“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
159
QASHQADARYO VILOYATIDA 2024 YIL YANVAR- SENTABR
OYLARIDAGI ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALAR
Y.P.Urunbayeva
Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.
Tel: +998 90 505-21-05
Z.M.Qudratova –
talaba.
Tel: +998 91 945-38-02
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Abstrakt:
Maqolada 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyatidagi
asosiy kapitalga investitsiyalar miqdorining viloyat hududlari va iqtisodiy tarmoqlarga
nisbatan taqsimoti tahlil qilinadi. Tadqiqotda viloyatning turli tarmoqlari va geografik
hududlariga qaratilgan investitsiyalarning ta’siri, ularning iqtisodiy rivojlanishga
qo‘shgan hissasi, shuningdek, sektorlar bo‘yicha investitsiyalarni samarali
taqsimlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar:
Asosiy kapital, investitsiyalar, Qashqadaryo viloyati, iqtisodiy
sektorlar, tarmoqlar, investitsiya tahlili, iqtisodiy
rivojlanish, investitsiya
imkoniyatlari, investitsiya samaradorligi, mahalliy iqtisodiyot.
Аннотация:
В статье анализируется распределение инвестиций в основной
капитал по регионам и экономическим секторам Кашкадарьинской области в
период с января по сентябрь 2024 года. Исследование рассматривает влияние
инвестиций, направленных на различные сектора и географические районы
области, их вклад в экономическое развитие, а также важность эффективного
распределения инвестиций по секторам.
Ключевые слова:
Основной капитал, инвестиции, Кашкадарьинская
область,
экономические
сектора,
отрасли,
инвестиционный
анализ,
экономическое развитие, инвестиционные возможности, эффективность
инвестиций, местная экономика.
Abstract:
This article analyzes the distribution of investments in fixed capital
across the regions and economic sectors of the Kashkadarya region during the period
from January to September 2024. The study examines the impact of investments
directed at various sectors and geographic areas of the region, their contribution to
economic development, as well as the importance of efficient distribution of
investments across sectors.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
160
Keywords:
Fixed capital, investments, Kashkadarya region, economic sectors,
industries, investment analysis, economic development, investment opportunities,
investment efficiency, local economy.
Kirish.
Investitsiyalar mintaqaviy iqtisodiy o‘sish va rivojlanishda muhim rol
o‘ynaydi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida investitsiyalarni to‘g‘ri taqsimlash, ularni
ishlab chiqarishni oshirishga, ish o‘rinlarini yaratishga va aholi turmush darajasini
yaxshilashga hissa qo‘shadigan sohalarga yo‘naltirish juda muhimdir. Janubiy
O‘zbekistonning iqtisodiy jihatdan ahamiyatli hududi bo‘lgan Qashqadaryo viloyati,
o‘zining qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar sohalari bilan turli iqtisodiy
strukturalarga ega.
Har qanday davlatda iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalariga investitsiyalar
kiritish orqali quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga erishiladi:
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish miqdor va sifat jihitdan o‘smoqda;
ishlab chiqarish
va
xizmat
ko‘rsatish miqdorining o‘sishi
davlat byudjetiga tushayotgan soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshishi ish haqining
ortishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi;
jahon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish orqali
mamlakatning eksport salohiyati o‘sadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarni hududlar va tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilish,
iqtisodiy siyosatning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shuningdek, investitsiyalarni
samarali taqsimlashning yo‘nalishlarini belgilashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu
maqolada 2024 yil davomida Qashqadaryo viloyatidagi investitsiyalar taqsimoti va
uning iqtisodiy rivojlanishdagi ta’siri, shuningdek, hududlar va tarmoqlar bo‘yicha
investitsiya oqimlarini tahlil qilishga e’tibor qaratiladi.
Tadqiqotning maqsadi – investitsion oqimlarning samaradorligini baholash va
viloyatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun investitsiyalarni yanada
samarali taqsimlash imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradigan kompleks tahlilni
taqdim etishdir.
Tahlil va natijalar.
Qashqadaryo viloyatidagi iqtisodiy sektorlarga jalb qilingan
investitsiyalarning taqsimoti 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida tahlil qilindi.
