Mualliflar

  • Hotamova Sevara Sulaymon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.124229

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: madrasa ta’lim masjid ijtimoiy hayot shoir uyezd volost mahalla maktab muarrix imom otinoyi

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi ta’lim xususida so’z boradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

73

XUDOYORXON DAVRIDA QO’QON XONLIGIDA TA’LIM TURLARI

Hotamova Sevara Sulaymon qizi

Buxoro davlat Universiteti 1-kurs tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa

qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi
ta’lim xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

madrasa, ta’lim, masjid, ijtimoiy hayot, shoir, uyezd, volost,

mahalla, maktab, muarrix, imom, otinoyi,


XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligida boshlangan ilmiy, madaniy adabiy

muhitning shakllanishi va rivojlanishida bevosita xonlikdagi maktab va
madrasalarning o‘rni beqiyosdir. Bu ilm o‘choqlari xalqni ma'rifatli qilish, an'anaviy
ta'limni va madaniy-ma'naviy hayotni yuksaltirishda katta rol o‘ynagan.

E.S.Vulfson mahalliy aholining bola tarbiyasi borasidagi an'analarini kuzatib,

o‘zining tahliliy fikrlarini bildirib o‘tgan. Unga ko‘ra, mahalliy aholi, bola 4 yoshdan
o‘tib, gapirishni boshlaganda, uning kamolot tarbiyasi bilan shug‘ullanishga kirishgan.
Bu paytda, asosan, diniy tushunchalar, salomlashish odobi o‘rgatilgan

1

. Qizlar esa erta

turmushga chiqishi bois 8 – 9 yoshga yetmay uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rganishni
boshlaganlar.

Turkiston general-gubernatorligi arxiv fondlari va kuzatuvchi tadqiqotchilarning

fikricha, XIX asrda mahalliy maktablar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi quyi maktablar
bo‘lib, yuqorida aytilganidek, masjidlarda faoliyat yuritgan. Ikkinchisi yuqori
maktablar bo‘lib, faqat shaharlarda, katta qishloqlarda ish olib borgan

2

. Lekin aksariyat

tadqiqotchilar maktablarni faoliyat xarakteriga ko‘ra jamoat, xususiy, shahar va
qishloq maktablariga bo‘lganlar. Xususiy maktablar, odatda, o‘ziga to‘q oilalar
tomonidan o‘z farzandlari ta'limi uchun tashkil etilgan va ularda 4 – 5 nafar bola
o‘qigan. Masjidlarda maktab, odatda, masjidni qurdirgan shaxs tomonidan tashkil
etilgan bo‘lib, 10 – 30 ta bola joylashadigan xonadan iborat edi. Bu maktabda o‘qish 2
– 5 yil davom etgan. O‘qish erta tongda boshlangan, soat 10 – 11 da uyga nonushta
qilishga qaytganlar. Tushda esa yana maktabga qaytib, kechgacha yurishgan. Masalan,
Toshkent, Qo‘qon va Buxoroning bir qator madrasalarida tahsil olgan muarrix
Muhammad Solihxo‘janing o‘zi shahar ziyolilari toifasidan bo‘lib, uzoq yillar o‘zi
imomlik qilgan masjid qoshidagi maktab – dabiristonda bolalarga ta'lim berish bilan
mashg‘ul bo‘lgan. Mazkur asardagi ma'lumotlarga qaraganda, u o‘zi maktabdorlik

1

O‘zR MDA. I.1-fond, 18- ro‘yxat, 29-ish, 37-varaq..

2

Nabiev R. Vakfnoe xozyaystvo Kokandskogo xanstva... – S.276 – 277.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

74

qilgan masjidda imomlik qilish bilan birga shu yerda istiqomat qilgan. Uning maktabi
faqatgina dars beriladigan ta'lim o‘chog‘i emas, balki maktabdor (ya'ni Muhammad
Solihxo‘ja)ning madrasada birga saboq olgan do‘stlari yig‘ilib ilm-ma'rifat borasida
bahslar uyushtiradigan va o‘sha zamon ijtimoiy-siyosiy voqealarini muhokama
qiladigan maskan ham edi.

