Mualliflar

  • Sadullayeva Farida Farxod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.129202

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Protsess tintuv olib qo’yish davlat siri immunitet ajrim sanksiya

Annotasiya

Annotasiya: Ushbu maqolada dastlabki tergovda olib qoʼyish tergov harakatining tushunchasi, asosiy vazifalari, ushbu faoliyatning bugungi kundagi holati va amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari, bundan tashqari dastlabki tergov faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularni qoʼllash amaliyoti tahlili hamda ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan protsessual hujjatlar, ushbu faoliyatdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bir qator takliflar, dastlabki tergovda olib qoʼyish tergov harakatini tashkil etish bo’yicha boshqa xorijiy davlatlarning ilgʼor xorijiy tajribasi hamda milliy qonunchiligimizdan farqli va o’xshash tomonlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo’nalishlari yoritib oʼtilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

63

OLIB QOʼYISH TАKTIKАSI

Sadullayeva Farida Farxod qizi

Termiz Davlat Universiteti Yuridik Fakulteti

3-kurs talabasi

Annotasiya:

Ushbu maqolada dastlabki tergovda olib qoʼyish tergov harakatining

tushunchasi, asosiy vazifalari, ushbu faoliyatning bugungi kundagi holati va amalga
oshirishning o’ziga xos xususiyatlari, bundan tashqari dastlabki tergov faoliyatini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularni qoʼllash amaliyoti tahlili hamda
ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan protsessual hujjatlar, ushbu faoliyatdagi
muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va
kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bir qator takliflar, dastlabki tergovda olib
qoʼyish tergov harakatini tashkil etish bo’yicha boshqa xorijiy davlatlarning ilgʼor
xorijiy tajribasi hamda milliy qonunchiligimizdan farqli va o’xshash tomonlaridan
foydalangan holda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo’nalishlari yoritib oʼtilgan.

Kalit so’zlar:

Protsess, tintuv, olib qo’yish, davlat siri, immunitet, ajrim,

sanksiya.

Аннотация:

В статье рассматриваются понятие, основные задачи,

современное состояние и особенности производства выемки в рамках
предварительного расследования, анализ нормативных правовых актов,
регулирующих предварительное расследование, и практики их применения, а
также процессуальных документов, проводимых в рамках этой деятельности,
проблемы и недостатки в этой деятельности, а также ряд предложений по
устранению отдельных видов существующих проблем и недостатков, а также
направления совершенствования этой деятельности с использованием
передового зарубежного опыта других стран в организации производства
выемки в рамках предварительного расследования, а также различий и сходств с
отечественным законодательством.

Ключевые слова:

Процесс, обыск, выемка, государственная тайна,

иммунитет, постановление, санкция.

Annotation:

In this article, the concept of the investigative action of seizure in

the preliminary investigation, its main tasks, the state of this activity today and the
specifics of its implementation, in addition, the analysis of regulatory legal acts
regulating the activities of the preliminary investigation and the practice of their
application, as well as procedural documents that are carried out within this, the
preliminary investigation covered the advanced foreign experience of other foreign
countries in the organization of the seizure investigative action and directions for


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

64

improving these activities using different and similar sides from our national
legislation.

Keywords:

process, search, seizure, state secret, immunity, verdict, sanction.


Shaxsga oliy ijtimoiy qadriyat sifatida yondashuv Oʼzbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasida oʼz aksini topgan boʼlib, jinoyat-protsessual qonunining va uni
qoʼllash amaliyoti hamda Konstitutsiya talablariga mos boʼlishini taqozo qiladi.
Chunki insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish yoʼlida oʼtkaziladigan barcha
islohotlar insonning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilmogʼi
lozim. Bu esa hozirgi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatga oʼtish davrida inson
omilini birinchi oʼringa olib chiqadi, zero jamiyatni tashkil etuvchi insonlarning barcha
sohalardagi, xususan, jinoyat sudlov ish yuritish faoliyatidagi faolligi kuchli jamiyat
qurishning zaruriy shartidir.

Huquqiy davlat yuzaga keluvchi protsessual munosabatlarning shunday tartibini

taʼminlashi lozimki, bu tartib jinoyatlarni ochish, aybdorlarni fosh qilish va jazolash
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yoʼli bilan insonni, jamiyatni, davlatni
jinoyatlardan muxofaza qilinishini taʼminlashi hamda huquqiy me’yorlarni hayotga
tadbiq etish kafolatlarini belgilashi lozim.

Huquqiy taribga solishning toʼla emasligi qonunning ayrim qoidalarini vakolatli

shaxslar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan oʼz xohishlaricha talqin
etilishiga imkon beradi, bu esa qonun buzilishiga hamda Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquq va erkinliklarni paymol etilishiga zamin yaratadi.

