“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
67
DORIS LESSINGNING “PARVOZ” (“FLIGHT”) HIKOYASIDA AVLODLAR
ZIDDIYATI VA AYOL SUBYEKTIVLIGINING RAMZIY IFODASI
THE SYMBOLIC REPRESENTATION OF GENERATIONAL CONFLICT
AND FEMALE SUBJECTIVITY IN DORIS LESSING’S “FLIGHT”
Davlatova Vazira -
mustaqil izlanuvchi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent, O‘zbekiston. vaziraotabekovna97@gmail.com
Abstract
This article presents an analysis of the short story
Flight
by the English writer
Doris Lessing through feminist and psychological approaches. At the heart of the
narrative lies the emotional struggle of an elderly grandfather who cannot come to
terms with his granddaughter Alice’s decision to begin an independent life and marry
the man she loves. The story explores the emotional tensions, misunderstandings, and
psychological processes among three generations—grandfather, daughter (Alice’s
mother Lucy), and granddaughter—through the use of artistic symbolism. The central
conflicts of the story are rooted in generational differences and the young woman’s
assertion of her subjectivity (personal choice, freedom, and independence). The
grandfather’s actions of caging and releasing pigeons are directly tied to Alice’s pursuit
of autonomy and are rich in symbolic and psychological meaning. The pigeon, in
particular, serves as a metaphor for female freedom and the right to self-determination.
The feminist analysis highlights the development of female characters, their search for
voice, and resistance to patriarchal control. From a psychological perspective, the short
story reflects the grandfather’s fear of loss, emotional instability associated with aging,
and the emotional disconnection between generations. Doris Lessing conveys these
themes through emotional intensity, delicate symbolism, and a quiet yet deeply
dramatic narrative structure. Ultimately, through
Flight
, the author offers a sincere and
poetic depiction of familial relationships, shifting values in modern society, and the
struggle of a woman to shape her subjectivity. This analysis helps to understand the
story not only as a literary work but also as a socio-psychological phenomenon.
Keywords:
generational conflict, female subjectivity, feminist analysis,
psychological approach, symbolism, female freedom, patriarchal control.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz yozuvchisi Doris Lessing qalamiga mansub "Parvoz"
(
Flight
)nomli qisqa hikoya feministik va psixologik yondashuvlar asosida tahlil
qilinadi. Hikoya markazida bir qarilik yoshiga yetgan – boboning – o‘zining nabirasi
Alice’ning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va sevgan yigitiga turmushga chiqishga
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
68
tayyorgarligini qabul qila olmasligi yotadi. Asarda uch avlod vakillari – bobo, qizi
(Alice’ning onasi Lucy) va nabira (Alice) o‘rtasidagi hissiy ziddiyatlar,
tushunmovchiliklar va ruhiy jarayonlar badiiy ramzlar orqali ochib beriladi.
Hikoyaning asosiy konfliktlari avlodlar o‘rtasidagi tafovutlar va yosh ayolning o‘z
subyektivligini (shaxsiy tanlov, erkinlik, mustaqillik) himoya qilishiga bog‘liq.
Boboning kaptarlarni qafasga solishi va ularni ozod qilish harakatlari Alice’ning o‘z
hayotini tanlashi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ramziy va psixologik ma’noga ega.
Ayniqsa, kaptar ramzi – ayol erkinligi va uning yo‘lini o‘zi tanlash huquqining ifodasi
sifatida talqin qilinadi. Feministik tahlil hikoyada ayollar obrazlarining qanday o‘sib
borishini, o‘z ovozini qanday topishini va nazoratga qarshi turishini ochib beradi.
Psixologik nuqtai nazardan, qisqa hikoya boboning yo‘qotishga bo‘lgan qo‘rquvi,
qarilik davridagi beqarorlik hissi va generatsiyalar o‘rtasidagi emotsional uzilishlarni
ifodalaydi. Doris Lessing hikoyani hissiy intensivlik, nozik ramziylik va sokin, ammo
chuqur dramatik struktura orqali o‘quvchi ongiga singdiradi. Natijada, “
Parvoz”
hikoyasi orqali muallif zamonaviy jamiyatdagi oilaviy munosabatlar, qadriyatlar
o‘zgarishi va ayolning o‘z subyektivligini shakllantirish yo‘lidagi kurashini samimiy
va poetik uslubda tasvirlaydi. Ushbu tahlil hikoyani nafaqat adabiy asar sifatida, balki
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ham tushunishga yordam beradi.
