“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
79
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISHDA
YANGI TEXNALOGIYALARINING AHAMIYATI
Toshtemirov Nurbek Kengboy o’g’li
Qarshi davlat universiteti talabasi. O’zbekiston
Annotatsiya:
Mamlakat qishloq xo‘jaligini jadal rivojlanishi mazkur sohadagi
mavjud barcha yerlardan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda
yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer munosabatlarini tartibga
solish, shuningdek sohaga zamonaviy texnologiyalarni hamda yer resurslarini hisobga
olishning yangi uslublarini joriy etish va yerlardan foydalanish samaradorligini
oshirish muammolarini aniqlash, ularning echimini topish, ushbu yo‘nalishdagi
mavjud imkoniyatlar va istiqbollarni belgilab olish bugungi kunning dolzarb
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kalit so’zlar:
Elektron xaritalar, geoaxborot tizimi, Ayero yoki kosmo surat,
qishloq xo‘jaligi yerlari, landshaft kartalari, foydali qazilmalarni qidiri, geokimyoviy
kartalarini, sintetik metod, topoelementlar, Kameral ishlar, shartli belgilar.
ЗНАЧЕНИЕ НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОМ
ЗЕМЛЕПОЛЬЗОВАНИИ
Тоштемиров Нурбек – студент Каршинского государственного
университета. Узбекистан.
Аннотация:
Бурное развитие сельского хозяйства страны требует
рационального использования всех имеющихся земель в этой сфере. Сегодня
организация рационального и эффективного использования земель,
регулирование земельных отношений, а также внедрение современных
технологий и новых методов учета земельных ресурсов на местах, выявление
проблем повышения эффективности землепользования, поиск их решения,
определение имеющихся возможностей и перспектив в этом направлении
остается одной из актуальных задач современности.
Ключевые слова:
Электронные карты, геоинформационная система, аэро-
и космическая съемка, сельскохозяйственные угодья, ландшафтные карты,
разведка полезных ископаемых, геохимические карты, синтетический метод,
топоэлементы, операторские работы, условные знаки.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
80
THE IMPORTANCE OF NEW TECHNOLOGIES
IN AGRICULTURAL LAND USE
Toshtemirov Nurbek - student at Karshi State University. Uzbekistan.
Abstract:
The rapid development of the country's agriculture requires the rational
use of all available land in this area. Today, the organization of rational and efficient
use of land, the regulation of land relations, as well as the introduction of modyern
technologies and new methods of accounting for land resources in the field, and the
identification of problems of increasing the efficiency of land use, finding their
solutions, detyermining the available opportunities and prospects in this direction
remains one of the urgent tasks of today.
Key words:
Electronic maps, geoinformation system, ayerial and space
photography, agricultural land, landscape maps, prospecting for minyerals,
geochemical maps, synthetic method, topoelements, camyera work, conventional
signs.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni monitoring qilishda
elektron xaritalarning ahamiyati katta. Shu boisdan, elektron xaritalarni yaratish va
ularni yangilash bo‘yicha sohaga kirib kelaѐtgan yangicha ilg‘or texnologiyalar,
jumladan yuqori aniqlikka ega bo‘lgan kosmosuratlar, elektron raqamli xaritalarni
yaratish bo‘yicha zamonaviy dasturiy ta’minotlarga asoslangan holda elektron raqamli
xaritalarni yaratish va yangilash ishlari olib borilmoqda. GIS tizimlаri turli
mаnbаlаrdаn, jumlаdаn, GPS qurilmаlаri, UАV (drоnlаr) vа ijtimоiy tаrmоqlаrdаn
mа’lumоtlаrni yig’аdi, hаmdа, GIS tizimlаri mа’lumоtlаrni strukturаlаngаn fоrmаtdа
sаqlаsh imkоnini berаdi, bu esа tezkоr vа sаmаrаli mа’lumоtlаrni tаhlil qilishni
tа’minlаydi. GIS yоrdаmidа mа’lumоtlаrni tаhlil qilish, mаsаlаn, hаrаkаtlаrning,
оqimlаrning vа jоylаshuvlаrning mоdellаrini yаrаtish imkоnini berаdi. GIS tizimlаri
xаritаlаr, grаfiklаr vа diаgrаmmаlаr yоrdаmidа mа’lumоtlаrni vizuаl tаrzdа tаqdim
etаdi, bu esа qаrоr qаbul qilish jаrаyоnini оsоnlаshtirаdi.
