Mualliflar

  • Qobuljonova Robiyaxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.119866

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Metafora tarjimashunoslik madaniyat lingvokulturologiya kognitiv nazariya konseptual metafora semantik ma’no madaniy tafovutlar konnotatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada metaforalarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda paydo bo‘ladigan muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda metaforalarning turlari, ularning tilshunoslikning yangi sohalaridan biri – lingvokultorologik jihatlari haqida ma’lumot berildi.                             


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

17

METAFORIK IFODALARNI TARJIMA QILISHDA YUZ BERADIGAN

MUAMMOLAR HAMDA ULARNING YECHIMLARI

Qobuljonova Robiyaxon

O‘zMU Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi

1-bosqich talabasi.

robiyy79@gmail.com

Annotatsiya

. Ushbu maqolada metaforalarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima

qilishda paydo bo‘ladigan muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilindi. Shu
bilan birgalikda metaforalarning turlari, ularning tilshunoslikning yangi sohalaridan
biri – lingvokultorologik jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Kalit so‘zlar:

Metafora, tarjimashunoslik, madaniyat, lingvokulturologiya,

kognitiv nazariya, konseptual metafora, semantik ma’no, madaniy tafovutlar,
konnotatsiya.

Abstract

: This article examines the problems that arise in the process of

translating metaphors from one language into another, as well as possible solutions to
these issues. Additionally, it explores the types of metaphors and provides information
on one of the emerging fields of linguistics - linguoculturology.

Key words:

Metaphor, translation studies, culture, linguculturology, cognitive

theory, conceptual metaphor, semantic meaning, cultural differences, connotation.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при

переводе метафор с одного языка на другой, а также предлагаются возможные
пути их решения. Кроме того, анализируются виды метафор и представлена
информация

об

одном

из

новых

направлений

лингвистики

лингвокультурологии.

Ключевые

слова:

метафора,

переводоведение,

культура,

лингвокультурология, когнитивная теория, концептуальная метафора,
семантическое значение, культурные различия, коннотация.

Kirish.

Bugungi kunda tarjima sohasida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda.

Xususan, metaforik ifodalarni bir tildan boshqasiga tarjima qilishdagi muammolar
o‘rganilib, ularga yechim topilmoqda. Bu kabi tadqiqotlar ingliz olimlaridan Peter
Newmark[1]( A textbook of translation) , Mona Baker (In other words) , Ian
Shuttleworth , Moira Cowie (Dictionary of translation studies) hamda o‘zbek
tilshunoslaridan Sattorov M., Qodirova G., Ismoilova D., kabilarning ilmiy ishlarida
ko‘zga tashlanadi.

Metaforaning tarjima jarayonidagi o‘rni muhimdir, chunki uni to‘g‘ri tarjima

qilish matnning umumiy mazmunini saqlab qolish bilan birgalikda bir xalqning
madaniyati, an’analarini ham to‘g‘ri yetkazib berish demakdir.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

18

Asosiy qism.

Metaforalar nafaqat badiiy tasvir vositasi, balki lingvokulturologiya

sohasining asosiy terminlaridan biri hisoblanadi. Lingvokulturologiya sohasi
shakllanishining ildizi V. H. Gumboldt tadqiqotlariga borib taqaladi. Bundan tashqari,
bu sohaning rivojlanishida A. A. Potebnya, L. Vaysgerber, H. Glins, F. Boas, E. Sepir
D. Xaymz kabi tilshunoslarning ilmiy nazariyalari va g‘oyalari muhim rol o‘ynaganligi
ta‘kidlanadi[2;20]. Shu kabi g‘oyalarga asoslanib tilshunoslik sohasida yangi soha -
lingvomadaniyatshunoslik XX asrning 90-yillarida fan sifatida shakllandi.

