Mualliflar

  • Allabergenov Sardor Ataxanovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97711

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: hissiyot borliq an’ana qadriyat ramz metaforiya obraz.

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada rangtasvir san’atida rang, janr, mavzu, yo‘nalish va boshqa turlarga murojaat qilishda insonning ichki kechinmalari, tuyg‘ularining chuqur va nozik olami bilan uzviy bog‘liq holda kechishi, bu borada esa raglarning ahamiyati haqida tahliliy ma’lumotlar berilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

198

RANGTASVIR SAN’ATIDA RANGLARNING

HISSIYOT SIFATIDAGI AHAMIYATI

Allabergenov Sardor Ataxanovich

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instititi,

“Chizmatasvir” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada rangtasvir san’atida rang, janr, mavzu, yo‘nalish va

boshqa turlarga murojaat qilishda insonning ichki kechinmalari, tuyg‘ularining chuqur
va nozik olami bilan uzviy bog‘liq holda kechishi, bu borada esa raglarning ahamiyati
haqida tahliliy ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

hissiyot, borliq, an’ana, qadriyat, ramz, metaforiya, obraz.

Аннотация.

В статье приведены аналитические сведения о значении

эмоции в искусстве цвета, жанра, темы, направления и других видов внутренних
переживаний и чувств человека, которые неразрывно связаны с глубоким и
тонким миром живописи.

Ключевые слова:

эмоция, вселенная, традиция, ценность, символ,

метафора, образ.

Abstract.

The article provides analytical information about the meaning of

emotion in the art of color, genre, theme, direction and other types of inner experiences
and feelings of a person, which are inextricably linked with the deep and subtle world
of painting.

Keywords:

emotion, universe, tradition, value, symbol, metaphor, image.


Har bir yaratilayotgan san’at asarlari ranglarsiz jonlana olmaydi. Shuning uchun

ham ranglarning san’atdagi ahamiyati katta. Hech bir san’at asari yo‘qki unda ranglar
bo‘lmasa. Ma’lumki rangtasvir san’atida rang, janr, mavzu, yo‘nalish va boshqa
turlarga murojaat qilish har bir rassomning o‘z ihtiyorida bo‘ladi. Bu holat so‘zsiz
insonning ichki kechinmalari, tuyg‘ularining chuqur va nozik olami bilan uzviy bog‘liq
holda kechadi. Shu o‘rinda ranglarga qisqacha ma’lumot va izoh berib o‘tsak.

Oq rang doimo poklik ramzi hisoblangan, yaxshilik va quvonchni ifodalagan. Uni

kunning yorug‘i va oy shulasiga qiyoslashadi. Oqlik borliqdagi haqiqat, tabiat
qonunlari bilan chambarchas bog‘liqdir .

Rangtasvirda oq rang poklik ramzini bildirgan. Maleyevich asarlari koloritining

ko‘p qismi shu rangda. Zamonaviy badiiy jarayonda ijod qilayotgan rassomlardan
M.Toshmurodov, F.Umarov va boshqalar ham oq rangdan unumli foydalanadilar.

Sariq rang tomoshabinda iliq tassurot qoldiruvchi rang hisoblanadi. Sariq

qoplamali buyum kishini o‘ziga tez jalb qiladi, shuningdek, o‘zidan nur


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

199

taratayotgandek ko‘rinadi. Bu rangning inson psixologiyasiga tez ta’sir etuvchanligi
aniqlangan.

Rangtasvirda sariq rangni o‘z asarlarida ko‘p ishlatgan rassom P.P.Benkovdir. U

nur va soya o‘yinlarida ko‘proq sariq rangdan foydalangan.

Qizil rang hursandchilik, go‘zallik, sevgi, mukammal hayotni bildirsa, boshqa

tomondan dushmanlik, qasos, urush, jahldorlik kabi hususiyatlarni ifodalovchi rang
hamdir. Qizil asosiy tabiat ranglaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, mustaqillikning
belgisi ham qizil rangdir.

O‘zbekiston rangtasvir san’atida qizil rangda sevib ijod qilgan ijodkorlarimizdan

biri Ro‘zi Choriyevdir. U Surxondaryo ayollari va ularning liboslanini shu rang orqali
mahorat bilan ifodalagan bo‘lib, bu bilan viloyatning issiq iqlimiga ishora qilgan.

Ko‘k – osmon va dengiz rangidir. U o‘zida inson hotirjamligini mujassam etadi,

sovuq havo hovurini beradi. Ko‘k yoki moviy kenglikka qaragan inson hotirasida
o‘tmishdagi xotiralar jonlanadi. Ko‘pgina xalqlarda ko‘k rang mangulik ramzi
sanaladi.