Hozirgi kunda geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyalari jadal sur’atlar bilan
rivojlanib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki haѐtimizning turli
sohalarida ham qo‘llanib kelinmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlarining elektron
xaritalarini yangilashda zamonaviy GAT texnologiyalaridan foydalanish bugungi
kunning muhim vazifalaridan biridir [1].
Elektron xaritalarni yangilashdan maqsad yerdan foydalanuvchilar tomonidan
foydalanilaѐtgan yerlarning xozirgi kundagi (zamonaviy) holatini aks ettiruvchi
yangilangan elektron raqamli xaritalar va yer maydonlarini yer turlari bo‘yicha
hisoblash qaydnomalaridan davlat yer kadastrini yuritish, yer munosabatlarini tartibga
solish, yer tuzishning hududiy xo‘jaliklararo va ichki loyihalarini tuzish, tabiiy
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
81
landshaftlarni yaxshilash, topografo-geodezik, kartografiya, tuproq agrokimyosi,
geobotanika,qishloq xo‘jaligi ekinlarining monitoringi, yer tanlash va ajratish
hujjatlarini rasmiylashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, tarixiy-madaniy va boshqa
yo‘nalishlarda tekshirishlar va izlanishlar ishlarini olib borishda foydalaniladi.
Elektron xaritani yangilash jaraѐnida avvalgi yillarda yaratilgan elektron xaritani oxirgi
marta suratga olingan ayero yoki kosmo suratdagi holatga solishtirib, avvalgi elektron
xaritada aks etmagan barcha o‘zgarishlar yangilanaѐtgan elektron xaritada aks
ettiriladi. Ayero yoki kosmo suratda aks etmagan holatlar dala sharoitida ko‘rib
chiqilib, qo‘shimcha ravishda yangilanaѐtgan elektron xaritaga kiritiladi. Elektron
xaritani yangilash ishlari barcha yer turlarida, tashkilot, o‘quv, shirkat, yordamchi,
dexqon va fermer xo‘jaliklarida, davlat yer zaxirasida, o‘rmon va suv fondi, barcha
yerdan foydalanuvchilar, tuman, viloyat hududlarida bajariladi.
Yangilangan elektron xaritadagi holat dala sharoitida ko‘rib chiqiladi,
ayerosuratda aks etmagan biroq joyida mavjud bo‘lgan, ma’lumotlar aniqlanib,
joylardagi konturlarni tegishli shartli belgilar asosida o‘zgartirish kiritiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki respublikamiz hududida qishloq
xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va ularni elektron xaritalarini yaratish va yangilash
ishlarini olib borish, yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etish hamda
ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirilishida zamonaviy GAT texnologiyalarini
qo‘llash samarali natija beradi.
[5; 291-b]
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini to‘g‘ri aniqlash elektron
xaritani yangilashning eng asosiy elementlaridan biridir. Kameral ishlarni boshlashdan
oldin ishlash obyekti (shirkat xo‘jaligi) hududidagi (fermer xo‘jaliklarining
chegarasidan tashqari) barcha yer uchastkalari chegaralari elektron tarxga tushirildi.
Shu bilan birga, tegishli yer tuzish hujjatlari bilan faqat yuridik huquqi rasmiy
tasdiqlangan, texnik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlardan olingan chegaralar
tarxi asosida tushirib olinadi[2].
Elektron xaritani yangilash davrida chegara belgilari va chegarani chiziqli
shakllari oldindan tarixiy hujjatlarda aks ettirilgan tabiiy topoelementlar bilan
solishtirib tekshiriladi. Agarda, xo‘jalik chegarasida topoelementlar bo‘lsa, ular ayni
tabiiy holi bo‘yicha elektron xaritaga tushiriladi. Yangilanayotgan elektron xaritalar
dala sharoitida quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirish kiritiladi: ishni
bajaruvchi tashkilot vakili tomonidan yangilangan elektron xaritani dala sharoitida
ko‘rib chiqib, elektron xarita hamda ayero yoki kosmo suratda aks etmagan holatlar
tushirib olinadi hamda elektron xaritada aks ettiriladi.