Key words:
Avlodlar ziddiyati, ayol subyektivligi, feminist tahlil, psixologik
yondashuv, ramziylik, ayol erkinligi, patriarxal nazorat
Kirish
Doris Lessing (1919–2013) — XX asr ingliz adabiyotining yetakchi
yozuvchilaridan biri bo‘lib, badiiy merosida ayollar hayoti, ijtimoiy me'yorlar va
psixologik kechinmalar markaziy tartibda aks etadi. U feministik yo‘nalishdagi
adabiyotda muhim o‘rin egallagan yozuvchilardan biri sifatida tan olingan bo‘lsa ham,
insoniylik va universal tajribalarni ham e'tirof etuvchi humanistik pozitsiyasini
yo‘qotmagan . Uning asarlarida patriarxal tuzum bilan shaxsiy mustaqillik o‘rtasidagi
ziddiyat, ayollarning subyektivlikni anglab yetishi va ichki tajribalarining ifodasi
muhim mavzulardandir.
Flight
(1957) hikoyasi kichik hajmiga qaramay, muallifning
feministik va psixologik tahlil uchun qulay shablon sifatida e'tirof etilgan. Hikoya
markazida yosh ayol Alice va uning qarilikdagi bobosi o‘rtasida yuzaga kelgan
avlodlar ziddiyati mavjud. Alice erkinlikka intilib, sevgi va mustaqillikni tanlamoqchi
bo‘lgan bir vaqtda, bobo uni majburiy holatda nazorat qilish orqali saqlab qolishga
urinadi. Bu ziddiyat ichki, hissiy va ijtimoiy qatlamlarda chuqur tahlil qiladi.
Hikoyaning dramatik tuzilishi va ramziy-obraziy vositalari — ayniqsa kaptarlar va
dovecote — orqali yaratilgan qafas va parvoz obrazlari orqali generatsiyalar o‘rtasidagi
qarama-qarshilik aniq tasvirlanadi . Kaptar — Alice’ni anglatgan ramz sifatida, uning
erkinlikka intilishi va o‘z ovozini topishi timsolidir. Bobo esa ushbu ramz orqali
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
69
o‘zining ruhiy holatini, ya'ni yo‘qotishdan qo‘rqishi va nazoratni ushlab turish istagini
ifoda etadi. Hikoyaning oxirida kaptarlarning uchirilishi esa bu ziddiyatni hal qiluvchi
ramziy aktga aylanadi, ya'ni ayolning mustaqilligini qabul qilish signali sifatida
namoyon bo‘ladi . Shu bilan birga, hikoya fayls hissa sifatida, patriarchal qarashlarga
qarshi Alice va uning onasi Lucy’ning o‘zaro munosabatlaridagi ozodlik istagini ham
o‘z ichiga oladi. Lucy’ning "Men o‘n yetti yoshda uylanganman va
afsuslanmaganman” — degan so‘zlari feministik paradigmada ayolning o‘z taqdirini
tanlashiga ishora qiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi —
Flight
qisqa hikoyasini
feminist va psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilish, generatsiyalar ziddiyati va
ayol subyektivligining ramziy ifodalari orqali muallifning chuqur ijtimoiy-psixologik
muammolarni qanday ochib berganini aniqlashdir. Bu orqali hikoyaning faqat badiiy
kontekstdagi emas, balki avlodlar o‘rtasidagi muloqot, qadriyatlar almashuvi va ruhiy
hayotdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa sifatida ham ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatishga harakat qilinadi.
Usullar va materiallar
Ushbu tadqiqot Doris Lessingning
“Flight”
(“Parvoz”) nomli qisqa hikoyasini
feministik
va
psixologik
yondashuvlar asosida
sifatli (qualitative) adabiy tahlil
metodidan foydalangan holda o‘rganadi. Asosiy material sifatida hikoyaning o‘zi
tanlangan bo‘lib, undagi syujet tuzilishi, ramziy obrazlar, personajlarning ruhiy holati
va avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar chuqur tahlil qilinadi. Feministik yondashuv
Tadqiqotda feministik tahlil usuli yordamida hikoyadagi ayol obrazlari — ayniqsa
Alice va uning onasi Lucy — ning shaxsiy erkinlikka intilishi, patriarxal nazoratga
qarshi turishi va o‘z subyektivligini shakllantirishi o‘rganiladi. Bunda kaptar va
dovecote (kaptarxona) kabi
ramzlar
ayol erkinligining timsoli sifatida talqin qilinadi.
