Mualliflar

  • Ro‘ziqulova Ziyoda Murodqul qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.93009

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Adabiyot badiiy asar ma’naviyat tafakkur tarbiya ruhiyat klassik meros zamonaviy ijod o‘zlikni anglash.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb va tafakkurga ta’siri, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalashdagi roli yoritilgan. Adabiyot nafaqat axloqiy-ruhiy tarbiya, balki jamiyat ongini shakllantirishda ham muhim vositadir. Unda klassik va zamonaviy adiblar ijodi, badiiy asarlarning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, adabiyotning sehrli kuchi orqali inson ma’naviy yuksalishga erishishi mumkinligi asoslab beriladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

233

ADABIYOT SEHRI

Ro‘ziqulova Ziyoda Murodqul qizi

Sirdaryo viloyati Guliston shahar

“İdeal Study’’ xususiy maktabi

6 - “A’’ sinf o‘quvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb

va tafakkurga ta’siri, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalashdagi roli yoritilgan.
Adabiyot nafaqat axloqiy-ruhiy tarbiya, balki jamiyat ongini shakllantirishda ham
muhim vositadir. Unda klassik va zamonaviy adiblar ijodi, badiiy asarlarning inson
ruhiyatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, adabiyotning
sehrli kuchi orqali inson ma’naviy yuksalishga erishishi mumkinligi asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

Adabiyot, badiiy asar, ma’naviyat, tafakkur, tarbiya, ruhiyat,

klassik meros, zamonaviy ijod, o‘zlikni anglash.


Adabiyot – bu so‘z san’ati bo‘lib, u qit’alarni bir-biriga bog‘laydigan, xalqlar

o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik hisoblanadi. Prezidentimizning "Adabiyot va san’at,
ma’naviyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam
poydevoridir" mavzusida ijodkor ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvidagi nutqida
adabiyot va san’atning jamiyatdagi o‘rni, ijodkorlik erkinligi, ma’naviyat, hayot
haqiqatini yoritish, yosh avlodni yuksak g‘oyalar asosida tarbiyalash kabi muhim
masalalar chuqur tahlil qilindi. Uchrashuvda Vatan va xalq oldidagi badiiy ijodning
mas’uliyati, tarixiy merosni asrash, zamonaviy qahramonlarni tasvirlash, yoshlarni
insoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishga undovchi asarlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari adabiyot orqali millatning estetik didini oshirish, xalqning

ma’naviy ehtiyojlariga javob beruvchi asarlar yaratishga chaqirdi.

U inson qalbining eng nozik torlarini chertadigan, yurakka yetadigan, tafakkurni

yuksaltiradigan mo‘jizaviy bir kuchdir. Har bir badiiy asar o‘zining ichki dunyosi,
obrazlari va g‘oyalari orqali insonni fikrlashga, his qilishga, anglashga undaydi.
Adabiyot shunchaki yozilgan so‘zlar yig‘indisi emas, balki jamiyatning ma’naviy
yuragi, tarixiy xotirasi va kelajak sari yo‘naltiruvchi yo‘lchi yulduzidir.

Tarixdan ma’lumki, adabiyot har bir davrda o‘ziga xos ma’naviy yo‘lbo‘g‘lik

rolini o‘ynagan. Navoiy, Fuzuliy, Mashrab kabi mutafakkirlar o‘z asarlari orqali
jamiyatda axloqiy me’yorlarni targ‘ib qilgan, insonparvarlik, vatanparvarlik, sabr-
toqat kabi fazilatlarni yuksak darajada ifoda etgan. Ularning asarlarida nafaqat estetik
zavq, balki chuqur hayotiy saboqlar mujassam.

1

1

Sulton I. «Adabiyot nazariyasi». - Т.: « O‘qituvchi», 2005.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

234

“Biz havas qilsa arzigulik tarixga, ulug‘ ajdodlarga va buyuk kelajak, buyuk

adabiyot hamda san’atga egamiz’’, degan so‘zlar bilan Yurtboshimiz xalqimizda
iftixor va umid uyg‘otdi. Har qanday ezgu ish intilish va mehnat talab qiladi.
Ma’naviyat yo‘lida erishiladigan yutuqlar bir necha avlodning tinimsiz izlanishlari,
orzu-umidlariga asoslanadi. Har bir avlod millat kitobiga o‘z hissasini qo‘shishga
intiladi, qalblarda aks etgan orzu-umidlar esa adabiyotda obrazli ifodalanadi.

