“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
15
KAMBAGʻALLIK MUAMMOSINI HAL ETISHNING
HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA IMKONIYATLARI
Namangan davlat texnika universiteti
Dadamirzayeva Zulayxo Ma'rufjon qizi
zulayxodadamirzayeva@gmail.com
Annotatsiya:
Butun dunyoda kambag‘allik muammosi mavjud ekan,
mamlakatimizda ham bu masalani hal etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.
Kambag‘allik muammosi turli hududlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Xususan,
Namangan viloyati aholisining tabiiy o‘sishi tumanlarda joylashuvi, salohiyati, yoshi,
jinsi bir-biridan farq qiladi, shularni hisobga olgan holda kambag‘allik muammosini
hal etishning ayrim yo‘nalishlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Kambag‘allik, tadbirkorlik, resurslar, salohiyat, hudud, ishsizlik,
daromad, xarajat, aholi bandligi, kichik sanoat zonalar, “temir daftar”.
Dunyoning barcha davlatlarida bo‘lganidek, mamlakatimizda ham aholining
muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emas, bu odamlar kam ta’minlangan
kambag‘allar qatlamini tashkil etadi.
Mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag‘allikning borligi va aholining
muayyan bir qismini tashkil etilishi tan olindi. 2020 yil 24 yanvar kuni Prezdentimiz
Sh. Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu masala to‘g‘risida alohida
to‘xtalib o‘tdi va kambag‘allikni qisqartirish ustivor vazifa sifatida belgilandi.
2020 yil 27 fevral kuni Prezdentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida
tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga
qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektorda ham bu masalaga alohida e’tibor
qaratildi. “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish,
yoppasiga kredit berish degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga
o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissiyotini
uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli
nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”-dedi Sh. Mirziyoyev.[1]
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki kambag‘allikni kamaytirish-bu
aholida tadbirkorlik ruxini uyg‘otish, insonning ichki kuch quvvat va salohiyatini to‘la
ro‘yobga chiqarish aholi bandligi darajasini oshirish, ishsizlikni pasaytirish maqsadida
tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha
kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali hal etilar ekan. Bunday
sharoitda joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini,
ayniqsa yoshlar va ayollar tadbirkorligini qullab-quvvatlashga ustivor ahamiyat berish
zarur.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
16
Ushbu maqsadga erishish uchun aholi va tadbirkorlarga mikro moliya
xizmatlari va moliyaviy resurslarga, davlat xaridlariga keng yo‘l ochib beriladi.
Bunday chora tadbirlarni amalga oshirish orqali odamlarimizda tadbirkor bo‘lishga
ishtiyoq va ishonch ortadi, ular ko‘proq daromad olishga intiladi.
Shu bilan birga hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday
odamlar bilan tizimli ishlab, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali munosib ish joyi
bilan ta’minlash lozim.
Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda mamlakatimizda rasman ish bilan band
bo‘lmagan 1 million 400 mingdan ortiq ayollar va yoshlar bor. Xotin-qizlar o‘rtasida
ishsizlik darajasi 13 foiz, yoshlarda esa 15 foizni tashkil etmoqda. Ayrim viloyatlarda
bu ko‘rsatkich yanada yuqoriroqdir. Shularni hisobga olgan holda bandlikni ta’minlash
uchun har bir hududda ishsiz aholini tadbirkorlikka o‘qitish kurslari tashkil etish
bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz
ayollar va ko‘p farzandli ayollar, ishsizlar uchun kundalik hayotda ehtiyoji yuqori
bo‘lgan hunarlar, xususan tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa
yo‘nalishlarda kasbga o‘rgatish kurslarini tashkid etish maqsadida mahalla idoralari
yoki hududdagi binolardan joy ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari davom
ettirililyapti.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mablag‘larning 70 foizi kambag‘al
aholiga ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi kichik va o‘rta biznes loyihalariga
yo‘naltirilishi belgilanmoqda. Shuningdek, kambag‘al kishini ishga olgan
korxonalarga bank kreditlari bo‘yicha qo‘layliklar berish nazarda tutilmoqda.
Mamalakatimizda axolini ish bilan bandligini ta’minlash va shu asosida
muntazam daromad olishlari maqsadida “ Xar bir oila –tadbirkor” , “ Yoshlar
kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va tomorqani rivojlantirish kabi
dasturlar qabul qilindi.Mazkur dasturlarni amalga oshirish uchun xususan oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida davlat byudjetidan qariyib 10 trilion so‘m
imtiyozli kreditlar ajratildi. Bularni barchasi xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ,ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi
uchun berilayotgan imkoniyatlarni dalilidir.Mazkur imtiyozlar orqali yoshlarimizda
tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirilsa, ularga mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishni
o‘rgatilsa, nafaqat iqtisodiy , balki ko‘plab ijtimoiy muammolarni xam xal etilgan
bo‘ladi.
