Jild 86 № 1 (2025)
Maqolalar
SIRDARYO TILSHUNOSLIK MAKTABINING ILMIY MEROSI
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida shakllangan tilshunoslik maktabining ilmiy merosi, uning asoschilari, ilmiy yo‘nalishlari va o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Maqolada mintaqaviy tilshunoslik maktabining shakllanish sabablari, u yerda yetishib chiqqan olimlar faoliyati hamda ularning ilmiy izlanishlarining bugungi kunda davom etayotgan an’analarga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, Sirdaryo maktabiga xos bo‘lgan yondashuvlar — leksikologik, grammatik va uslubiy tadqiqotlarning umumiy o‘ziga xosligi ochib beriladi. Mazkur maqola tilshunoslik sohasidagi ilmiy maktablar merosini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
JAMIYATDA MA`NAVIYATNING O'RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning tutgan o‘rni, uning ijtimoiy ong, axloq, qadriyatlar tizimi va shaxsning shakllanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Ma’naviyat jamiyatni birlashtiruvchi kuch, madaniyatning asosi va milliy g‘ururni shakllantiruvchi omil sifatida qaraladi. Maqolada tarixiy, nazariy va zamonaviy nuqtai nazardan ma’naviy qadriyatlar evolyutsiyasi yoritiladi hamda ularni rivojlantirish yo‘llari taklif qilinadi.
THE ORIGIN, MORPHOLOGICAL VARIABILITY, AND CONSERVATION PROSPECTS OF PAEONIA HYBRIDA (FAMILY: PAEONIACEAE) IN NAMANGAN REGION, UZBEKISTAN
Annotation: Paeonia hybrida, a member of the Paeoniaceae family, is a relict and endangered herbaceous plant found sporadically in the foothills of the Namangan region of Uzbekistan. The species exhibits notable morphological variation, which reflects both its evolutionary history and adaptation to changing environmental conditions. This study investigates the taxonomic origin, morphological diversity, and current threats to P. hybrida populations in Namangan, providing insight into strategies for its preservation. Field surveys, morphometric analyses, and historical botanical data were utilized to assess the species’ status and guide conservation efforts.
O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI-155 YOSHDA
Annotatsiya: O'zbekiston Milliy kutubxonasi — bu qadam qadamlab rivojlanib kelayotgan millatning bilim va madaniyat markazi sifatida shakllangan o‘ta muhim ilmiy, madaniy va axborot tashkiloti hisoblanadi. Uning faoliyati nafaqat o‘zbek xalqining boy madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilgan, balki zamon talablariga mos ravishda kengayib, modernizatsiyalash yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Ushbu kutubxona milliy bilim makoni sifatida o‘zining noyob o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib, mamlakatimiz ilm-fan va madaniyat sohasida xizmat ko‘rsatishda asosiy ustuvorlikka ega.
KAMBAGʻALLIK MUAMMOSINI HAL ETISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Butun dunyoda kambag‘allik muammosi mavjud ekan, mamlakatimizda ham bu masalani hal etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Kambag‘allik muammosi turli hududlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Xususan, Namangan viloyati aholisining tabiiy o‘sishi tumanlarda joylashuvi, salohiyati, yoshi, jinsi bir-biridan farq qiladi, shularni hisobga olgan holda kambag‘allik muammosini hal etishning ayrim yo‘nalishlari bayon etilgan
RAHBARNING TINGLASH MAHORATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada rahbarning tinglash mahorati, muomala madaniyati, hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish va boshqarish rahbarning eng murakkab munosabatlardan biri ekanligi haqida aytib o’tilgan.
TALABALAR UCHUN TASVIRIY SAN’AT TARIXINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: ushbu maqolada tasviriy san’atning rivojlanishi, uni o‘rganish talabalar uchun muhim ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. San’at tarixi nafaqat estetik dunyoqarashni shakllantirish, balki madaniy merosni anglash, tarixiy tafakkurni chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
USING READING STRATEGIES IN CLASSROOM TEACHING ENVIRONMENT AT ACADEMIC LYCEUMS
Annotatsiya: Ushbu maqolada akademik litsey o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qish strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. O‘qish strategiyalari o‘quvchilarga murakkab matnlarni tushunish, tahlil qilish va o‘z fikrlarini ifodalashda yordam beradi. Maqolada kognitiv, metakognitiv va ijtimoiy-affektiv strategiyalar turlari ko‘rib chiqilgan, ularning sinfda qo‘llanilishi, o‘qituvchining roli, mavjud muammolar va yechimlar tahlil etilgan. Shuningdek, real misollar, amaliy mashg‘ulotlar va tavsiyalar asosida maqola boyitilgan. Ushbu tadqiqot akademik litseylarda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va yuqori natijalarga erishishida foydali bo‘lishi mumkin.
