“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
15
O‘ZBEKISTONDA YOʻLGA QOʻYILGAN “ONA UYI” LOYIHASI HAQIDA
Samarqand Davlat universitetining Psixologiya va
Ijtimoiy- siyosiy fanlar fakulteti 3-bosqich
talabasi
Qahramonova Navroza
navrozaqahramonova@gmail.com
Ilmiy rahbar: Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi
dotsenti
Yusupov Rahimjon Karimovich
Annotasiya
: Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan "Ona uyi"
qoʻllab-quvvatlashning maskani sifatida o‘rganiladi. Xalqaro tajribani keng yoyish
uchun tuzilgan ijtimoiy himoya loyihasining maqsadi, vazifalari va uning
Respublikaga taʼsiri, dastlabki holda tahlil qilinadi. Ushbu maqolada Oʻzbekistonda
ayollar uchun yordam shaklining yangi tajribasi namuna sifatida tahlil etiladi.
Kalit soʻzlar
: Ona uyi. Ijtimoiy yetimlik. Oilani huquqiy qoʻllab quvvatlash.
Maskan sifatida Oʻzbekistondagi xayriya loyihasi. Ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, og‘ir
hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun ijtimoiy yordam.
ONA UYI XALQARO FONDI (MHIF) Qozogʻiston “ANA UYI” jamoat
fondining xalqaro yoʻnalishi hisoblanadi. 10 yil oldin boshlangan tashvish va qo'llab-
quvvatlash tarixi global MHIF tashabbusini ilhomlantirdi. Maqsad ijtimoiy yetimlikni
kamaytirish va butun dunyo bo'ylab mehribonlik uylaridagi bolalar sonini
kamaytirishdir.
O‘zbekistonda 2024-yil 4-aprelda MHIF filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ayni paytda “Ona uyi” resurs markazining navbatdagi tashkilotlarining ochilishi va
tarbiyalanuvchilarini qabul qilishga tayyorgarlik tadbirlari koʻrilmoqda.
Xususan, bunday tadbirlarning birinchisi, 2024-yil yanvar oyida Toshkentda
qozog‘istonlik tadbirkorlar va “Mama’s House” jamoasining yuz nafar Oʻzbekistonlik
ishbilarmonlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyoni yetim bolalarsiz
birinchi mintaqaga aylantirish maqsadi muhokama qilindi. Shu tariqa, loyihani
O‘zbekistonda amalga oshirish qozoq va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar va
xayriyachilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mumkin bo‘ldi
1
.
2025-yil 1-fevraldan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari
ko‘magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan
onalar, shu jumladan, homilador ayollar (keyingi o‘rinlarda og‘ir hayotiy vaziyatga
tushib qolgan onalar) uchun bolalar uylarida "Ona uyi" xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
1
ONA UYI XALQARO FONDI (MHIF) Qozog
ʻ
iston
“
ANA UYI
”
mamy.kz/ru/2024/07/26/dom-mamy-v-uzbekistane
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
16
Avvalambor ta’kidlash joizki, ushbu loyiha Qozog‘istondagi “Ana Uyi” (Ona uyi)
loyihasi tajribasi asosida tashkil etildi. Qo‘shni davlat tadbirkorlari tomonidan 2013
yilda ishga tushirilgan bu loyiha Markaziy Osiyoda ijtimoiy yetimlik muammosini hal
etishni maqsad qilgan
2
. O‘zbekistonda ham bu loyiha tajriba sifatida Toshkent shahri
va Samarqand viloyatida ishga tushirilib, samarasini ko‘rsatdi. Mazkur hududlarda
ochilgan "Ona uyi"da o‘nlab ayol va bolalarga yordam berildi. Natijada 60 ta bola
onasi bilan qoldi(vaholanki, ular tashlab ketilishi ham mumkin edi), 45 ayol esa
inqirozli vaziyatda, xususan, oiladagi zo‘ravonlik holatida himoyaga olindi. Ana shu
natijalarimizning o‘ziyoq loyihani kengaytirish zarurati borligini ko‘rsatdi. 2026-
yilgacha boshqa hududlarda ham "Ona uyi" markazlarini ochish rejalashtirilgan.
