“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
137
GENDER TENGLIGI VA IJTIMOIY BARQARORLIK:
YANGI O`ZBEKISTONDA MA’NAVIY YANGILANISHNING
GENDER MEZONLARI
Norimonova Gulmira Ulug`bek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti milliy g`oya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo`nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida
gender tengligining ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy yangilanish jarayonlariga ta’siri
ijtimiy-falsafiy yondashuv asosida o`rganiladi. Bugungu kunda Gender tengligi faqat
huquqiy yoki siyosiy masala emas, balki jamiyatning madaniy-ma’naviy holatini
belgilovchi vosita sifatida qaralmoqda. O’zbekidton Respublikasida so’nggi yillarda
amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ayollar huquqlari va ularning ijtimoiy
faolligi hamda davlat boshqaruvidagi ishtitoki kun sayin ortib borayotganini
kuzatishimiz mumkin. Mazkur maqolada aynan ma’naviy yangilanish jarayonlarida
gender tengligining o‘rni, ayol shaxsining o‘zini anglash bosqichlari va ijtimoiy
qadriyatlarning gender mezonlari orqali yangilanishi haqida yoritiladi. Shu bilan birga,
gender tengligi orqali ijtimoiy barqarorlikka erishish konsepsiyasi hamda uni falsafiy
va amaliy jihatdan asoslash, gender adolati bilan ijtimoiy birdamlik o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik ijtimoiy jihatdan o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Gender tengligi, ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy yangilanish, gender
mezonlari, Yangi O‘zbekiston, jamiyatning ma’naviy asoslari, fuqarolik jamiyati,
inson huquuqlari, gender adolati, ayollarning huquqiy maqomi.
Annotation:
In this article, the impact of gender equality in the Development
Strategy of Uzbekistan on the basis of social stability and spiritual renewal is based on
the social stability and philosophical approach. Today, the gender equality is
considered only as a legal or political issue, but as a tool that determines the cultural
and spiritual state of society. In recent years, we can observe women's rights and their
social activity and the growing development of public administration day. This article
briefs the place of gender equality in the process of spiritual renewal, the renewal of
the woman's self-awareness stages and gender criteria of social values through gender
criteria. At the same time, the concept of achieving social stability through gender
equality and the interdependence between social solution, gender justice shall be
considered socially.
Keywords:
Gender Equality, Social Stability, Spiritual Renewal, Gender
Criteria, spiritual foundations of new Uzbekistan, civil society, human rights, gender
justice, legal status of women.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
138
Аннотация:
В статье рассматривается влияние гендерного равенства на
социальную стабильность и процессы духовного обновления в Новой стратегии
развития Узбекистана на основе социально-философского подхода. Сегодня
гендерное равенство рассматривается не только как юридический или
политический вопрос, но и как средство определения культурного и духовного
состояния общества. В рамках реформ, реализуемых в Республике Узбекистан за
последние годы, мы можем наблюдать, как с каждым днем расширяются права
женщин, повышается их социальная активность и участие в государственном
управлении. В статье рассматривается роль гендерного равенства в процессах
духовного обновления, этапы женского самосознания и обновления
общественных ценностей через гендерные критерии. При этом концепция
достижения социальной стабильности посредством гендерного равенства и ее
философское и практическое обоснование, а также взаимосвязь гендерной
справедливости и социальной солидарности изучаются с социальной точки
зрения.
Ключевые слова:
Гендерное равенство, социальная стабильность,
духовное обновление, гендерные критерии, Новый Узбекистан, духовные
основы общества, гражданское общество, права человека, гендерная
справедливость, правовой статус женщин.
Kirish:
XXI asrda inson huquqlari hamda gender tengligi va ijtimoiy adolat
global miqyosda dolzarb ijtimoiy-falsafiy muammolardan biri sifatida qolmoqda.
Demokratik jamyat qurish yo‘lini tanlagan har qanday davlat uchun gender tengligiga
erishish nafaqat ijtimoiy adolat tamoyillarining yorqin ifodasi, balki barqaror
taraqqiyot va inson kapitalidan to‘laqaonli foydalanishning zaruriy shartlaridan biri
hisoblanadi. Shu jumladan, Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan
ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy islohotlar masalasi yangicha mazmun bilan boyitib
kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan taraqqiyot
strategiyasi, ‘‘Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlash” ga oid
davlat darturlari hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari(SDGs) bilan uyg‘un
holda olib borilayotgan islohotlar va gender tengligi masalasini mamlakatning strategik
ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurgan. Bu jarayonda gender tengligi nafaqat
huquqiy-me’yoriy doirada, balki ijtimoiy ong va qadriyatlar hamda ma’naviyat
darajasida ham tub islohotlarni talab qilib kelmoqda. Mavjud sotsiologik tadqiqotlar
va amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ayollarni jamiyat hayotiga keng jalb qilish va
ularning liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash
orqali ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, gender
tengligi va ijtimoiy barqarorik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni falsafiy va ma’naviy
asoslarda tahlil qilish dolzarb ilmiy masalalardan biri deb o‘ylayman. Mazkur
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
139
maqolada gender tengligi Yangi O‘zbekiston davridagi ma’naviy yangilanish,
qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy barqarorlik tamoyillari bilan
uzviy bog‘liqdir. Ayollar huquqlarining kengayishi va ularning ijtimoiy faolligi hamda
ongli fuqarolik pozitsiyasi, zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida inson qadri va adolat
mezonlarini mustahlamlashga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri sifatida qaraladi.