Tasviriy san’at tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Afrosiyob hamda Bolaliktepa

devoriy suratlarida eng ko‘p ishlatilgani ko‘k rang hisoblanadi.

Yashil rang – bu o‘tlar-o‘lanlar va ko‘kalamzorlik ramzidir. Butun borliq tabiat

olami ramzidir. Ko‘pgina xalqlarda yoshlik, umid va xursandchilik, o‘spirinlik
timsolidir. Rangtasvirda yashil rangni sevib qo‘llagan rus rassomlari I.I.Shishkin va
I.I.Levitan hisoblanadi. Ularning manzaralari kishi ruhiyatiga ijobiy tasir qilib, sokinlik
baxsh etadi.

Qora rang umuman olganda qayg‘u, jonli tabiatning fojiasini ifodalovchi rang

hisoblanadi. Turkiy xalqlarda “qora” so’zi Shimol ma’nosini bergan va shu bilan birga
u buyuk ma’nosini ham bildiradi.

Rangtasvir san’atida Abdulhaq Abdullayev ijodidagi portretlarda ko‘proq qora

rangning ishlatilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Har bir san’at asarlari nafaqat rang orqali balki hissiyotlar jumbushi bilan ham

tomoshabinga o‘z tasirini ko’rsatishi mumkin. Tarixdan bilamizki, millatimiz milliy
an’ana va qadriyatlar, madaniyat va san’atga boy xalqlardan biri sifatida tan olinib
kelingan. Qolaversa, tabiatning rang-barangligi , insonlarning sirli qiyofalari hech bir
ijodkorning nazaridan chetda qolmaydi. So‘nggi vaqtlarda o‘zbek rassomlari ijodida
shunday asarlar vujudga keldiki, ularni hissiyot orqaligina tushunib yetish mumkin
bo‘ladi. Ayni vaqtda ijod qilayotgan rassomlardan M.Isanov, J.Usmonov,
B.Mahkamov, X.Ziyoxonov va boshqalarning yaratayotgan asarlarining hech birini
hissiyotdan holi deyolmaymiz. Hissiyotning o‘zi bir narsa bo‘lsada, lekin u har bir
insonda o‘zgacha ruhda tasavvur beradi. Kimdir uni yaqin atrofidan, boshqalar uzoq
yerlardan topadilar yoki umuman topa olmasliklari ham mumkin.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

200

Odatda chiziq va rang doimo bir biriga uyg‘un holatda bo‘ladi. Garchi chiziq

rangni tartibga solib chegaralab tursada, ammo rangni doimo jilovlab bo‘lmaydi Bu
holat matoda aks etganda esa tasvirlovchining hissiyot olami qanchalik chuqur
ekanligini belgilab beradi. Ko‘pgina rassomlar ko‘pincha chekka hududlarda, sokin
tabiat qo‘yniga chiqib ijod qilishlarini ham hissiyot olami bilan bog‘lab ko‘rsatish
mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, har bir asardagi rang boshqa rang bilan
uyg‘unligi, chiziqlarning ko‘rinishi va yo‘nalishi o‘ziga hos ma’no anglatadi. Bir qator
rassomlarimiz bu borada samarali ijod qilib kelishmoqda. A.Mirsagatovning “Oltin
kuzim“, A.Boybekovning “Go’zal Zomin“, H.Mirzaahmedovning “Bahor nafasi“ deb
nomlangan asarlarda har bir rassomning o’ziga hos hissiy bilish darajasini ajratib olish
mumkin. Garchi har bir rassom manzara ko‘rinishlarini tasvirlagan bo‘lsada, ammo
ularning chizgilari, ma’no va mazmunlari bir biridan tubdan farq qilib turadi. Chunki
har bir rassom o‘z asarida qandaydir falsafiy, ilmiy omillarni o‘z ichki hissiyoti orqali
bayon qilishga urinadi. Buning sababi, hissiyotlarning cheki chegaralanmas ekanligini
ko‘rsatib beradi. Albatta hissiyotlarni mukammal narsa sifatida ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Agarda inson hech bir narsani ko‘rmasa, unda zahira ham yo‘q demakdir va shu tufayli
u bir narsani tasvirlash uchun ham taassurotga ega bo‘lmaydi . Shuning uchun
hissiyotni bir vosita sifatida ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun uni ko‘rib ham, ushlab
ham bo‘lmaydi. Rangtasvir asarlarida esa turli ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin.
Qaysidir rassom uni shakl, plastika, dinamika orqali ko‘rsatib bermoqchi bo‘lsa yana
biri umuman boshqacha ko‘rinishda ifodalab berishga urinadi.

