Mualliflar

  • Alimardonova Mo‘tabar Xolmoʻminovna
  • Umirova Mohinur Mirzo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.93054

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ekologiya atrof-muhit ekologik muammolar insoniyat oʻsimliklar hayvonot dunyosi sogʻlom hayot globallashuv tejamkorlik.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ekologik madaniyatni shakllantirishning mazmun va mohiyati yoritilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

4

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Alimardonova Mo‘tabar Xolmoʻminovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi

Umirova Mohinur Mirzo qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Boshlangʻich ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ekologik

madaniyatni shakllantirishning mazmun va mohiyati yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

ekologiya, atrof-muhit, ekologik muammolar, insoniyat,

oʻsimliklar, hayvonot dunyosi, sogʻlom hayot, globallashuv, tejamkorlik.

Abstract:

This article discusses the content and essence of forming an ecological

culture among primary school students.

Key words:

ecology, environment, ecological problems, humanity, plants,

animals, healthy life, globalization, saving.

KIRISH:

Barchamizga maʼlumki, bugungi kunga kelib, respublikamiz va

qolaversa butun dunyo miqiyosidagi ekologik global muammolar insoniyatni chuqur
muhokama qilishga undab kelmoqda. Tabiat va insoniyat oʻrtasidagi bogʻliqlik bir-biri
bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, biri ikkinchisini taqozo etadi. Atrof-muhitni,
tabiatni muhofaza qilish, yer yuzida vujudga kelayotgan koʻplab global muammolarni
oldini olish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday
ekan shu kabi muammolarni oldini olish uchun esa, insonlarda tabiatga boʻlgan
munosabatni va shu bilan bir qatorda, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash kabi
tushunchalarni barchani ongiga singdirish zarur hisoblanadi. Bizni oʻrab turgan olam,
muhit qanchalik musaffo boʻlsagina, insoniyat shuncha koʻp uzoq yashash koeffitsienti
koʻrsatkichi oshib boraveradi. Xoʻsh, insoniyat oʻrtasida ekologik madaniyatni qay
yoʻsinda shakllantirsak, bugungi kunda yuz berayotgan koʻplab global muammolarni
oldini olishimiz mumkin degan savol masalaning asosiy markazidir.

MAQSAD:

Tadqiqotdan asosiy koʻzlangan maqsad, boshlangʻich sinf

oʻquvchilarida ekologik madaniyatni erta shakllantirish orqali, ulardagi atrof-muhitni,
tabiatni asrab-avaylash haqidagi qator tushunchalarni shakllantirish. Shu bilan bir
qatorda, ulardagi ekologik ongni va ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi qator
chora-tadbirlar hisoblanadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

5

MATERIALLAR VA METODLAR:

tadqiqot mobaynida boshlangʻich sinf

oʻquvchilaridagi tabiat va uni asrab-avaylash va ekologiya haqidagi tasavvur va
tushunchalari oʻrganishga qaratiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR:

Har bir oʻsib kelayotgan yosh avlod, Vatan

ertasi, kelajak umidi hisoblanadi. Bolaga yoshlik paytlaridanoq toʻgʻri tarbiyalab
borilsa, kun kelib sogʻlom va teran fikrlaydigan shaxs sifatida kamol topadi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida eng muhim va zarur tushunchalarni singdirib
borilishida har bir pedagogning oʻrni juda katta hisoblanadi. Bolaga yoshlik
davrlarining dastlabki paytlaridanoq, tabiatga boʻlgan mehrni, atrof-muhitni asrab-
avaylash kabi tushunchalarni shakllantirish orqali, ularda asta-sekinlik bilan “ekologik
madaniyat”ni shakllantirib borishga erishish mumkin. Shu oʻrinda “ekologiya”
atamasini mazmun mohiyatini sharhlaydigan boʻlsak, ekologiya soʻzi qadimgi yunon
tilidan olingan boʻlib, “ekos” uy, turar joy degan maʼnolarni anglatadi. Ekologiya bu
organizmlarning bir-birlari hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini oʻrganuvchi fan
hisoblanadi. “Ekologik madaniyat”, “ekologik ong” kabi tushunchalarga izoh
beradigan boʻlsak, ekologik madaniyat bizni oʻrab turgan atrof-muhitni asrab-
avaylashga boʻlgan ongli munosabatdir. Biz bu kabi tushuncha va koʻnikmalarni
boshlangʻich ta’lim davridan boshlab, ularni ongida singdirib borishimiz maqsadga
muvofiq boʻladi. Tabiatga zarar yetkazish emas, balki uni koʻz qorachigʻimizdek
asrab-avaylash darkorligi, tabiat va insoniyat oʻrtasidagi chambarchas bogʻliqlik
haqida koʻplab tushunchalarni berish zarurdir.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik ongni shakllantirish dastlab oiladan