2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni
qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan videoselektorda
“Odamlarni mexnat qilib, boy bo‘lishi va yaxshi xayot kechirishi uchun barcha
sharoitlarni yaratishimiz zarur” deb ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.[2]
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki axolini bandligini ta’minlash va
ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha bugungi kun talablaridan kelib chiqib chora-
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
17
tadbirlarni belgilash kechiktirib bulmaydigan zaruriyatga aylanib bormoqda. Shu
nuqtai nazardan xar bir tarmoq, soha, viloyat va tumanda o‘zidagi vaziyatlarni xisobga
olgan xolda tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari va yangi ish o‘rinlari shu
xududlar raxbarlari faoliyatini belgilovchi eng muxim mezon bulib bormoqda. Chunki,
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bitta ishsiz odam o‘nta muammo degani. Bu
muammolar ishsiz odamlarning o‘ziga, oilasi va maxallasiga, jamiyatga keltiradigan
zararini xisobga olinsa, masalani naqadar jiddiy ekani yanada oydinlashadi.
Iqtisodiyotda asoratli iz qoldirayotgan pandemiya yirik korxonalardan tortib
kichik oilaviy tadbirkorlikkacha bulgan bosqichdagi barcha iqtisodiyo tarmoqlarga o‘z
salbiy ta’sirini o‘tkazib kelayotgan bugungi kunda axolini bandligini ta’minlash va
muntazam daromad olishlari orqali kambag‘allik muammosini xal etish mamlakatimiz
miqyosida dolzarb vazifalardan biri ekan Namangan viloyatida ham bu muammoni xal
etish bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar belgilangan.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2019-2020 yillarda Namangan viloyatiga tashrifi
chog‘ida ijtimoiy himoyaga muxtoj, ishsiz, kam ta’minlangan, kambag‘al oilalar
bandligini ta’minlash orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari yuzasidan bir
qator vazifalar belgilab bergan edi . Shulardan kelib chiqib viloyatda tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub’yektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalash, tadbirkorlarga zamonaviy mini
texnologiyalar va xorijiy investisiyalarni jalb etish xamda ular tomonidan ishlab
chiqarilgan tovar maxsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha bir qator ishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan Namangan shahridagi “ Yuksalish” kichik sanoat
zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bunga yaqqol misol bo‘ladi. 117 gektar yer
maydonini egallagan sanoat majmuasida bugungi kunda zarur bo‘lgan qurilish
materiallari, mashinasozlik va metalga ishlov berish, elektrotexnika, to‘qimachilik va
tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 trillion 208 milliard so‘mlik 95 ta
loyixa amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xozirda 66,9 milliard so‘mlik 32 ta loyixa
ishga tushirilgan bo‘lib, 311,1 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishiladi.
Yuqoridagi loyixalar to‘liq ishga tushirilsa, 7 ming 300 ta ish o‘rinlari yaratilib, yiliga
7,8 million dollorlik maxsulotlarni eksport qilish imkoniyatga erishiladi.[3]
Bugungi kunda mazkur sanoat zonasida shifer, po‘latdan choksiz truba, metall
maxsulotlarini qayta ishlash, suv nasoslari va elektr dvigatellar, momiq sochiq, yirik
suv sig‘imlari hamda plastik quvurlar va qismlar, paypoq va trikotaj maxsulotlar ishlab
chiqilmoqda
Shuningdek, “Yuksalish” kichik sanoat zonasida 2020-2021 yillar amalga
oshiriladigan investisiya loyixalari amalga oshiriladigan ishlar, o‘zini o‘zi band qilish
borasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan . Yiliga 35 milliard so‘mlik maxsulot
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan kafel-keramika maxsulotlari ishlab
chiqaradigan “FLAT TILE” mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish loyihasi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
18
bosqichma-bosqich bajarilib, 2021 yilning 2-choragida ishga tushiriladi va 410 ta ish
o‘rinlari yaratiladi, bu esa yiliga 15,3 million dollarlik tovar maxsulotlarini eksport
qilish imkoniyati yaratadi.
