Jild 85 № 1 (2025)
Maqolalar
УЛЬТРАЗВУКОВОЙ МЕТОД ДИАГНОСТИКИ ОСТРОЙ КИШЕЧНОЙ НЕПРОХОДИМОСТИ С ДОППЛЕРОГРАФИЕЙ
Аннотация: Острая кишечная непроходимость является одной из самых распространенных патологий в неотложной хирургии. Высокая летальность и сложности в диагностике различных форм острой кишечной непроходимости все еще определяют необходимость внедрения в клиническую практику современных методов обследования больных. Это стало возможным за счет внедрения новых технологий. Традиционно первостепенное значение при синдроме ОКН отводится клиническим и рентгенологическим исследованиям. В то же время особое внимание в ургентной хирургии в настоящее время уделяется ультразвуковому исследованию. Поэтому следует считать актуальным для клинической хирургии проведение исследований по оценке информативности ультрасонографии в диагностике острой кишечной непроходимости.
XUDOYORXON DAVRIDA QO’QON XONLIGIDA TA’LIM TURLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi ta’lim xususida so’z boradi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA KIBERXAVFSIZLIK: DAVLAT BOSHQARUVI VA MOLIYAVIY BARQARORLIK XAVFI
Аnnоtаtsiyа: Mazkur tezisda davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya jarayonlari va ular bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va statistik ma’lumotlar asosida raqamli infratuzilmaning moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganiladi.
BARQAROR RAQAMLI BOSHQARUV VA YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIK FISKAL SIYOSATGA RAQAMLI YONDASHUV
Аnnоtаtsiyа: Mazkur tezisda raqamli texnologiyalar yordamida ekologik fiskal siyosatni shakllantirish va u orqali barqaror yashil iqtisodiyotga erishish masalalari yoritiladi. Yashil soliqlar, ESG indikatorlari, elektron hukumatda ekologik mezonlarning integratsiyasi masalalari xalqaro tajriba asosida tahlil qilinadi. Estoniya, Daniya va Koreya Respublikasi misolida davlat fiskal siyosatining raqamli-eko transformatsiyasi ko‘rib chiqiladi.
DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI BOZORIDA TAKLIF VA TALAB TAHLILI: FISKAL SIYOSAT BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIK
Аnnоtаtsiyа: Ushbu tezisda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida taklif va talab o‘rtasidagi nisbat tahlil qilinadi, ularning fiskal siyosat, xususan byudjet daromadlari va xarajatlari bilan qanday bog‘liqligi ochib beriladi. Tahlil orqali qimmatli qog‘ozlar bozorining fiskal muvozanatni ta’minlashdagi roli yoritiladi.
QIMMATLI QOG‘OZLAR ORQALI MOLIYAVIY VOSITACHILIKNI KUCHAYTIRISH: TIJORAT BANKLARI VA DAVLAT OBLIGATSIYALARI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu tezisda qimmatli qog‘ozlar, xususan, davlat obligatsiyalari orqali tijorat banklarining moliyaviy vositachilik faoliyatini kuchaytirish yo‘llari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida moliya bozorida banklar va davlat obligatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar solishtirma tahlil qilinib, O‘zbekistondagi holatga mos ilmiy yechimlar taklif etilgan.
QASHQADARYONING DINIY MEʼMORIY YODGORLIGI: KOʻK GUMBAZ MASJIDI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Shahrisabz shahrida joylashgan Koʻk Gumbaz masjidining tarixiy, meʼmoriy va madaniy ahamiyati yoritilgan. Masjid Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1435-yilda qurilgan bo‘lib, Temuriylar davri meʼmorchiligining yuksak namunasi sanaladi. Tadqiqot davomida masjidning qurilish sabablari, bezaklarida aks etgan ramziy maʼnolar, astronomik joylashuvi, hamda xalq og‘zaki rivoyatlaridagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy restavratsiya ishlari va masjidning hozirgi kundagi funksional holati ham ko‘rib chiqilgan. Maqola Koʻk Gumbazni faqat diniy bino sifatida emas, balki ilm-fan, siyosat va san’at uyg‘unligining noyob yodgorligi sifatida yoritishga qaratilgan.