Viloyatning iqtisodiy tizimida asosiy kapitalga qilingan investitsiyalar o‘zining hajmi
va turli sohalarga yo‘naltirilishi bo‘yicha farqlanadi. Asosiy kapitalga investitsiyalar,
asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va xizmatlar tarmoqlarida
yo‘naltirilgan.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda asosiy kapitalga jalb qilingan
investitsiyalar miqdori 24 399,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘larning
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
161
160,6% yoki 3 091 milliard so‘mi, tashqi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi,
qolgan qismi, ya’ni 9,8% yoki 2 394,3 milliard so‘m, korxona, tashkilot va aholining
o‘z mablag‘lari orqali ta’minlandi. Umumiy investitsiyalar hajmida markazlashgan
moliyalashtirish
manbalari
hisobidan
amalga
oshirilgan
asosiy
kapitalga
investitsiyalarning ulushi 2023-yilga nisbatan 2,5% foizga kamayib, 14,5% yoki 3
539,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, markazlashmagan moliyalashtirish
manbalari orqali amalga oshirilgan investitsiyalar 20 860,4 milliard so‘mni yoki jami
investitsiyalarning 85,5% tashkil etib, 2023-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6% o‘sdi.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2 394,3
mlrd. so‘mni tashkil etib, bu jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,8 foizini tashkil
etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan esa jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,3 foizi
yoki 1 785,0 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
hisobidan amalga oshirilgan investitsiyalar hajmi esa 6 341,6 mlrd. so‘mga yetib, 2023-
yilning mos davriga nisbatan 7,6 foiz punktga oshib, jami investitsiyalarning 226,9
foizini tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga
investitsiyalar
Mlrd so’m
Respublika budjeti
1 087,7
kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar
10 124,5
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi
9,1
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari
214,9
Aholi mablag’lari
1 785,0
Korxona mablag’lari
2 394,3
O‘zR kafolati ostida xorijiy kreditlar
2 448,2
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
0,1
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
6 341,6
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga
ajratilgan investitsiyalar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi.
Mazkur jadvalda Qashqadaryo viloyatidagi asosiy kapitalga investitsiyalar
hajmi, shuningdek, tumanlar va shaharlar kesimida o‘sish sur’atlari va viloyatdagi
ulushi ko‘rsatilgan. Nishon tumani eng katta investitsiya hajmini o‘zlashtirgan hudud
bo‘lib, 8 093,0 mlrd. so‘m investitsiya bilan viloyatning 33,2% ni tashkil etadi.
Shahrisabz shahrida yuqori o‘sish sur’ati (241,7%) kuzatilgan bo‘lsa, Gʻuzor va
Muborak tumanlari ham yirik investitsiyalarga ega.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
162
2023-yilning mos davriga nisbatan hududlar kesimida asosiy kapitalga
investitsiyalar o‘zlashtirilishida eng yuqori o‘sish sur’ati Nishon tumanida kuzatildi.
Bu tumaning investitsiya hajmining o‘sishi 2,4 m% ga oshib, asosiy kapitalga
investitsiyalarni o‘zlashtirishda 243,7% ga o‘sish qayd etildi. Ushbu o‘sish, Nishon
tumanida quvvati 900 MVt bo‘lgan gazuskunalarini qurish bo‘yicha amalga oshirilgan
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular tuman iqtisodiyoti va sanoati rivojiga katta
hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, Shahrisabz shahrida ham yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi. 2023-
yilning mos davriga nisbatan o‘sish 241,7% ni tashkil etdi. Ushbu o‘sish, shaharda
amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari va sanoat tarmoqlariga investitsiyalarning
qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi.
2024- yil yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida asosiy kapitalga
investitsiyalar
Qashqadaryo viloyati
Investitsiyalar
hajmi, mlrd.
so‘m
O‘sish
sur’ati, % da
Qashqadaryo
viloyatidagi
ulushi, % da
Qashqadaryo viloyati
24 399,6
160,6
100,0
Qarshi sh.
2 912,6
111,0
11,9
Shahrisabz sh.
608,0
241,7
2,5
Gʻuzor
2 781,6
146,8
11,4
Dehqonobod
198,6
83,7
0,8
Qamashi
419,0
114,3
1,7
Qarshi
700,4
126,0
2,9
Koson
432,8
83,1
1,8
Kitob
494,3
91,1
2,0
Mirishkor
379,6
131,3
1,6
Muborak
4 346,9
183,8
17,8
Nishon
8 093,0
243,7
33,2
Kasbi
642,2
121,2
2,6
Ko’kdala
129,8
50,3
0,5
Chiroqchi
688,4
135,3
2,8
Shahrisabz
843,9
232,1
3,5
Yakkabog’
738,4
133,4
3,0
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
163
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik
tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
1.