Yangilangan va dala sharoitida solishtirish yo‘li bilan tekshirib olingan elektron
xarita yer maydonlarini hisoblash qaydnomalarini yaratishga asos bo‘ladi. Yuqoridagi
elektron xaritalarda joyning avvalgi xolati va xozirgi kundagi yangilanishi talab
etilayotgan holat aks ettirilgan. Xususan Xorazm viloyatining dehqonchilik
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
82
tarmoqlarini kartaga olish orqali yerlardan oqilona foydalanish va tarmoqlarni to‘g‘ri
joylashtirishga yordam berish kabi muammolarni o‘rgangan [4; 2-b]
Yer resurslari xaritalari ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi xaritalari uchun asosiy manba
bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda, yerdan foydalanishda,
chorvachilikda yaylovlarni tasvirlashda asos bo‘lib xizmat qiladi[2].
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki respublikamiz hududida
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va ularni elektron xaritalarini yaratish va
yangilash ishlarini olib borish, yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil
etish hamda ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirilishida zamonaviy GAT
texnologiyalarini qo‘llash samarali natija beradi. Bu o‘z navbatida foydalanuvchilarga
ma’lumotlarni tezkor va sifatli holda etkazish imkonini beradi. So‘ngi yillarda
landshaft kartalaridan qishloq xo‘jalik tarmoqlarida amaliy foydalanishning birqancha
yangidan-yangi metodlari mavjud. Bu kabi metodlardan biri - foydali qazilmalarni
qidirishda landshaft kartalaridan foydalanish hisoblanadi. Bunday holatda landshaft
kartalari aynan landshaft – geokimyoviy kartalarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, ularning asosiy mazmunini ayrim geokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan
to‘ldirilgan turli landshaft tiplarining konturlari tashkil etadi. M.A.Glazovskaya [3; 3-
162 b.] Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi yerlarining kimyoviy holatini
o‘zgarishini baholashga imkoniyat yaratadi. Qashqadaryo viloyatining qishloq
xo‘jaligi yerlari GIS texnologiyalari yordamida foydalanib xaritalashtirish ishlari
amalga oshirish jarayonini tatqiq etar ekanmiz. Qishloq xo‘jaligi landshaftlarining
komplekslarini tadqiq etishda va kartalashtirishda bir qancha GIS metodlardan
foydalaniladi. Eng asosiylari: analitik va sintetik metodlardir. Birinchi metodimizda,
landshaft kompleksining xususiyatlari bir vaqtning o‘zida uning alohida komponentlari
– tuprog‘i, suv, relyefi, o‘simligi va boshqalarini bitta kartada tasvirlash yo‘li orqali
ochib beriladi. Ikkinchi sintetik metodda esa landshaft kompleksi (qishloq
xo‘jaligining malum bir turi) va uning tipologik o‘xshashligi tasvirlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Safarov E.Y. Geografik axborot tizimlari. - Toshkent, Universitet, 2010.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobot. -
T.: Yergeodezkadastr, 2019. - 60 b.
3.
Глазовская М. А. Геохимические основы типологии и методики
исследований природных ландшафтов. -М.: МГУ, 1964. –162 с.
4.
Sadullayeva Nodira Umirbek qizi. Allanazarov Doniyor Yakub o’g’li “qishloq
xo’jalik tarmoqlarini kartaga olishni masalalari”
5.
Egambyerdiev A., Ibragimov J.K., Mo‘minov A.A. “qishloq xo‘jaligi
yerlarining elektron xaritalarini yangilashda zamonaviy geoaxborot tizimi (gat)
texnologiyalaridan foydalanish “ O‘zbekiston Milliy universiteti 2020 y
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
83
6.
Султонов Ш. А., Навотова Д. И., Алиева Д. И. Қашқадарё вилояти
минерал ресурслари ва улардан фойдаланишнинг географик хусусиятлари
//Science and education in the modern world: challenges of the XXI century" Nur-
Sultan, Kazakhstan. – 2020. – С. 12-15.
7. Safarov I. B. et al. Iqlim o'zgarishini qishloq xo'jaligiga ta'siri //Экономика и
социум. – 2025. – №. 2-2 (129). – С. 158-161.
8. Safarov I. B., Chorshanbiyeva R. A. Qashqadaryo viloyatidagi ekologik-
geografik muammolar //Экономика и социум. – 2025. – №. 2-2 (129). – С. 153-157.