Hissiyotlar davr ruhiga qarab ham o‘zgarib boradi. Chunki insoniyat ongi o‘sib

borgani sari unda yangi-yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi va unga mos ravishda hissiyot
olami ham o‘zgarib boradi. So‘nggi vaqtlarga kelib o‘zbek rangtasvirida ko‘proq
ramziy metaforik obrazlar va chuqur falsafiy ma’noga ega bo‘lgan asarlar
yaratilmoqda. Bu yo‘nalishda F.Ahmadaliyev, B.Ismoilov, V.Useinov va boshqa
ko‘plab rassomlar ijod qilishmoqda. Hissiyotlarning bari kuchli turtki orqali vujudga
kelishi to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, albatta ularning bari bir hil muhitda yoki
vaziyatda sodir bo‘ladi deb ayta olmaymiz. Ba’zilar sokin tabiat go‘zalligidan bahra
olsa, ba’zilar baxtsiz voqealar, urush va notinchliklardan hosil bo‘lgan o‘z ichki
hissiyotlarini mato yuzasiga tushurishga harakat qiladilar Umuman olganda,
adabiyotda hissiyot qalam orqali qog‘ozga tushurilsa, rangtasvirda mo‘yqalam va
ranglar orqali ifoda etiladi. Shundan anglab olish mumkinki, adabiyot qanchalik chek-
chegarasiz bo‘lsa rangtasvir san’ati ham bu borada u bilan bemalol tenglasha oladi
deyishimiz mumkin. Xattoki, rangtasvir adabiyotni ham o‘z ichiga qamrab olishi
mumkin. Chunki butun bir narsani bir qancha chizgilar orqali ifodalab berish
imkoniyati rangtasvir san’atida ancha keng darajada shakllangan. Hissiyotlarning
chegarasizligi rassomni ba’zida chalkashtirib yuborishi ham mumkin. Bu holat rassom
ijodida mantiqiy jarayon, ya’ni, ijodiy erkinlikni his etishni qiyinlashtirib qo‘yishi


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

201

mumkin. Bu holatdan chiqib ketish, albatta, har bir rassomning o‘ziga bog‘liq.
Umuman olganda faqatgina mato, mo‘yqalam va rang bilan rangtasvir asarini
mukammal darajadagi san’at deyishimiz qiyin. Bu ruhsiz o‘lik tanaga o‘xshaydi va
unga hechkim qayrilib ham qaramaydi. Qachonki rangtasvir asari mukammal ranglar
va albatta chuqur hissiyot orqali vujudga kelsagina uni tomoshabin ham erkin tarzda
qabul qila oladi va undan zavqlanadi.

Demak, rangtasvir san’at asarlarini his qilishda ranglar va hissiyot eng oliy

darajadagi omil hisoblanar ekan va bu har ikkisining ham har bir rassomda turli tarzda
o‘z ifodasini topishi uning chek chegarasiz ekanligining yana bir yorqin isbotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ахмедова Н. Проблемы развития современного искусства Узбекистана.
//Тамыр. Искусство/. Культура. Философия. № 1(6).

2.

Аҳмедова Н. Живопись Центральной Азии XX века традиции, самобытность,
диалог. Т., 2004.

3.

Маматов У. Ўзбекистон маданиятида тарихий жанрдаги тасвирий санъат
асарлари (ХХ аср иккинчи ярми – ХХI аср бошлари). /Монография. – Т.: 2018.
– 230 б.

4.

Мозийдан таралган зиё. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни, 1998.

5.

Ўзбекистон санъати (1991-2001 йиллар). //Таҳрир ҳайъати: Ҳ.Караматов,
Н.Жўраев, Т.Қўзиев ва бошқалар. Илмий муҳаррир: А.Ҳакимов. – Т.: Шарқ,
2001. – 240 б.

Bibliografik manbalar

Ахмедова Н. Проблемы развития современного искусства Узбекистана. //Тамыр. Искусство/. Культура. Философия. № 1(6).

Аҳмедова Н. Живопись Центральной Азии XX века традиции, самобытность, диалог. Т., 2004.

Маматов У. Ўзбекистон маданиятида тарихий жанрдаги тасвирий санъат асарлари (ХХ аср иккинчи ярми – ХХI аср бошлари). /Монография. – Т.: 2018. – 230 б.

Мозийдан таралган зиё. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни, 1998.

Ўзбекистон санъати (1991-2001 йиллар). //Таҳрир ҳайъати: Ҳ.Караматов, Н.Жўраев, Т.Қўзиев ва бошқалар. Илмий муҳаррир: А.Ҳакимов. – Т.: Шарқ, 2001. – 240 б.