O’ZBEKISTONDA MOLIYAVIY MOBIL ILOVALAR: TALABALAR UCHUN TAHLIL VA TAVSIYALAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda moliyaviy mobil ilovalarning talabalar hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda raqamli to‘lov xizmatlarining rivojlanishi kontrakt, yotoqxona, kommunal va boshqa xarajatlarni amalga oshirishda sezilarli yengillik yaratdi. Tadqiqot davomida Payme, Click, Paynet va Zoomrad kabi ilovalarning imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud kamchiliklari o‘rganildi hamda ularning talabalar tomonidan qo‘llanilishi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, ushbu ilovalar nafaqat moliyaviy operatsiyalarni tezkor amalga oshirishga, balki talabalar moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, xizmatlar barqarorligi va komissiya stavkalari borasida takomillashtirishga ehtiyoj mavjud.
OILADA KONFLIKTLARNING PAYDO BO’LISHI, PSIXOLOGIK SABABLARI VA YECHIM STRATEGIYALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada oilada paydo boʻlayotgan konfliktlarning psixologik sabablari hamda ularning rivojlanish omillari va bu muammolarni bartaraf qilishning samarali yechimlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Oilada kelib chiqayotgan nizolarni oldini olish orqali sogʻlom muhitni shakllantirish haqida soʻz yuritilgan.
ОБУЧЕНИЕ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ В УЗБЕКСКИХ ШКОЛАХ С ПОМОЩЬЮ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ (ИКТ)
Аннотация: В статье рассматриваются современные подходы к обучению русскому языку как иностранному в образовательных учреждениях Узбекистана с применением информационно-коммуникационных технологий (ИКТ). Акцент сделан на интеграции цифровых ресурсов в образовательный процесс, их потенциале в развитии языковых компетенций учащихся, а также на методических принципах использования ИКТ в условиях билингвального и поликультурного пространства. Представлены основные трудности и перспективы цифровизации преподавания русского языка в узбекских школах.
DORIS LESSINGNING “PARVOZ” (“FLIGHT”) HIKOYASIDA AVLODLAR ZIDDIYATI VA AYOL SUBYEKTIVLIGINING RAMZIY IFODASI
This article presents an analysis of the short story Flight by the English writer Doris Lessing through feminist and psychological approaches. At the heart of the narrative lies the emotional struggle of an elderly grandfather who cannot come to terms with his granddaughter Alice’s decision to begin an independent life and marry the man she loves. The story explores the emotional tensions, misunderstandings, and psychological processes among three generations—grandfather, daughter (Alice’s mother Lucy), and granddaughter—through the use of artistic symbolism. The central conflicts of the story are rooted in generational differences and the young woman’s assertion of her subjectivity (personal choice, freedom, and independence). The grandfather’s actions of caging and releasing pigeons are directly tied to Alice’s pursuit of autonomy and are rich in symbolic and psychological meaning. The pigeon, in particular, serves as a metaphor for female freedom and the right to self-determination. The feminist analysis highlights the development of female characters, their search for voice, and resistance to patriarchal control. From a psychological perspective, the short story reflects the grandfather’s fear of loss, emotional instability associated with aging, and the emotional disconnection between generations. Doris Lessing conveys these themes through emotional intensity, delicate symbolism, and a quiet yet deeply dramatic narrative structure. Ultimately, through Flight, the author offers a sincere and poetic depiction of familial relationships, shifting values in modern society, and the struggle of a woman to shape her subjectivity. This analysis helps to understand the story not only as a literary work but also as a socio-psychological phenomenon.
BADIIY ASARDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy asarlarda frazeologik birliklarning badiiy asarlarda qo‘llanish xususiyatlari,ifodalagan ma`no-mazmun ifodalari, ularning obrazlilik, milliylik va uslubiy boylikni ta’minlashdagi o`rni tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotidagi asarlardan keltirilgan parchalar asosida frazeologik birliklarning bajargan vazifalari va badiiy ta’sir kuchi ochib beriladi. Frazeologik birliklarbadiiy asarning estetik qiymati va badiiyligini oshirishda muhim vositalardan biri ekanligi haqida to`xtaladi.