3

Maktab dasturi quyidagi kitoblardan iborat bo‘lgan: 1. “Chahor kitob” (to‘rt

kitob) – diniy urf-odatlarni o‘rgatuvchi mazkur darslik to‘rt kitobdan iborat bo‘lgan: a)
Sharaf Buxoriyning “Nomi xaq” asari bo‘lib, unda tahorat, uning tartiblari va namoz
tartib – qoidalari; Ramazon oyida Ro‘za tutish qonun qoidalari haqidagi asoisy
tushunchalarni bergan; b) “Kulliyot – Chaxor Fasl” – o‘quvchini islom dinining imon,
ahkom va arkon kabi tushunchalar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. v) “Muhimmat
ul-muslimin” (Musulmonchilikning muhim masalalari) musulmon kishi uchun farz
bo‘lgan asosiy tushunchalar haqida ma'lumot bergan; g) Farididdin Attorning
“Pandnomai Attor”. Kitob mashhur so‘fiy shoir Shayx Faxrididin Muhammad bin Abu
Bakr Ibrohim Attor qalamiga mansub. 2. “Xaftiyak” – forscha so‘z bo‘lib, “Qur'oni
Karim”ning yettidan biri degan ma'noni anglatadi va bu o‘quvchilarga atroflicha
o‘rgatilgan.. 3. “Ahloqnoma” – ahloq-odob qoidalari bayon etilgan. 4. Fors va turk
tillarida bitilgan So‘fi Olloyor, Fuzuliy, Bedil, A. Navoiy va F. Attor she'rlari va
asarlari Ayrim maktablarda yosh, balog‘atga yetmagan o‘g‘il bolalar va qizlarni
domulla yoki otinoyi istisno tarzida birga o‘qitgan. Arxivda saqlanayotgan “Farg‘ona
viloyati Andijon uezdi o‘quv yurtlarining 1886 yilgi ro‘yxatida” faqat otinoyilar dars
beradigan qizlar maktablari ro‘yxatga olingan.

Odatda, otinoyilar qizlarni o‘z xonadonlarida o‘qitgan. Bunday qizlar maktabi

ko‘p edi. Lekin ularni rus ma'murlari tomonidan hisobga olish qiyin bo‘lgan. Shu
sababli bunday qizlar maktablari ro‘yxatga kiritilmagan. Ro‘yxatga olingan qizlar
maktablari yettita, balog‘atga etmagan yosh o‘g‘il bolalar va qizlar birga o‘qigan
maktablar to‘rtta bo‘lgan. Biz quyida shunday maktablar ro‘yxatini keltiramiz:

1.1836 yili barpo etilgan Qo‘qon qishloq volosti Xayrobod qishlog‘idagi

Bahriniso maktabida 5 nafar qiz bola o‘qigan va bir nafar otinoyi dars bergan;

2. 1851 yili qurilgan O‘zgan volosti O‘zgan qishlog‘idagi Sotvoldi xalifa

maktabida 15 nafar qiz bolaga bir nafar otinoyi dars bergan;

3. 1861 yili barpo etilgan Xakan volosti Darxon qishlog‘idagi Mulla Kabir xalifa

maktabida 5 nafar o‘g‘il bola, 13 nafar qiz bola o‘qigan va 1 nafar otinoyi dars bergan

4

;

4. 1865 yili barpo etilgan Yorboshi volosti Bo‘taqora qishlog‘idagi Xojar bibi

maktabida 20 nafar qizlar o‘qigan, bir nafar otinoyi mashg‘ulot olib borgan;

5. 1871 yili qurilgan Andijon shahri Xo‘ja Shahon mahallasidagi Xo‘ja Shahon

maktabida 4 o‘g‘il bola, 4 qiz bola o‘qigan. Bir nafar domulla dars bergan;

3

1 Sultonov O‘. Muhammad Solihxo‘ja va uning “Tarixi jadidayi Toshkand” asari... – B.161.

4

O‘zR MDA. I.1-fond, 11-ro‘yxat, 326-ish, 5-varaq.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-85, Issue-1, July -2025

75

6. 1874 yili qurilgan Xakan volosti Guliston qishlog‘idagi Xo‘jamberdiboy

maktabida 2 nafar o‘g‘il bola, 12 nafar qiz o‘qigan va bir nafar otinoyi mashg‘ulot olib
borgan;

