“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
60
OILADA KONFLIKTLARNING PAYDO BO’LISHI, PSIXOLOGIK
SABABLARI VA YECHIM STRATEGIYALARI
Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi
Umida To’laganova Xabibilla qizi
Alfraganus Universiteti, Pedagogika fakulteti,
Psixologiya (faoliyat turlari ) yo’nalishi 2-bosqich talabalari
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oilada paydo boʻlayotgan konfliktlarning
psixologik sabablari hamda ularning rivojlanish omillari va bu muammolarni bartaraf
qilishning samarali yechimlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Oilada kelib
chiqayotgan nizolarni oldini olish orqali sogʻlom muhitni shakllantirish haqida soʻz
yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Oila, konfliktlar, bolalik travmalari, psixik zo’riqish, moliyaviy
muammolar, stress, ziddiyatlar, oiladagi nizolar, Zigmund Freyd, Yoqubjon To’rayev,
Hozirgi zamonaviy jamiyat miqyosida oilaning psixologik barqarorligi bu oila
a’zolarining shaxsiy farovonligi, balki butun jamiyatning ijtimoiy salomatligi uchun
muhim omil hisoblanadi. Oila ichidagi munosabatlar tizimi juda murakkab bo‘lib, bu
tizimda yuzaga keladigan muvozanatsizliklar turli ijtimoiy-psixologik ziddiyatlarga
sabab bo‘ladi.
Oila
– jamiyatning asosiy ijtimoiy boʻgʻini bo‘lib, uning barqarorligi va
sog‘lomligi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Biroq har qanday oila ichida turli ijtimoiy, emotsional va psixologik omillar
taʼsirida nizolar yuzaga kelishi mumkin. Bunday konfliktlarni o‘z vaqtida nazorat qila
olish oila mustahkamligini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Konfliktlar
– bu tabiiy ijtimoiy hodisa bo‘lib, ular insonlar o‘rtasidagi
ehtiyojlar, qadriyatlar, qarashlar va emotsiyalardagi tafovutlardan kelib chiqadi.
Yaʼni har kimning hohish istagi, talabi har hilligi va bir birini hohish istaklarini hurmat
qilmagan holda yuzaga keladi. Ayniqsa, oilada konfliktlarning psixologik nuqtai
nazardan kelib chiqishini aniqlash va ularni ijobiy yo‘nalishga burish bugungi kunda
dolzarb muammolardan biridir. Bu borada psixologik bilim va yondashuvlar asosida
tahlil olib borib, oilada sog‘lom muloqotni yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada yuzaga kelayotgan konfliktlarning psixologik sabablari ko‘plab omillar
bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
-
oilada erkin va ochiq muloqotning yetishmovchiligi yoki umuman yoʻqligi,
-
oilada birlik yoʼqligi, yani oila a’zolari o‘z his-tuyg‘ularini, ehtiyojlarini
namoyon qilmaydilar.
-
oila aʼzolari bir birlarini tushunmasliklari yoki noto‘g‘ri tushunishlari
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
61
-
“menning - biz bo‘lmasligi” yani, insonning shaxsiy ehtiyojlari
qondirilmasligi. Har bir insonda turli ehtiyojlar bo‘ladi: mehr, hurmat,
e’tibor, dam olish va hokazo. Agarda ular qondirilmasa, ichki norozilik ortib
boradi va bu oxir-oqibat oilada nizolarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, oilada koʻp hollarda guvoh boʻlamizki, er-xotin o‘rtasida yoki ota-
ona bilan farzandlar o‘rtasida “kimning gapi o‘tadi” degan kurash bo‘ladi. Bu oilada
psixologik kuch muvozanati buzilganda kelib chiqadi.
Jamiyatdagi har bir shaxsda oʻzining turli kutuvlari boʻlgani kabi, albatta bu
jamiyatning bir bo’g’ini boʻlgan oilada ham har bir oila a’zosining turli kutuvlari va
umidlari bor ularni oila muhitiga mos kelmasligi ham turli nizolar yani oiladagi
konfliktlarni keltirib chiqaradi. Har bir oila azosini atrofidagilardan kutgan roli va
munosabati bor, bu uning koʻnglidagidek, kutilganidek bo‘lmaganda ranjish, alam va
norozilik paydo bo‘ladi.
Konfliktlarni keltirib chiqaradigan sabablardan eng katta va dolzarbi bu
bolalikdagi travmalar hamda oiladagi tarbiyada tajriba yoʻqligi hisoblanadi. Baʼzi
oilalar o‘z ota-onasidan ko‘rgan modelni ongsiz ravishda takrorlaydi yoki bolaligida
mehrsiz, eʼtiborsiz va notoʻgʻri muomala ko‘rgan insonlar ham shunday muomala
usulini oilada qoʻllashadi, bu notoʻgʻri hisoblanadi. Zamon oʻzgaryaptimi ushbu
zamonga qarab oilada dunyoqarash ham muomala madaniyati ham oʻzgarib boradi.