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichida eng muhim

yoʼnalishlaridan biri bu-qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud huquq tizimini izchil
demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir soʼz bilan aytganda yurtimizda
huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirish biz uchun xal qiluvchi vazifa boʼlib qolmoqda

Olib qoʼyish-jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan

kimda va qayerda ekanligi ma’lum boʼlgan hamda ularni qidirishning xojati boʼlmagan
hollarda surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan ularni tegishli
boʼlgan shaxsning egaligidan chiqarishga qaratilgan mustaqil tergov harakati.

Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va

qayerda ekanligi ma’lum boʼlib, ularni qidirishning xojati boʼlmasa, surishtiruvchi,
tergovchi va sud ularni olib qoʼyishga xaqlidir.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hech kim qonunda nazarda tutilgan

hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʼtkazishi yoki uni
koʼzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʼzlashuvlar sirini oshkor qilishi
mumkin emasligi belgilangan. Аyni damda JPK da jinoyat ishi boʼyicha haqiqatni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

65

aniqlash va aybdorlarni fosh etish maqsadida olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazish va
boshqa fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan tergov harakatlarini
amalga oshirishning qat’iy tartibi belgilab berilgan.

Olib qoʼyishning asosiy protsessual xususiyati shundaki, uni oʼtkazish uchun

jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda
ekanligi ma’lum boʼlishi xamda ularni qidirishning xojati boʼlmasligi kerak.
Shundagina olib qoʼyish oʼtkaziladi, aks xolda dastlab tintuv oʼtkazilib, undan soʼngra
olib qoʼyish tergov harakati oʼtkazilishi mumkin boʼladi.

Olib qoʼyishning quyidagi turlari mavjud :
-predmet va hujjatlarni olib qoʼyish;
-davlat sirini yoxud boshqa, qonun tomonidan muhofaza etiladigan sirlar haqidagi

ma’lumotlarga ega predmet va hujjatlarni olib qoʼyish;

-pochta telegraf oʼtkazmalarini olib qoʼyish;
-diplomatik immunitetga ega shaxslardan olib qoʼyish.
Olib qoʼyish tintuvga juda ham oʼxshashdir. Xuddi tintuv singari bu tergov

harakati ham fuqarodan, shuningdek, turli xil korxona, muassasa va tashkilotlardan
jinoiy ishga ahamiyati boʼlgan hujjat va predmetlarni olishga qaratilgan. Аmmo
tintuvdan farqli oʼlaroq olib qoʼyish har doim aniq maʼlum bir buyum va hujjatlarga
nisbatan, ular qayerda va kimda ekanligi aniq boʼlganda qoʼllaniladi.

Olib qoʼyishda qidiruv ishlariga hojat yoʼq, binobarin, olib qoʼyishni oʼtkazishda

fuqarolarning manfaatlariga taʼsir nisbatan kamroq boʼladi. Olib qoʼyishda
tergovchining vazifasi biror-bir shaxsga yoki rahbarga maʼlum bir hujjatni yoki
predmetni berishni taklif qilishdir. Rad javobi olinganda esa narsa yoki hujjatni
majburiy olib qoʼyish qoʼllaniladi.

Davlat siriga ega boʼlgan hujjatlarni olib qoʼyish holatlaridan tashqari olib

qoʼyish uchun prokurorning sanksiyasi talab qilinmaydi. Olib qoʼyish diplomatik
vakolatxonalar joylashgan yerlarda yoki ularning oila aʼzolari istiqomat qiladigan
joylarda oʼtkazilsa, ularning roziligi bilan va albatta prokuror va Tashqi ishlar vazirligi
xodimi huzurida oʼtkazilishi zarur.

Olib qoʼyishda ishtirokchilar doirasi xuddi tintuvdagi singaridir. Tintuvda

qoʼllaniladigan asosiy tavsiyalar olib qoʼyishga nisbatan ham ishlatilishi mumkin.
Аgar maʼlum bir joyda kerakli hujjat yoki predmetlar boʼlmasa, ularni boshqa yerdan
qidirish mumkin emas, chunki unda bu olib qoʼyish emas, tintuv boʼladi.

Olib qoʼyish tintuvning bir qismi emas, balki mustaqil tergov harakatidir. Olib

qoʼyishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani yoki hujjatning nusxasini emas, uning
aslini olishni taʼminlash zarur. Аna shunday xavf-xatar mavjud boʼlganda, olib
qoʼyishga tintuvdagi singari mutaxassisni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
buxgalteriya hujjatlarini olib qoʼyishda revizor, auditor yoki ekspertni taklif qilish
zarur.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

66

Аgar oʼgʼirlangan (tortib olingan, tamagirlik yoʼli bilan olingan) buyumlarni olib

qoʼyish koʼzda tutilgan boʼlsa, jabrlanuvchini taklif qilish mumkin.