Bugungi globallashuv va modernizatsiya sharoitida insoniyat oldida turgan
muhim vazifalaridan biri- ijtimoiy adolat va barqarorlik tamoyillarini hayotga izchillik
bilan tatbiq qilishdir. Chunki, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik, taraqqiyot va madaniy
uyg‘unlik bevosita inson huquqlari, ayniqsa, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi huquqiy va
ijtimoiy tenglikning ta’minlanishiga bo‘g‘liq hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot modelida inson qadri va huquqi asosiy ustuvorlik sifatida qaraladi. Bu
borada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar- xotin-qizlar uchun yangi
imkoniyatlar yaratish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish, siyosiy qarorlar
qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish orqali jamiyatda adolat va barqarorlikni qaror
toptirishga xizmat qilib kelmoqda.
Metod:
Tadqiqotning ilmiy-metodologik asosi zamonaviy falsafa, sotsiologiya
va gendershunoslik fanlari asosida shakllangan bo‘lib, gender tengligi va ijtimoiy
barqarorlik tushunchalarini chuquq tahlil qilishga asos bo‘ladi. Tadqiqotning asosiy
metodlari quyidagi uslubiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Falsafiy-sistemali yondashuv: Tadqiqot davomida gender tengligi hamda
ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy yangilanish o‘zaro bog‘liq tizimli ijtimoiy hodisalar
sifatida qaraladi. Ushbu metod orqali gender munosabatlarini jamiyatning qadriyatlar
tizimi, mafkuraviy tamoyillari va tarixiy shakllangan ijtimoiy ong bilan uzviy bog‘liq
holda ko‘rib chiqishga imkon beradi.
2.
Tarixiy-falsafiy tahlil: Gender tengligi tushunchasining O‘zbek jamiyati
taraqqiyotidagi tarixiy shakllanishi, sovet davridagi gender siyosati, mustaqillikdan
keyingi davrdagi islohotlar va Yangi O‘zbekiston bosqichidagi o‘zgarishlar tarixiy
ketma-ketlik asosida o‘rganiladi.
3.
Aksiologik yondashuv: Maqolada gender tengligi qadriyat sifatida tahlil
qilnadi. Xususan, ayollarning o‘rni va maqomi, ijtimoiy tenglik, adolat, erkinlik singari
qadriyatlar Yangi O‘zbekiston ma’naviy yangilanish konsepsiyasi bilan qanday
uyg‘unlashyotgani o‘rganiladi. Aksiologik tahlil orqali gender tengligi jamiyat onigda
qanday aks qilayotgani aniqlanadi.
4.
Normativ-huquqiy tahlil: Gender tengligiga oid milliy qonunchilik bazasi-
O‘zbekiston Resoublikasining Konstitutsyasi, ‘‘Gender tengligi to‘g’risida”gi Qonun,
davlat strategiyalari va xalqaro huquqiy hujjatlar o‘rganilib, gender siyosatining
huquqiy jihati tahlil etiladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
140
5.
Sotsiologik-empirik metodlar: Gender tengligi borasidagi ijtimoiy real
holatni chuqur tahlil qilish uchun mavjud statistik ma’lumotlar, milliy va xalqaro
reytinglar, ramiy hisobotlar va ommaviy axborot vositalari materiallari o‘rganiladi.
Natijalar:
Tadqiqot davomida gender tengligi hamda ijtimoy barqarorlik va
ma’naviy yangilanish masalalarining o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekistonning yangi gender
siyosati va uning jamiyatdagi ijtimoiy ta’siri keng o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotning
asosiy natijalari quyidagicha:
1.
Gender tengligi va ijtimoiy barqarorlikning bir-biriga ta’siri.
O‘zbekistonning gender siyosati doirasidagi islohotlar, xotin-qizlarning iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy faoliyatida teng huquqlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali
ijtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shmoqda.
2.
Yangi O‘zbekiston gender siyosatining ijtimoiy va ma’naviy
yangilanishiga ta’siri. Tadqiqotda O‘zbekistondagi ma’naviy yangilanish jarayonida
gender tengligi masalasining asosiy o‘rin tutishi aniqlanadi. Yangi O‘zbekiston davrida
amalga oshirilgan gender siyosati doirasidagi huquqiy islohotlar, o‘zgarishlar va yangi
me’yorlar jamiyatda qadriyatlar tizimini yangilashga ximat qiladi, albatta.
3.