Kaptarning ozod etilishi — yosh ayolning o‘z hayot yo‘lini tanlashi va mustaqilligini
e’lon qilishi sifatida ko‘riladi. Psixologik yondashuv-Psixologik nuqtai nazardan esa
hikoyaning markazidagi bobo obrazining ruhiy kechinmalari, ayniqsa uning
yo‘qotishdan qo‘rquvi
,
qarilikdagi beqarorlik hissi
, hamda
avlodlar o‘rtasidagi
hissiy uzilishlar
psixoanalitik tushunchalar asosida tahlil qilinadi. Boboning
kaptarlarni qafasga solib, so‘ng ularni uchirishi uning ichki qarama-qarshiliklarini
ifodalovchi psixologik ramz sifatida ko‘riladi. Manbalar va nazariy asoslar Tahlil
davomida
Simone de Beauvoir
,
Elaine Showalter
kabi feministik nazariyotchilarning
ishlari, shuningdek
Freyd
va
Erikson
kabi psixologlarning nazariyalari yordamida
muallifning obrazlar orqali qanday ijtimoiy va ruhiy masalalarni ko‘tarayotganiga
aniqlik kiritiladi. Bundan tashqari, Doris Lessing ijodiga oid ilgari chop etilgan ilmiy
maqolalar va tahliliy manbalar yordamida tadqiqot nazariy asos bilan boyitiladi. Ushbu
metodologik yondashuv hikoyani nafaqat adabiy asar sifatida, balki
ijtimoiy-
psixologik hodisa
sifatida tahlil qilish imkonini beradi. Buning natijasida avlodlar
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
70
o‘rtasidagi qarama-qarshilik, ayolning o‘z ovozini topishi va o‘zligini anglash
jarayonlari chuqur tahlil qilinadi.
Natijalar va Tahlil
Doris Lessingning
“Flight”
nomli hikoyasi yuzaki qaraganda oddiy oilaviy voqea
bo‘lib tuyulsa-da, uning zamirida chuqur ijtimoiy va psixologik muammolar
yashiringan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hikoya asosan ikki asosiy yo‘nalishda tahlil
qilindi:
avlodlar ziddiyati
va
ayol subyektivligi
.
Avlodlar ziddiyati va hissiy
uzilishlar
Hikoyada uch avlod vakillari — bobo, qizi Lucy va nabira Alice —
o‘rtasidagi munosabatlar markaziy o‘rin tutadi. Boboning Alice’ning turmushga
chiqishini qabul qilolmasligi — uning o‘z hayotidagi yo‘qotishlar va qarilik bilan
yuzma-yuz qolganligini bildiradi. Bu holat, ayniqsa, kaptarlar orqali ramziy tarzda
ifodalanadi:
kaptar – Alice; qafas – patriarxal nazorat; parvoz – ozodlikka intilish
.
Boboning “Men seni yo‘qotmoqchimasman” degan ichki faryodi, aslida uning vaqt,
yosh va avlodlar o‘rtasidagi uzilishga qarshi kurashi bo‘lib, bu — psixologik tahlil
orqali tushuntiriladi. Hikoyaning dramatik cho‘qqisida (climax) bobo kaptarni ozod
qilish orqali o‘zining ichki qarshiligini yengib, hissiy yetilishga erishadi.
Ayol
subyektivligi va feministik talqin
Alice obrazida yosh ayolning o‘z ovozini topishi,
mustaqil qarorlar qabul qilishi va erkinlik sari intilishi aks etgan. Lucy — ya’ni
Alice’ning onasi — esa oraliq avlod sifatida patriarxatni tan olgan, lekin qizining erkin
tanloviga qarshi chiqmaydigan ayol obrazidir. Feministik tahlil shuni ko‘rsatadiki,
Lessing hikoyada ayol obrazlarini “passiv” emas, balki qaror qabul qiluvchi, his
qiluvchi va harakat qiluvchi subyekt sifatida tasvirlaydi. Ayniqsa, Alice’ning so‘nggi
sahnalarda bobosiga sovg‘a qilingan kaptar orqali murojaat qilishi — uning
mehribonlik va mustaqillikni uyg‘unlashtirishga urinishidir. U bobosini tushunishga
harakat qiladi, lekin tanlovidan voz kechmaydi. Bu esa ayol subyektivligi — ya’ni
ayolning o‘z hayot yo‘lini tanlash huquqini ifodalaydi.