ODAM ORGANIZMINING QO’L SKELET SUYAKLARINING TUZILISHI VA BIRIKISHI
Annotatsiya: Ushbu maqola kurak suyagining tuzilishi,qo’lning erkin suyaklari va o’mrov suyagining tuzilishini o’rganishga qaratiladi.Kurakning o’tkir qirrasi laterial burchak tomonga ko’tarilib borib kengayadi va akromionni hosil qilishi,kurakning laterial burchagi yo’g’onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo’g’im chuqurchasini hosil qilishi,qo’lning erkin suyaklariga: yelka suyagi, bilak suyagi kirishi kabilar o’rganiladi.Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar tarkibiga kiradi.Uning yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon yelka suyagining boshchasi borligi hamda Bilak suyagi ikki uzun naysimon suyakdan iborat ekanligi tahlil qilinadi.
«МАТЕМАТИЧЕСКОЕ МЫШЛЕНИЕ И ЭТАПЫ ЕГО РАЗВИТИЯ»
Аннотация:В статье рассматривается понятие математического мышления, его значение и этапы формирования. Также освещаются взгляды известных учёных на развитие математического мышления и его особенности. Особое внимание уделяется современным методам формирования логического мышления учащихся и применению цифровых инструментов в образовательном процессе.
THE ORIGIN, MORPHOLOGICAL VARIABILITY, AND CONSERVATION PROSPECTS OF PAEONIA HYBRIDA (FAMILY: PAEONIACEAE) IN NAMANGAN REGION, UZBEKISTAN
Annotation: Paeonia hybrida, a member of the Paeoniaceae family, is a relict and endangered herbaceous plant found sporadically in the foothills of the Namangan region of Uzbekistan. The species exhibits notable morphological variation, which reflects both its evolutionary history and adaptation to changing environmental conditions. This study investigates the taxonomic origin, morphological diversity, and current threats to P. hybrida populations in Namangan, providing insight into strategies for its preservation. Field surveys, morphometric analyses, and historical botanical data were utilized to assess the species’ status and guide conservation efforts.
УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ПРЕСТУПЛЕНИЙ, СВЯЗАННЫХ С ТОРГОВЛЕЙ ЛЮДЬМИ
Аннотaция. В данной научной статье были приведены система, задачи и правовые основы деятельности государственных органов по борьбе с торговлей людьми, а также вопросы, связанные с мерами сотрудничества, реализуемыми с международными организациями в этой сфере, и предложениями по его результатам.
THE IMPACT OF TECHNOLOGY ON ENGLISH SYNTAX AND PRAGMATICS: A CONTEMPORARY LINGUISTIC PERSPECTIVE
This article investigates the influence of digital technology on the syntactic and pragmatic patterns of contemporary English. The rise of computer-mediated communication (CMC) through texting, social media, and AI chat interfaces has created new registers that challenge traditional linguistic norms. Although the core syntax of English remains stable, informal digital discourse reveals unique patterns of ellipsis, fragmentation, and parataxis. Simultaneously, pragmatic strategies have evolved with the use of emojis, acronyms, and multimodal cues to convey politeness, irony, and speech acts. This article argues that digital technology is not eroding linguistic standards but expanding the expressive potential of English. The study positions this evolution within linguistic theory, highlighting its relevance for both theoretical linguists and applied computational research.
HAMID OLIMJON ASARLARIDA FOLKLOR UNSURLARINING BADIIY TALQINI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Hamid Olimjon ijodida folklor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Ma’lumki, adib o‘z ijodida xalq og‘zaki ijodining boy an’analaridan ilhomlanib, ularni o‘zining badiiy tafakkuri asosida qayta ishlagan va zamonaviy poeziya talablariga mos ravishda yangi mazmun bilan boyitgan. Xususan, xalq ertaklari, dostonlari, afsona va rivoyatlaridagi obrazlar, ramzlar, timsollar va poetik strukturalar shoirning ko‘plab asarlarida qayta talqin qilinadi. Maqolada Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon”, “Semurg‘”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Tong nafasi”, “Uyg‘onish” kabi asarlarida uchraydigan folklor elementlari – epik motivlar, obrazlar tizimi, xalqona ifoda vositalari, qadimiy syujetlarning zamonaviy badiiy yechimi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida adabiy tahlil, qiyosiy tahlil va kontekstual metodlardan foydalanildi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shundaki, u Hamid Olimjon ijodini o‘rganishda yangi yondashuvlarni taklif etadi va folklor materiallarining zamonaviy badiiy tafakkurdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Maqola adabiyotshunoslar, folklorshunoslar, tilshunoslar, shuningdek, adabiy merosni o‘rganayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari Hamid Olimjonning ijodida xalq ruhiyatini, xalq estetik qarashlarini va badiiy tafakkurini qanday aks ettirganini ochib beradi. Shuningdek, shoir tomonidan xalq og‘zaki ijodining qayta ishlanish uslublari, ularning zamonaviy kontekstda ishlatilishi va milliy o‘zlikni ifodalashdagi roli yoritiladi.