Xotin-qizlarning siyosiy ishtiroki va jamiyatdagi o‘rni. Tadqiqotda
olingan natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida ayollarning siyosiy ishtiroki va
jamiyatdagi maqomini oshirishga qaratilgan islohotlar ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
O‘zbekiston respublikasida xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan maxsus siyosiy va
huquqiy dasturlarni ishlab chiqarish va jamiyatda ularning siyosiy o‘rni va mavqeini
oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan birga, ayollarning partiyalarda, davlat
idoralarida va parlamentdagi ishtiroki ortib bormoqda.
4.
Iqisodiy barqarorlik va gender tengligi. Ayollarning iqtisodiy faoliyatda
ishtiroki, ishchi kuchiga jalb qilinishi va iqtisodiy mustqaillikka erishishlari
jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning
gender siyosatining bir qismi sifatida ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash va ularning ish bilan ta’minlash imkoniyatlarni kengaytirish, o‘z biznesini
tashkil qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
5.
Gender tengligi va milliy qadriyatlar uyg‘unligi. O‘zbekistonning gender
siyosati milliy qadriyatlar va an’analarga hurmat bilan olib borilayotgani sir emas.
Tadqiqotda O‘zbekistonning milliy va diniy qadriyatlaridan kelib chiqib, gender
tengligi haqidagi qarashlarning ijtimoiy ongda qanday o‘zgaryotganligi o‘rganib
chiqiladi. Milliy va diniy an’analarga asoslanga holda gender tengligini ilgari surish,
ijtimoiy rivojlanishning bir qismi sifatida muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.
Tahlil:
Gender tengligi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy strukturalar bilan bevosita
bog‘liq. O‘zbekiston sharoitida gender tengligiga oid yondashuvlar oxirgi yillarda
yangi bir bosqichga ko‘tarildi. Misol uchun ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
faolligi sezirarli darajada oshdi:
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
141
-
Oliy ta’lim muassalariga qabul qilinayotgan talabalar ichida qizlar ulushi 2016-
yildagi 38 foizdan 2023-yilga 50 foizga yetdi;
-
Ayollar o‘rtasida kichik biznes yuritayotganlar soni ikki baravarga oshgan;
-
Siyosiy partiyalarda ayollar faolligi kuchaymoqda.
Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yangilanish konsepsiyasida gender tengligi va
qadriyatlar o‘rtasida qarama-qarshilik emas, balki uzviylik va uyg‘unlik mavjudligi
ta’kidlanmoqda. Masalan:
-
Islomiy qadriyatlarda ayolga hurmat, onalik maqomi va uydagi baraka timsoli
sifatidagi yuksak maqom berilgan;
-
Shu bilan birga, zamonaviy jamiyat ayolgan ijtimoiy faoliyatda, ta’limda,
siyosatda ham teng ishtirokini talab qiladi.
Ayollar-nafaqat jamiyatning a’zosi, balki faol ijtimoiy kapital egasi hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ayollari ta’lim, tibbiyot, madaniyat, IT, siyosat va boshqa
sohalarda jadal sur’atda rivojlanib kelmoqda. Gender tengligini amalda ta’minlash
uchun jamiyat ongining yangilanishi, genderga oid an’anaviy stereotiplarning yangicha
talqini talab qilinadi. O‘zbekistonlik sotsiologlar masalan, S.Sagdullayeva va
D.Komilovalar o‘z tadqiqotlarida ayollarning jamiyatdagi o‘rni tobora ko‘proq
qadrlanayotganini qayd qilishadi.
Gender tengligining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi o‘rni
O‘zbekistonning xalqaro siyosiy holatiga ham ta’sit o‘tkazmoqda. Xotin-qizlarni
himoya qilish va ularni iqtisodiy mustaqillikka olib chiqish, zo‘ravonlikka qarshi
kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ichki ijtimoiy barqarorlik, balki xalqro
hamjamiyat bilan ishonchli hamkorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb qilmoqda.
Xulosa:
Gender tengligi va ijtimoiy barqarorlik Yangi O‘zbekistonning
ma’naviy yangilanish siyosatining asosi sifatida qaralishi, mamlakatimizning
taraqqiyot strategiyasida muhim ahamiyatga ega. Kelajakda ushbu yo‘nalishdagi
islohotlarning izchil davom ettirilishi orqali barkamol jamiyat sari qadam
tashlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, gender tengligi va ijtimoiy barqarorlik o‘zaro
bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular ma’naviy yangilanishning tamoyillari bilan uyg‘un
holda kechishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun zaruriy shartlaridan biri deb
o‘ylayman. Ushbu mezonlar asosida olib borilayotgan tizimli islohotlar uzoq muddatli
ijtimoiy barqarorlik va inson kapitalining yuksalishiga xizmat qiladi, albatta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Qurbonova S.M.Gender tengligi:nazariy asoslari va amaliy yondashuvlar.-
Toshkent:Iqisodiyot,2021.-208b;
2.
Tadjibayeva D.A. Gender siyosati va uning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri.2022;
3.
Azizxo‘jayeva N.N.Pedagogika.-Toshkent.2006;
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
142
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Far,omi;
5.
Abdullayeva G.G. Gender tengligi:ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslar.-
Toshkent:2021;
6.
https://worldljournals.com;
7.
https://strategy.uz.