“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
22
RAHBARNING TINGLASH MAHORATI
Shoxida Sattorova Amrilloyevna
Buxoro viloyati Peshko’ tumani
6-son DMTT direktori
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rahbarning tinglash mahorati, muomala
madaniyati, hodimlar bilan til topishish, muomalada ta’sir ko’rsatish va boshqarish
rahbarning eng murakkab munosabatlardan biri ekanligi haqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
komunikasiv, tinglash, muloqot texnikasi, psixologik savodxonlik,
munosabat, mahorat, muomala madaniyati, malakq, suhbatdosh.
Rahbar xodim amaliy faoliyati davomida har xil ijtimoiy uchrashuvlar, suhbatlar,
munosabatlarning ishtirokchisi bo’ladi.Shu boisdan qaysi uchrashuv yoki
suhbatlarning rahbarga muhim bo’lib ko’rinishiga qarab,rahbarning muomala
madaniyatini o’rganish mumkin.
Juda ko’pchilik uzoq tajribaga ega bo’lgan rahbarlar hodimlar bilan til topishish,
muomalada ta’sir ko’rsatish,ularning mehnatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish
rahbarning eng murakkab munosabatlaridan biri ekanligini e’tirof etamiz. Rahbar
psixologiyasida katta yoshli odamlarni tinglash va muomala qilish madaniyatiga
o’rgatish, ularda zarur kommunikasiv (aloqa qilish)malakalarini hosil qilishga katta
ahamiyat beriladi.
Bugungi kunda rahbarlarni psixologik jihatdan rahbarlik salohiyatiga tayyorlash
muhim vazifalardan biriga aylanadi. Shuning uchun hozirgi kunda,shiddat bilan
rivojlanayotgan bir davrda qaysi soha rahbari kommunikasiya malakalariga ega
bo’lmaguncha tezda jamoaga kirishib, ko’pchilik bilan til topishib o’z professional
mahoratini ko’rsata olmaydi.Lekin har bir ziyoli rahbar rahbar sifatida boshqalar bilan
hamkorlik qilish, muomala qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak.
Ma’luki, gaplashayotgan odamlarning biri gapiradi,ikkinchisi tinglaydi,eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki shaxsning qanchalik o’zaro bir-biriga
mosligi,bir- birini to’ldirishga bog’liq bo’ladi. Darhaqiqat, agar siz kuyunib
gapirsangiz-u suhbatdoshingiz sizni tinglamasa undan ranjiysiz, hatto u bilan qayta
gaplashishni istamaysiz. Jamoaning a’zosi gapirayotgan paytda rahbar uni tinglamasa
odobsizlikning keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishi mumkin.Shuning uchun
bo’lsa kerak nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi
fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang” deb yozgan ekan.Mashhur
amerikalik psixolog esa Deyl Karnegi:”Yaxshi suhbatdosh yaxshi gapirishni biladigan
emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” degan edi. “Rahbarning
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
23
tinglash mahorati masalasini bugungi kunda hayotning o’zi har qachongidan ham
dolzarb vazifaga aylantirib qo’ymoqda” deydi psixolog V.Karimova.
Mutaxasislarning aniqlashicha, rahbar odamlar vaqtining 45%kimlarnidir
tinglashga sarf qilar ekan. Odamlar bilan muloqotda bo’ladigan rahbarlar , ish
boshqaruvchilar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganlari uchun olarkanlar,
bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muomala qilishning eng qiyin sohalaridan
hisoblangan rahbarning tinglash mahorati rahbarning shakllanishiga, mulohazasi,
salohiyatini o’stiishga ko’proq foyda keltirarkan .Psixologlarning fikricha asosiy
xalaqit beruvchi narsa bu bizning o’z fikr o’ylarimiz va xohishlarimiz og’ushida bo’lib
qolishingizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday
bo’lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa yerda bo’ladi. Tinglashning ham xuddi
gapirishga o’xshash texnikasi bo’ladi, usullari bo’ladi. Agar rahbar suhbatdoshni
yaxshi, diqqat bilan tinglasa, bu bilan u o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaydi. Demak
rahbarning tinglash mahorati ko’pchilik tasavvur qilgani kabi passiv jarayon emas
ekan. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi. Yangi
fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ham rahbarning
jamoa yig’inlarida har bir chiqishi va gapirish mahorati, agar tinglovchilar tomonidan
diqqat bilan tinglansa, bu psixologik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Xullas, har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari,
ichki dunyosi hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Shuning
uchun zamonaviy rahbar muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur
qilish uchun uning funksiyalarini, bizning hayotimizda bajaradigan fazilatlarini tahlil
qilib borish zamonaviy rahbar uchun naqadar zarur ekanligini anglash juda muhumdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
N. Boymurodov”Rahbar psixologiyasi”
V.Karimova “Psixologiya 2002”
https://www.litres.ru