Metaforik birliklar ma’lum xalqning dunyoqarashi, tafakkuri, urf-odatlaridan

kelib chiqan holda shakllanadi. Bu to‘g‘risida ko‘plab olimlarning qarashlari mavjud
bo‘lsa-da, ularning barchasi ham bir-biriga bog‘liqdir. Misol uchun, Yu.S.Stepanov:
”Til-bu xalq madaniyatining ensiklopediyasidir, metafora esa ushbu madaniyatni
kodlash usulidir”,- deya ta’rif bergan. Darhaqiqat, til madaniyatni o‘zida aks
ettiradigan unsurlardan biridir, ya’ni insonlar bir tilni o‘rganayotganda bevosita ushbu
til mansub bo‘lgan qadriyatlarini ham o‘rganadi. Metaforik ifodalar esa ushbu
jarayonni osonlashtiruvchi birliklardir.

Metaforalarni to‘g‘ri tarjima qilishning ahamiyati katta. Ularni tarjima qilishda

yuzaga keladigan muammolarga quyidagilarni keltirish mumkin:

1)har bir metafora muayyan madaniyatga xos bo‘ladi, shuning uchun tarjimada

muqobil variantini topish qiyin;

2)metaforalar noto‘g‘ri tarjima qilinsa, metaforaning tasviriy kuchi yo‘qoladi[3;

10:104-107];

3)metaforalarni noto‘g‘ri tushunish, mazmuniy buzilishga olib keladi[1;8];
4)metafora orqali berilgan madaniy tushuncha boshqa tilda mavjud bo‘lmasligi

mumkin[5; 3:100-110].

Misol uchun, ingliz tilidagi bir nechta metaforalarni tahlil qilsak:
“He kicked the bucket” gapida ishlatilgan metaforani “chelakni tepdi” kabi, “her

voice was music for his ears” –“ uning ovozi quloqlari uchun musiqa edi” tarzida
to‘g‘ridan to’g‘ri tarjima qilinsa ma‘no buzilishi ro‘y berishi mumkin.

Tarjima jarayonida shu singari muammolarga yechim topish tarjimondan ulkan

mahorat talab etadi. Bugungi kunda tarjimashunoslik sohasida ko‘plab izlanishlar olib
borgan Peter Nyumark metaforalarni tarjimasida alohida to‘xtalib, o‘zining
klassifikatsiyasini o‘ylab topgan. Uning fikricha, har qanday so‘z metafora bo‘lishi
mumkin, faqatgina uning ma’nosini til, vaziyat va madaniy kontekstga qarab
moslashtirish mumkin. Peter Newmark metaforalarni 6 turga taqsimlaydi hamda
metaforalarni ushbu turlarini bilmay turib uni boshqa tilga tarjima qilish mushkul
ekanini ta’kidlaydi[1;104]:

1.

Dead metaphor (O’lik metaforalar). Ushbu metaforlar juda ko’p ishlatilib,

asl obrazli ma’nosi unutilgan metaforalardir: “falling in love” birikmasidagi “fall”
yiqilish o‘zining asl ma’nosini yo‘qotgan, odatiy atamaga aylangan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

19

2.

Cliché metaphor- ushbu meyaforalar ham iste’molda ko‘p qo‘llanilgan,

biroq obrazli kuchga ega hisoblanadi: “a broken heart”.

3.

Stock or standard metaphor-odatiy, ya’ni muayyan madaniyatda keng

tarqalgan va aniq ma’noga ega metafora. Bu metaforalarni tarjima qilishda
madaniyatga xoslik muhim rol o‘ynaydi: “time is money”.

4.

Adapted metaphor- standart metaforaning o‘zgartirilgan shaklidir.

5.

Recent metaphor- so‘nggi davrlarda yaratilgan va hanuz faol

ishlatilayotgan metafora: “that news went viral”.

6.

Original metaphor- ushu metaforalar muallif tomonidan yaratilgan, o‘ziga

xos obrazga ega bo‘ladi. Odatda, bularni tarjima qilishda eng katta qiyinchilikka duch
kelinadi: “We wise who with a thought besmirch Blood over all our soul”(Wilfred
Owen).