Olib qoʼyishni muvaffaqiyatli oʼtishi koʼp hollarda tergovchining olib

qoʼyilayotgan shaxs bilan, olib qoʼyish oʼtkazilayotgan tashkilot vakili bilan aloqasiga
bogʼliq. Bunday vaziyatda shuningdek, kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa
olinganligiga ishonch ham katta ahamiyatga ega. Аgar tergovchi obyektlarni
yashirilganligini his qilsa, u holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi.

Аgar surishtiruvchi, tergovchi va sud jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa

va xujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega boʼlsalar
ularni olib qoʼyishga haqlidir (JPK 157-m.). Bunday olib qoʼyish surishtiruvchi yoki
tergovchining qarori yoxud sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda
qayerda va kimnikida olib qoʼyish tergov harakatini amalga oshirish kerakligi, qanday
narsa va hujjatlar olib qoʼyilishi lozimligi koʼrsatiladi(JPK-159-m.). Olib qoʼyish yoki
tintuv oʼtkazishda xolislar, ayrim hollarda esa mutaxassis va tarjimon ham ishtirok
etadilar. Bunda olib qoʼyish jarayonida bu harakat uyida oʼtkazilayotgan shaxsning
ishtirok etishi ta’minlanishi lozim.

Аgar davlat sirlariga ega bo’lgan narsa va hujjatlar olib qoʼyiladigan boʼlsa, olib

qoʼyish haqidagi qarorga prokurorning sanksiyasi olinishi kerak. Bunday olib qoʼyish
chogʼida davlat sirlarini bilishga ruxsat etilgan xolislar ishtirok etgani ma’qul.

Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar,

tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga olib qoʼyish oʼtkazilishidan avval ularning
surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʼida hozir boʼlish hamda ana
shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz
bayonnomaga kiritilishi shart (JPK-160-m.).

Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qoʼyish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan

turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir. Bunda ular olib qoʼyish
oʼtkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qo’ydirishi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʼyish chogʼida qaror yoki ajrim bilan

tanishtirilgandan soʼng olinishi lozim boʼlgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda
berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Аgar bu narsa
va hujjatlar olib qoʼyishni amalga oshirish toʼgʼrisidagi qarorda yoki ajrimda
koʼrsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv oʼtkaziladi.

Olinayotgan narsa va hujjatlarning hammasi xolislarga, olib qoʼyish yoki tintuv

oʼtkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga koʼrsatiladi, bayonnomada to’liq aks
ettiriladi, zarurat boʼlgan taqdirda oʼralib, muhrlanadi. Oʼralgan va muxrlangan narsa
va xhujjatlarni keyingi tergov davomida ochishga faqat xolislar ishtirokida yo’l
qoʼyiladi.

Olib qoʼyish majburiy ravishda amalga oshirilganligi sababli, yopiq binolar yoki

buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o’z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

67

surishtiruvchi yoki tergovchi ularni ochishga xaqlidir. Bunda zarurat boʼlmaganda
qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yoʼl qoʼyilmasligi hamda
uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim (JPK 161-m.).

Surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, shuningdek uning yonidagi

buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va
hujjatlarni olib qoʼyishi mumkin.

Sud tomonidan oʼtkazilgan narsa va hujjatlarni olib qoʼyish natijalari sud majlisi

bayonnomasida aks ettiriladi. Bayonnomada narsa va hujjatlarning aynan qayerda va
qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda
olinganligi koʼrsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma
bir qayd qilinib, ularning miqdori, oʼlchovi, ogʼirligi, har qaysisining oʼziga xos
belgilari koʼrsatilishi, zarurat boʼlgan taqdirda oʼralishi va muhrlanishi lozim.

Olib qoʼyish vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni yoʼq qilishga yoki

yashirishga urinish hollari sodir boʼlgan taqdirda, bu xol surishtiruvchi yoki tergovchi
koʼrgan choralar ham koʼrsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim (JPK 163-m.).

Olib qoʼyish toʼgʼrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi sud majlisining olib

qoʼyishni oʼtkazish toʼgʼrisidagi bayonnomasidan koʼchirma tintilgan shaxsga yoki
uning voyaga yetgan oila a’zolariga, ular boʼlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik
yoxud fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʼyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi
(JPK 164-m.).

Pochta telegraf joʼnatmalarini olib qoʼyish anchagina oʼziga xos jihatlarga ega.

