“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
33
ODAM ORGANIZMINING QO’L SKELET
SUYAKLARINING TUZILISHI VA BIRIKISHI
Rajabboyeva Shahlo
Navoiy innovatsiyalar Universititeti Biologiya
ta’lim yo’nalishi 2-kurs 4-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola kurak suyagining tuzilishi,qo’lning erkin suyaklari
va o’mrov suyagining tuzilishini o’rganishga qaratiladi.Kurakning o’tkir qirrasi laterial
burchak tomonga ko’tarilib borib kengayadi va akromionni hosil qilishi,kurakning
laterial burchagi yo’g’onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo’g’im
chuqurchasini hosil qilishi,qo’lning erkin suyaklariga: yelka suyagi, bilak suyagi
kirishi kabilar o’rganiladi.Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar tarkibiga kiradi.Uning
yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon yelka suyagining boshchasi
borligi hamda Bilak suyagi ikki uzun naysimon suyakdan iborat ekanligi tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
o’mrov suyagi,kurak,yelka suyagi,bilak,tirsak suyagi.
THE STRUCTURE AND CONNECTION OF THE BONES
OF THE HAND SKELETON IN THE HUMAN BODY
Abstract:
This article focuses on the study of the structure of the scapula, the free
bones of the arm, and the structure of the clavicle. The sharp edge of the scapula rises
towards the lateral angle and widens to form the acromion, and the lateral angle of the
scapula thickens to form a joint cavity that merges with the head of the shoulder bone.
The free bones of the arm include the shoulder bone and the forearm bone. The
shoulder blade is part of the long tubular bones. It is analyzed that there is a spherical
head of the shoulder blade at its upper end, which faces inward and slightly backward,
and that the forearm bone consists of two long tubular bones.
Keywords:
collarbone, scapula, shoulder blade, wrist, elbow bone.
СТРОЕНИЕ И СОЕДИНЕНИЕ КОСТЕЙ СКЕЛЕТА РУКИ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация
: Эта статья посвящена изучению структуры лопатки,
свободных костей руки и структуры ключицы. Острый край лопатки
поднимается к латеральному углу и расширяется, формируя акромион;
латеральный угол лопатки утолщается, образуя суставную ямку, которая
соединяется с головкой плечевой кости, и исследуются свободные кости руки:
плечо и запястье. Плечевая кость входит в состав длинных трубчатых костей.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
34
Также анализируется то, что на верхнем конце есть головка округлой формы,
смотрящая внутрь и немного назад, а также что лучевая кость состоит из двух
длинных трубчатых костей.
Ключевые слова:
плечо, лопатка, ключица, запястье, локтевая кость
Qo’l va oyoq suyaklari organizmda muhim vazifani bajaradi. Ular tufayli odam
harakatlanadi va mehnat qiladi.Qo’l va oyoq suyaklari hayvonot olamining rivojlanishi
natijasida bir necha ming yillar davomida paydo bo’lgan. Ular tuzilishi jihatidan bir-
biriga o’xshaydi.Lekin odam gavdasining tik turishi, mehnat faoliyati jarayonida
tuzilishi,shakli,kattaligi o’zgarib ketgan bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Qo’l ko’krak
qafasi suyaklariga bo’g’im va muskullar yordamida birikib, qo’lni gavda bilan
tutashtiradi. Qo’lda yelka kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi.Yelka kamari
o’mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo’lning erkin qismi yelka, bilak va tirsak hamda
qo’l panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Qo’l panjasi esa kaft usti suyaklari, kaft
suyagi va barmoq suyaklariga bo’linadi. Yelka kamari sohasida 2ta:o’mrov va kurak
suyagi bo’lib ulardan o’mrov suyagi qo’lni tana bilan bog’lab turadigan yagona suyak.