TEACHING ENGLISH PRONUNCATION USING INTERACTIVE METHODS AT 5TH FORM PUPILS
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot maktabdagi 5-sinf o‘quvchilariga ingliz tilidagi talaffuzni interaktiv usullar yordamida o‘qitishni tavsiflashga qaratilgan. Tadqiqot ingliz tilini, xususan, talaffuz darsini o‘qitishda guruhli ish orqali interaktiv metod sifatida Loyihaga asoslangan ta’lim (Project Based Learning – PBL) qo‘llanishi taklif etildi. Tadqiqot olti asosiy bosqichda olib borildi: dastlabki tayyorgarlik, rejalashtirish, harakat qilish, kuzatish, aks ettirish (refleksiya) va o‘qitish-o‘rganish jarayonining natijalarini baholash. Talaffuz – bu ingliz tilini chet tili sifatida (EFL) o‘rganishda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan asosiy til ko‘nikmalaridan biridir. Talaffuzni o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘z fikr va g‘oyalarini ifodalash qobiliyatini oshirishlari mumkin. Talaffuz og‘zaki nutqdagi ijodiy ko‘nikma hisoblanadi. Bundan tashqari, talaffuzni o‘rganish o‘quvchilar uchun foydalidir, chunki talaffuz – bu og‘zaki muloqot shakli bo‘lib, boshqalar bilan aloqa o‘rnatishning eng keng tarqalgan usulidir va talaffuz ko‘nikmalarini egallash chet tilini o‘rganishda eng muhim jihatlardan biridir.
OLIB QOʼYISH TАKTIKАSI
Annotasiya: Ushbu maqolada dastlabki tergovda olib qoʼyish tergov harakatining tushunchasi, asosiy vazifalari, ushbu faoliyatning bugungi kundagi holati va amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari, bundan tashqari dastlabki tergov faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularni qoʼllash amaliyoti tahlili hamda ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan protsessual hujjatlar, ushbu faoliyatdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bir qator takliflar, dastlabki tergovda olib qoʼyish tergov harakatini tashkil etish bo’yicha boshqa xorijiy davlatlarning ilgʼor xorijiy tajribasi hamda milliy qonunchiligimizdan farqli va o’xshash tomonlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo’nalishlari yoritib oʼtilgan.
XORAZM VILOYATIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosga ega bo'lgan Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning ahamiyati har tomonlama tahlil qilingan. Viloyatning turistik salohiyati nafaqat iqtisodiy o'sishni ta'minlash, balki mahalliy aholining turmush sharoitini yaxshilash, madaniy merosni saqlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ekanligi ta'kidlangan
“TASVIRIY SANʼAT” FANINING O’QUVCHILAR TA’LIM - TARBIYASIDAGI ROLI VA OʻRNI
Mazkur maqolada "Tasviriy san’at" fanining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni va roli tahlil qilinadi. Tasviriy san’at darslari bolalarda estetik dunyoqarashni shakllantirish, go‘zallikni anglash, tasavvur qilish, muloqot va o‘zini ifoda qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotda san’at asarlari orqali tarbiyaviy g‘oyalarni singdirish, milliy qadriyatlar asosida badiiy didni shakllantirish hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, tasviriy san’at orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, sabr-toqat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni rivojlantirishdagi o‘ziga xosliklar tahlil qilinadi. Maktab amaliyotidan misollar keltirilib, innovatsion yondashuvlar va ta’lim-tarbiyada qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalar tahlili ham berilgan.
OILA SHAXSNI IJTIMOIYLASHTIRISHNING ENG MUHIM INSTITUTI SIFATIDA
Annotatsiya: Maqolada oilaviy qadriyatlar yosh avlodning jamiyatga moslashuviga va ijtimoiylashuviga katta hissa qo’shadigon maskan hisoblanadi. Oila insoniyat jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida o‘z ahamiyatini saqlab qolgan, haqiqiy faoliyat yurituvchi yagona ijtimoiy institutdir. Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun oilada qulay sharoitlar yaratilishi kerak, bu oilada shakllangan ota-ona va bola munosabatlariga bevosita bog'liq, chunki oila har doim bolaning shaxsini rivojlantirish, tarbiyalash va ijtimoiylashtirishning eng muhim instituti bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Ota-onalar va ularning farzandlari o'rtasidagi munosabatlar bugungi kunga kelib sezilarli o’zgargan bo’lishi mumkin bunga sabab bola ongiga tasir qiluvchi vosiytalarning ko’payishi. Shuning uchun ham ota-onalar va ularning farzandlari o'rtasidagi munosabatlar uslubi nafaqat u bilan aloqani saqlab qolish vositasi, balki munosabatlar orqali bolalarni tarbiyalashning o'ziga xos usuli bo’lib hisoblanadi.