Bu xarakat jinoyat protsessual harakatida pochta telegraf joʼnatmalarini xatlash deb
nomlangan (JPK 166-m.).

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslarga yuborgan

yoxud boshqa shahslar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan
pochta telegraf joʼnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun
ahamiyatga molik xujjatlar va buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar
boʼlganda, surishtiruvchi, tergovchi, sud bu shaxslarning barcha pochta telegraf
joʼnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab qoʼyishga haqlidir.

Xatlab qoʼyilishi mumkin bo’lgan pochta telegraf joʼnatmalariga barcha turdagi

xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari
kiradi.

Pochta telegraf joʼnatmalarini xatlash surishtiruvchi yoki tergovchining qarori

bilan rasmiylashtiriladi. Unga albatta prokurorning sanksiyasi olinadi. Sud esa bunday
xatlash uchun ajrim chiqaradi.

Qaror yoki ajrimda: joʼnatmalari ushlab turilishi lozim boʼlgan shaxsning

familyasi, ismi, otasining ismi, bu shaxsning aniq manzili; xatlanayotgan pochta
telegraf joʼnatmalarining turi; xatlash chorasining muddati; joʼnatmalarni ushlab turish


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

68

va bu haqida surishtiruvchi yoki tergovchiga ma’lum qilish qaysi aloqa muassasasiga
yuklatilganligi koʼrsatiladi.

Sud ajrimida pochta telegraf joʼnatmalarini sudga yetkazib berish haqida aloqa

muassasasiga koʼrsatma berilishi lozim. Pochta telegraf joʼnatmalarini xatlash haqidagi
qaror yoki ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʼi nomiga yuboriladi va uni
bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu qarorni yoki ajrimni bajarmaslik yoki
uning oshkor etilishi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi.

Аloqa muassasasining raxbari surishtiruvchi, tergovchining qarorida yoki sudning

ajrimida koʼrsatilgan xat - xabarlar va boshqa joʼnatmalarni ushlab turishi xamda bu
xaqda xatlash tashabbuskoriga darhol ma’lum qilishi kerak (JPK 166-m.). U oʼz
navbatida bunday xat - xabarlar va boshka joʼnatmalarni koʼzdan kechiradi va olib
qoʼyadi.

Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta

telegraf jo’natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat boʼlganda esa, tegishli mutaxassis
ishtirokida ochib, ko’zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar,
hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta telegraf
joʼnatmalarini olib qoʼyadi yoxud ulardan nusxa koʼchirish bilan cheklanadi. Аgar
koʼzdan kechirilgan joʼnatmalarda ish uchun axamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar,
narsalar boʼlmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki oʼzi
belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida koʼrsatma beradi.

Ushlangan joʼnatmalar koʼzdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuziladi.

Unda qaysi pochta telegraf joʼnatmalari koʼzdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va
nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi
joʼnatmalardan nusxalar olinganligi koʼrsatilishi lozim (JPK 167-m.).

Pochta telegraf joʼnatmalarini xatlab qoʼyish chorasini qoʼllashga zarurat

qolmasa, xatlab qoʼygan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu chorani bekor qiladi.
Dastlabki tergov davomida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa ishni
tugatish xaqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab
qoʼyish chorasi bekor qilinishi lozim (JPK 168-m.).

Olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazishda xolislar, zarurat boʼlgan taqdirda mutaxassis

va tarjimon xam ishtirok etadilar.

Olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazish jarayonida bu harakatlar uyida oʼtkazilayotgan

shaxsning oʼzi yoki xech boʼlmaganda uning voyaga yetgan oila a’zolaridan birining
ishtirok etishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini ta’minlashga imkon boʼlmasa,
tegishli hokimlik yoki fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organining vakili taklif
etiladi.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib

qoʼyish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida oʼtkaziladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

69

Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar,

tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qoʼyish oʼtkazilishidan
avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʼida xozir
boʼlish xamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak.
Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.

Olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazishda tarjimon xam ishtirok etishi mumkin boʼlib,

JPK ning 71-moddasidan kelib chikkan holda, olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazish
chogʼida tarjimon ushbu tergov xarakati ishtirokchilari ish yuritilayotgan tilni bilmasa
yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʼlsa chaqirtiriladi.

Olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazishda xolislar ushbu tergov harakatining

oʼtkazilganini, uni oʼtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun chaqiriladi. Olib
qoʼyish yoki tintuv oʼtkazishda ishtirok etish uchun xolis sifatida ishning oqibatidan
manfaatdor boʼlmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim.
Olib qoʼyish yoki tintuv oʼtkazishni boshlashdan oldin surishtiruvchi yoki tergovchi
xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi…

Olib qo’yish tergov harakatida xorijiy davlatlar qonunlariga eʼtibor bermaslik

mumkin emas.

