“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
241
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TALQINI
Jo‘rayeva Nargiza
Termiz davlat universiteti akademik litseyi
ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodida
Vatan tushunchasining poetik ifodasi, uning milliy g‘urur, sadoqat va erkinlik bilan
bog‘langan talqini tahlil qilinadi. Shoirning “Vatan”, “Ulug‘imsan, Vatanim”, “Ketma,
bola”, “O‘zbekiston” kabi she’rlaridagi Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat va fidoyilik
ruhi ochib beriladi. Maqolada Muhammad Yusuf she’riyati orqali yoshlarda
vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ularni yurtga sadoqatli bo‘lib ulg‘ayishiga hissa
qo‘shish kabi jihatlar yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Muhammad Yusuf, Vatan, she’riyat, istiqlol, milliy g‘urur,
fidoyilik, O‘zbekiston, Vatanparvarlik.
O‘zbek adabiyotida Vatanga bo‘lgan muhabbat doimo yetakchi mavzulardan biri
bo‘lib kelgan. Ayniqsa, istiqlol yillarida bu mavzu yangicha mazmun va ma’no kasb
etdi. Muhammad Yusuf o‘zining samimiy, ta’sirchan va yurakdan chiqqan she’rlari
orqali Vatan tushunchasini xalq qalbiga yanada yaqinlashtirdi. Uning ijodi – xalqning
yuragida kechgan his-tuyg‘ularining badiiy ifodasidir.
Vatan – inson uchun eng aziz maskan. U insonning tug‘ilib voyaga yetgan joyi,
go‘daklik xotiralari bog‘langan uy o‘chog‘i, mahallasi va yurtidir. “Vatan” so‘zi arab
tilidan olingan bo‘lib, u tug‘ilgan yurti, ona zamin ma’nosini anglatadi. Vatanni sevish
esa oliy insoniy fazilat sanaladi. Bu borada mashhur ibora: “Vatanni sevmoq
imondandir” degan hikmat bejiz aytilmagan.
Vatanga bo‘lgan muhabbat odamzod qalbida joylashgan bo‘lib, u muayyan
hudud, davr yoki sharoit bilan bog‘lanmaydi. Vatan sovuq muzliklar, jazirama sahrolar
yoki quyuq o‘rmonlar ham bo‘lishi mumkin. Bu tuyg‘u inson bilan birga tug‘ilib, hayot
yo‘li tugaganida nihoyasiga yetadi. Vatanni sevish tuyg‘usi go‘daklikdan, ona suti
bilan qalbga singadi.
Ona yurtdan faxrlanish va uni madh etish o‘zbek adabiyotida qadim-qadimdan
mavjud bo‘lgan an’anadir. Yurtimizning taniqli ijodkorlari – Usmon Nosir, Cho‘lpon,
Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva
kabi shoirlarning asarlarida Vatanni ulug‘lash, unga sadoqat bilan qarash asosiy
mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi avlod ijodida ham bu yo‘nalish izchil davom
ettirilmoqda.
Xususan, Muhammad Yusufning she’riyatida Vatanga bo‘lgan muhabbat chuqur
ifoda etilgan. Uning “O‘zbekiston”, “O‘zbek”, “Vatan madhi”, “Mening Vatanim”,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
242
“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” kabi she’rlari aynan shu ruhda yozilgan.
Shoirning asarlarida sof samimiyat, xalqona ruh va o‘ziga xos lirizm kuchli aks etgan.
U Vatanni “yuragining Olampanohi” deb atagan va doimo jo‘shqin tuyg‘ular bilan
kuylagan. Muhammad Yusuf chin ma’noda Vatan kuychisi hisoblanadi. Uning
nazarida Vatanni sevish – unga sadoqat bilan xizmat qilish, fidokorlikka tayyor turish
demakdir.
Xalq, haqiqat va nafosat о‘lmaydi va bularni ardoqlagan, kuylagan ulug‘lar ham
mangudirlar. Ular hamisha avlodlar dili va tilida barhayot, shu minnatdor avlodlarning
ezgu intilish va ishlarida madadkordir, deydilar. Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf
ham hayoti davomida mana shunday ezgu maqsadni amalga oshirish baxtiga musharraf
bо‘ldi. Shoir hayotining mazmuni, betakror ijodiy faoliyatining asosiy ma’nosi –
Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatdan iborat bо‘libgina qolmadi, hayot shodliklari,
sevgi va sadoqat, ilm-ma’rifat, xalqimizni azalazaldan ajoyib odatlaridan bо‘lgan
gо‘zallikni ardoqlash, onani sevish, unga hurmat kо‘rsatish, tabiatdan bahra olish, eng
asosiysi, inson shaxsiga bо‘lgan mehr-muhabbat mavzulari haqida ham kuylash
otashnafas ijodkor she’riyatida rangin jilolari bilan о‘z ifodasini topdi. Shu bilan birga,
Muhammad Yusuf о‘z she’rlarida kitobxonlariga bir necha ming yillik tariximizning
shonli farzandlari haqida hikoya qildi.