boshlanadi. Bolaga ota-ona tomonidan kerakli va zarur boʻlgan oʻgitlarni, tushunchalar
berib borilsa, bolalarda ilk tushunchalar paydo boʻla boshlaydi. Koʻplab tadqiqot
natijalari shuni koʻrsatdiki, yer yuzida kelib chiqayotgan koʻplab ekologik
muammolarni yuzaga kelishiga, insonlardagi ekologik bilimlar va tushunchalarni
yetishmasligi va qator qonun-qoidalarga rioya qilmasliklari asosiy sabab etib
koʻrsatiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda
sinf rahbarining ham oʻrni katta hisoblanadi. Sinf xonasini toza-ozoda tutish, yon
atrofga chiqindilarni tashlamaslik va yana bir qancha tavsiyalarni berib oʻtishi
maqsadga muvofiqdir.Oʻquvchilarda oʻsimliklar dunyosi, hayvonot dunyosini asrab-
avaylash kabi koʻnikmalarni eslatib oʻtish ham ulardagi ekologik madaniyatni
shakllantirishda muhim omil vazifasini oʻtaydi. Suvni isrof qilmaslik, elektr
energiyasidan oqilona foydalanish va yana boshqa shu kabi tushunchalarni
boshlangʻich sinf oʻquvchilari ongida qancha erta shakllantirilsa, yuzaga keladigan
ekologik omillarni oldini olishga erishiladi. Oʻquvchilarda ekologik madaniyatni
shakllantirishda koʻrgazmalilik metodidan ham oqilona foydalansa, yaxshi samara
beradi. Yaʼni AKT vositalari orqali tabiatni asrab-avaylash va atrof-muhitni toza
saqlash va yana shunga oʻxshash mazmun aks etgan ibratli videoroliklar, qisqa metrajli


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-4027

_SJIF:

4.995

https://scientific-jl.com/ped

Volume-79, Issue-1, April -2025

6

filmlarni oʻquvchilarga havola etish orqali, ekologik madaniyatni shakllantirishga
erishish mumkin boʻladi.

XULOSA:

Umumiy qilib aytganda, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik

madaniyatni shakllantirish juda muhim jarayon hisoblanadi. Ulardagi ekologik
madaniyatni shakllantirishdan asosiy koʻzlangan maqsad esa, yosh avlodda atrof-muhit
va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Zero kelajakni
obod etishni bugundan boshlamoq darkordir. Oʻquvchilarda ekologik ong,
madaniyatni qancha erta shakllantirsak, kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
global muammolarni oldini olishga muvaffaq boʻlishimiz mumkin. Tabiatni muhofaza
qilish va asrab avaylash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ekologik
tarbiya inson ongiga yoshlikdan singdirib borilsa, kelgusida oʻzining yaxshi samarasini
beradi. Shunday ekan atrof-muhitni koʻz qorachigʻimizdek asrab-avaylash, tabiatni
muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, har bir insonning eng oliy burchi
hisoblanadi. Qaysiki jamiyatda insonlar oʻrtasida ekologik madaniyat qaror topgan
boʻlsa, oʻsha jamiyatda sogʻlom hayot kechirish koʻrsatkichi va uzoq umr koʻrish foizi
oshib boradi. Zero “Tabiatni saqlash-kelajakni saqlash” demakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Iskandarova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik tarbiyani

shakllantirish mazmuni”, “Scientific Progress” ilmiy-metodik jurnali;

2. Karamatova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni

shakllantirishdagi muammo va yechimlari”, “Journal or new century innovations”;

3. Nuriddinova, “Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi” - Choʻlpon nashriyoti;
4. Shermatova U., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni

rivojlantirish xususiyatlari”, “INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY”

5.

www.ziyonet.uz

ta’lim platformasi.

Bibliografik manbalar

Iskandarova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik tarbiyani shakllantirish mazmuni”, “Scientific Progress” ilmiy-metodik jurnali;

Karamatova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishdagi muammo va yechimlari”, “Journal or new century innovations”;

Nuriddinova, “Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi” - Choʻlpon nashriyoti;

Shermatova U., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish xususiyatlari”, “INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY”

www.ziyonet.uz ta’lim platformasi.