Mualliflar

  • Jalolova Pokiza Muzaffarovna
  • Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich
  • Norova Dilobar Baxromovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97712

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: TALIS o‘qituvchilik malakasi topshiriq baholash xalqaro tadqiqot pedagogik kompetensiya ta’lim sifatini oshirish.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro miqyosda tan olingan TALIS tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan topshiriqlarning tahlili, ularning didaktik yo‘nalishlari, milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi va O‘zbekistondagi amaliy qo‘llanilish holatlari o‘rganilgan. Maqola xalqaro standartlar va o‘zbek pedagogikasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot asosida o‘qituvchilarning professionallik darajasini baholashga xizmat qiluvchi topshiriqlarning namunaviy xususiyatlari tahlil qilinadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

193

TALIS TOPSHIRIQLAR DORASIDA TUZILGAN

TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR

Jalolova Pokiza Muzaffarovna

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

“Pedagogika” kafedrasi

professori v.b., pedagogika fanlari doktori (DSc), ilmiy rahbar

Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich

Shahrisabz davlat pedagogika institute

“Matematika va ta’limda axborot texnologiyalari” kafedrasi oʻqituvchisi

e-mail: torayevziyovuddin6@gmail.com

Norova Dilobar Baxromovna

Shahrisabz davlat pedagogika institute

Pedagogika fakulteti,“Matematika va informatika”yoʻnalishi talabasi

e-mail:

norovadilobar3@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqaro miqyosda tan olingan TALIS tadqiqoti

doirasida ishlab chiqilgan topshiriqlarning tahlili, ularning didaktik yo‘nalishlari,
milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi va O‘zbekistondagi amaliy qo‘llanilish
holatlari o‘rganilgan. Maqola xalqaro standartlar va o‘zbek pedagogikasi o‘rtasidagi
uzviy bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot asosida o‘qituvchilarning
professionallik darajasini baholashga xizmat qiluvchi topshiriqlarning namunaviy
xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

: TALIS, o‘qituvchilik malakasi, topshiriq, baholash, xalqaro

tadqiqot, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifatini oshirish.


Kirish.

Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha har bir davlat o‘zining

milliy strategiyasini ishlab chiqayotgan bo‘lsa-da, xalqaro tadqiqotlar va baholash
tizimlarining roli tobora ortib bormoqda. Shular qatorida, OECD tomonidan tashkil
etilgan TALIS (Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti alohida
ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot o‘qituvchilarning kasbiy faolligi, dars berish
metodlari, o‘quvchilar bilan muloqoti, baholash madaniyati kabi ko‘plab yo‘nalishlarni
qamrab oladi.ushbu tadqiqot 6 yilda oʻtkaziladi.

O‘zbekiston 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotida ishtirok etdi. Bu

ishtirok nafaqat xalqaro baholash tizimida o‘z o‘rnini aniqlash, balki ichki ta’lim
tizimidagi muammo va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini berdi. Xuddi shu yili
TALIS xalqaro boholash tadqaotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020yl
iyun oyida e’lon qilingan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

194

O‘zbekistonda

o‘qituvchilarning

kasbiy

tayyorgarligi

doirasida

bu

topshiriqlarning mazmuni, shakli va samaradorligini o‘rganish dolzarb masala
hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi omil sifatida
o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va takomillashtirishi juda muhim.

Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir

necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim
begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini
aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda
foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat
miqyosida aniqlab kelmoqdamiz.

Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim

tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan
solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga
xizmat qiladi.

"TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan

soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi.

Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi,

4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan.
Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan
tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan
maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.
Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi
muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki
reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar
olib boriladi.

Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab

oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy
taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari,
oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida
kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu
ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD vakilining taqdimotida.

Inspeksiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda

ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning
mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish
boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, muhokamalar yakuniga koʻra, koʻtarilgan masalalar boʻyicha

amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik muntazam davom ettiriladi.

Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik

maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

195

tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar
yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini
oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga
oʻzgartirish

TALIS tadqiqotining maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va

oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda
yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash.

Metodologiyada tadqiqot metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarga tayanadi.

Tadqiqot usullarini koʻrib oʻtamiz.

• Kontent-tahlil: TALIS topshiriqlaridagi muammoli vaziyatlar, o‘qituvchi roli,

baholash mezonlari tahlil qilindi.

• Sifatli tadqiqot (case-study): O‘zbekistonning bir necha umumta’lim

maktablarida foydalanilgan topshiriqlar asosida o‘rganildi.

• Ekspert suhbatlari: Ta’lim muassasalari metodistlari bilan suhbatalar orqali

amaliy mulohazalar olindi.

Manba bazasilari quydagicha tartibda boʻladi.
• O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan

hisobotlar;

• TALIS 2018 xalqaro hisobotlari (OECD);
• Mahalliy pedagogik jurnallar: “Ta’lim muammolari”, “Yangi pedagogika”,

“Pedagogik innovatsiyalar”.