O’mrov suyagi S shaklida bukilgan uzun naysimon suyak bo’lib, bir uchi yumaloq,
ikkinchi uchi yassi. Yassi uchi bilan kurak suyagining acromial, ya’ni tojsimon
o’simtaga birikadi va u acromial uchi deyiladi. Yumaloq uchi bilan to’sh suyagining
dastasiga tutashadi.O’mrov suyagi tanasida muskullar birikishi uchun g’adir-
budirliklar bo’ladi.Kurak suyagi yassi uchburchak shaklda. U ko’krak qafasining orqa
laterial tomonida II-VII qovurg’a sohasida joylashgan. Uning 3: yuqori burchak,
laterial burchak va pastki burchagi hamda shunga mos ravishda 3ta qirrasi, laterial
qirra, medial qirra va ustki qirrasi tafovut qiladi. Kurakning orqa yuzasi qavariq bo’lib,
uni orqaga qarab chiqqan kurakning o’tkir qirrasi 2ga: Kurakning o’tkir qirrasi ustidagi
chuqurcha va kurakning o’tkir qirrasi osti chuqurchasiga ajratiladi. Ularda shu
nomdagi mushaklar yotadi.
Kurakning o’tkir qirrasi laterial burchak tomonga ko’tarilib borib kengayadi va
akromionni hosil qiladi. Uning uchida o’mrov suyagi bilan birikadigan o’mrov bo;g;im
yuzasi bor.Kurakning oldingi qovurg’a tomondagi yuzasi biroz bukilgan kurak osti
chuqurchasini hosil qiladi. Unda shu nomdagi mushak yotadi. Kurakning laterial
burchagi yo’g’onlashib, yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo’g’im
chuqurchasini hosil qiladi. Uning yuqorisida bo’g’im chuqurchasi ustidagi
do’mboqcha bo’lib, undan yelka ikki boshli mushagining uzun payi boshlanadi.
Bo’g’im chuqurchasi tagidagi do’mboqchadan yelkaning uch boshli mushagining uzun
boshi boshlanadi. Bo’g’im chuqurchasidan keyin toraygan kurak suyagi bo’yni bor.
Kurakning yuqori qirrasida kurak kemtigi bo’lib, u bilan bo’yni o’rtasidan
tumshuqsimon o’simta ko’tarilib turadi. Kurakning oldingi qovurg’a tomondagi yuzasi
biroz bukilgan kurak osti chuqurchasini hosil qiladi. Unda shu nomdagi mushak yotadi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
35
Kurakning laterial burchagi yo’g’onlashib, yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan
bo’g’im chuqurchasini hosil qilai. Uning yuqorisida bo’g’im chuqurchasi ustidagi
do’mboqcha bo’lib, undan yelka ikki boshli mushagining uzun payi boshlanadi.
Bo’g’im chuqurchasi tagidagi do’mboqchadan yelkaning uch boshli mushagining uzun
boshi boshlanadi. Bo’g’im chuqurchasidan keyin toraygan kurak suyagi bo’yni bor.
Kurakning yuqori qirrasida kurak kemtigi bo’lib, u bilan bo’yni o’rtasidan
tumshuqsimon o’simta ko’tarilib turadi.
Qo’lning erkin suyaklari
Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar tarkibiga kiradi. Uning yuqori uchida
ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon yelka suyagining boshchasi bor. Uning
chekkasidan unda chuqur bo’lmagan egat anatomic bo’yincha o’tadi. Bu egat
boshchani laterialroq joylashgan katta do’mboqcha undan oldinda joylashgan kichik
do’mboqchadan ajratib turadi. Har bir do’mboqchadan pastga qarab katta va kichik
do’mboqcha qirralari ketadi.Do’mboqchalar va qirralar o’rtasida do’mboqchalararo
ega bo’lib, unda yelkaning ikki boshli mushagi uzun boshining payi o’tadi.
Do’mboqchalardan pastki qismi toraygan bo’lib, xirurgik bo’yinda deb ataladi.
Suyak tanasining yuqori qismi silindr shaklda, pastki qismi uch qirrali bo’ladi.Bu
qismida oldingi medial yuza, oldingi laterial yuza va orqa yuza tafovut qilinadi.
Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan medial qirra va laterial qirra vositasida
ajralib turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak
birikadigan deltasimon g’adir-budirlik joylashgan.Undan pastda suyakning orqa
yuzasida spiralsimon bilak nervi egati o’tadi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib
yelka suyagining do’ngligini hosil qiladi. Uning medial tomonida tirsak suyagi bilan
birlashuvchi yelka suyagi g’altagi,laterial tomonda esa bilak suyagi bilan birlashuvchi
yelka suyagi do’ngligining boshchasi bor. Old tomonda g’altak ustida tojsimon
chuqurcha, boshcha ustida kichikroq bilak chuqurchasi joylashgan. Orqa tomonda
g’altak ustida katta tirsak o’sig’I chuqurchasi bo’ladi.Yelka suyagi do’ngini medial va
lateral tomonlarida medial va lateral do’ng usti do’mboqchalari bor. Medial
do’mboqchaning orqa yuzasida tirsak nervining egati o’tadi.
