harakatini bildiradi.

4.Odil Yoqubov –“Muqaddas”
“Bir lahza shu ahvolda unga qarashga jur`at etolmay ikkilanib o`tirdim,keyin

sekin” ko`z qirimni tashladim”.- frazeologizm qahramonning zimdan jur`atsizlarcha
boqishini ifodalayapti.

5.Odil Yoqubov-“Muqaddas”
“Bir minutga ularning hammasi ko`zimga mehnatdan qochib yurgan erkatoylarga

o`xshab ko`rindi-yu,g`azabim qo`zg`adi,lekin shu payt xayolimga:”O`zing-chi,o`zing
nima qilib yuribsan?”degan fikr kelib, “ko`nglim g`ash bo`ldi”- Frazeologizm
qahramonning o`z vijdon amriga quloq solishi ma`nosi ifodalangan.

6. Odil Yoqubov-“Muqaddas”


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

30

“Odatda imtihonga birinchi bo`lib kirish,kuzda sovuq suvga sho`ng`ishdan ham

qiyin tuyuladi,hatto o`z bilimiga ishongan kishi ham nimadandir hadiksirab,”eti
junjikib turadi” –Frazeologizm qahramonning hadiksirash,qo`rquv holatini ifodalagan.

7.Odil Yoqubov-“Muqaddas”
“Muqaddasning muloyim ovozini eshitar edim.Quloqlarim tagida uning

:”Voy,men

sizni

yiqilib

qolmasangiz

deb

shunday

qo`rqdim,shunday

qo`rqdimki!”degan so`zlari tinimsiz takrorlanar,ajib bir musiqa kabi ruhimni
erkalar,xayolimni

“ko`klarga

ko`tarardi”._

Frazeologizm

qahramonning

sevgidan,ishqdan masrur va xursandchilik holatini ifodalayapti.

8.Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”
“Bas,Mohlaroyim o`z tirikligida maxdumning “boshini ikki qilmasa”o`zidan

so`ng uning uylana olishi amri mahol .”-Frazeologizm qahramonning turmush
qurishi,ulanish ma`nosini ifoqalayapti.

Xulosa

Frazeologik birliklar badiiy adabiyotning badiiy-estetik imkoniyatlarini

kengaytiradi asar mazmunining boyishiga, personaj xarakterining chuqurlashuviga,
tilning xalqchil va hayotiy tus olishiga xizmat qiladi. Ular yordamida adib obrazlarni
jonlantiradi, matnga ekspressivlik, milliy ruh, emotsional teranlik baxsh etadi.
Frazeologizmlarning muvaffaqiyatli qo‘llanilishi asarning estetik ta’sir kuchini
oshiradi. Har bir frazeologizm yozuvchining badiiy mahoratini, til boyligini ko‘rsatadi.
Shu bois, badiiy asar tahlilida frazeologik birliklarga e’tibor qaratish zarur. Shunday
qilib, frazeologik birliklar badiiy matnning ichki va tashqi tuzilmasiga uyg‘unlik bilan
singib, uni jonli va ta’sirchan qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.Sirojiddinov (2001). O‘zbek tilining frazeologiyasi. Toshkent: Fan.
2. M.Karimov (2010). Adabiy til uslubi. Toshkent: O‘zbekiston.
3. Mahmudova G. (2010). Hozirgi o‘zbek adabiy tilining frazeologiyasi. Toshkent:

Fan

4. A.Qodiriy (1992). O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.
5. D.Zokirova. (2019). Badiiy matnda frazeologizmlarning stilistik vazifalari. Til va

adabiyot ta’limi, 3(67), 34–41.

6. A.Qodiriy (2019).”Mehrobdan chayon” Toshkent.Yangi nashr.
7. O.Yoqubov.(2023)”Muqaddas”. “Nurli dunyo”nashriyoti.

Bibliografik manbalar

S.Sirojiddinov (2001). O‘zbek tilining frazeologiyasi. Toshkent: Fan.

M.Karimov (2010). Adabiy til uslubi. Toshkent: O‘zbekiston.

Mahmudova G. (2010). Hozirgi o‘zbek adabiy tilining frazeologiyasi. Toshkent: Fan

A.Qodiriy (1992). O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti.

D.Zokirova. (2019). Badiiy matnda frazeologizmlarning stilistik vazifalari. Til va adabiyot ta’limi, 3(67), 34–41.

A.Qodiriy (2019).”Mehrobdan chayon” Toshkent.Yangi nashr.

O.Yoqubov.(2023)”Muqaddas”. “Nurli dunyo”nashriyoti.