ELEKTRON KITOBLAR VA AN’ANAVIY KITOBLAR: QAYSI FOYDALIROQ?
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda elektron va an’anaviy bosma kitoblar o‘rtasidagi asosiy farqlar, afzalliklar va kamchiliklar tahlil qilinadi. Elektron kitoblarning texnologik qulayliklari, ekologik foydalari bilan bir qatorda, an’anaviy kitoblarning madaniy va ruhiy ahamiyati muhokama qilinadi. Shuningdek, har ikki turdagi kitoblarning ta’limdagi o‘rni, o‘quvchi tafakkuriga ta’siri ham qiyosiy asosda tahlil etilgan. Maqola kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yoshlar orasida o‘qish odatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISHDA YANGI TEXNALOGIYALARINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Mamlakat qishloq xo‘jaligini jadal rivojlanishi mazkur sohadagi mavjud barcha yerlardan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer munosabatlarini tartibga solish, shuningdek sohaga zamonaviy texnologiyalarni hamda yer resurslarini hisobga olishning yangi uslublarini joriy etish va yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini aniqlash, ularning echimini topish, ushbu yo‘nalishdagi mavjud imkoniyatlar va istiqbollarni belgilab olish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
RAUF PARFI IJODIDA MUXAMMAS JANRINING IFODALANISHI
Annotatsiya. Muxammas janri aruzga oid bo'lib, o'ziga zos vazn va muayyan qofiya tizimiga egadir. O'zbek she'riyatining yangilangan ko'rinishdagi muxammaslarida an'anaviy qofiya tizimi saqlanib qolgan. Maqolada Rauf Parfi ijodida muxammas janri namunalari va uning badiiy talqiniga oid fikr-mulohazalat bayon etiladi. Tadqiqot tahlillar bilan yoritiladi.
BOLALARDA KALSIY TANQISLIGI VA UNING NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI
Kalsiy inson organizmi uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, suyak va tishlarning mustahkamligi, mushaklarning normal ishlashi, yurak faoliyati va nerv impulslarining uzatilishi uchun zarurdir. Ayniqsa, o‘sish davridagi bolalarda kalsiyning yetarli darajada bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ammo bugungi kunda turli sabablarga ko‘ra, bolalarda kalsiy tanqisligi holatlari ko‘p uchramoqda. Kalsiy tanqisligi ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish, quyosh nurlari yetishmasligi, jismoniy faollikning pastligi va ayrim metabolik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tanqislikning oqibatida raxit, osteopeniya, mushaklarning zaifligi, o‘sishning sekinlashuvi kabi kasalliklar rivojlanadi. Maqolada kalsiy tanqisligining sabablari, uning bola organizmiga ta’siri, klinik belgilari, tashxislash usullari va eng muhimi — zamonaviy davolash va profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish, biologik faol qo‘shimchalar, farmakologik preparatlar va samarali usullar orqali kalsiy darajasini tiklash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
METAFORIK IFODALARNI TARJIMA QILISHDA YUZ BERADIGAN MUAMMOLAR HAMDA ULARNING YECHIMLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada metaforalarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda paydo bo‘ladigan muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda metaforalarning turlari, ularning tilshunoslikning yangi sohalaridan biri – lingvokultorologik jihatlari haqida ma’lumot berildi.
ЭФФЕКТИВНЫЕ ПРАКТИКИ ФОРМИРОВАНИЯ КРЕАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ БУДУЩЕГО ПЕДАГОГА-ПСИХОЛОГА
Аннотация: В данной тезисе рассматриваются теоретические основы и эффективные практики развития творческого мышления у будущих педагогов-психологов, модель интеллекта Гилфорда и концепция творческого мышления.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MATEMATIKANI O‘QITISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Annotatsiya: Matematika ta’limi zamonaviy jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Uning sifatini oshirish esa nafaqat o‘qituvchilarning malakasiga, balki zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga ham bog‘liqdir. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ta’lim jarayoni tubdan o‘zgarib, matematikani o‘qitishda yangi yondashuvlar paydo bo‘ldi. Bu yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarning bilimini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.