Bilak suyaklari. Bilak suyaklari ikkita uzun naysimon suyakdan iborat: ichki
tomonda joylashgan tirsak suyagi harakat yo’nalishini aniqlasa,tashqi tomondagi bilak
suyagi tayanch vazifasini bajaradi.Tirsak suyagining yuqori uchu kengaygan bo’lib,
yelka suyagi g’altagi bilan birlashadigan g’altaksimon kemtigi bor. Bu kemtik yuqori
tomondan katta tirsak o’sig’I, pastdan kichikroq tojsimon o’siqcha bilan
chegaralangan. Tojsimon o’siqchaning tashqi tomonida bilak suyagi boshi
birlashadigan bilak kemtigi joylashgan. Old tomonda undan pastroqda tirsak
suyagining g’adir-bidir do’ngligi bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali. Unda uchta:
oldingi yuzasi, orqa yuzasi va medial yuzasi farqlanadi. Bu yuzalarni o’zaro uchta:
oldingi qirra, orqa qirra va suyaklararo qirralar ajratib turadi. Suyakning pastki uchi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
36
yuqorisiga nisbatan ingichkaroq bo’lib, tirsak suyagining boshchasi bilan tugaydi.
Boshchaning pastki yuzai yassi. Suyak boshchaning medial tomonida tirsak suyagining
bigizsimon o’siqchasi bor. Bilak suyagining yuqorigi nisbatan kichik uchuda bilk
suyagining boshchasi joylashgan. Boshchaning ust tomonida yelka suyagi boshchasi
bilan bo’g’im hosil qiladigan yassi bo’g’im chuqurchasi bor. Boshchaning yon
tomonida tirsak suyagi bilan bo’g’im hosil qiladigan bo’g’im gir aylanasi joylashgan.
Suyakning boshchasi tanasidan toraygan bilak suyagi bo’yinchasi vositasida ajralib
turadi. Undan pastda mushak birikadigan bilak suyagidagi g’adir-budir do’nglik bor.
Panja suyaklari 3ga: bilakuzuk suyaklari,kaft suyaklari va barmoq suyaklariga
bo’linadi. Bilakuzuk suyaklari 8ta, ular 2 qatorda 4tadan joylashadi. Bu suyaklar bilak
suyagidan tirsak suyagiga yoki bosh barmoqdan jimjiloqqa qarab sanaladi. Birinchi
qator qayiqsimon, yarimoysimon,uch qirrali,no’xatsimon suyaklardan iboat. Ikkinchi
qatorni katta ko’p qirrali, kichik ko’p qirrali boshchali va ilgakli suyaklar tahkil etadi.
Kaft suyaklari kalta naysimon 5ta suyakdan iborat. Ularning tanasi,ikki uchi bo’ladi.
Kaft suyaklari asosi bilan bilakuzuk suyaklariga,boshi bilan asosiy barmoq suyaklariga
birikadi. Bu suyaklar tanasining orqa tomoni qavariq, old tomoni botiq bo’ladi. Kaft
suyaklari 2-barmoqdan 5-barmoq tomon kichrayib boradi. Bosh barmoqning kaft
suyagi chetda bo’lib, asosi ko’p qirrali katta suyakka egarsimon bo’g’im yuzasi hosil
qilib birikadi. Barmoq suyaklari kalta naysimon suyaklardir. Har qaysi barmoqda
3tadan: asosiy, o’rta, tirnoq: barmoqda esa asosiy va barmoq suyaklari bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ahmedov A. Odam anatomiyasi. T. <O’zbekiston milliy ensiklopediyasi> Davlat
ilmiy nashriyoti, 2005-yil.
2.
Bahodirov F.N. Odam anatomiyasi; Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari uchun
darslik, -T <PLATINIUM PUBLISHERS> MCHJ, 2006-yil.
3.
Mamatqulov D.A Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari. Darslik.
Toshkent -2017
4.
Gadayev A. Mirsharipov U. Odam anatomiyasi Toshkent; Muharrir nashriyoti,
2021-yil.