“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
38
1991-2017 YILLARDA JANUBIY SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI
Umarov Sardor Xasan og’li
Forish tumani politexnikumi tarix fani o’qtuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqola 1991-2017 yillar davomida Janubiy Sharqiy-Osiyo
mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga
bag'ishlangan. Unda mintaqadagi mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlari,
investitsiya muhiti, savdo aloqalari, siyosiy barqarorlik va ijtimoiy o'zgarishlar tahlil
qilinadi. Maqola Janubiy Sharqiy-Osiyo mamlakatlarining global iqtisodiyotdagi o'rni
va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ko'rib chiqadi.
Kalit so'zlar:
Janubiy Sharqiy-Osiyo, iqtisodiy o'sish, siyosiy barqarorlik,
investitsiya, savdo, globalizatsiya, rivojlanish.
Annotation:
This article focuses on analyzing the economic, political, and social
development trends of Southeast Asian countries during the period of 1991-2017. It
examines the economic growth rates, investment climate, trade relations, political
stability, and social changes in the region. The article also discusses the role of
Southeast Asian countries in the global economy and their future development
prospects.
Keywords:
Southeast Asia, economic growth, political stability, investment,
trade, globalization, development.
Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga
yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malayziya, Bruney,
Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi. Bu mamlakatlarda yarim milliarddan
oshiq aholi yashaydi. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja,
Laos 1990-yillarda juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyoning eng kambag‘al
mamlakatlari qatoriga kirardi. Sotsialistik yo‘nalishdagi hukmron partiyalar
hokimiyatda qolgan bo‘lsa-da, ular o‘z mamlakatlarida jiddiy islohotlar o‘tkazishga
majbur bo‘ldi.
Vyetnam, Kambodja, Laos
1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam
Kommunistik partiyasining VII syezdida islohotlar kursi e’lon qildi. Syezd erkin
tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi.
Bozor islohotlari natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi. XX asrning so‘nggi
yillarida bu ko‘rsatkich yiliga 9 foizni tashkil qildi. Chet el kapitali muvaffaqiyatli
o‘zlashtirildi, investitsiyalarning o‘sishi kuzatildi. XX asr oxiri–XXI asr boshlarida
Vyetnamda chet el firmalari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Iqtisodiy
yutuqlar aholining yashash darajasini oshirish imkonini berdi. Bu esa ko‘pmillatli
davlatda barqarorlik garovi bo‘lib qoldi. Hozir Vyetnam oziq-ovqat eksporti bo‘yicha
Osiyo mamlakatlari ichida birinchi, sholi eksporti bo‘yicha dunyoda mamlakatlar
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
39
o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kambodjada
hokimiyatni Oliy milliy
kengashga berish to‘g‘risida 1991-yil oktabrda yakunlangan Parij konferensiyasida
qaror qilindi. BMTning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy
saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshirdi. 1999-yili Kambodja ASEANning teng
huquqli a’zosi bo‘ldi. XXI asr boshlarida Kambodja og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib,
xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi. Mamlakatda “tirik tovar” savdosi keng avj
olgan bo‘lib, ota-onalar bolalarini arzimagan pulga sotardi. XXI asr boshlarida ayrim
ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Sog‘liqni saqlash va ta’limga ajratilgan xarajatlar
ko‘paytirildi, mamlakatda qashshoqlik darajasini pasaytirish tadbirlari amalga
oshirildi. 1991-yili konstitutsiya qabul qilindi. Parlament — Milliy assambleyaning
qonunchilik faoliyati kuchaydi, Laos ASEANga a’zo bo‘ldi. XXI asr boshiga kelib
iqtisodning faqat 10 foizi davlatga tegishli edi.
1999-yili mamlakat birinchi marta o‘zini sholi bilan ta’minladi. Asta-sekin
Laosga chet el kapitali qaytdi, inflyatsiya pasaydi, milliy valyuta — kipaning qiymati
oshdi. Konstitutsiyaga binoan mamlakatda bir partiyali tizim hukmron bo‘lishiga
qaramasdan, demokratiya elementlari asta-sekin paydo bo‘ldi. 2016-yili bo‘lib o‘tgan
parlament saylovlarida bir o‘ringa o‘rtacha 1,5 nafar nomzod to‘g‘ri keldi.
Sharqiy
Osiyo mamlakatlari
1980–1990-yillar Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatildi. Bu ularga 1990-yillarning boshidayoq
zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan “yangi industrial mamlakatlar” deb
ataluvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi.