Peter Newmarkning metaforalarni yuqoridagi kabi toifalarga ajratib, ularni

boshqa tilga tarjima qilishda o‘zining usullarini yaratdi:

Birinchi usul- metaforani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish. Agar metaforalarning

tarjima ma’nosida hech qanday g’alizlik paydo bo‘lmasa, ularni shundayligicha tarjima
qilish mumkin: “ Life is a stage”- “hayot teatr sahnasidir”.

Ikkinchi usul- madaniy o‘xshashlik asosida muqobiliga almashtirish: “Time is a

thief” metaforasini o‘zbek tiliga “vaqt-oqar daryo” tarzida ekvivalentiga almashtirish
mumkin.

Uchinchi usul- metaforani o‘xshatishga aylantirish. Bu esa kabi, singari; -dek, -

day so‘z va qo‘shimchalari yordamida amalga oshiriladi: “the city is a jungle”-“shahar
xuddi o’rmondek (jim-jit)” deyish mumkin.

To‘rtinchi usul- metaforani asl ma’nosiga ko‘ra tarjima qilish:”He is a night owl”

metaforasini o”zbek tiliga ma’nosini berish orqali tarjima qilsa bo‘ladi: “U kechasi
uxlashni yoqtirmaydi (ya’ni boyo‘g‘li kabi tuni bo‘yi uxlamaydi) “.

Beshinchi usul- metaforalarni olib tashlash. Ba’zida metaforalarni tarjima qilish

imkonsiz bo‘ladi, agar tarjima qilinsa, kontektsni buzish holatlari uchrashi mumkin.
Shunday hollarda metaforalardan voz kechiladi va oddiyroq ibora yoki so‘z ishlatiladi:
“The market is a bear” metaforasini “Bozor ayiqdir” emas, “Bozor savdosi
pasaymoqda” deyish kerak.

Tarjimon ushbu usullar orqali metaforalarni o‘zga tilga qiyinchiliklarsiz tarjima

qila oladi, faqatgina tarjima qilish jarayonida metaforalarning asl ma’nosini, qanday
qadriyat va an’analarni aks ettirayotganini chuqur tahlil qilishi hamda ularni to‘g‘ri
guruhga ajrata olishi zarur.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, metaforalar lingvokulturologik termin

sifatida o‘zida xalqning tafakkuri, mentaliteti, dunyoqarashini aks ettiradi. Ularni bir
tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Negaki ularni doim ham
to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish mumkin bo‘lmaydi. Metaforalar orqali muayyan millat


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

20

taqdiri, tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkinligi sababli, ularni ko‘plab
izlanishlar orqali tarjima qilish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Peter Newmark , A Textbook of translation, Prentice Hall, New York- 1988 –p.-8;-
104. .
2.Qo‘ziyev U. Lingvomadaniyatshunoslik-Uslubiy qo‘llanma. NamDu nashri:
Namangan – 2021: -122b.
3.Odilov A.A. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi – Scientific Progress
– Uzbekistan-2021, -100b.
4. Mona Baker – In other words: A Coursebook on Translation, Routledge, London ,
1992:-100p.
5. Shuttlewoth and Cowie- Dictionary of translation studies, Routledge, Manchester,
1997.
6. Susan Bassnet , Translation Studies , Routledge ,London ,1980.
7.G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. Tafakkur bo‘stoni
Toshkent, 2012.

Bibliografik manbalar

Peter Newmark , A Textbook of translation, Prentice Hall, New York- 1988 –p.-8;-104. .

Qo‘ziyev U. Lingvomadaniyatshunoslik-Uslubiy qo‘llanma. NamDu nashri: Namangan – 2021: -122b.

Odilov A.A. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi – Scientific Progress – Uzbekistan-2021, -100b.

Mona Baker – In other words: A Coursebook on Translation, Routledge, London , 1992:-100p.

Shuttlewoth and Cowie- Dictionary of translation studies, Routledge, Manchester, 1997.

Susan Bassnet , Translation Studies , Routledge ,London ,1980.

G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. Tafakkur bo‘stoni Toshkent, 2012.