Kichik sanoat zonasi xududidagi erkaklar kostyumi, kurtka va palto ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan “Zamin kiyim sanoat” korxonasida amalga oshirilayotgan
ishlar xam diqqatga sazovordir. Qiymati 24 milliard so‘mga teng loyixaga ko‘ra yiliga
10 milliard so‘mlik maxsulot ishlab chiqariladi va 300 ming dollar miqdoridagi tovar-
maxsulotlar eksportga chiqariladi. Shuningdek 300 kishi ish bilan ta’minlanadi.[3]
Namangan viloyatida yuqoridagi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, ya’ni
ko‘plab yangi tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish asosida axolini bandligini
ta’minlash bejiz emas. Chunki viloyatda 2019 yili 111 ming kishi yoki 9,5 foiz faol
axoli ishsiz. Shuningdek 200 mingdan ziyod yoki 17 foiz mexnat qilish istagi bo‘lgan
aholi xorijiy davlatlarga chiqib ketgan. Bugungi kunda esa COVID-19, ya’ni
pandemiya tufayli ularni kupchiligi viloyatdagi yashash joylariga qaytib kelib ishsizlar
soni oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli ham viloyatga chetdan sarmoya
olib kelish, yangi korxona va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha bir qator
qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rish zarur. Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek:“Bu kechagi Namangan emas. Juda qisqa fursat ichida 55 ming ish
o‘rinlarini yaratish, 13 trillion so‘mlik loyixalar ishlab chiqish- ushbu xudud tarixida
misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar olib kelishi aniq”[3]
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi iqtisodiy rivojlanish-
investisiyalarni jalb qilish xisobiga yangi korxonalar va yangi ish o‘rinlari tashkil etish
asosida axoli daromadlarini oshirishga erishish demakdir. Bularsiz pandemiya davrida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni, xususan kambag‘allik muammosini xal
etishga va axoli turmush darajasini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi. Shu nuqtai
nazardan Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur.
Buning
uchun
davlatimiz
tomonidan
tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash,
infratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish uchun ajratilayotgan
mablag‘larning har bir so‘mini o‘z o‘rniga ishlatilishini va har bir masalani xal etishda
ilmiy va innovasion yondashuvlarni zaruriyatga aylantiradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
ajratilayotgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalnmaslik xolatlari ham uchrab turibdi.
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yaman, yangi ish o‘rinlari yarataman deb
banklardan olingan kredit mablag‘larni ayrim tadbirkorlar o‘zlarini shaxsiy
manfaatlariga, ya’ni uy qurish, mashina olish, to‘y-marosimlar o‘tkazish va boshqa
maqsadlarga sarflab yuborish hollari ham uchrab turibdi. Natijada pul mablag‘larini
noo‘rin sarflanishi bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan
tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga to‘siq bo‘lishi bilan birga
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
19
banklardan olingan kredit mablag‘lar o‘z vaqtida qaytarilmaslikka sabab bo‘lmoqda.
Ayrim tadbirkorlar olgan kreditni qaytarishdan bosh tortish xollari ham uchrab turibdi.
Bunday “ soxta tadbirkor”larga qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi deb o‘ylaymiz.
Berilgan kredit mablag‘lari “ehson” emas, balki ulardan samarali foydalanish
majburiyat ekanligini xis qilishlari lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda Namangan viloyati savdo-sanoat palatasi,
viloyat xokimligi har bir tuman saloxiyatlaridan kelib chiqib kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab
chiqilib uni ijrosini ta’minlash lozim.Negaki yaratilayotgan tadbirkorlik korxonalari
shu jumladan kichik sanoat zonalarini asosiy qismi Namangan shahrida
joyldashgan.Vaxolanki viloyat axolisini salmoqli qismi tumanlarda yashaydi va
ishsizlarni ko‘pchiligi ham ular xissasiga to‘g‘ri keladi
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki ayrim tumanlarda kichik sanoat zonalari
mavjud bo‘lsada ba’zi tumanlarda bunday zonalar tashkil etilmagan.
Chortoq,Namangan, Mingbuloq, Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Pop tumanlarida kamida 1
tadan kichik sanoat zonasini tashkil etish zaruriyati bor. Bu nafaqat ijtimoiy- iqtisodiy
vazifa, balki halqimizning dunyoqarashini o‘zgartirishga, mexnat orqali daromad
topishga bo‘lgan qiziqishlarni va ertangi kunga bo‘lgan ishonchlarini oshirishga
qaratilgan siyosiy masaladir.
Bugungi kunda mazkur vazifalarni xal etish maqsadida Namangan viloyatining
bir qator tumanlarida, jumladan, Turaqo‘rg‘on, Uychi va Chortoq tumanlarini 2020-
2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan
chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Dasturga ko‘ra tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini ham ijtimoiy iqtisodiy
soxa obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali tumanlar
axolisiga qulay sharoitlar yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish vazifalari
belgilangan. Shuningdek, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi soxalarini
rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyixalari ishlab chiqilgan.