Konfliktlarni keltirib chiqaradigan yana bir muhim koʻp uchraydigan va kuchli
taʼsir koʻrsatadigan sabablardan biri bu stress va tashqi bosimlar hisoblanadi. Avvalo
moliyaviy muammolar natijasida, ishdagi charchoq yoki turli ziddiyatlar natijasidagi
stress oʻz navbatida oilaga qattiq tasirini koʻrsatadi, oila aʼzolaridagi sog‘liq
muammolari, qarindoshlar bilan kelishmovchiliklar - bular psixik zo‘riqishni oshiradi
va natijada oila aʼzolari oʻrtasida turli mojarolarga sabab boʻladi.
Yuqoridagi barcha oiladagi konfliktlarni vaqtida nazorat qilib, tahlil qilib, yoki
psixolog yordamidan foydalanib, uni oldi olinmasa bu kattadan katta nizolarga olib
borishi, jamiyat uchun noqobil farzandlar yetishib chiqishi va alal oqibat oila barbod
boʻlishiga ham olib kelishi mumkin.
Oilada paydo boʻlayotgan konfliktlar tabiiy holat bo‘lib, ularni samarali tarzda
bartaraf etish uchun quyidagi turli yondashuv va yechimlarni qoʻllash mumkin.
Avvalo oilada o‘zaro muloqotni yaxshilash lozim. Har bitta oila aʼzosi o‘z fikrini
ochiq va erkin, lekin hurmat bilan ifoda etishi kerak.Oilada bir birlarini tinglash
ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur ya’ni, gapirayotgan kishini diqqat bilan tinglash,
fikrini to‘g‘ri tushunishga harakat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila aʼzolari oʻz hissiyotlarini doim boshqara olishlari kerak, jahl ustida hech
qachon qarorlar qabul qilmaslik alohida ahamiyatga ega.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
62
Oilada kelib chiqayotgan nizoni yoki muammoning ildizini aniqlash,
mojarolarni yuzaki sabab emas, balki chuqurroq yondashib asl sabablarini aniqlab,
aynan shu asosda yechim izlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Turli ziddiyatlar paytida har ikki tomon uchun maqbul bo‘lgan o‘rtacha
yechimni topish kerak.
Nizolarni cho‘zmaslik, imkon qadar tez va sokin holatda muhokama qilib olib
yechim topish kerak.
Oilada doim oilaviy qoidalar va me’yorlar belgilangan boʻlishligi ham
muhimdir, Shuningdek oilada har bir azosining vazifasi va huquqlari aniq boʻlishi
nizolarni kamaytiradi.
Oiladagi nizolarni oila ichida bartaraf etishni iloji boʻlmagan hollarda psixologik
yordamga murojaat qilish, psixologik konsultatsiya olish muhim sanaladi. Va yana eng
muhimi bolalarni oldida mojaro qilish, tortishish urushish va hokazo turli
ziddiyatlardan tiyilish kerak sababi bolaning psixikasiga kuchli taʼsir qilib, juda ham
salbiy yomon odatlarga olib kelishi mumkin.
Oiladagi ziddiyatlar borasida
Zigmund Freyd (Freud)
oilaviy konfliktlarni,
ayniqsa er-xotin o‘rtasidagi nizolarni, shaxsiy ehtiyojlar (ong osti istaklar) va ijtimoiy
talablar o‘rtasidagi ziddiyat deb izohlaydi.
Ularga yechim esa: Shaxsiy ehtiyojlarni anglash va ularni sog‘lom yo‘llar bilan
ifodalash orqali konfliktni kamaytirish mumkin deb hisoblaydi.
Psixologiya fanlari doktori
Yoqubjon To‘rayev
fikricha:
Oilaviy mojarolarning
asosida psixologik moslashuv yetishmasligi yotadi. Har bir oila a’zosi o‘z shaxsiy
xarakteri, hayotga qarashi, qadriyatlari bilan kiradi. Bu jihatlar bir-biriga zid bo‘lsa,
nizo yuzaga keladi deya taʼkidlab oʻtgan.
Ularga yechim sifatida esa: O‘zaro murosaga kelish, empatiya va ijtimoiy-psixologik
ko‘nikmalarni o‘stirish orqali sog‘lom oilaviy muhitni yaratish mumkin deb
hisoblaydi.
Shunday qilib, oilada kelib chiqayotgan nizolarni oldini olish orqali sogʻlom
muhitni shakllantirish – bu har bir oila aʼzosining baxtli va barqaror hayot kechirishi
uchun muhim omil hisoblanadi. Farzandlar kamoli, oila farovonligi jamiyatga oʻzining
ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Shaxsning yorqin kelajakka erishishi, katta muvaffaqiyatlar
qozonishi, goʻzal xulqi, namunali odobi bularning bariga oiladagi tarbiya sababchi
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
G‘.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N. A. Sog‘inov, F. A. Akramova, G. Solihova,
G. Niyozmetova. OILA PSIXOLOGIYÀSI. SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT —
2010
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-85, Issue-1, July -2025
63
2.
Abdurazzoqova Z. Psixologiya: oila va jamiyat. — Toshkent: Fan va texnologiya,
2019.
3.
Nazarova A. Oilaviy psixologiya asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2021
4.
Isomiddinov M. Oila va nikoh psixologiyasi. — Toshkent: Akademnashr, 2018.
5.
Freud, Z. Psixoanaliz va inson tabiati. Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi nashriyoti.2004
6.
To‘rayev, Y. Psixologik xizmat va maslahat asoslari. Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi. 2015.