“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
99
“GLOBAL EKOLOGIK BARQARORLIKKA ERISHISHDA
YUMSHOQ KUCHNING STRATEGIK RO‘LI”
Baratova Shoxsanam Xasan qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
“Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati”yo‘nalishi
2-kurs magistranti.
E-mail: shoxsanamamonova@gmail.com
Annotatsiya
: Bugungi rivojlangan dunyoda ekologik masalalar tobora muhim
mu’ammolardan biri bo‘lib bormoqda. Iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy
resurslarning tugashi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi muammolar global
miqyosdagi barcha davlatlarni xavf ostiga qo‘ymoqda. Ushbu mu’ammolarga yechim
berish uchun rivojlangan davlatlar,
ekologik diplomatiya va yumshoq kuch (soft power) strategik yondashuvlarni
qo‘llamoqda. Maqolada ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning o‘zaro
bog‘liqligi, global barqarorlikni ta’minlashda ularning o‘rni, hamda iqlim o‘zgarishiga
qarshi kurashish va ekologik yechimlarni ilgari surishda bu ikki konseptning qanday
muhim ro‘l o‘ynashi, shuningdek ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning xalqaro
siyosatda qanday o‘zaro bog‘langanini va bu yondashuvlarning global ekologik
barqarorlikni saqlashda muhim vosita sifatida ishlatilishi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlari
: yumshoq kuch,ekologik diplomatya, Ekologik xavfsizlik,
Barqaror rivojlanish, Yumshoq kuch va diplomatik strategiya.
Metodlar
: tahlil qilish, solishtirish,
Kvantitativ tahlil
.
Kirish
Bugungi global dunyoda atrof-muhitni himoya qilish va ekologik barqarorlikni
ta'minlash har bir davlatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Iqlim
o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, suv tanqisligi va boshqa ekologik
tahdidlar butun dunyo uchun jiddiy xavf solmoqda. Ushbu muammolar nafaqat
tabiatga, balki insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizimlariga ham salbiy ta'sir
ko‘rsatmoqda. Bu mu’ammolarga qarshi kurashishda diplomatiya va yumshoq
kuchning o‘rni kattadir. Ekologik diplomatiya va yumshoq kuch o‘rtasidagi aloqalar
davlatlar o‘rtasidagi ijobiy aloqalarini mustahkamlash, global barqarorlikni ta'minlash
va ekologik yechimlarni ilgari surishda muhim vositadir. Ekologik diplomatiya – bu
davlatlar o‘rtasidagi ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan diplomatik faoliyat
bo‘lsa, yumshoq kuch (soft power) – esa bu davlatning madaniy, axloqiy va siyosiy
ta'sirini boshqa davlatlar va xalqaro jamoatchilikka qarshi majburiy choralar bilan
emas, balki ijobiy vositalar orqali qo‘llashidir.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
100
Natija va muhokamalar:
Zamonaviy davrda ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning o‘zaro bog‘liqligi
va samaradorligi jahon miqyosida ekologik masalalarni hal qilishda muhim ro‘l
o‘ynamoqda.Davlatlar o‘zining ekologik siyosatlarini, texnologik yutuqlarini, barqaror
rivojlanishdagi yutuqlarini global miqyosda targ‘ib qilish uchun yumshoq kuch
strategiyasidan keng foydalanmoqda. Misol uchun, iqlim o‘zgarishiga qarshi
kurashishda ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va bu texnologiyalarni boshqa
mamlakatlar bilan bo‘lishishni, o‘rganish, tajriba almashish – yumshoq kuchning
amaliy misolidir. Masalan,
Yaponiya
ning iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or
texnologiyalari, yoki quyosh energiyasi va samarali energiya tejash texnologiyalari,
boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun eksport qilinadi. Ammo
bunday jarayonlarni amalga oshirishda ba’zi mu’ammo va qiyinchiliklar ham
mavjudir. Birinchidan, global miqyosda mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy
farqlar ekologik diplomatiyaning samaradorligini cheklashi mumkin. Ba’zi davlatlar
o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda ekologik masalalarni etibotsiz qoldirishadi.
Misol uchun,
AQSh
va
Xitoy
o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat, iqlim o‘zgarishi
masalalarida o‘zaro kelishuvlarga erishishda ba’zi to‘siqlarni yaratadi.
Xitoy
ning
sanoat rivojlanishi va ko‘mirga tayanishi,
AQSh
ning ayrim ekologik me’yorlarni
kamaytirishga moyil bo‘lishi, bunday muammolarning global ekologik diplomatiya
samaradorligiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan, yumshoq kuchning ekologik
diplomatiyada ta’sir ko‘rsatish darajasi har xil bo‘lishi mumkin, chunki har bir
davlatning madaniy, ilmiy va texnologik salohiyati farqlanadi. Masalan,
Skandinaviya
mamlakatlari
(Shvetsiya, Daniya, Norvegiya) o‘zlarining yuqori ekologik
salohiyatlari va barqaror rivojlanish siyosatlari bilan dunyo bo‘ylab ekologik
diplomatiya sohasida muvaffaqiyat qozonmoqda. Bu davlatlar o‘zining ekologik
texnologiyalarini va siyosatlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga taqdim etishadi.