Ramziy qatlam va dramatik
struktura
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, hikoyada ishlatilgan
ramzlar (kaptar,
dovecote, parvoz, qafas)
syujetning emotsional va ma’naviy mazmunini boyitadi.
Kaptarlarning osmonga ko‘tarilishi — Alice’ning mustaqillikka erishishi; ularning
yana yerga qaytishi esa — oilaviy aloqalarning baribir saqlanishi mumkinligini
bildiradi. Bu Lessingning o‘ziga xos poetik, lekin sokin uslubining namunasidir. Tahlil
natijalariga ko‘ra,
“Flight”
hikoyasi avlodlar o‘rtasidagi tafovutlar, ayolning mustaqil
qarorlar qabul qilish huquqi, va ichki ruhiy kechinmalarni ramzlar orqali ko‘rsatishda
mukammal badiiy asar sifatida talqin qilinadi. Doris Lessing ayol obrazlarini passiv
qurbon emas, balki o‘z hayotining faol ishtirokchisi sifatida tasvirlab, patriarxal
strukturalarning qanday ruhiy salbiy ta’sirlar keltirishini ochib beradi. Shuningdek,
psixologik yondashuv orqali boboning ichki olami, qo‘rquvlari va kechinmalari
o‘quvchi uchun tushunarli bo‘ladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
71
Muhokama
Doris Lessingning
“Flight”
hikoyasi o‘zining ixcham shakliga qaramay, ayol
shaxsiyati, patriarxal jamiyat, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat va inson ruhiyatining nozik
jihatlarini chuqur ifodalagan asardir. Muhokama davomida hikoyada ko‘tarilgan
mavzular adabiy, ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ayol
subyektivligi va mustaqillik Hikoyaning markazida Alice obrazida yosh ayolning o‘z
hayoti ustidan qaror qabul qilish huquqi turadi. Bu feministik nuqtai nazardan muhim,
chunki u patriarxal nazoratni rad etishga qaratilgan harakatdir. Boboning “She’s the
last... Can’t we keep her a bit longer?” — degan gapi orqali u Alice’ni hali ham
bolalarcha ko‘radi, unga qarashli narsa sifatida yondashadi. Bu esa Alice’ning
subyektivlikka erishish yo‘lida to‘siqdir. Shunga qaramay, Alice o‘z tanlovini qiladi
va sevgan insoni Steven bilan bo‘lishni tanlaydi. Bu Lessingning ayollar mustaqil
hayotga haqli ekanini ifodalovchi pozitsiyasini aks ettiradi. Elaine Showalter
ta’kidlaganidek, “Feminist fiction rewrites the story of women’s lives from the inside
out, emphasizing the subjective experience.” (Showalter, 1981) — Lessingning
Flight
hikoyasi ham aynan ichki kechinmalar orqali ayolni shaxs sifatida ko‘rsatadiPatriarxal
nazorat va psixologik qarama-qarshilik: Bobo obrazida patriarxal tuzum vakili sifatida
namoyon bo‘ladi. U nabirasining ulg‘ayishini va mustaqil qarorlar qabul qilayotganini
qabul qilolmaydi. “I’ll tell your mother!” — deya u tahdid bilan javob beradi, go‘yoki
Alice hali ham bolalardek tartibga muhtoj. Ammo bu so‘zlar orqasida chuqur
psixologik jarayon — yo‘qotish qo‘rquvi, beqarorlik, va hayotdagi o‘zgarishlarni inkor
qilish yotadi. Sigmund Freyd fikricha, inson ruhiyatida repressiya (bosib tashlash) —
o‘tmishga yoki yo‘qotishga oid hislarni inkor etish bilan kechadi. Boboning kaptarlarni
ozod qilishi — bu repressiyadan ozod bo‘lish, ya’ni ichki qarshilikni yengish ramzidir.