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar jamiyatimizning eng zaif va
yordamga muhtoj qatlamlaridan biri. Ular ko‘pincha oilaviy zo’ravonlik, ishsizlik,
moddiy muammolar, psixologik jarohat yoki boshpanasizlik kabi xatarlar bilan yuzma-
yuz keladi. Shunday holatda: og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning
bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida
vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi.
Zero, hayotda hamma narsa boʻladi. Kutilmagan vaziyatlar insonni turli holatga
solishi mumkin. Baʼzan bunday vaziyatdan chiqib ketish uchun kishiga birgina yordam
qoʻli, kichik turtki kifoya.
Yurtimizda oʻtgan yili Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ilk bor ishga
tushirilgan "Ona uyi" loyihasidan maqsad ham shu - ogʻir hayotiy vaziyatga tushib
qolgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish. Qisqa
muddatda natija koʻrsatgan mazkur loyiha bugun mamlakatimizning eng yirik
tadbirkorlarini qiziqtirib, hayrli tashabbus atrofida birlashtirmoqda.
Amalga oshirilayotgan loyihaga koʻra, kelgusida hududlarda maxsus markazlar
tashkil etiladi.Bu yerda ayollar va 4 yoshgacha boʻlgan farzandlariga himoya,
boshpana, ijtimoiy, huquqiy hamda psixologik yordam koʻrsatiladi.
Bu loyiha qiyin ahvoldagi ayollar va bolalarga yordam berish bilan birga oilaviy
qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy yetimlikni oldini olishga
qaratilgan.Chunki, maqsadimiz har bir bola har qanday holatda ham oʻz onasi, oilasi
bilan qolishi, sogʻlom muhitda voyaga yetishiga koʻmaklashishdan iborat.
"Ona uyi"da oʻnlab ayol va bolalarga yordam berildi.
Ayni chog‘da, har bir "Ona uyi" 10-12 oʻringa moʻljallangan. Odatda ayollar
"Ona uyi" da 6 oygacha qolishi mumkin, ammo bu muddatdan soʻng ahvoli individual
koʻrib chiqilishiga moʻljallangan. Muassasada ayollar sogʻligini tiklashi, davolanishi
uchun reabilitatsiya xizmati koʻrsatiladi. Shundan soʻng, ayollarning qiziqishi va
imkoniyatidan kelib chiqib, taʼlim va mehnatga yoʻnaltirish dasturlari qoʻllaniladi.
2
Тошматова
Ирода
.
“Она
уйи”
тадбиркорларни
бирлаштираётган
ижтимоий
лойиҳа
//
Янги
Ўзбекистон
2025
йил
14
февраль
, 32-
сон
.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
17
Vaqt oʻtishi bilan kimlardir birgalikda ijaraga uy olib, oʻrgangan kasbi asosida ish
boshlaydi, boshqalari oilasi bilan yarashtirilishi ham koʻzda tutiladi.
"Ona uyi" loyihasini kengaytirishda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari faollik koʻrsatayotgani,
ayniqsa, quvonarli. Davlatimiz rahbarining oʻtgan yillardagi tegishli farmonlari bilan
mazkur kengash tarkibi 35 kishidan 49 nafargacha kengaytirilgan. Shundan 46 nafari
barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar.
Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida ikkita “Onalar uyi” (“Ona uyi”) eshiklari
ochildi. Resurs markazlarining ishga tushirilishi Fondning Markaziy Osiyodagi
taʼsirini kengaytirish va oilalar va bolalarni samarali qoʻllab-quvvatlash
strategiyasining bir qismidir. Ayni paytda ikki uyda 8 nafar bola, 7 nafar ona bo‘lib,
ulardan 2 nafari homilador.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu kabi yangi resurs markazlarining ochilishi
mahalliy qozoq ishbilarmonlari va o‘zbekistonlik xayriyachilarning ko‘magi tufayli
bo‘ldi. Bugungi kunda 4228 nafar yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar
mehribonlik uylarida ota-onasini kutmoqda. Ko‘zlangan maqsad, yana bir farzandning
hayotini yanada go‘zal va baxtli qilishdir
3
.