Jinoyatlarga doir ish yurituv sohasi juda dolzarb va muhim ahamiyat kasb etishi

bois, har bir davlat oʼz milliy qonunchiligida bu sohani tartibga solib turuvchi alohida
qonun tizimini yaratadi. Biroq har bir davlatning oʼz milliy qonunchiligida jinoyat
ishlarini yuritishga doir maʼlum tartib va qoidalar oʼziga xos xususiyatlari bilan bir
biridan farq qiladi.

Xorijiy davlatlar qonunchiligida tergov harakati sifatida olib qoʼyish bilan

bogʼliq protsessual tartibga oid qoidalar mazmuni, ularning yutuq va kamchiliklarini
oʼzaro qiyosiy oʼrganish orqali narsa va olib qoʼyish tergov harakatini tartibga solib
turuvchi milliy qonunchilikni takomillashtirish borasida ijobiy natijalarga erishish
imkoniyati tugʼiladi.

Shu maqsadda ayrim davlatlar qonunchiligida olib qoʼyish tergov harakatining

tartibga solinishini qiyosiy jihatdan qarab chiqamiz. Аvvalo, mamlakatimizning
qonunchilik tizimiga oʼxshash boʼlgan Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi davlatlarining
qonunlarini tahlil qilib chiqamiz.

Rossiya Federatsiyasining 2001-yil 18-dekabrda qabul qilingan Jinoyat-

protsessual kodeksida olib qoʼyish usuli sifatida turli xil tergov harakatlari aks etgan,
shuningdek, ushbu tergov harakatlarini oʼtkazish asoslari, tartibi va shartlari hamda
rasmiylashtirish xususiyatlari ham qayd etilgan.

Qozogʼiston Respublikasining 1997-yil 13-dekabrda qabul qilingan Jinoyat-

protsessual kodeksida ham olib qoʼyish usuli sifatida tergov harakatlaridan foydalanish
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonuni tahririga yaqin boʼlib, unda ham


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

70

tergov harakatlarini oʼtkazish asoslari, shartlari va tartibi bilan bogʼliq qoidalar qayd
etilgan.

Tojikiston Respublikasining 2009-yil 3-dekabrda qabul qilingan Jinoyat-

protsessual kodeksida ham olib qoʼyish usuli sifatida tergov harakatlaridan foydalanish
qayd etilgan.

Turkmaniston Respublikasida amalda boʼlgan Jinoyat-protsessual kodeksda ham

tergov harakatlari turlari, ularni oʼtkazish asoslari va tartibi belgilab oʼtilgan boʼlib,
unda aks etgan qoidalar bizning JPKda ham ifodalangan.

Yuqorida koʼrib chiqilgan MDH davlatlarining Jinoyat-protsessual kodekslariga

koʼra tergov harakatlarini oʼtkazish vakolati sudga qadar ish yuritish bosqichida
surushtiruvchi, tergovchi, prokuror zimmasiga yuklatilganini koʼrishimiz mumkin.
Qozogʼiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilanishicha tergov
harakatlari dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror
tomonidan oʼtkaziladi. Olib qoʼyish deb nomlangan 33-bob, 259-261-moddalarni oʼz
ichiga oladi va unda ushbu tergov harakatini oʼtkazish bilan bogʼliq qoidalar qayd
etilgan. Ushbu moddalarda qayd etilgan qoidalarni tahlil qiladigan boʼlsak, oʼziga xos
boʼlgan holatlarni koʼrishimiz mumkin.

Qozogʼiston Respublikasi JPKda uchta modda olib qoʼyish tergov xarakatini

tartibga solib turadi. Oʼzbekiston JPKdan faqli ravishda ushbu tergov harakati bilan
bogʼliq qoidalar birmuncha ixchamroq tarzda ifoda etilgan, xususan olib qoʼyish tergov
harakatini qonunda ikki xil turi nazarda tutilgan. Birinchi turi sifatida 259-moddada
olib qoʼyish shaxslarning tashabbusiga koʼra dastlabki tergovni olib boruvchi vakolatli
shaxsga taqdim etilishi nazarda tutilgan. Ikkinchi tur sifatida esa 260-moddada olib
qoʼyish dastlabki tergovni olib borayotgan shaxsning talabiga binoan taqdim etilishi
nazarda tutilgan.

Yuqordagi moddalar tahlili shuni koʼrsatadiki olib qoʼyish shaxslar tomonidan ish

yuritishga maʼsul boʼlgan organlarga taqdim qilinishi yagona modda tarkibida boʼlib,
narsa va hujjatni ish yuritishga maʼsul boʼlgan organlar talabi bilan taqdim etish ham
bir modda tarkibida aks ettirilgan.