Shuningdek, Muhammad Yusuf uchun Vatan – bu faqat geografik makon emas,
balki tarix, ona til, ota-bobolar merosi, xalqning g‘ururi va kelajagi bilan bog‘liq
muqaddas tushunchadir. Shoirning “Ulug‘imsan, Vatanim” she’rida shunday misralar
bor:
Ulug‘imsan, Vatanim,
Ko‘ksimda barhayotsan,
Tilim, dilim, yuragim —
O‘zingsan, Vatanim!
Bu misralarda shoirdagi Vatanga bo‘lgan beg‘ubor muhabbat, sadoqat va faxr
kuchli lirizm bilan ifodalangan. Vatan uning nafaqat yuragida, balki tilida, ongida,
butun borlig‘ida yashaydi.
Shoir o‘z asarlarida tashbeh, tazod, talmeh kabi badiiy san’at vositalaridan ustalik
bilan foydalangan. Bu esa uning she’rlarini yanada jozibador va ta’sirchan qiladi.
Tashbeh – o‘xshatish orqali ifoda kuchaytiriladi, tasvir chuqurlashadi. Muhammad
Yusuf asarlarida o‘xshatishlar nafis, noan’anaviy bo‘lib, ular boshqa ijodkorlarda
deyarli uchramaydi.
Yaratuvchining bizga O‘zbekiston kabi go‘zal yurtdan Vatan qilgani
ne’matlarning eng ulug‘idir. Shoirning Vatan haqidagi o‘xshatmalari shunchalik o‘ziga
xoski, ular orqali O‘zbekiston tasviri yurakka yaqin, samimiy va beqiyos go‘zallikda
namoyon bo‘ladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
243
Muhammad Yusufning ijodida Vatan faqat sevgi emas, balki mas’uliyat hamdir.
Shoir o‘z she’rlari orqali yoshlarni Vatanni sevishga, uni himoya qilishga, uning
kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi. “Ketma, bola” she’rida bu jihat ayniqsa teran
ifoda etilgan:
Ketma, bola, ketma, bola,
Ko‘zlaringda o‘tinchi yurak.
Sen ketgan kun, yuragimga
Ko‘chib o‘tadi g‘urbat.
Bu she’r ona-Vatanning farzandlariga qilgan iltijosi, ularning ketishiga chidab
bo‘lmas iztirobi sifatida o‘qiladi.
Istiqlol va erkinlik ruhi
Shoirning ijodida istiqlol g‘oyasi alohida o‘rin tutadi. Muhammad Yusuf istiqlolni
Vatanning eng ulug‘ ne’mati deb biladi. Uning she’riyati orqali erkinlik ruhi, milliy
qadriyatlarga sadoqat, Vatan obodligiga intilish tuyg‘ulari keng targ‘ib qilinadi.
Muhammad Yusufning har bir she’rida milliylik ruhi, xalqona donishmandlik,
o‘zbek tilining go‘zalligi va boy ifoda imkoniyatlari, xalqimizning yuksak insoniy
fazilatlari o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga, uning ijodida yoshlik zavqi, muhabbat
va ishq tuyg‘ularining nafis ohanglari ham yuksak darajada aks etgan. O‘zbekiston
Qahramoni Ozod Sharafiddinov ta’kidlaganidek, Muhammad Yusuf xalq dardini ochiq
aytgan, yurtga bo‘lgan muhabbatini o‘ziga xos, hech kimga o‘xshamagan misralarda
ifodalagan she’rlari orqali mashhurlikka erishgan. Uning kitoblarini odamlar
do‘konlardan izlab topishga harakat qiladigan bo‘lishgan. Shoir hayoti esa uning
she’rlarida davom etmoqda.
“Chinakam shoir yuragida sehrli qush doimo sayraydi”, degan iborani ko‘p
eshitganmiz. Bu qush aynan Muhammad Yusufning yuragida joy olganiga ishonchimiz
komil. Uning nigohi va chehrasidan hamisha latif bir kuy baralla yangrab turgandek
edi. U Vatanini chin yurakdan, sidqidildan, manfaat ko‘zlamasdan sevar edi. Shu
samimiy muhabbat natijasida uning she’riyati ham befarq va beg‘araz, samimiy
ifodaga ega bo‘ldi. Bu sof qalb egasidan bizga ana shunday samimiy she’riyat meros
bo‘lib qoldi, degan edi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov.
Milliy adabiyotimizda Vatan mavzusida yozilgan asarlar ko‘p. Ularning har biri
turli shakl va obrazlar bilan ifodalangan. Har bir ijodkor o‘z yurti haqida o‘ziga xos
tarzda yozadi. Muhammad Yusuf esa Vatanga bo‘lgan munosabatini andozalarga
tayanmay, yangicha yondashuv bilan ifoda etadi. U go‘zal tabiat yoki buyuk insonlarni
sanab, she’r oxirida Vatanni sevishini aytish bilan cheklanmaydi. Aksincha, yuragining
eng nozik tuyg‘ularini yuraklarga kirib boradigan, inson qalbining eng chuqur
qatlamlarini larzaga soladigan tarzda ifoda etadi.