Biroq, ba’zi mamlakatlarda, masalan,
Janubiy Osiyo
va
Afrikadagi ba’zi davlatlar
da
ekologik diplomatiya va texnologiyalarni qo‘llashda muammolar mavjud, chunki bu
mamlakatlarda texnologik salohiyat past va iqtisodiy resurslar cheklangan. Lekin
ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning birgalikdagi ishlatilishi davlatlarga
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror
rivojlanishdagi maqsadlariga erishishni ta’minlashga yordam beradi. Masalan,
Fransiya
va
Nemisiyada
o‘zaro amalga oshirilgan ekologik diplomatiya orqali tajriba
almashish va texnologik hamkorlik orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish
maqsadida amalga oshirilgan tajribalar global hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa
qo‘shdi. Shuningdek, ekologik diplomatiya va yumshoq kuch, global miqyosda
ijtimoiy adolatni, inson huquqlarini himoya qilishni va barqaror rivojlanishni
ta’minlashga ham katta hissa qo‘shadi. Ekologik muammolar faqat ekologiya va
iqtisodiyotga ta’sir qilmay, balki insoniyatning kelajagi, ijtimoiy barqarorligi va
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
101
xavfsizligini ham belgilaydi. Masalan, iqlimning o‘zgarishi global issiqlik va
qurg‘oqchilik kabi hodisalarni kuchaytirib, insonlarning yashash sharoitlarini
og‘irlashtirmoqda. Bunday jarayonlar esa qishloq xo‘jaligiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qolmaydidir: o‘zgargan iqlim tufayli ba’zi hududlarda qurg‘oqchilik,
boshqalarida esa ortiqcha yomg‘irlar yoki toshqinlar kuzatilmoqda. Natijada, oziq-
ovqat ishlab chiqarish kamaydi va bu holat esa ijtimoiy tengsizlikka olib keldi. Misol
uchun, Afrika va Markaziy Osiyodagi ba’zi hududlarda qurg‘oqchilik sababli oziq-
ovqat tanqisligi va qashshoqlik mu’ammolari chiqmoqda. Bu holat esa migratsiya
jarayonlarini kuchayishiga va davlatlar o‘rtasida geosiyosiy taranglikni oshishiga
sabab bo’lmoqdadir. Shuningdek bunday holatlar odamlar orasida ham ko‘plab
mu’ammolarga sabab bo’lmoqdadir. Faqat iqlimning o‘zgarishi emas atrof-muhitning
ifloslanishi ham odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda misol uchun ularning mehnat
qobiliyatini pasayishiga,sog‘lig‘iga va ijtimoiy holatlarini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Masalan 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi misolida, havoning ifloslanishi sababli
sportchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, tabiiy
resurslarning kamayishi ham ijtimoiy barqarorlikga ta’sir qiladi.Masalan suv
resurslarining cheklanishi, hozirda ayrim mintaqalarda suv uchun kurash kuchaygan
va bu hududlardagi ijtimoiy taranglikni oshirgan. Misol sifatida, Markaziy Osiyo va
Afrikada suv yetishmovchiligi va iqlim o‘zgarishlari sababli aholi ko‘chishi va
geosiyosiy qarama-qarshiliklarni ko‘rish mumkindir. Bunday misollar ekologik
muammolar insoniyatning kelajagi uchun jiddiy xavf ekanini ko‘rsatadi. Agar ekologik
barqarorlikni ta’minlashga erishilsa, bu nafaqat tabiatni himoya qilish, balki ijtimoiy
adolatni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni davom ettirish va xavfsiz yashash sharoitlarini
yaratishga ham imkon yaratadi. Yumshoq kuch esa bu jarayonni boshqarishda asosiy
vosita sifatida xizmat qiladi, chunki u davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantiradi
va ekologik muammolarga yechim topishda diplomatik yondashuvni o‘z ichiga oladi.
Ekologik diplomatiya va yumshoq kuchni samarali qo‘llash, butun insoniyatning
kelajagi uchun jiddiy xavflarni kamaytirish va barqaror rivojlanishga erishish imkonini
yaratadi. Shu bois, barcha davlatlar ekologik barqarorlikni o‘z siyosatlarining asosiy
yo‘nalishi sifatida qabul qilishlari zarur, chunki bu jarayon kelajakda insoniyatning
umumiy farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning integratsiyasi
dunyoning turli burchaklarida yashovchi odamlarning hayotini yaxshilash, kelajak
avlodlar uchun xavfsiz va barqaror muhit yaratishga qaratilgan mustahkam poydevor
bo‘ladi. Shuningdek Ekologik diplomatiya va yumshoq kuchning jahon miqyosida
ekologik muammolarga yechim topishida ahamiyati yuksak bo‘lib davlatlar o‘rtasidagi
hamkorlik va tajriba almashish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishish uchun zarur vositalar hisoblanadi.Bu jarayon, nafaqat
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
102
ekologik muammolarni hal qilish, balki global barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni
ta’minlashda ham muhim ro‘l hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Nye, J. S. (2004).
Soft Power: The Means to Success in World Politics
. Public Affairs.
2 Keohane, R. O., & Nye, J. S. (2012).
Power and Interdependence
. Longman.
3 Finkel, E. (2015).
Ecological Diplomacy: The Role of Soft Power in Environmental
Cooperation
. Journal of International Relations, 20(2), 35-45.
4 Busse, M., & Thomas, A. (2018).
Environmental Diplomacy: International
Cooperation for Sustainable Development
. Routledge.
5 Houghton, J. (2019).
The Global Impact of Climate Change Diplomacy
. Oxford
University Press.
6
Yuldashev, A. (2017).
Xalqaro ekologik diplomatiya: nazariy va amaliy masalalar.
Tashkent: O‘zMU.
7
Rasulov, D. (2020).
Barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik: O‘zbekistondagi
yondashuvlar.
Tashkent: Innovatsion rivojlanish markazi.
8
Water Scarcity and Geopolitical Tensions in Central Asia and Africa
(Markaziy
Osiyo va Afrikada suv resurslari va geosiyosiy qarama-qarshiliklar, 2017).