Malayziya
shiddatli iqtisodiy
rivojlanish tufayli korrupsiya va mamlakat shimolida islom fundamentalistlarining
faollashuvi bilan bog‘liq ichki siyosiy inqirozni yengib o‘tdi. 1995-yil aprelda bo‘lgan
saylovlarda doktor Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya birlashgan milliy
partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu bilan islom
fundamentalistlari hokimiyatga kelishi bartaraf etildi. 1990-yillardan Malayziyaning
iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga
intilmoqda. XXI asr boshlariga kelib mamlakat nafaqat xomashyoning muhim
turlarini, balki juda katta miqyosda sanoat mahsulotlarini ham eksport qilmoqda.
Malayziyada mamlakatni rivojlantirishning 2020-yilgacha bo‘lgan dasturi ishlab
chiqilgan. Unga binoan, 2020-yilga kelib Malayziya industrial rivojlangan
mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Indoneziyaga
1990-yillardagi
“Osiyo inqirozi” juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayib ketdi.
Bu aholining ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. Prezident Suxarto iste’foga
chiqishga majbur bo‘ldi. Bu paytga kelib mamlakatni islom fundamentalizmi to‘lqini
qamrab oldi. Musulmonlar orasida g‘alayonlar, xristianlarni qirg‘in qilish,
mamlakatning turli hududlarida ayirmachilik chiqishlari boshlanib ketdi.2001-yili
mamlakat prezidenti etib Megavati Sukarnoputri saylanishi aholi tomonidan iliq qarshi
olindi, rupiyaning kursi tezda oshib ketdi, fond bozori ham faollashdi. 2014-yili bo‘lib
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
40
o‘tgan navbatdagi saylovlarda Joko Vidodo Indoneziya prezidenti etib
saylandi.
Filippinda
1992-yilgi saylovlarda general Fidel Ramos mamlakat prezidenti
etib saylandi.
U janubdagi musulmon ayirmachilarni tor-mor qilishga urindi, ammo
bunga erisha olmadi. Filippinda musulmonlarning bir necha radikal tashkilotlari
mavjud. Ularning ixtiyorida o‘n minglab yaxshi qurollangan, Afg‘oniston va Shimoliy
Kavkazda tajriba orttirgan, Iroq va Suriyada ISHID saflariga borib qo‘shilgan
jangarilar bor. Ichki holatning og‘irligiga qaramasdan 1990-yillari iqtisodiy o‘sishni
jadallashtirishga erishildi. Filippin elektron va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchi
eng
yirik
mamlakatlardan
biriga
aylandi.
2016-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rodrigo Roa Duterte g‘olib chiqib,
Filippin prezidenti bo‘ldi. U mamlakatda 2006-yili bekor qilingan o‘lim jazosini qayta
tiklash tarafdori edi. 2016-yil iyul oyida mamlakatda narkotik savdosi bilan noqonuniy
shug‘ullanuvchilarga qarshi kampaniya boshlanib, narkotik savdosida gumon qilingan
2 000 dan oshiq kishi o‘ldirildi. Narkotik savdosida gumon qilinganlarning sudsiz
o‘ldirilishi jahon jamoatchiligini tashvishga soldi.
Janubi-Sharqiy
Osiyo
mintaqasidagi “yangi industrial davlatlar
”XX asrning ikkinchi yarmi–XXI asr
boshlarida jadal modernizatsiyalashni amalga oshirgan Janubiy Koreya, Tayvan,
Singapur, Gonkong taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlab, “Osiyo yo‘lbarslari”,
“yangi industrial davlatlar” deb atala boshlandi. Ularda aholining yashash darajasi
keskin yaxshilandi.
Bu mamlakatlarda sanoatning kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash
sohalari va yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ilmtalab yuqori
texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bo‘yicha
yuqoridagi davlatlar dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1)Hill, H. (2016).
Southeast Asia: An economic history of the twentieth century
. Cambridge
University Press.
2)Ravenhill, J. (2017).
Global political economy
. Oxford University Press.
3)Acharya, A. (2009).
Whose ideas matter? Agency and power in Asian regionalism
. Cornell
University Press.
4)Stubbs, R. (2019).
Rethinking Asia's economic miracle
. Routledge.
5)Tay, S. S. C., & Estanislao, J. P. (Eds.). (2016).
ASEAN 2030: Toward a vibrant and inclusive
community
. World Scientific.
6)McKinnon, R. I. (1991).
The order of economic liberalization: Financial control in the transition
to a market economy
. Johns Hopkins University Press.
7)Wade, R. (1990).
Governing the market: Economic theory and the role of government in East Asian
industrialization
. Princeton University Press.
8)Rodrik, D. (1997).
Has globalization gone too far?
Institute for International Economics.
9)Huntington, S. P. (1993).
The clash of civilizations?
Foreign affairs, 72(3), 22-49.
10)Mahathir, M. (1997).
Why currency speculators are ruining the world
. International Herald
Tribune, 1.