Bugungi kunda ham adabiyot o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aksincha, u har

doimgidan ham ko‘proq e’tibor va ehtiyojga ega. Yosh avlod qalbiga ezgulik, halollik,
mehr-oqibat, sabr-toqat kabi fazilatlarni singdirishda adabiyotning tutgan o‘rni
beqiyosdir. Har bir o‘quvchi badiiy asar orqali o‘zini va hayotni anglashga intiladi,
o‘zligiga qaytadi, qalban tozalanadi.

Adabiyot shunchalik sehrliki, u insonni hayotga boshqacha nazar bilan qarashga

o‘rgatadi. Yaxshi kitob — eng sadoqatli do‘st, eng samimiy hamrohdir. Adabiyot bilan
muloqot qilgan inson hech qachon yolg‘iz qolmaydi, chunki badiiy so‘z uni hayotning
murakkabliklariga bardoshli qiladi.

Bundan tashqari, adabiyot – bu oddiygina istak yoki niyat bilan vujudga

kelmaydigan soha. Asl adabiy asar mehnat, sabr, izlanish va iqtidor mevasidir. U
avlodlar davomiyligida, ruhiy-ma’naviy uyg‘unlikda shakllanadi.

Adabiyotning mohiyatini to‘liq tushunish uchun, avvalo, uning eng muhim va

e’tiborga molik xususiyatlarini ko‘rib chiqish zarur. Adabiyoti taraqqiy etgan xalqning
madaniy yutuqlari tez orada dunyo miqyosida tan olinadi. Akademik N.I. Konradning:
“Keling, Alisher Navoiydek shoir bo‘lgani uchun quvonalik. Bunday shoirni yaratgan
o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildiraylik”, degan so‘zlari adabiyotning milliy g‘urur
manbai ekanini ifodalaydi.

Adabiyot butun insoniyat madaniy merosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,

uning ommaviyligi aynan shu bilan belgilanadi. Turli xalqlar tomonidan yaratilgan
adabiy asarlarning butun insoniyat tomonidan qabul qilinishi adabiyotning umumiy
qadriyatlar bilan uyg‘unligidan dalolat beradi.

Adabiyotning yana bir muhim jihati – u individual ijod mahsuli ekanidir. Yozma

adabiyot xalq og‘zaki ijodidan shu xususiyati bilan farq qiladi. Adabiyotga xos bo‘lgan
asosiy belgilaridan biri esa – bu badiiylikdir. Badiiylik – hayotni obrazlar orqali, jonli,
tasirli va tasavvur uyg‘otuvchi tarzda tasvirlash san’atidir. Bu holat barcha san’at
turlariga xos bo‘lib, badiiylik san’atning asosiy mohiyatini belgilaydi. San’atning
kuchi aynan badiiylikda namoyon bo‘ladi. Badiiylik esa shakl va mazmun
uyg‘unligidan kelib chiqadi. Shu bois adabiyotning ta’sirchanligi, avvalo, uning tilida
mujassam bo‘ladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

235

Shuni ham aytish joizki, badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama

mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan
taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan.
Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida, ayniqsa, lirika keng rivojlangan. Drama hayotni
harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham
mavjud. Masalan, lirika va epos xususiyatlari birlashib, liroepik turni tashkil etadi.
Liroepik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga
boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl va katta epik
shakl. Lirika mazmun va shaklga koʻra gʻazal, muxammas, marsiya, ruboiy, qasida,
sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmunan 3 xili
bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi
mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning
ijodiy usuli paydo boʻladi.

Xulosa qilib aytganda, adabiyot — bu qalbga yetgan so‘zning sehri, ma’naviyat

osmoniga olib chiqadigan qanotdir. Uni sevmoq, uni tushunmoq — bu eng oliy
zavqlardan biridir. Har bir inson hayotida hech bo‘lmaganda bitta asar uning
dunyoqarashini o‘zgartirgan bo‘lsa, demak, adabiyot o‘z mo‘jizasini ko‘rsatgan
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sulton I. «Adabiyot nazariyasi». - Т.: « O‘qituvchi», 2005.

2.

Sharafiddinov О. Ijodni anglash baxti. -Т.: «Sharq» NMAK. 2004.

3.

Normatov U. Nafosat gurunglari. -Т.: «Muharrir», 2010.


Bibliografik manbalar

Sulton I. «Adabiyot nazariyasi». - Т.: « O‘qituvchi», 2005.

Sharafiddinov О. Ijodni anglash baxti. -Т.: «Sharq» NMAK. 2004.

Normatov U. Nafosat gurunglari. -Т.: «Muharrir», 2010.