Xususan Chortoq tumanida 2020-2022 yillarda qiymati 1,1 trillion so‘mga teng
70 ta sanoat, 73 ta xizmat ko‘rsatish va 86 ta qishloq xo‘jaligi soxasida hamda ular 5
mingga yaqin ish o‘rinlarining yaratishini nazarda tutuvchi investisiya loyixasi
belgilangan. Mazkur loyixalarni amalga oshirilishi tumanda “ Temir daftar” ga
kiritilgan 1 ming 668 ta kambag‘al va muxtoj oilalarning 2 ming 720 nafar a’zolarining
bandligini va doimiy daromad olish imkoniyatini yaratiladi. Shuningdek, Uychi
tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, eksportbop
mahsulotlarni ishlab chiqarish, aholini doimiy mehnat bilan band qilish va tuman
salohiyatini yuksaltirish maqsadida 2019 yil 30 mayda 2558-sonli tuman hokimining
qaroriga asosan “Yuksalish” MFY hududida 34,4 gektar yer maydoni kichik sanoat
zonasi tashkil etish uchun ajratildi. Bugungi kunda 20 ta loyiha tashabbuskorlari
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
20
tomonidan umumiy qiymati 205,7 milliard so‘m bank kredit, 700 ming dollar xorijiy
kredit mablag‘lari hamda 3 million dollar xorijiy investisiya mablag‘lari hisobidan
tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalarni ishga tushirish hisobiga 584 ta yangi
ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
Yuqoridagilargi fikrlarga asoslanib aytish mumkin, axolini ish bilan bandligini
ta’minlash va shu asosida daromadlarini ko‘paytirish orqali ularning turmush
farovonligini oshirishda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish muxim axamiyat kasb
etadi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni
yaratishni va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni taqazo etadi.
Bizningcha, buning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
1.Har bir xududdagi ishsizlarni aniqlash va ularni miqdorini turli omillar
ta’sirida o‘zgarib turishini, ya’ni pandemiya tufayli korxonalar faoliyatini to‘xtatish
yoki to‘la quvvat bilan ishlamasligi va xorijdan qaytib kelganlarni ham e’tiborga olgan
xolda o‘rganish
2.Davlat tomonidan joylarda axolini ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida belgilangan chora-
tadbirlar dasturini qat’iy bajarilishini ta’minlash.
3. Viloyat tumanlarini saloxiyatini xisobga olgan xolda kichik sanoat zonalarini
tashkil etish.Shuningdek chekka qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni muntazam ishlashlari uchun har tomonlama ko‘mak
berish.
4. Qishloq joylarida tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish. Tomorqalarda
dexqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parandachilik, asalarichilik, baliqchilik va
xunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish orqali axoli bandligini ta’minlash.
5. Tadbirkorlarga banklar tomonidan imtiyozli kreditlar berish va olingan kredit
mablag‘laridan to‘g‘ri hamda maqsadli foydalanishni mutasaddilar tomonidan
muntazam nazorat qilib borish. Shuningdek, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishi
mexanizmini takomillashtirish.
6. Ijtimoiy ximoyaga muxtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
axolini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samaradorligini oishrish
uchun
maxalla-tuman,
shahar-viloyat-respublika
darajasida
tadbirkorlikni
rivojlantirish va kambag‘allikni kamaytirishga mas’ul lavozimdagi xodimlarni
bajargan ishlari yuzasidan xisobotlarni yo‘lga qo‘yish va ularni faoliyatini baxolash.
7. Xududlarda tashkil etiladigang tadbirkorlik korxonalarini xususiyatiga qarab
kasbga o‘qitish, qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va o‘quv markazlarini
tashkil etish va ularning faoliyatini mutasaddilar tomonidan nazorat qilib borish.
8. Pandemiya tufayli xorijdan qaytgan va hozirda ishlamayapgan malakali
ishchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan band etish chora-tadbirlarini
belgilash va ular mexnatidan unumli foydalanish va xokazolar.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-86, Issue-1, July -2025
21
Yuqoridagi xulosa va takliflarni xisobga olgan xolda mamlakatimizni jumladan
Namangan viloyatini pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali
kambag‘allikni qisqartirish borasida belgilangan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarni
bajarilishiga erishiladi deb uylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojatnomasi . ” Xalq so‘zi ” gazetasi, 2020-yil 25-yanvar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-
tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Halq so‘zi” 2020 yil 28 fevral
3. “Namanganning mehnatkash, faol, ilmli halqi yaxshi yashashga munosib”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyundagi Namangan viloyati
faollari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi. “Namangan Xaqiqati” gazetasi 2020 yil 1 iyul.
4. Namangan viloyati Statistika boshqarmasi ma’lumotlari.