Birinchi “Ona Uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi
mumkin. Ikkinchi bosqichda Ona uyi natijalari asosida hamda Oʻzbekistonning
maʼlum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat boʻylab kengaytirish
belgilangan.
Ona Uyi markazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga
bolalarini oʻzlari tarbiyalash imkoniyatini berish orqali yordam beradi. Bu yerda ularga
maʼnaviy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatiladi hamda ushbu yordam barcha
zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, shuningdek, ayol va bola
uchun tibbiy yordamni oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birgalikda, Ona Uyi loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni
kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi. Kelgusida Ona uylarida tikuvchilik
ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim berish
rejalashtirilgan.
Natijada, barcha ibratli tadbirlar tufayli Ona Uyi markazida boʻlgan vaqt
davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega boʻlishi hamda oʻzlari va
farzandlarini taʼminlash maqsadida kelajak uchun mablagʻ topishlari mumkin bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekiston davlati va ishbilarmon doiralari yuqori samaradorlikni
ko‘rsatib faoliyat yuritishmoqda. 2024-yilda bir necha oy ichida hukumat bilan
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
18
memorandum imzolandi, zarur ruxsatnomalar berildi. Shu bois, Toshkent va
Samarqandda uchta “Ona uyi” markazlari ochildi. Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi va mahalliy
tadbirkorlar ko‘magida bir qator ishlar ham amalga oshirilmoqda. Kelgusida
Qozog‘istonlik mutaxassislar o‘zbek mutaxassislarini tayyorlaydilar, bu esa ko‘lamni
kengaytirishga zamin yaratishini ta’minlaydi. Bugungi kungacha Qozog‘iston tajribasi
12 yil davomida ajoyib natijalarni ko‘rsatdi: mamlakatda yetimlar soni uch barobar,
go‘daklarni tashlab ketish 70 foizga kamaydi. O‘tgan yillar davomida qozog‘istonlik
ishbilarmonlar loyihaga qariyb 17,5 million dollar mablag‘ ajratgan edilar.
Manbalarda keltirilgan ushbu uchrashuvlardagi ma’lumotlardan bilish mumkinki,
o‘zbekistonlik xayriyachilar ham turli shaharlarda, jumladan, Buxoro va Andijonda
yettita yangi “Ona uyi” ochishga qaror qilib, bunday uylarning umumiy sonini o‘ntaga
yetkazishmoqchilar.
O‘zbekistonlik ishbilarmonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani va pilot
loyihaning muvaffaqiyati sabab, Yangi O‘zbekiston ehtiyojlarini to‘liq qondirish
uchun tashabbusni butun mamlakat bo‘ylab kengaytirish uchun kuchli turtki bo‘ldi.
Loyihaga Qirg‘iziston ham faol qiziqish bildirmoqda va yaqin kelajakda “Onalar uyi”
u yerda ham ish boshlashi kutilmoqda.
Loyihamiz biznes va hukumatning birgalikdagi sa'y-harakatlari muhim ijtimoiy
muammolarni qanday hal qilishini ko'rsatadi. O‘zbekiston bizning asosiy hamkorimiz
va biz mahalliy tadbirkorlar tashabbusni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishiga
ishonamiz. Maqsadimiz Markaziy Osiyoni yetim bolalarsiz birinchi mintaqaga
aylantirish. Keyinchalik esa – barcha turkiy davlatlar, – dedi loyiha tashabbuskori
Oydin Rahimboyev
4
.
2026 yilga qadar hududlarda yana 7 ta “Ona uyi” markazlarini ochish
rejalashtirilgan: masalan, 2025 yili davomida Andijon, Buxoro, Urganch shaharlarida,
2026 yil mobaynida Termiz, Navoiy, Jizzax, Gulistonda. Barpo etilgan bu
markazlarda, yani har bir uy quyidagilarni taqdim etadi:
-Ayollar va bolalar uchun vaqtinchalik boshpana.
-Yuridik va psixologik yordam.
-Ta’lim va mehnatga yo‘naltirish dasturlari.
Shunday qilib, “Ona Uyi” taqdimoti biznes va hukumat o‘rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi
taqdimoti o‘tkazildi
5
.