O‘rganilgan topshiriqlar haqida qisqacha aytib oʻtamiz.
• O‘qituvchining sinfdagi muammoli vaziyatga munosabati;
• Baholash usullarini tanlash;
• O‘quvchining qobiliyatini rivojlantirish strategiyalari.
Natijalar. TALIS topshiriqlarining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan

topshiriqlarda quyidagi asosiy komponentlar mavjud:

• Analitik fikrlash: Har bir topshiriq o‘qituvchidan sinfdagi real vaziyatni tahlil

qilish, muammo ildizini aniqlash va yechim taklif qilishni talab qiladi.

• Baholash malakasi: O‘qituvchining o‘quvchini formatif va summativ usullar

bilan qanday baholashiga e’tibor qaratilgan.

• Metodik yondashuv: O‘qituvchi darsda qo‘llashi mumkin bo‘lgan metodlar va

ularning samaradorligini asoslab berishi kerak.

O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning yondashuvi
• O‘qituvchilarning ko‘pchiligi muammoli vaziyatlarni aniqlashda yaxshi

ko‘rsatkichlarga ega;

• Ammo metod tanlash va baholash mezonlarini asoslashda muayyan

qiyinchiliklar mavjud (Karimov, 2021);

• Ustozlar amaliy masalalarga ko‘proq tayangan holda ishlashga moyil.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

196

Munozara.

TALIS topshiriqlari nafaqat o‘qituvchining hozirgi malaka darajasini

baholaydi, balki uning rivojlanish ehtiyojlarini ham aniqlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda bu topshiriqlarni joriy qilish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• Kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
• Ta’lim standartlarini xalqaro darajaga moslashtirish;
• Ilmiy-pedagogik faoliyatga yo‘naltirish.
Biroq, ayrim muammolar mavjud:
• Mahalliy sharoitda xalqaro topshiriqlarning to‘liq moslashmasligi;
• O‘qituvchilarning axborot va kommunikatsion texnologiyalarga tayangan holda

fikr yurita olmaslig

• Baholash mezonlarining yetarli tushuntirilmaganligi (To‘xtayev, 2023)

Xulosa va tavsiyalar

. O‘zbekistonda TALIS topshiriqlarini tatbiq etish ta’lim

tizimini tubdan takomillashtirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Ushbu topshiriqlar
orqali:

• O‘qituvchilarning tanqidiy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi;
• Ular o‘z kasbiy faoliyatini baholay oladi va rivojlanish strategiyasini tuzadi;
• O‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan metodlar ishlab

chiqiladi.

Tavsiyalar: TALIS topshiriqlarini milliy metodik qo‘llanmalarga kiritish.

O‘qituvchilarni xalqaro baholash tizimi asosida muntazam tayyorlash. Pedagogik
oliygohlarda TALIS asosida kurslar tashkil etish. Maxsus seminar va amaliy
mashg‘ulotlar orqali topshiriqlarni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayeva N. (2020). TALIS tadqiqoti va O‘zbekistonda uning amaliy
natijalari. “Ta’lim muammolari” jurnali, №3.

2.

Karimov Sh. (2021). Xalqaro ta’lim tadqiqotlari va O‘zbekiston ta’lim tizimi.
“Pedagogik innovatsiyalar”, №2.

3.

To‘xtayev M. (2023). TALIS topshiriqlarining milliy ta’limga moslashtirilishi.
“Yangi pedagogika”, №1.

4.

OECD. (2019). TALIS 2018 Results: Teachers and School Leaders as Lifelong
Learners. OECD Publishing.

5.

XTV (2021). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki
bo‘yicha hisobot. Toshkent: XTV Matbuot xizmati.

6.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi, Baxromovna, Norova Dilobar. "CHIZMA
GEOMETRIYASI. MARKAZIY VA PARALLEL PROYEKSIYALAR VA
ULARNING XOSSALARI." IMRAS 8.3 (2025): 91-95.

7.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi, Baxromovna, Norova Dilobar.
"YEVKLIDNING

“NEGIZLAR

ASARI”.

NOEVKLIDIY


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

197

GEOMETRIYANING VUJUDGA KELISHI. NI LOBACHEVSKIY VA
LOBACHEVSKIY AKSIOMASIDAN KELIB CHIQADIGAN HULOSA."
AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCE3.2 (2025): 181-
185.

8.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi. “SKALYAR ARGUMENTLI VECTOR
FUNKSIYA. VEKTOR FUNKSIYANING HOSILASI.” EDUCATION
SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN THE WORD1.2. (2025): 69-71.

9.

Z. Tuychiyev, Sh. Zaxiriddinov, “DIFFERENSAL TENGLAMANI ANALITIK
VA UMUMIY YECHIMI”, “TABIIY FANLARNI FUNDAMENTAL VA
AMALIY MUAMMOLARI"

10.