7. 1874 yili qurilgan Xakan volosti Sariko‘y qishlog‘i Yaqub Hojiboy maktabida

bir nafar o‘g‘il bola, 11 nafar qiz bolalar o‘qigan va bir nafar otinoyi o‘qitgan;

8. 1874 yili qurilgan Andijonning Qoramulla mahallasidagi Mulla So‘fi domulla

maktabida 20 nafar o‘g‘il bola va 10 nafar qiz bola o‘qigan. Ayrim maktabdorlar o‘z
hovlisida maktab uchun maxsus bino qurdirib, unda o‘zi bolalarga saboq bergan.
Hujjatda XIX asr Qo‘qon xonligi Namangan bekligiga tegishli 15 ta shunday maktablar
ro‘yxatga olingan. Masalan, 1834 yili tashkil etilgan Olmos volosti G‘ova
qishlog‘idagi Eshon bobo maktabida 23 nafar bola o‘qigan. Shuningdek, 1855 yili
bunyod etilgan Asht volosti Gudas qishlog‘ida Jumanboy xonadonidagi maktabda 22
nafar bola o‘qigan. Bunday maktablar anchagina bo‘lib, ularda 30 nafargacha
o‘quvchilar o‘qigan.

Hujjatda uezddagi 10 taga yaqin qiz bolalar maktabi ham ro‘yxatga olingan. 1858

yili bunyod etilgan Varzin volosti Varzin qishlog‘idagi qizlar maktabi Hamida otin
Nabieva xonadonida faoliyat ko‘rsatgan. Maktabda 18 nafar qiz otinoyidan saboq
olgan. Bundan tashqari, o‘ndan ortiq shu kabi otinoyilar xonadonida ochilgan qizlar
maktablari ro‘yxatga olingan. Mavjud ma'lumotlar Namangan bekligida maktabdorlar
tomonidan o‘z hovlisida xususiy maktab ochib bolalarni o‘qitish Andijon bekligiga
nisbatan ancha keng tarqalganini ko‘rsatadi

5

.

Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixi, madaniy- ma'naviy hayotiga

oid izlanishlarda xonlikdagi ta'lim tizimi, mahalliy an'anaviy ta'lim sohasi deyarli
tadqiq etilmagan. Xususan, xonlikdagi maktab va madrasalar faoliyati, o‘qitish tizimi
va uslublari, ta'lim muassasalari faoliyatining jihatlari, iqtisodiy ta'minot masalalarini
birlamchi manbalar asosida tadqiq etish tarix fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullaev Y. Eski maktabda xat-savod o‘rgatish. – Toshkent: O‘zdavnashr,

1960. – 150 b.

2. Abdirashidov Z. Ismail Gaspirinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi –

otnosheniya – vliyanie. – Tashkent: Akademnashr, 2011. – 184 s.

3. Azimov I. Arxitekturnie pamyatniki Ferganskoy dolini. – Tashkent:

Uzbekistan, 1982. – 78 s.

4. Akramov I. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati madrasalari

// O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1994. –№3 – 4. – B.54 – 58.

5. Alimov I.A. Eski maktab islohoti tashabbuskori // Xalq ta'limi. – Toshkent,

1993. – №10 – 12. – B.5 – 8.

5

Alixojiyev M.O. Qo’qon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan o’rni. disser. T.:2012

Bibliografik manbalar

Abdullaev Y. Eski maktabda xat-savod o‘rgatish. – Toshkent: O‘zdavnashr, 1960. – 150 b.

Abdirashidov Z. Ismail Gaspirinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi – otnosheniya – vliyanie. – Tashkent: Akademnashr, 2011. – 184 s.

Azimov I. Arxitekturnie pamyatniki Ferganskoy dolini. – Tashkent: Uzbekistan, 1982. – 78 s.

Akramov I. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati madrasalari // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1994. –№3 – 4. – B.54 – 58.

Alimov I.A. Eski maktab islohoti tashabbuskori // Xalq ta'limi. – Toshkent, 1993. – №10 – 12. – B.5 – 8.