“Now you can go,” — deya u kaptarni uchiradi, bu esa Alice’ga nisbatan ko‘ngildan
qo‘yib yuborish (emotsional release) ifodasidir. Ramzlar va dramatik struktura:
Kaptarlar va dovecote hikoya davomida markaziy ramz sifatida ishlatiladi. Dovecote
— an’anaviy uy, xavfsizlik, lekin ayni paytda qamash joyi; kaptarlar esa ayol erkinligi,
parvoz va mustaqil tanlov ramzidir. Hikoyaning oxirida boboning yangi kaptarni qabul
qilishi va Alice bilan Steven uni sovg‘a qilganida mehr bilan muomalada bo‘lishi —
ramziy yarashuvdir. U ichki ruhiy og‘riqni tan oladi, lekin sevgi va qo‘llab-quvvatlash
orqali uni yengadi. Adabiyotshunos Elaine Showalter aytganidek, “Symbols in
women’s literature often mediate between restriction and liberation.” (
A Literature of
Their Own
, 1977).
Flight
hikoyasida bu ramziy muvozanat juda nozik va hissiy
darajada ifodalangan. Ijtimoiy o‘zgarishlar va ayollarning roli Hikoya nafaqat bir
oiladagi hodisa, balki butun jamiyatdagi o‘zgarishlar, ya’ni ayollar o‘z hayot yo‘lini
tanlash imkoniyatiga ega bo‘la boshlagan davrni tasvirlaydi. Lucy obrazida biz shuni
ko‘ramizki, u o‘zi patriarxal tizimda ulg‘aygan bo‘lsa-da, qizining tanloviga qarshi
chiqmaydi. Bu esa avlodlar o‘rtasidagi ruhiy va ijtimoiy tafovutlarni kamaytirishga
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
72
ishora qiladi. Muhokama davomida aniqlanishicha,
Flight
hikoyasi Lessing tomonidan
nafaqat shaxsiy drama, balki ijtimoiy va ruhiy o‘zgarishlarning badiiy ifodasi sifatida
yaratilgan. Hikoyadagi ramzlar, hissiy qarama-qarshiliklar va feministik xabarlar uni
zamonaviy adabiyotdagi muhim asarlardan biriga aylantiradi. Lessing o‘ziga xos
sokin, ammo ta’sirchan uslubda insoniyatning eng murakkab masalalaridan birini —
o‘zligini anglash va boshqalarning sevgisidan voz kechmasdan erkin bo‘lish istagini
— badiiy shaklda ifodalaydi.
Xulosa
Doris Lessingning
“Flight”
hikoyasi zamonaviy ingliz adabiyotining muhim
namunasidir. Ushbu asar qisqa hajmiga qaramay, o‘zida chuqur psixologik va ijtimoiy
muammolarni mujassam etgan. Feministik va psixologik yondashuvlar asosida olib
borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, hikoya markazida ayolning subyektivligi, ya’ni
shaxsiy tanlov qilish huquqi, va avlodlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar turadi. Bobo
obrazida patriarxal tuzum, avlodlar o‘rtasidagi hissiy uzilishlar va yo‘qotish qo‘rquvi
mujassam bo‘lgan bo‘lsa, Alice — yosh, mustaqil, o‘z hayoti uchun mas’uliyat olishga
tayyor ayol obrazidir. U erkinlik va muhabbatni uyg‘unlashtirgan holda yangi avlod
vakilining ovozini ifodalaydi. Boboning kaptarlarni qafasdan chiqarib yuborishi —
uning ichki kechirimga va qabul qilishga erishganini bildiradi. Doris Lessing ushbu
hikoya orqali oila, erkinlik, sevgi va jamiyatdagi ayol o‘rniga oid muhim savollarni
badiiy tilda qo‘yadi. Shuningdek, hikoya ayol erkinligini estetik va ramziy shaklda
tasvirlash orqali o‘quvchini nafaqat fikrlashga, balki his qilishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Lessing, D. (1957).
Flight
. In The Habit of Loving
.
London: Michael Joseph.
2.
Showalter, E. (1977).
A Literature of Their Own: British Women Novelists
from Brontë to Lessing
. Princeton University Press.
3.
Showalter, E. (1981). “Feminist Criticism in the Wilderness.”
Critical Inquiry
,
Vol. 8, No. 2.
4.
Freud, S. (1917).
Mourning and Melancholia
. The Standard Edition of the
Complete Psychological Works of Sigmund Freud.
5.
Moi, T. (1985).
Sexual/Textual Politics: Feminist Literary Theory
. London:
Methuen.
6.
Tyson, L. (2006).
Critical Theory Today: A User-Friendly Guide
. New York:
Routledge.
7.
Plain, G., & Sellers, S. (2007).
A History of Feminist Literary Criticism
.
Cambridge University Press.