DilobarXoshimova, Dilobar Norova. “TRIGONOMETRIYANI VUJUDGA
KELISHI,

RIVOJLANISHI

VA

TRIGONOMETRIK

IFODALARNI

HISOBLASH”. “XALQ TA’LIMI” ilmiy – metodik jurnali 6. (2024): 51-56.

11.

Turayev Ziyavutdin O‘ktamxonovich, Norova Dilobar.Baxromovna. “OCHIQ
DARSNI OʻTKAZISH TAFSILOTLARI VA MATEMATIKA FANIDA
OCHIQ DARS OʻTISH METODLARI.” International Journal of Education,
Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers.
13. 2. (2025): 428-432.

12.

Qodirov

Farrux

Ergash

oʻgʻli,

Norova

Dilobar

Bahromovna.

“AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI,
AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O‘RNI.”
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY TADQIQOTLAR JURNAL. 1.2. (2024): 16-19.

13.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP
GYVER PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern
education and development 17 (2025): 152-159.

14.

Norova Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND
EDUCATING

CHILDREN

WITH

DISABILITIES

IN

INCLUSIVE

EDUCATION.” EDUCATION SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN THE
WORLD.2.1 (2025): 306-310.

15.

Sardor Ziyadullaev, Dilobar Norova. “THE COMPLEX NUMBERS AND
OPERATIONS ON THEM.” TRANSFORMING EDUCATION THROUGH
SCIENTIFIC DISCOVERY. 1.1 (2025):

Bibliografik manbalar

Abdullayeva N. (2020). TALIS tadqiqoti va O‘zbekistonda uning amaliy natijalari. “Ta’lim muammolari” jurnali, №3.

Karimov Sh. (2021). Xalqaro ta’lim tadqiqotlari va O‘zbekiston ta’lim tizimi. “Pedagogik innovatsiyalar”, №2.

To‘xtayev M. (2023). TALIS topshiriqlarining milliy ta’limga moslashtirilishi. “Yangi pedagogika”, №1.

OECD. (2019). TALIS 2018 Results: Teachers and School Leaders as Lifelong Learners. OECD Publishing.

XTV (2021). O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki bo‘yicha hisobot. Toshkent: XTV Matbuot xizmati.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi, Baxromovna, Norova Dilobar. "CHIZMA GEOMETRIYASI. MARKAZIY VA PARALLEL PROYEKSIYALAR VA ULARNING XOSSALARI." IMRAS 8.3 (2025): 91-95.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi, Baxromovna, Norova Dilobar. "YEVKLIDNING “NEGIZLAR ASARI”. NOEVKLIDIY GEOMETRIYANING VUJUDGA KELISHI. NI LOBACHEVSKIY VA LOBACHEVSKIY AKSIOMASIDAN KELIB CHIQADIGAN HULOSA." AMERICAN JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCE3.2 (2025): 181-185.

Zaxiriddinova Shaxlo Zahiriddin qizi. “SKALYAR ARGUMENTLI VECTOR FUNKSIYA. VEKTOR FUNKSIYANING HOSILASI.” EDUCATION SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN THE WORD1.2. (2025): 69-71.

Z. Tuychiyev, Sh. Zaxiriddinov, “DIFFERENSAL TENGLAMANI ANALITIK VA UMUMIY YECHIMI”, “TABIIY FANLARNI FUNDAMENTAL VA AMALIY MUAMMOLARI"

DilobarXoshimova, Dilobar Norova. “TRIGONOMETRIYANI VUJUDGA KELISHI, RIVOJLANISHI VA TRIGONOMETRIK IFODALARNI HISOBLASH”. “XALQ TA’LIMI” ilmiy – metodik jurnali 6. (2024): 51-56.

Turayev Ziyavutdin O‘ktamxonovich, Norova Dilobar.Baxromovna. “OCHIQ DARSNI OʻTKAZISH TAFSILOTLARI VA MATEMATIKA FANIDA OCHIQ DARS OʻTISH METODLARI.” International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. 13. 2. (2025): 428-432.

Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli, Norova Dilobar Bahromovna. “AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI, AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O‘RNI.” YANGI O'ZBEKISTON ILMIY TADQIQOTLAR JURNAL. 1.2. (2024): 16-19.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Norova Dilobar Baxromovna. "APP GYVER PLATFORMA IMKONIYATLARINI OʻRGANISH." Modern education and development 17 (2025): 152-159.

Norova Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND EDUCATING CHILDREN WITH DISABILITIES IN INCLUSIVE EDUCATION.” EDUCATION SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN THE WORLD.2.1 (2025): 306-310.

Sardor Ziyadullaev, Dilobar Norova. “THE COMPLEX NUMBERS AND OPERATIONS ON THEM.” TRANSFORMING EDUCATION THROUGH SCIENTIFIC DISCOVERY. 1.1 (2025):