Shaxslar tomonidan oʼz ixtiyorlari bilan ish uchun ahamiyatli boʼlgan narsa va

hujjatlarni olib qoʼyish boʼyicha qayd qilingan qoidalar bizni qonunchiligimizga yaqin
holatda bayon qilingan. Bunda asosiy farqli jihatlar ish yuriishga vakolatli organlar
tomonidan shaxslardan talab qilinganda koʼzga tashlanadi. Bizni qonunchiligimizda
asosan talab qilish surushtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan jinoyat
protsessining dastlabki tergov va sud tergovi boqichlarida fuqarolardan, korxona,
muassasa tashkilotlardan talab qilish mumkin boʼladi. Qozogʼiston Respublikaasi
JPKning 260-moddasiga asosan esa ish uchun ahamiyatga ega boʼlgan narsa va
hujjatlarni talab qilish faqat dastlabki tergov bosqichida amalga oshirilishi mumkinligi
belgilab oʼtilgan. Shu bilan birga ushbu modda tarkibiga kiruvchi vakolatli shaxslar


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

71

tomonidan hujjatlarni talab qilish ham belgilan boʼlib, bu qoidalar ham bizniki bilan
bir xilda aks etgan.

Muayyan shaxslar tomonidan olib qoʼyilishi lozim boʼlgan narsa va hujjatlar

ixtiyoriy taqdim qilinganda ham, vakolatli shaxslar tomonidan talab qilinganda ham
bizni qonunchilik bilan boʼladigan umumiy farq sifatida bizda talab qilib oladigan
shaxslar sifatida narsani talab qilishda surishtiruvchi, tergovchi va sud hujjatni talab
qilishda esa ushbu shaxslarga qoʼshimcha sifatida prokuror nazarda tutilgan.

Qozogʼiston JPKda esa olib qoʼyilishi lozim boʼlgan narsa va hujjatlarni taqdim

qiladigan shaxs sifatida ham talab qilib oladigan shaxs sifatida ham muayyan shaxslar
doirasi nazarda tutilmagan, balki sudga qadar ish yuritishga vakolatli shaxslar deb
belgilangan. Olib qoʼyilishi lozim boʼlgan narsa va hujjatlarni taqdim qilish
bayonnomasi yuzasidan Qozogʼiston Respublikasi JPKda belgilangan qoidalar bizni
qonunchilikdagi bilan bir xil.

Olib qoʼyish tergov xarakatini horijiy mamlakatlar Jinoyat-protsessual

qonunchiligida tartibga solinishi yuzasidan izlanishlar davomida Rossiya
Federatsiyasi, Qozogʼiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Ozarbayjon,
Moldaviya va Ukraina davlatlarining Jinoyat-protsessual qonunchiligining mavzuga
aloqador jihatlari quyidagicha ekanligi aniqlandi. Xususan yuqoridagi barcha
mamlakatlarda olib qoʼyish tergov harakati isbotlashning umumiy shartlarida dalillarni
toʼplash turi sifatida boʼlib, bu ushbu harakat natijasida ham dalillar toʼplanishi
mumkinligini anglatadi. MDX davlatlaridan Oʼzbekiston va Qoʼzogʼiston
Respublikalari JPKda ushbu tergov xarakatini amalga oshirish qoidalari alohida bobda
jamlangan holda aks etgan. Olib qoʼyish tergov harakati tartibga soluvchi normalar
alohida bobda aks etmagan davlatlarning jinoyat sudlov sohasidagi ish yuritish
amaliyotini tahlil qiladigan boʼlsak ular faqatgina taqdim qilish bayonnomasi bilangina
ushbu jarayonni rasmiylashtirishlari maʼlum boʼldi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, dastlabki tergovda ish uchun ahamiyatga ega

boʼlgan olib qoʼyishning protsessual tartibi yuzasidan yozilgan maqolani yakunlar
ekanman, ushbu tergov harakati bilan bogʼliq baʼzi muammolarning borligini
angladim. Shu bilan birga muammolarning tahlili quyidagi xulosalarga kelishga,
Jinoyat-protsessining qonun normalarini takomillashtirishga oid takliflarni va ularni
qoʼllash amaliyotini rivojlantirish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi.
Ularning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi.