4
Центральная
Азия
без
сирот
:
совместный
проект
бизнесменов
Казахстана
и Узбекистана
//
https://forbes.kz/articles/tsentralnaya-aziya-bez-sirot-sovmestnyy-proekt-
5
O
‘
zbekistonda
“
Ona uyi
”
xayriya loyihasi taqdimoti o
‘
tkazildi//
https://kun.uz/01959544?q=%2Fuz%2F01959544
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
19
Shu bois, "Ona uyi" loyihasining jamiyatga taʼsiri roʻy berishi yanada kuchayadi.
Undan soʻng, ushbu loyiha O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy barqarorligini
ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ham ko‘proq bo‘laveradi. Ijtimoiy himoyaning
natijalari esa quyidagicha boʻlish kutiladi:
Birinchidan, jamiyatimizda ijtimoiy yetimlik kamayadi – bolalar mehribonlik
uylariga topshirilmay, o‘z onalari bag‘rida tarbiyalanishi seziladi.
Ikkinchidan, ilmiy tadqiqotlarga koʻra ayollar mustaqil hayot kechirishga
tayyorlanishi roʻy beradi – ularning yangi kasb-hunar egallashi iqtisodiy jihatdan
mustaqil bo‘lishiga ko‘mak berilishi amalga oshiriladi.
Uchinchidan, oilalar mustahkamlanib boraveradi – onalarga ruhiy, huquqiy va
moddiy yordam ko‘rsatilishi, oilaviy nizolarning oldini olishga yordam berishi amalda
ajrimlar soni kamayishi isbotlanmoqda.
To‘rtinchidan, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashi –
ijtimoiy muammolarga qarshi kurashishda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘zaro
hamkorligi mustahkamlanaveradi.
Demak, amaliy ishlar natijasida, O‘zbekistonda kelajak istiqbollari va tavsiyalari
shakllantiriladi. Loyihaning samaradorligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalar
berilishi kutilmoqda:
Joriy yil davomida markazlar sonini oshirish – O‘zbekistonning turli hududlarida
bunday markazlarni tashkil etish davom ettiriladi.
Ayollarning mehnat bozoriga kirishiga ko‘maklashish – kasb-hunarga o‘qitish
tizimini kengaytirish va ishga joylashishda qo‘llab-quvvatlash roʻy beradi.
Davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish – korxonalar bilan hamkorlik
qilib, ayollarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash amalga oshirilib boradi.
Shunday qilib, "Ona uyi" loyihasi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining
muhim qismi sifatida ayollar va bolalarning hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali ijtimoiy yetimlikning oldini olish, ayollarning iqtisodiy
mustaqilligini oshirish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishilmoqda.
Kelgusida ushbu loyihani yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish
muhim ahamiyat kasb etaveradi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish
– xorijiy tajribalarni o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni tatbiq etish jarayoni qoʻllab-
quvvatlantirilaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Negmatov I. Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi. Darslik. - Samarqand: SamDU
Tahririy nashriyoti, 2024. – 636 bet.
2.
Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand : SamDU
nashri, 2020. – 264 bet.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
20
3.
Тошматова Ирода. “Она уйи” тадбиркорларни бирлаштираётган ижтимоий
лойиҳа//Янги Ўзбекистон 2025 йил 14 февраль, 32-сон.
4.
O‘zbekistonda
“Ona
uyi”
xayriya
loyihasi
taqdimoti
o‘tkazildi//
https://kun.uz/01959544?q=%2Fuz%2F01959544
5.
Центральная Азия без сирот: совместный проект бизнесменов Казахстана и
Узбекистана//https://forbes.kz/articles/tsentralnaya-aziya-bez-sirot-sovmestnyy-
6.
ONA UYI XALQARO FONDI (MHIF) Qozogʻiston “ANA UYI” //
http://https://dom-mamy.kz/ru/2024/07/26/dom-mamy-v-uzbekistane
7.
Центральная Азия без сирот: совместный проект бизнесменов Казахстана и
Узбекистана // https://forbes.kz/articles/tsentralnaya-aziya-bez-sirot-sovmestnyy-
proekt-
8.
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti
o‘tkazildi//
https://kun.uz/01959544?q=%2Fuz%2F01959544