Mashina, uskuna va inventarlarga 12 972,5 mlrd. so‘m investitsiyalar
o‘zlashtirilib, jami investitsiyalarning 53,2% tashkil etdi.
2.
Qurilish-montaj ishlari bo‘yicha esa 9 441,2 mlrd. so‘m investitsiya
mablag‘lari jalb qilindi, bu jami investitsiyalarning 38,7% teng.
3.
Boshqa xarajatlarga 1 985,8 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi, bu esa
jami investitsiyalarning 8,1% tashkil etdi.
Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj
ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Nishon tumanida qayd etildi, bu
yerda ulush 9,5 %ni tashkil etib, investitsiyalar hajmi 2 315,4 mlrd. so‘mga yetdi.
Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Mirishkor
tumanida kuzatildi, bunda ulush faqat 0,3 %ni tashkil etib, 75,9 mlrd. so‘mga teng
bo‘ldi. Qarshi tumanida esa mashina, uskuna va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng
yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, bu yerda ulush 20,9 %ni tashkil etib, 5 121,3 mlrd.
so‘mni tashkil etdi.
Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga
investitsiyalar, jamiga nisbatan, tog‘-kon sanoatida jami 6 781,7 mlrd. so‘m yoki
viloyat bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 27,8 %i o‘zlashtirilgan. Ushbu
investitsiyalar tarkibidan 19,8 %i, ya’ni 1 340,4 mlrd. so‘m xom neft va tabiiy gaz
qazib chiqarish sohasiga tegishlidir. Ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish sohasi
yuzasidan, viloyat bo’yicha jami 3 042 ta xonadon, Qarshi tumanida 330, Koson
tumanida 1 748, Ko‘kdala tumanida 720, Shahrisabz tumanida 1 730, Qamashi
tumanida 1 010, Chiroqchi tumanida 3 256, Kitob tumanida 940 va Yakkabog‘
tumanida 600 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar rekonstruksiya hisobidan
ishga tushirildi. Maktablar qurilishida jami 245,9 mlrd. so‘m investitsiyalar Respublika
budjeti hisobidan o‘zlashtirildi.
Shuningdek, viloyatda Suv tarmog‘i qurilishida va gaz tarmog‘i qurilishida
investitsiyalar o‘zlashtirilmadi. Biroq, viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan
ta’minlashni yaxshilash maqsadida, kelgusi yilda suv ta’minotini yaxshilashga
qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xulosa.
2024 yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy
kapitalga investitsiyalar miqdori sezilarli o‘sishga erishdi. Viloyatning turli
tarmoqlariga va hududlariga qaratilgan investitsiyalar, iqtisodiy o‘sishning
barqarorligini ta'minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni ko‘zda
tutmoqda. Shuningdek, investitsiyalarni samarali taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar iqtisodiy o‘sishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Suv va gaz tarmog‘i qurilishiga oid investitsiyalarning kamligi esa
kelgusi yillarda alohida e'tibor talab qiladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
164
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
Makroiqtisodiyot-2.O'quv qo'llanma. Toshkent-2019
3.
Sh. Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" – Toshkent-2021.
4.
Agapova T.A., Seregina S.F. Macroeconomics: Textbook.-10th ed., rev. Moscow:
MFPU Synergy Publishing House, 2013. p. 214.
5.
Urunbaeva, Y. P., & Qudratova, Z. M. (2025). THE GLOBAL
IMPLEMENTATION OF THE GREEN ECONOMY AND ITS IMPACT ON
SUSTAINABILITY.
EduVision: Journal of Innovations in Pedagogy and
Educational Advancements
,
1
(2), 312-321.
6.
Qudratova, Z. M. (2025). THE INVERSE RELATIONSHIP BETWEEN THE
ESSENCE OF INFLATION AND UNEMPLOYMENT AND ANTI-
INFLATIONARY POLICIES.
Educator Insights: Journal of Teaching Theory and
Practice
,
1
(2), 369-376.
7.
Урунбаева, Ю. (2021). Роль малого бизнеса в повышении уровня жизни.
in
Library
,
21
(1), 19-22.