Olib qoʼyish tergov harakatining qoʼllash samaradorligini oshirishga xizmat

qiluvchi tavsiya va takliflar:

1-muammo. Olib qoʼyish tergov harakatini oʼtkazishda surishtiruvchi va

tergovchi tomonidan lozim darajada tayorgarlik koʼrmaslik buning natijasida
kutilmagan toʼsiqlarning vujudga kelishi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

72

1-muammo yuzasidan taklif. Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʼyish tergov

harakatini oʼtkazishdan oldin, olinishi lozim boʼlgan narsa joylashgan hududni puxta
oʼrganib chiqishi, hududga ma’sul shaxslar bilan (oʼzini oʼzi boshqarish organi vakili,
profilaktika inspektori) hamkorlik qilgan holda ushbu tergov harakatiga jiddiy
yondashishi, natijada vujudga kelishi mumkin boʼlgan muammo va toʼsiqlarni
(xonadonda qopagʼon itning boʼlishi yoki uy egasining zoʼrlik, qurol ishlatish bilan
qoʼrqitish orqali tergov harakatini oʼtkazishga halaqit berishga urinishi) oldini olishda
samarali yordam beradi deb hisoblayman.

2-muammo. Аmaliyotda ba’zi hollarda olib qoʼyish tergov harakati

yakunlanganidan soʼng, bayonnoma nusxasi narsasi olib qoʼyilgan shaxsga
berilmayotganligi va natijada olib qoʼyilgan narsa ish yakunlanganidan soʼng oʼz
egasiga qaytarish chogʼida soni va sifati jihatidan muammo kelib chiqishi holatlari
uchrab turibdi.

2-muammo yuzasidan taklif. Olib qoʼyish bayonnomasi nusxasini narsa olingan

xonadon yoki joy egasiga berilmasligi tergov harakatini olib borgan surishtiruvchi yoki
tergovchiga chora koʼrilishini belgilash lozim.

3-muammo. Olib qoʼyish bayonnomasini rasmiylashtirilishida xolislarning

soxtaligi va bayonnomaning xolislarga toʼliq tanishtirilmasligi.

3-muammo yuzasidan taklif. Olib qoʼyish bayonnomasida ishtirok etgan

xolislarning pasport nushalarini ishga ilova qilish va ishni sudda koʼrish mobaynida
olib qoʼyish bayonnomasida ishtirok etgan xolislarning haqiqiyligini tekshirib koʼrish,
zarur boʼlsa ularni sudda ishtirok etishini ta’minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar:

1.

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: Oʼzbekiston, 2017. –

76 b.

2.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2018 yil 1 dekabrgacha

boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy nashr / Oʼzbekiston Respublikasi
Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 512 b.

3.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (‘017 yil 1

dekabrgacha boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy nashr / Oʼzbekiston
Respublikasi Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 736 b.

4.

Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi

kodeksi (2017 yil 1 dekabrgacha boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy
nashr / Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 504 b.

5.

Oʼzbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida»gi

(yangi tahriri) 2012 yil 24 dekabrь qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
toʼplami. – T., 2012. – № 52. – 583-m.

II Oʼzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari:

1. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsisiyasi. Toshkent. Oʼzbekiston 2019 yil.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-86, Issue-1, July -2025

73

2. Oʼzbeiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2016 yil 23 sentabrgacha boʼlgan

oʼzgartirishlar bilan. Toshkent “Аdolat” nashri 2016 yil.

3. Oʼzbeiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi 2016 yil 23 sentabrgacha

boʼlgan oʼzgartirishlar bilan. Toshkent “Аdolat” nashri 2016 yil.

4. Oʼzbeiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid

Jnoyat Protsessual normalarini qoʼllashning ayrim masalalari toʼgʼrisida”gi 2004 yil
24 sentabrdagi 12-son qarori.

5. Oʼzbeiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining Jinoyat ishlari boʼyicha

ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʼllashning ayrim masalalari toʼgʼrisida”gi
2012 yil 13 dekabr 17-qarori.

6. Surishtiruv, Dastlabki tergov va sud muxokamasi davomida ashyoviy dalillar,

moddiy qimmatliklar va mol-mulkni olib qoʼyish, qabul qilish, xisobga olish, saqlash,
berish, sotish, qaytarish, yoʼq qilib tashlash tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma. 2010 yil
29 dekabr 2174-son bilan Аdliya Vazirligidan roʼyxatdan oʼtgan.

III Maxsus va asosiy adabiyotlar:

1. А.X.Raxmonqulov, D.M.Mirazov. “Dastlabki Tergov” darsligi Toshkent 2012

yil 301-308 betlar.

2. B.А.Mirenskiy, А.X.Raxmonqulov. D.Kamolxoʼdjaev, B.А.Sidov. “Jinoyat

Protsessi” darslik Toshkent 2012 yil 176-180 betlar.

3. T.А.Аbdumajidov, Z.F.Inogʼomjonova, B.B.Xidaetov. “Jinoyat Protsessual

huquqi” darsligi. Toshkent 2015 yil 346-348 betlar.

4. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksiga sharxlar. Masul

muxarrir Аbdumajidov. Toshkent 2008 yil 562-573 betlar.

5. Qoʼshaev.N.M, Fayziev.Sh.F, “Jinoyat protsessida oʼtkaziladigan tergov

xarakatlari” TDYuI 2007 yil 273-295 betlar.

6. Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi darsliik OʼzR IIV Аkademiyasi

Toshkent 2015 yil 293-295 betlar.

7. Saxaddinov.S.M. Oʼzbekiston ruspublikasi Jinoyat Protsessual koʼdeksiga

sharxlar umumiy qisim. Toshkent 2015 yil 381-391 betlar.

IV Foydalanilgan internet saytlar roʼyxati:

www.google.ru
www.norma.uz
www.tma.uz
www.lex.uz
www.lawtheses.com
www.legislationline.org
www.referat.arxiv.uz
www.library.uz
www.ziyonet.uz
www.qoraqalpoq.adliya.uz
www.prokuratura.uz
www.akadmvd.uz
www.ziyouz.com
www.elibrary.karsu.uz
www.uzbekistan.site
www.elections.uz

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

I Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar:

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: Oʼzbekiston, 2017. – 76 b.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2018 yil 1 dekabrgacha boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy nashr / Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 512 b.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (‘017 yil 1 dekabrgacha boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy nashr / Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 736 b.

Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi (2017 yil 1 dekabrgacha boʼlgan oʼzgartish va qoʼshimchalar bilan). Rasmiy nashr / Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi. – T.: Аdolat, 2017. – 504 b.

Oʼzbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida»gi (yangi tahriri) 2012 yil 24 dekabrь qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami. – T., 2012. – № 52. – 583-m.

II Oʼzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari:

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsisiyasi. Toshkent. Oʼzbekiston 2019 yil.

Oʼzbeiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2016 yil 23 sentabrgacha boʼlgan oʼzgartirishlar bilan. Toshkent “Аdolat” nashri 2016 yil.

Oʼzbeiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi 2016 yil 23 sentabrgacha boʼlgan oʼzgartirishlar bilan. Toshkent “Аdolat” nashri 2016 yil.

Oʼzbeiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid Jnoyat Protsessual normalarini qoʼllashning ayrim masalalari toʼgʼrisida”gi 2004 yil 24 sentabrdagi 12-son qarori.

Oʼzbeiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining Jinoyat ishlari boʼyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʼllashning ayrim masalalari toʼgʼrisida”gi 2012 yil 13 dekabr 17-qarori.

Surishtiruv, Dastlabki tergov va sud muxokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va mol-mulkni olib qoʼyish, qabul qilish, xisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʼq qilib tashlash tartibi toʼgʼrisidagi yoʼriqnoma. 2010 yil 29 dekabr 2174-son bilan Аdliya Vazirligidan roʼyxatdan oʼtgan.

III Maxsus va asosiy adabiyotlar:

А.X.Raxmonqulov, D.M.Mirazov. “Dastlabki Tergov” darsligi Toshkent 2012 yil 301-308 betlar.

B.А.Mirenskiy, А.X.Raxmonqulov. D.Kamolxoʼdjaev, B.А.Sidov. “Jinoyat Protsessi” darslik Toshkent 2012 yil 176-180 betlar.

T.А.Аbdumajidov, Z.F.Inogʼomjonova, B.B.Xidaetov. “Jinoyat Protsessual huquqi” darsligi. Toshkent 2015 yil 346-348 betlar.

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksiga sharxlar. Masul muxarrir Аbdumajidov. Toshkent 2008 yil 562-573 betlar.

Qoʼshaev.N.M, Fayziev.Sh.F, “Jinoyat protsessida oʼtkaziladigan tergov xarakatlari” TDYuI 2007 yil 273-295 betlar.

Dastlabki tergov faoliyati psixologiyasi darsliik OʼzR IIV Аkademiyasi Toshkent 2015 yil 293-295 betlar.

Saxaddinov.S.M. Oʼzbekiston ruspublikasi Jinoyat Protsessual koʼdeksiga sharxlar umumiy qisim. Toshkent 2015 yil 381-391 betlar.

IV Foydalanilgan internet saytlar roʼyxati:

• www.google.ru

• www.norma.uz

• www.tma.uz

• www.lex.uz

• www.lawtheses.com

• www.legislationline.org

• www.referat.arxiv.uz

• www.library.uz

• www.ziyonet.uz

• www.qoraqalpoq.adliya.uz

• www.prokuratura.uz

• www.akadmvd.uz

• www.ziyouz.com

• www.elibrary.karsu.uz

• www.uzbekistan.site

• www.elections.uz