Shu boisdan “Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” nomli hujjatli filmni suratga
olishga qaror qildik. Ushbu film orqali shoirning hayoti, ijodi va badiiy mahorati
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
244
haqida hikoya qilinadi. Film talabalarning qalbida yurtga muhabbat, vatanparvarlik,
milliy qadriyatlarga sadoqat kabi tuyg‘ularni uyg‘otishga xizmat qiladi, degan
umiddamiz.
Shuni ham aytish joizki, Muhammad Yusuf she’riyatining markaziy
mavzularidan biri – Vatanga muhabbatdir. Shoir bu mavzuni yoritishda ozodlik, milliy
qadriyatlar, xalq mentaliteti, muhabbat, tabiat manzaralari hamda urf-odatlarni asosiy
vosita sifatida qo‘llaydi. Ayniqsa, uning vatanparvarlik ruhidagi she’rlarida ajdodlarga
bo‘lgan hurmat alohida o‘rin egallaydi. Muhammad Yusufning Vatanga bag‘ishlangan
asarlarida tarixiy shaxslar – buyuk sarkardalar, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va
ijodkorlar tilga olinadi, ularning hayoti va faoliyati madh etiladi. U o‘zini ulug‘
ajdodlar ishining davomchisi sifatida tasvirlaydi va yosh avlodni ham ana shu yo‘ldan
borishga undaydi. Shoir she’rlarida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Cho‘lpon, Qodiriy kabi tarixiy shaxslarning
siymolari yodga olinadi. Ba’zan birgina misra butun tarixiy davrni eslatadi yoki
o‘quvchini tarixni yana bir bor o‘rganishga undaydi. Misol uchun:
Boburga ilinsang, menga qovun so‘y,
Cho‘lponni sog‘insang, meni quchoqla...
Ushbu satrlar haqida shoir Muhammad Ali shunday deydi: “Mana shu oddiy
ko‘ringan misralarda shoir butun tarixni ifoda eta olgan.”
Shoirning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda uni yoshlar orasida keng
targ‘ib qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlanmalarimiz ko‘p. Jumladan, institutimiz
axborot-resurs markazi huzurida Muhammad Yusuf ijodi va hayotini o‘rganishga
bag‘ishlangan maxsus Adabiyot ilmiy markazi va auditoriya tashkil qilinadi. Shu bilan
birga, bu markazda o‘zbek adabiyotining boshqa namoyandalari hayoti, ijodi va
asarlarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan adabiyot to‘garagi faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, vatan obraziga milliy til, bayroq va diniy qadriyatlar timsoli
sifatida yondashish odat tusini oldi.
Aynan shu davrda Muhammad Yusuf kabi shoirlar yetishib chiqdi. Uning
she’riyatidagi Vatan obrazi o‘quvchiga juda yaqin, samimiy va tushunarli ko‘rinadi.
Shoir Vatanni oddiy, tanish narsalar – turmush buyumlari yoki yaqin insonlar orqali
tasvirlaydi, bu esa obrazni yanada jonli va hayotiy qiladi. Muhammad Yusufning
dostonlari esa ilmiy-ma’rifiy jihatdan alohida ahamiyatga ega bo‘lib, tarixiy voqealarni
badiiy tahlil etish orqali milliy ongni mustahkamlashga xizmat qiladi. U voqealarni
shunchaki bayon qilish bilan cheklanmaydi, balki tarixiy shaxslar hayoti orqali xalq
xotirasida ularni abadiylashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning
dostonlarini Vatanning she’riy tarjimayi holi deb atash mumkin.
1
1
Muhammad Yusuf. Saylanma: she’rlar. dostonlar. xotiralar. – T.: “Sharq”, 2007.-288. 6.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
245
Xulosa qilib aytganda, Muhammad Yusuf ijodi Vatanni sevish, uni qadrlash,
sadoqat bilan xizmat qilish ruhida yaratilgan. Uning she’rlari nafaqat badiiy qiymatga
ega, balki yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Shoir o‘zining
samimiy, chuqur mazmunli she’rlari orqali xalq qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbatni
yanada kuchaytirdi. Bugungi kunda ham uning ijodi yoshlarimizga vatanparvarlik,
sadoqat va fidoyilik namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirvaliyev S., Shokirov R. O‘zbek adiblari. - Toshkent, 2007. - B. 240. 10.
2.
Muhammad Yusuf. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 12.
3.
Boltaboyev. So‘z sehri. - Toshkent, 2006. - B. 98.
4.
O. Sharofiddinova “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida”. – Toshkent.
“Adib”. 2014, 232b.
5.
Muhammad Yusuf. Saylanma: she’rlar. dostonlar. xotiralar. – T.: “Sharq”, 2007.-
288 .6.